|
Issiqlik almashinuv va issiqlik massaalmashinuv apparatlari
|
bet | 4/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Issiqlik almashinuv va issiqlik massaalmashinuv apparatlari
Issiklik almashinuv apparatlarining maqsadi, ishlash prinsipi, issiqlik tashuvchilarni fazaviy holati; konstruktiv va boshka holatlariga ko‘ra ajratadilar.
Issiqlik almashinuv apparatlari foydalanish maqsadiga ko‘ra qizdirgichlar, bug‘latgichlar, kondensatorlar, sovutgichlar, radiator va shu kabilar deb yuritiladi. Issiqlik massa almashinuv apparatlari va qurilmalariga, masalan: skrubberlar, rektifikatsion (ajratish) kolonnalari, absorberlar; quritish kameralari, gradirnyalarni kiritish mumkin. Alohida guruxga kimyoviy reaksiyalar issiqlik massaalmashinuv jarayonlari bilan birgalikda kechadigan apparatlar – kimyoviy reaktorlarga ajratiladi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra sirtiy va kontaktli apparatlarga bo‘linadi. Sirtiy issiqlik almashgichlarda issiqlik harorati yuqoriroq muhitdan qattiq devorga (nasadka), undan esa sovukrok muxitga uzatiladi. Kontaktli apparatlarda issiqlik almashinuv issiqlik tashuvchilarni bevosita o‘zaro tegishida amalga oshiriladi va hamisha massani ko‘chishi bilan kuzatiladi. Boshqa kontaktli apparatlardan aralashtiruvchi apparatlarni ajratiladi. Ularda issiqlik tashuvchilar oqimlarining bir qismi yoki hammasi o‘zaro aralashib ketadi.
Issiqlik almashinuv amalga oshirilayotgan qattiq devorning yuzasi va uchrashayotgan (kontaktlanayotgan) muhitlarning o‘zaro ajralish chegaralari issiqlik almashinuv yuzasi yoki qizdirish yuzasi deyiladi, agarda issiqlik almashinuv massa o‘tkazish bilan kechsa, unda issiqlik massa almashinuv yuzasi deyiladi.
Gaz – suyuqlik kontaktli apparatlarda issiqlik almashinuv yuzasi qattiq zarralar, halqalar, taxtada, metall qirindi va h.k. kabi nasadkalar yordamida hosil qilinishi mumkin. Nasadkalarni yuzasi to‘la ho‘llanganda issiqlik massa almashinuv yuzasi nasadkani yuzasi maydoniga teng deb qabul qilinadi. Nasadkasiz gaz-suyuqlikni kontaktli apparatlarda issiqlik ma almashinuv yuzasi suyuqlik va gazning (bug‘ning) o‘zaro gidrodinamika issiqlik ta’sirlanishi (suyuqlikni sachratish, barbataj va h.k.) natijasida hosil bo‘ladi. Tomchi, kurakchalar va yoki elementar oqimchalarni yuzalari issiqlik, massa almashinuv yuzasi bo‘lib hisoblanadi.
Sirtiy issiqlik almashinuv apparatlari rekuperativ va regenerativ apparatlarga bo‘linadi.
