|
-MA’RUZA. Issiqlik tashuvchilar
|
bet | 5/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)2-MA’RUZA. Issiqlik tashuvchilar.
Issiqlik tashuvchilarni turlari.
Issiqlik tashuvchilarni agregat holatlari.
Issiqlik tashuvchilarni bosim va harorat bo‘yicha tasnifi.
Issiqlik tashuvchilarni issiqlik berish koeffitsientlari.
1.2. Issiqlik tashuvchilar.
Issiqlik tashuvchilar belgilangan maqsadi, agregat holati va harorat va bosimlarning ko‘lam chegaralari bo‘yicha tasniflanadilar.
Issiklik tashuvchilarni maqsadi bo‘yicha isituvchi issiqlik tashuvchi, sovituvchi issiqlik tashuvchi yoki sovuqlik tashuvchi, oraliq issiqlik va sovuqlik tashuvchilar, xladoagent (sovutgich sikllaridagi ishchi jism), quritish agenti va h.k. deb yuritiladi.
Agregat holati bo‘yicha bir fazali va ko‘p fazali (ko‘pincha ikki fazali issiqlik tashuvchilarga bo‘linadi. Bir fazalilarga past haroratli plazma (alanga); gazlar, kondensatsiyalanmaydigan bug‘lar aralashmalari; ishchi bosimlarda qaynamaydigan va bug‘lanmaydigan suyuqliklar, ularning aralashmasi, qorishmalar; qattiq moddalar (ko‘pincha donador) kiradi. Ikki fazali va ko‘p fazali issiqlik tashuvchilarga qaynovchi, bug‘lanuvchi va gaz bilan sochratiluvchi suyuqliklar, kondensatsiyalanadigan buglar, tarkg kondensatsiyalanadigan bug‘ bo‘lgan bug‘-gaz aralashamalar; eriyotgan va qotayotgan, haydash (qattiq moddani bevosita bug‘ga aylantirish) sublimatsiyalanuvchi va desublimatsiyalanuvchi qattiq moddalar, ko‘piklar, aerozollar, donador moddali gazlar va boshqa changli gaz oqimlari; emulsiyalar, suspenziyalar, quykalar, pastalar va boshqa murakkab reologik tizimlar kiradi.
Ishchi haroratlar bo‘yicha yuqori haroratli, o‘rta haroratli, past haroratli issiqlik tashuvchilarga va kreogen haroratlarda qo‘llaniladigan issiklik tashuvchilarga ajratiladi. Yuqori haroratli gazsimon issiqlik tashuvchilarga tutun va yonish gazlarini kiritadilar. Ularning harorati 1500° S gacha yetishi mumkin. Suyuq holdagi yuqori haroratli issiqlik tashuvchilarga atmosfera bosimida qaynash harorati 200°S dan ortiq bo‘lgan moddalarni kiritish qabul qilingan. Bular mineral moylar, kremniy organik va difenil birikmalar, tuzlar eritmalari va suyuq metallar (1.1-jadval).
O‘rta xaroratli issiqlik tashuvchilarga birinchi navbatda suv bug‘i, suv va havoni keltiriladi. Bug‘ 650°S gacha haroratlarda foydalaniladi, suv - 375°S gacha, havo –100°S gacha. Past haroratli issiqlik tashuvchilar deb, qaynash harorati odatda bosim 0,1 MPa bo‘lganda 0°S dan oshmaydigan issiqlik tashuvchilarni hisoblash mumkin. Bularga birinchi navbatda sovutish agentlarini ko‘rsatish mumkin. Ularning ayrimlari uchun bosimga bog‘lik holda haroratlari grafigi 1.2-rasmda keltirilgan. Kriogen issiqlik tashuvchilar deb suyultirilgan gazlar (kislorod, vodorod, azot, havo va boshqalar) va ularning bug‘lariga aytiladi. Ularning qo‘llanilish sohasi - 150°S quyida yotadi.
va 1.3 jadvallarda keng tarqalgan issiqlik tashuvchilarning bosim va haroratlarini ishchi oraliklarining taxminiy qiymatlari, ularni issiqlik almashtinuv apparatlari kanallaridagi harakatlanishini tavsiya etiladigan tezliklari keltirilgan. Issiqlik tashuvchilarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: atmosfera bosimidagi yetarlicha yuqori qaynash harorati, katta issiqlik almashuvi intensivligi, termik chidamlilik, past erish harorati, kam qovushoqlik, katta solishtirma issiqlik sig‘im va bug‘ hosil qilish issiqligi, sust korrozion faollik va kam zaxarlilik, alangalanmaslik, portlash xavfsizligi va jo‘nrok qiymat.
