6-MA’RUZA. Issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash va loyihalash ketma-ketligi
1. Issiqlik uzatish tenglamasi
2. Issiqlik tashuvchilar orasidagi o‘rtacha haroratlar farqi
Ular uchun umum tomonidan qabul qilingan standart sharoitlarda foydalaniladigan ko‘plab issiqlik almashtirgichlar uchun spravochnik adabiyotlarda [64, 95] issiqlik uzatish koeffitsientlarining temperatura bosim kuchlari, harakt tezliklari, temperaturalar, bosimlar va boshqa omillarga bog‘lanishlari keltiriladi. Umumiy ko‘rinishda ularni quyidagi tenglama bilan taqdim qilish mumkin
bunda pv— gazsimon issiqlik eltuvchining massa tezligi; w — suyuqlikli issiqlik eltuvchining tezligi; ∆t— temperaturaning bosim kuchi; r— qaynayotgan suyuqlikning bosimi.
Issiqlik almashtirgichlarning ba’zi bir tiplari uchun (2.15) ko‘rinishdagi konkret bog‘lanishlar §2.10 da keltirilgan. Bunday bog‘lanishlar bo‘lmaganda yoki tanlanadigan issiqlik almashtirgichni ekspluatatsiya qilish sharoitlari standart sharoitlardan sezilarli darajada farq qiladigan hollarda issiqlik uzatish koeffitsientini hisoblash uchun «Issiqlik-massa almashinishining asoslari» kursidan ma’lum bo‘lgan formulalardan foydalaniladi [34, 35].
Dumaloq trubalardan jamlangan yuzalar uchun,
bunda α1 va α 2 — isituvchi va isitiladigan issiqlik eltuvchilarning issiqlik berish koeffitsientlari; dsr, dv va dn — trubalarning o‘rtacha, ichki va tashqi diametrlari; λst — trubalarning materialining issiqlik o‘tkazuvchanligi: Rzag — issiqlik almashinish yuzasining har ikkala tomonidan ifloslanishining termik qarshiligi.
dcp ni hisoblashda quyidagi qoidaga amal qilinadi: a1>a2 bo‘lganda dcp=dn, a1=a2 bo‘lganda dcp=0,5(dv+dn), a1Qoidaga ko‘ra, issiqlik almashinish apparatlarida qo‘llaniladigan trubalarda dn/dv
bunda xatolik 1—3% dan oshmaydi.
Agar ifloslanishlarning δzag 1, δzag 2, λzag1 va λzag2 qalinliklari va issiqlik o‘tkazuvchanliklari ma’lum bo‘lsa, u holda (2.16) formuladan foydalanishda
Rzag = δzag 1dn / (λzagd1) + δzag2 /λzag2
va (2.17) formuladan foydalanishda
Rzag = δzag 1/ λzag1 + δzag2 /λzag2 bo‘ladi.
Issiqlik eltuvchilar va texnologik muhitlarning ko‘plab turlari uchun Rzag ning qiymatlari maxsus adabiyotlarda keltiriladi [58, 78]. Bunday ma’lumotlar bo‘lmaganda quyidagi nisbatlar asosida taxminiy hisoblashlar bajariladi
bunda ko —ifloslanmagan yuza uchun hisoblangan issiqlik uzatish koeffitsienti (Rzag =0); F0 — apparat yuzasining ifloslanishlarni hisobga olmagan holda hisoblangan maydoni. Ko‘pchilik apparatlar uchun φ=0,65÷0,85. Agar issiqlik almashinishda ishtirok etadigan ishchi muhitlardan intensiv ravishda cho‘kindilar ajralsa, sr=0,4÷0,5.
α1 va α2 issiqlik berish koeffitsientlarini hisoblash uchun (2.16) va (2.17) tenglamalarda § 2.10 da keltirilgan formulalar va tavsiyalardan foydalanish mumkin. Xuddi o‘sha joyda ular bilan issiqlik eltuvchilarning bu formulalarga kiradigan issiqlik-fizikaviy xususiyatlari tanlanadigan yoki hisoblanadigan temperaturalar va boshqa shartlar, xarakterli o‘lchamlar va tezliklarni tanlash qoidalari ko‘rsatilgan.
Issiqlik berish yoki issiqlik uzatish koeffitsientlarini hisoblash uchun issiqlik eltuvchilarning tezliklarini bilish talab qilinadigan hollarda, ular 1.3 jadvalda keltirilgan tavsiyalarga tayangan holda beriladi. Shundan keyin issiqlik almashtirgich standart issiqlik almashtirgichlar orasidan tanlanadi. Apparatni detalli ishlab chiqishda issiqlik almashtirgichning konstruksiyasi va issiqlik berish koeffitsientini hisoblash uchun uning asosiy o‘lchamlari (masalan tutamdagi trubalarning diametrlari va qadamlari va hokazolar) beriladi. Bunda issiqlik eltuvchilarnigg har biri bo‘yicha uzluksizlik tenglamasi bajarilishi lozim
bunda Gi— issiqlik eltuvchining sarfi; ri —issiqlik eltuvchining zichligi; wi — issiqlik eltuvchining kanalning kesimi bo‘yicha o‘rtalashtirilgan tezligi; fi —kanalning isituvchi (i=1) va isitiladigan (i=2) issiqlik eltuvchilar o‘tishi uchun jonli kesimi.
2.12 rasm. Singdirmaydigan yuza orqali issiqlik almashinishida issiqlik va massaning olib o‘tilishining sxemalari.
|