• 8-MA’RUZA. Gidravlik hisoblash. Gidravlik hisob. Issiqlik almashtirgichning gidravlik qarshiligi.
  • 9-MA’RUZA. Qovurg‘ali issiqlik almashinish yuzasiga ega bo‘lgan ixcham apparatlarning issiqlik hisobi
  • Ma’ruzani qisqacha yakunlari




    Download 6,57 Mb.
    bet15/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Ma’ruzani qisqacha yakunlari:

    1. Qiyosiy issiqlik hisobi amaliyotda standart yoki yangidan ishlab chiqilgan issiqlik almashtirgich uchun G1 va G2 sarflar, t'1 va t'2 boshlang‘ich temperaturalar, F apparat yuzasining maydoni ma’lum bo‘lganda issiqlik eltuvchilarning temperaturalarining t" va t2" oxirgi qiymatlarini yoki apparatning issiqlik quvvatini aniqlash imkonini beradi.


    2. Issiqlik almashtirgichning samaradorligi - uning amaldagi issiqlik quvvatining maksimal mumkin bo‘lgan quvvatdan ulushi bilan aniqlanadi; (Gc)min— G1c1 va G2c2 lardan eng kichigi.
    3. Samaradorlik uslubidan foydalanish bilan faqatgina qiyosiy hisoblashlarni emas, balki issiqlik eltuvchilarning harakatining turli xil sxemalariga ega bo‘lgan issiqlik almashtirgichlarning issiqlik-konstruktiv hisoblashlarini bajarish ham qulay bo‘ladi.
    4. Komponovkali hisoblashda issiqlik almashinish yuzasining maydoni, issiqlik eltuvchilar uchun mo‘ljallangan kanallarning o‘tish kesimlari, yurishlar soni, issiqlik almashtirgichning gabarit o‘lchamlari o‘rtasidagi asosiy nisbatlar aniqlanadi.
    8-MA’RUZA. Gidravlik hisoblash.

    1. Gidravlik hisob.

    2. Issiqlik almashtirgichning gidravlik qarshiligi.

    3. Qovurg‘ali issiqlik almashinish yuzasiga ega bo‘lgan ixcham apparatlarning issiqlik hisobi

    4. Issiqlik almashinish apparavtlarini kompaktlilik ko‘rsatkichi.

    Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, loyiha hisoblashlarini bajarishda standart issiqlik almashinish apparatlaridan foydalanishga harakat qilinadi. Ularning ko‘pchiligi uchun naturali namunalarni sinovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha issiqlik almashtirgichning gidravlik qarshiligining issiqlik eltuvchilarning har biri bo‘yicha issiqlik eltuvchilarning tezligidan (tomchili suyuqliklar uchun) yoki ularning massa tezligidan (gazsimon muhitlar uchun) empirik bog‘liqliklari olingan, masalan, standart kaloriferlarning qarshiligini hisoblash uchun formulalar § 2.10 dan qaralsin.


    Bunday bog‘lanishlar bo‘lmagan taqdirda yoki tanlanadigan issiqlik almashtirgichni ekspluatatsiya qilish sharoitlari standart sharoitlardan sezilarli darajada farq qiladigan hollarda ularni detalli gidravlik hisoblash bajariladi. Shunda issiqlik almashinish apparatining to‘liq gidravlik qarshiligi issiqlik eltuvchilarning har qandayi bo‘yicha issiqlik almashinish yuzasining kanallaridagi ishqalanish qarshiliklari ∆rt ishqalanish qarshiliklari, oqimning kanallarga kirishdagi va ulardan chiqishdagi qaytmaydigan yo‘qolishlar oqibatidagi ∆rvx va ∆rvыx mahalliy qarshiliklar, issiqlik almashtirgichning shtuserlar, taqsimlash kameralari va hokazolarni ham o‘z ichiga oladigan oqim qismida oqimlarning to‘satdan kengayishi, torayishi va burilishi bilan shartlanadigan boshqa ∆rm mahalliy qarshiliklarning yig‘indisi ko‘rinishida taqdim qilinadi. Bundan tashqari, issiqlik eltuvchining isishi yoki sovushi natijasida oqimning issiqlik eltuvchining zichligi va tezligining o‘zgarishi bilan chaqiriladigan tezlanishidan ∆ru qo‘shimcha qarshilik paydo bo‘ladi. Nihoyat, atmosfera bilan birlashgan ochiq tarmoqlarga ulangan apparatlarda apparatdagi issiqlik eltuvchi va qurshab turuvchi muhit zichliklarining farqi hisobiga vujudga keladigan ∆rs o‘z-o‘zini tortish qarshiligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Natijada quyidagini olamiz

    bunda ξ — ishqalanish koeffitsienti; ξmi – mahalliy qarshiliklarning koeffitsientlari; ρ va w — issiqlik eltuvchining o‘rtacha zichligi va tezligi; ρ ' va ρ ", w' va w" — uning kirishdagi zichligi va tezligi; l va d — kanalning uzunligi va ekvivalent diametri; ∆h— issiqlik eltuvchining tizimga kirish va chiqish sathlarining farqi; ρ 0 — atmosferaning zichligi; i—hisoblanadigan uchastkaning nomeri.