Issiqlik tashuvchilar yordamida issiqlik uning manbaidan iste’molchiga tashishni amalga oshirishdagi ruxsat etilgan va maqbul masofalari, apparatlardagi issiqlik tashuvchining harakat tezligi va haroratlari texnik-iqtisodiy hisoblar natijasida aniqlanadi. Bunda tizimning elementlarini tayyorlash (yasash), qurilish ishlarini o‘tkazish va qurilmalarni montaji bilan aniqlanadigan kapital sarflar hamda issiqlik tashuvchini haydash uchun energiyaning qiymati, qurilmalarni remonti uchun sarflar va ishchi xodimlar maoshlarini o‘z ichiga olgan ekspluatatsion harajatlarni inobatga olinadi.
va 1.3 jadvallarda keltirilgan harorat, bosim va tezliklarning taxminiy ishlovchi oraliklar qiymatlarida u yoki bu issiqlik tashuvchilardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ularning xossalarini hisobga olgan xolda texnik-iqtisodiy xisoblar va issiqlik texnologik va issiqlik energetik qurilmalarni ishlatish tajribasi asosida olingan. 1.4- jadvalda keltirilgan turli issiqlik tashuvchilarning issiqlik va massa almashinuv apparatlarda harakatidagi issiqlik berish koeffitsientlarini taxminiy qiymatlari ham xuddi shu sharoitlarga mos keladi.
Eng ko‘p tarqalgan issiklik tashuvchilar bo‘lib suv bug‘i, issiq va sovuq suv, yonish va tutun gazlari, havo hisoblanadi. Bu ma’lum darajada ularning oson va bemalol toplishi, zaxarsizliga va arzonligi boisdir.
Gazsimon issiqlik tashuvchilarni tashish, suyuqlik issiqlik tashuvchilarni tashishga qaraganda energiya sarflari yuqori, chunki ular kam zichlikka, past issiqlik berish koeffitsientiga, katta massaviy va, ayniqsa, hajmiy sarflarga egaligidir. Shuning uchun tutun gazlarini, masalan, bir necha 100 metrga, bosim ostida suv bug‘ini o‘nlab kilometrgacha bo‘lgan masofalarga, suvni esa o‘nlab va yuzlab kilometrgacha tashiladi. Yuqori bosimlarda gaz va bug‘larning xossalari, ularning harakat tezliklari va texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari suyukliklarning xuddi shunday xarakterlariga yaqinlashadi.
Quvurlar va qizitish sirti yuzalarining obraziv yemirilishini oldini olish uchun changli gaz oqimlarni harakatlanish tezliklari 10-12 m/s dan oshmas- ligi lozim.
Tutun gazlarning tarkibida suv bug‘lari va ularda yaxshi erib kislorod hosil qiluvchi uglerod, azot va oltingugurt oksidlari mavjud. Shuning uchun qurilmalarni korroziyadan saqlash uchun ularni shudring nuqtasidan past haroratgacha (odatda 125-135°S) sovitish tavsiya etilmaydi, chunki bunda bug‘ning kondensatsiyalanishi boshlanadi.
Agar issiqlik tashuvchi sifatida nam havodan foydalanilganda manfiy haroratli yuzalarda muz yoki qirov hosil qiladi va bu esa issiqlik berish intensivligini pasaytiradi.
Suyuq issiqlik tashuvchilarning harorati issiqlik almashinuv aparatlarida gazsimon muhitlarnikaga qaraganda kam o‘zgaradi, chunki suyuqlik- larning yuqoriroq solishtirma issiqlik sig‘imga egaligi sabablidir. Suyuqliklarning kaynashida va toza bug‘larning kondensatsiyalanishida uning xarorati o‘zgarmaydi. Bu holat issiqlik jarayonlarini boshqarishni ancha yengillashtiradi.
Zarur bo‘lganda fazaviy o‘zgarishlarga qaraganda yuqoriroq issiqlik oqimlari zichliklarini ta’minlash uchun kimyoviy tasirlanadigan moddalardan foydalaniladi, chunki ta’sirlanishning issiqlik effekti bug‘ hosil qilishning yashirin issiqligidan tahminan 10 karra yuqoridir.
Qorni (muzni) tuz (NaCl, CaCLr va boshqalar) bilan aralashtirganda qorning bir qismi issiqlik yutib eriydi va aralashmaning harorati pasayadi. Bunday holatni turli moddalarni sovutish uchun foydalaniladi.
|
| |