Tushuncha, tariflar va sanoat qurilmalarini tasnifi




Download 6,57 Mb.
bet3/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

Tushuncha, tariflar va sanoat qurilmalarini tasnifi.
Zamonaviy sanoat korxonasining energetik va energetik texnologik xo‘jaligi, murakkab bo‘lgan majmuani tashkil etadi va quyidagi qurilmalarni o‘z ichiga oladi:
Turli ko‘rinishdagi energiya ishlab chiqarish va o‘zgartirish qurilmalari; yoqilg‘i, energiya, xom-ashyo va mahsulotlarni tashish uchun quvurlar va kommunikatsiyalar (elektr uzatish simlari, siqilgan havo, gidravlik va pnevmatik tashish yo‘llari quvurlari va hokazo); isitish, shamollatish va havoni maromlash qurilmalari va tizimlari; texnologik mahsulot ishlab chiqarish uchun energiyadan foydalanuvchi qurilmalar; chiqindilarni zararsizlantirish va yo‘qotish uchun qurilmalar, korxonani ikkilamchi va qo‘shimcha energetik resurslaridan foydalanish qurilmalari.
Eng murakkab va turli–tuman energetik texnologik qurilmalarni qo‘llaydigan bo‘lib kimyo, neft kimyosi, metallurgiya, ozik–ovkat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, qurilish materiallari sanoati korxonalari hisoblanadi.
Yoqilgi-energetik va xom–ashyo resurslaridan ishlayotgan va qurilayotgan sanoat korxonalarida ratsional foydalanish energiyani tejash, kam chiqitli na chiqitsiz texnologiyalar va energetik texnologiyalarni qurama usuli tamoyillari asosida erishiladi.
Ushbu qo‘llanmada o‘rta va past ko‘rsatkichli (parametrli) issiqliklardan foydalanishga asoslangan issiqlik va massa almashuvi jarayonlari va qurilmalari ko‘rib chikiladi.
Barcha issiqlik va massa almashinuv jarayonlari va qurilmalari yuqori haroratli, o‘rta haroratli, past haroratli va kriongenlarga bo‘linadi. Yuqori haroratlilarga olovli texnika jarayonlari va qurilmalarini ajratiladi, hususan sanoat pechlari. Ularga 400 – 2000°S oraliqdagi ishchi haroratlar mos keladi. O‘rta haroratli, masalan, bug‘lantirish, rektifikatsiya (ajratish), quritish kabi jarayonlar va qurilmalarni ishlash oralig‘i, odatda 150 – 700°S oraliqda joylashgan. Past haroratli tizimlar (isitish, shamollatish) – 150°S dan +150°S gachadir. Yanada pastrok haroratli jarayonlarni kriogen (masalan, havoni ajratish) deb ataladi.
Eng ko‘p tarqalgan jarayonlarga quyidagilarni kiritish mumkin: qizdirish, sovutish , kondensatsiyalash , bug‘lantirish, quritish, distillyatsiya, rektifikatsiya, eritish, kristallash, qotirish. Bularning ayrimlari ko‘pincha nafakat issiklik, balki massa almashinish (yutilish, diffuziya va boshqalar) bilan birga kechadi.
Issiqlik va massa almashinuv qurilmalarini asosiy elementlari bo‘lib issiqlik almashinuv va issiqlik massa almashinuv apparatlari, kameralar va boshqa jihozlar hisoblanadi.
Issiqlik almashinuv apparati (issiqlik almashtirgich) – bu ikki yoki bir nechta muhit (modda)lar orasida issiqlik almashinuv olib boriladigan qurilma.
Ikki yoki bir necha moddalar o‘rtasida massaalmashinuv kechadigan qurilmaga massaalmashinuv apparatlari deyiladi. Ularda issiqlik uzatish gazsimon, suyuq, va qattiq moddalarni fazoviy va kimyoviy o‘zgarishlari bo‘lgan holda konvektiv, konduktiv, nurlanish orqali bo‘lishi mumkin. Issiqlik almashinadigan yoki ko‘prok qizdiriladigan jism va moddalardan kamroq qizdirilganlariga issiqlik uzatish uchun qo‘llaniladigan harakatlanuvchi muhitlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi.


Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tushuncha, tariflar va sanoat qurilmalarini tasnifi

Download 6,57 Mb.