    Ris. 2.19 rasm. Kesishuvchi oqimli gaz-suyuqlikli va gaz havoli issiqlik almashtirgichlarni tizimga ulash sxemasi.
    a — issiqlik eltuvchilarning majburiy harakatiga ega bo‘lgan gaz-suyuqlikli issiqlik almashtirgachlarning ochiq sxemasi; b — muhitlarning majburiy harakatiga ega bo‘lgan gaz-havoli issiqlik almashtirgachlarning ochiq sxemasi;; v, g—issiqlik eltuvchilarning majburiy harakatiga ega bo‘lgan ketma-ket va parallel ulangan issiqlik almashtirgichlarning yopiq tizimlardagi sxemasi; d — issiqlik eltuvchining erkin harakatiga ega bo‘lgan, yopiq tizimga ketma-ket ulangan isitgich (1) va sovutgich (2).
    ξ va ξmi ni hisoblash usullari «Suyuqlik va gaz mexanikasi» kursidan ma’lum va [29, 35, 95] da, shuningdek § 2.10 da batafsil keltirilgan. Ko‘ndalang oqimda trubalar tutamining qarshiligi odatda ketma-ket ulangan mahalliy qarshiliklar sifatida ko‘rib chiqiladi va ∆p=ξρw2/2 yoki ∆p=Euρw2 formula bo‘yicha hisoblanadi, bunda Eu – Eyler soni; ξ – tutam qarshiligining umumiy koeffitsienti.
    Spiralli va gofrilangan plastinkalardan yig‘ilgan plastinkali issiqlik almashtirgichlarning qarshiliklarini hisoblashda ham xuddi shunday qilinadi [8].
    Tizimga 2.19a,b rasmda ko‘rsatilganidek ulangan gaz-suyuqlik, gaz-gaz issiqlik almashtirgichlarning aerodinamik qarshiligini hisoblashda (2.57) tenglamani [50] da taklif qilingan tenglamaga qayta shakllantirish qiyin emas:
    , (2.58)



    2.20 rasm. To‘g‘ri burchakli (a) va uchburchakli (b) kanallarga ega bo‘lgan ixcham qovurg‘ali issiqlik almashtirgichlar uchun kc va ke ning Re va σ dan bog‘liqliklari
    bunda σ – issiqlik almashtirgich traktining jonli kesimi maydonining uning frontal kesim maydoniga nisbati; ks va ke — statik bosimning kirish va chiqishdagi qaytmaydigan yo‘qolishlari hisobiga qarshilik koeffitsientlari; F — issiqlik almashinish yuzasining to‘liq maydoni; fs —traktning jonli kesimining maydoni; f — ishqalanish omili; w — fc ning eng tor kesimidagi tezlik. Qolgan belgilanishlar avval qabul qilinganlariga mos keladi.
    (2.58) tenglamada summa bilan kirishning ta’siri hisobga olinadi, bunda (1-σ2) va kc kattaliklar mos ravishda to‘satdan torayishdan bosimning qaytar pasayishi va qaytmaydigan yo‘qotilishlarini hisobga olish uchun kiritilgan. (1—σ2) va ke a’zolar yordamida xuddi shu tarzda bosimning qaytar ortishi va kanaldan chiqishda to‘satdan kengayish natijasida bosimning qaytmaydigan yo‘qotilishi hisobga olinadi. (ρ'/ ρ "—1) a’zo bilan zichliknig o‘zgarishi hisobiga oqimning tezlanishiga yo‘qotishlar hisobga olinadi (bu yerda ρ ' va ρ " — issiqlik eltuvchining kanalga kirishdagi va undan chiqishdagi zichliklari).
    kc va ke koeffitsientlar kirish va chiqishning geometrik xarakteristikalari va oqim rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Ularni aniqlash uchun grafiklar 2.20 rasmda keltirilgan. Silliq dumaloq trubalarga nisbatan ξ = 4f munosabat o‘rinli bo‘ladi.
    Issiqlik eltuvchilarning issiqlik almashinish apparatlarida ko‘chishi odatda nasoslar yoki ventilatorlar yordamida majburiy tarzda, ba’zan o‘z-o‘zini tortish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda haydovchi yoki so‘rish trubasi bilan hosil qilinadigan zaruriy kerakli bosim issiqlik almashtirgich, quvurlar tarmoqlari va sxemaga ketma-ket ulangan boshqa elementlarning qarshiliklarining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Issiqlik almashtirgichlarni ulashning mumkin bo‘lgan sxemalari 2.19 rasmda keltirilgan.
    Nasos yoki ventilatorni yuritish uchun elektrodvigatelning quvvati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi
    N=V∆p/η, (2.59)
    bunda ∆r — issiqlik almashtirgich, quvurlar tarmoqlari va tizimning boshqa elementlarida bosimning yo‘qotilishi; V — issiqlik eltuvchining hajmiy sarfi; η — nasos yoki ventilatorning FIK.

    9-MA’RUZA. Qovurg‘ali issiqlik almashinish yuzasiga ega bo‘lgan ixcham apparatlarning issiqlik hisobi



    Download 6,57 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




    Download 6,57 Mb.