Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/133
Sana20.05.2024
Hajmi3,33 Mb.
#244665
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133
Bog'liq
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini 
tekshirish va rad-etishdan himoyalash. 
Quyida ochiq kalitli 
kriptotizimlar va xesh funksiyalar asosida ishlovchi – 
elektron raqamli 
imzo 
tizimi bilan tanishib o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunida elektron raqamli imzoga 
quyidagicha ta’rif berilgan: 

Elektron raqamli imzo (ERI)
— elektron hujjatdagi mazkur 
elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan 
foydalangan holda, maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan, hamda 
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi 
axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq 
kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo”. 


72 
Elektron raqamli imzo oddiy qo‘lda qo‘yiluvchi imzo kabi, faqat 
elektron hujjatlarda qo‘yiladi va imzo qo‘yilgan ma’lumotning 
yaxlitligini ta’minlaydi va imzolovchining qo‘yilgan imzodan bosh 
tortmasligini (rad etmasligini) kafolatlaydi. Axborot xavfsizligida 
rad 
etish 
muammosi mavjud, unga ko‘ra foydalanuvchi hujjatni 
imzolaganini rad etadi (ya’ni, men imzolamadim deb turib oladi). 
Mazkur muammoni oldini olishda aynan elektron raqamli imzo 
tizimlaridan foydalaniladi.
Shunday qilib, ERI tizimlari nafaqat ma’lumot yaxlitligini 
ta’minlaydi, balki imzolovchining majburiyatlardan tonishiga yo‘l 
qo‘ymaydi (yoki rad etishni oldini oladi). Shu sababli, ERI tizimlari 
ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi simmetrik kriptotizimlarga 
asoslangan MAC tizimlaridan ajralib turadi. 
MAC tizimlarida xesh qiymatni qayta hisoblay olmaslik uchun, 
matnga kalit biriktirilgan bo‘lsa, ERI tizimlarida ma’lumotning xesh 
qiymati shaxsiy kaliti bilan “shifrlash” amalga oshiriladi va ERI hosil 
qilinadi. Ushbu xabarni “rasshifrovkalash” uchun esa tomonning ochiq 
kalitini bilishning o‘zi yetarli. Demak, oddiy imzo tizimiga o‘xshash 
(oddiy imzo tizimida bir kishi imzo qo‘yadi va qolganlardan uning 
haqiqiyligini tekshirish talab etiladi). ERI tizimida ham shaxsiy kalit 
egasi xabarni imzolaydi, qolganlar esa, uning ochiq kalitidan foydalanib, 
imzoni haqiqiyligini tekshiradi.
Agar A tomon xabar 
𝑀
ga imzo qo‘ygan bo‘lsa, u holda imzo 
𝑆
= [
𝑀
]
𝐴
shaklida ifodalanadi (xuddi ochiq kalitli kriptografiyada 
shaxsiy kalit bilan rasshifrovkalash kabi). ERI tizimlarini yaratish ikkita 
muolajadan iborat:
ERIni shakllantirish 
va 
ERIni tekshirish 
(3.10-rasm). 
Imzolovchi
Hujjat
10101110101
Xeshlash 
algoritmi
Imzolangan 
hujjat
111000101
“Shifrlash”
Imzolangan 
hujjat
111000101
10101110101
10101110101
Xeshlash algoritmi
“Rasshifrovkalash”
Tarmoq

Download 3,33 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish