|
Ma’ruzani qisqacha yakunlari
|
bet | 9/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Ma’ruzani qisqacha yakunlari:
1. Qobiq-quvirli issiqlik almashtirgichlar eng ko‘p tarqalgan (2.2 rasm). Ular suyuqlik – suyuqlik, bug‘ – suyuqlik, gaz – suyuqlik, gaz – gaz issiqlik eltuvchilar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan va o‘zlarida panjaralar yordamida bir tutamga to‘plangan va odatda silindrsimon kojuxga kiritilgan trubalar qatoridan ishlangan apparatlarni taqdim qiladi.
2. Quvirlar va qobiqlarning temperaturali kengayishlaridagi farqlar natijasida vujudga keladigan zo‘riqishlarni kompensatsiyalash uchun linzali kompensatorlar, U- va W-simon trubalar, Fild trubalari, suzuvchi kameralar va salnikli zichlashishga ega bo‘lgan issiqlik almashtirgichlar qo‘llaniladi (2.2 rasm).
3. Qobiq-quvirli issiqlik almashtirgichning trubalar orasidagi o‘tish kengligining kesimi trubalarning o‘tish kesimidan 2,5—3 martaga oshiq bo‘ladi.
4. Qobiq-quvirli issiqlik almashtirgichlar, seksiyali, lamelli, spiralli va boshqa issiqlik almashtirgichlar konstruksiyalari o‘rganildi.
5-MA’RUZA. Issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash va loyihalash ketma-ketligi
1. Issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash turlari
2. Issiqlik konstruktiv hisobi
3. Issiqlik balansi tenglamasi
4. Issiqlik uzatish tenglamasi
5. Issiqlik tashuvchilar orasidagi o‘rtacha haroratlar farqi
Issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash va loyihalash amaliyotida issiqlik-konstruktiv, issiqlik-qiyosiy, komponovkali, gidravlik, mexanik va texnik-iqtisodiy hisoblashlarni ajratish qabul qilingan.
Issiqlik-konstruktiv hisoblash konstruksiyasi bo‘yicha yangi apparatni yaratish yoki standart apparatlar orasidan uni tanlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunda issiqlik eltuvchilarning sarflari, boshlang‘ich temperaturalari, asosiy xususiyatlari, apparatning issiqlik quvvati ma’lum bo‘ladi. Ko‘pincha issiqlik quvvati o‘rniga issiqlik eltuvchilarning oxirgi temperaturalari beriladi. Hisoblashlar natijasida apparat yuzasining maydoni va asosiy konstruktiv o‘lchamlari aniqlanadi. Qiyosiy hisoblashlarda odatda o‘lchamlar, issiqlik eltuvchilarning boshlang‘ich parametrlari va xususiyatlari ma’lum bo‘lganda, issiqlik eltuvchilarning oxirgi temperaturalarini yoki issiqlik quvvatini hisoblash talab qilinadi. Issiqlik-konstruktiv hisoblash odatda komponovkali va gidravlik hisoblashlar bilan birgalikda olib boriladi
Komponovkali hisoblashda issiqlik almashinish yuzasining maydoni, issiqlik eltuvchilar uchun mo‘ljallangan kanallarning o‘tish kesimlari, yurishlar soni, issiqlik almashtirgichning gabarit o‘lchamlari o‘rtasidagi asosiy nisbatlar aniqlanadi.