Rekuperativ issiqlik almashinuv apparatlarida issiqlik uzatilishi bir issiqlik tashuvchidan ikkinchisiga ularni ajratib turuvchi devor orqali amalga oshiriladi. Regenerativ issiklik almashinuv apparatlarida qizituvchi va qizitilayotgan issiqlik tashuvchilar navbatma – navbat qizitish yuzasini (nasadkani) bir tomoninigina yuvib o‘tadilar (1.1-rasm). Devor (nasadka)
I ` II `` II `
1.1 -racm. Sirtiy rekuperativ va regenerativ va konktaktli issiqlik almashgichlarning prinsipial sxemalari: a- rekuperativ uzliksiz ishlaydigan; b- rekuperativ davriy ishlaydigan; v- regenerativ davriy ishlaydigan; g- regenerativ uzliksiz ishlaydigan; d- issiklik quvurli; ye- oraliq donador issiqlik tashuvchili; I ` va I ``- qizituvchi issiqlik tashuvchini kirishi va chiqishi ;11` va II `` - qizitilayotgan issiqlik tashuvchini kirishi va chiqishi; 1,3 - qo‘zg‘almas va aylanuvchan nasadkalar; 2- oqimlarni yo‘nalishinn o‘zgatiruvchi to‘siq (shiber);
4- qattik donador issiqlik tashuvchi; 5- uni tashuvchi moslama;
qizituvchi issiqlik tashuvchi bilan uchrashgan paytda qiziydi, ya’ni issiqlikni tashuvchi bilan uchrashgan paytda qiziydi, ya’ni issiqlikni akkumulyatsiyalaydi, qizitilayotgan issiqlik tashuvchi bilan uchrashganda esa unga issiqligini beradi va soviydi. Rekuperativ apparatlar davriy yoki turg‘un issiqlik rejimida ishlaydilar. Davriy ishlaydigan apparatlar odatda katta hajmga ega bo‘lgan idishlardan iborat bo‘lib, ma’lum bir vaqt oraligida ishlov berilayotgan modda yoki tashuvchi bilan to‘ldiriladi va uni qizitadi yoki sovitadi so‘ng esa bo‘shatib olinadi. Typg‘yn rejimda qoidaga binoan uzluksiz ishlaydigan apparatlar ishlaydi. Bunda ularda vaqt davomida sarflar, konsentratsiyalar, muhitlarning apparatga kirish va undan chiqishdagi haroratlari doimiy ushlab turiladi.
Regenerativ issiqlik almashinuv apparatlari ham davriy va barqaror rejimlarda ishlashi mumkin. Davriy ishlaydigan apparatlarda issiqlik va sovuqlik issiqlik tashuvchilar navbatma – navbat qo‘zgalmas nasadkaga tegib o‘tishadi (1.1 v -rasm). Uzluksiz ishlaydigan regenerativ apparatlarda issiqlik tashuvchilarning oqimlari harakatlanadigan, masalan, aylanib turadigan qizdirish yuzasi (nasadka) bilan ajratilgan bo‘ladi. Bunda qizdirish yuzasining turli qismlari navbati bilan goh qizdirayotgan, goh qizdirilayotgan issiqlik tashuvchilar tegib o‘tadilar (1.1 g -rasm).
Texnika va texnologiyalarning rivojlanishi shunday issiqlik almashinish apparatlarini yaratishga olib keldiki, ularda issiqlik qizituvchi issiqlik tashuvchidan qizitilayotganiga oraliq tashuvchi yordamida uzatiladi (1.1 d,ye-rasm). Oraliq issiqlik tashuvchilar apparatda, xususan, issiqlik quvurlar issiqlik almashinuv apparatlari va agregat holatini o‘zgartirmaydigan qattiq sochiluvchan oraliq issiqlik tashuvchi issiqlik almashinuv apparatlari (1.1e-rasm) kiradi.
Issiqlik massa almashinuv jarayonida ishtirok etayotgan issiq va sovuq issiqlik tashuvchilar qizdirish yuzasi bo‘yicha bir tomonga qarab harakatlansa to‘g‘ri oqimli, qarama – qarshi xarakatida qarama qarshi oqimli, o‘zaro kesishuvchi bo‘lsa, chorraxasimon oqimli deb yuritiladi. Bunday sxemalar sodda sxemalar deyiladi. Agar birorta oqim o‘z harakatini o‘zgartirsa, bunday sxemaga murakkab sxema deyiladi. Issiqlik tashuvchi issiqlik massa almashinuv apparatida xarakat yo‘nalishi o‘zgarishsiz bosgan masofasi yo‘l deb nomlanadi. Xarakat yo‘nalishi o‘zgargan xisobi bo‘yicha, shunga mos ravishda yo‘llar soni aniqlanadi.
|
| |