Gidravlik hisoblashning maqsadi issiqlik almashtirgichning o‘tish kanallarining gidravlik qarshiligi va issiqlik eltuvchilar hamda texnologik muhitlarning ko‘chishiga sarflanadigan quvvat sarfini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Agar ular ekspluatatsiya qilish sharoitlari va apparatni tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olish bilan tuzilgan topshiriqda ko‘zda tutilganidan yuqori bo‘lsa, u holda kanallarning issiqlikni hisoblashda qabul qilingan ko‘ndalang va bo‘ylama o‘lchamlariga, issiqlik eltuvchining tezligiga o‘zgartirishlar kiritiladi, shu asosda komponovka o‘zgartiriladi (masalan, yurishlar soni oshiriladi yoki kamaytiriladi, apparatning seksiyalarini ulash sxemasi o‘zgartiriladi va hokazolar) yoki apparatning avval tanlangan tipi boshqasiga almashtiriladi. Shundan keyin issiqlik komponovkali va gidravlik hisoblashlar ko‘rsatilgan cheklashlar qanoatlantirilguncha takrorlanadi. Topshiriqda cheklashlarning boshqa turlari, masalan, issiqlik almashtirgichning og‘irligi, gabarit o‘lchamlari va hokazolar bo‘yicha ham cheklashlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra, hisoblanadigan issiqlik almashtirgichlar sanoatda ishlab chiqariladigan standart issiqlik almashtirgichlar orasidan tanlanadi. Yangi issiqlik almashinish apparatlarini detalli loyihalash va yaratish sanoatda ishlab chiqarilayotgan apparatlar ularni ekspluatatsiya qilishning berilgan shartlarni qanoatlantirmaydigan yoki qandaydir bir boshqa sabablarga ko‘ra ulardan foydalanishning iloji bo‘lmagan hollarda o‘rinli bo‘ladi.
Issiqlik almashinish apparatlarini loyihalashning keyingi bosqichi mexanik hisoblash: ya’ni apparatning detallari va ularning birikishlarini mustahkamlik, zichlik va qattiqlikka tekshirish hisoblanadi (GOST 14249-80). Bunda truba panjaralari, trubalar, obechaykalar (yon tomonlar), tagliklar va boshqa detallarning qalinliklari aniqlashtiriladi. Agar issiqlik almashtirgach standartlari yoki normallashtirilganlari (tarmoq normalari bo‘yicha ishlab chiqariladiganlari) orasidan tanlansa, u holda apparatdagi hisob-kitob bosimi va temperaturasi yo‘l qo‘yiladigan bosim va temperatura bilan solishtiriladi [7, 95]. Mexanik hisoblash natijasida shuningdek issiqlik va komponovkali hisoblashlarda qabul qilingan apparat detallarining o‘lchamlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, Biroq bu kanallarning o‘lchamlariga, yuza maydoniga va issiqlik almashtirgichning gabarit o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar apparat 0,7∙105 Pa dan oshiq bosim ostida ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda uning konstruktiv bajarilishi Gosgortexnadzorning qoidalariga mos kelishi lozim [7].
Konstruktiv, komponovkali, gidravlik, mexanik va texnik-iqtisodiy issiqlik hisoblashlarining jamlanmasi – ular natijasida issiqlik almashinish apparatini tayyorlash, montaj qilish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari aniqlanadi – loyiha hisoblashi deb ataladi.
Issiqlik almashinish apparatlarini hisoblashda bir qator qarama-qarshi omillar (faktorlar) bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi. Masalan, issiqlik eltuvchilarning tezligini oshirish yoki kanallarning ko‘ndalang o‘lchamlarini kichraytirish, bir tomoondan, issiqlik almashinishini intensifikatsiyalaydi, ikkinchi tomondan esa, gidravlik qarshiliklarning ortishi va nasoslar hamda ventilatorlarnigg yuritmalariga sarflanadigan energiya sarfining ortishiga olib keladi. Legirlangan po‘latlarning qo‘llanilishi apparat detallarining korroziyaga bardoshliligini oshiradi va uning xizmat qilish muddatini uzaytiradi, biroq shu bilan bir paytning o‘zida tayyorlash jarayonining murakkablashuviga va issiqlik almashtirgichning narxining ortishiga olib keladi. Issiqlik eltuvchilarning optimal parametrlari va tezliklari, apparat detallarinng o‘lchamlari va ularni tayyorlash uchun qo‘llaniladigan materiallar to‘g‘risidagi savolga yakuniy javobni texnik iqtisodiy hisoblash beradi [45, 58].
Hozirgi kunda qo‘l ostimizda mavjud bo‘lgan EHM ni qo‘llash imkoniyati, issiqlik almashinish apparatlarini modellashtirishning ishlab chiqilgan sonli uslublari va matematik uslublari konstruktiv o‘lchamlarni, issiqlik va gidrodinamik parametrlarni va boshqa omillarni (faktorlarni) o‘zgartirishda keng diapazonda optimallashtiradigan hisoblashlarni amalga oshirish imkonini beradi.
|
| |