|
Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan
|
bet | 2/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)1-MA’RUZA. KIRISH SANOAT ISSIQLIK MASSA ALMASHUVI JARAYONLARI QURILMALARI. ISSIQLIK TAShUVCHILAR
Fanga kirish.
Asosiy tushunchalar, ta’riflar.
Sanoat qurilmalarining tasnifi.
Issiqlik almashuv va issiqlik massa almashuv apparatlari.
Mamlakatning rivojlanishida va baquvvat iqtisodiyotga ega bo‘lish еnergetikaning roli beqiyosdir. Shuning uchun rivojlangan jamiyat qurishda yoqilg‘i – energetik majmuaning tutgan o‘rni nihoyatda o‘sadi.
Energetik dastur energiyani iste’mol qilish tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutadi, xususan halq xo‘jaligining hamma sohalarida texnologik ishlab chiqarishni takomillashtirish natijasida yoqilg‘i va energiyani tejash, energiyani tejaydigan qurilma, mashina apparatlarni yaratish va joriy etish; barcha turdagi energetik yo‘qotilishlarni qisqartirish va ikkilamchi energiya resurslardan foydalanish darajasini oshirish; qurama energetik texnologik jarayonlarni qo‘llash va hokazo.
Bakalavr tayyorlashning malakaviy tavsifida ko‘rsatib o‘tilganki, ynda mutaxasis elektr, issiqlik, havo haydash, gaz, sovuqlik stansiyalarining energiya ishlab chiqa-ruvchi va energiya iste’mol qiluvchi qurilma jihozlarni, shuning bilan birga issiqlik va massa almashuvi qurilma apparatlarni loyihalash va ishlatish asoslarini bilishi shart. Sanoat korxonalarining energetik qurilmalarini issiqlik texnologiya konst-ruktiv hisoblarni bajara olishi hamda issiqlik va texnologik chiqindilar uchun yor-damchi qurilma va inshootlarni hisoblash ta’minlashni amalga oshira olishi lozim.
Issiqlik texnologik qurilmalarda qaynash, qizdirish, bug‘lantirish, ajratish, rentifi-katsiya va ularga hamroh bo‘ladigan sovutish kondensatsiyalash va hokazo jara-yonlar muhim o‘rin tutadilar.
Ushbu fan bu jarayonlarni va ular qo‘llaniladigan uchun qurilmalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu qo‘llanmada texnikada qo‘llaniladigan issiqlik tashuvchilar haqida, zamonaviy issiqlik va massa almashinuv apparatlari bug‘lantirish, quritish, ajratish, sovitish qurilmalari, issiqlik nasoslari, o‘rta va past haroratli issiqlik tex-nologik qurilmalarni yordamchi qurilmalari haqida, materiallar hamda issiqlik va sanoat chiqindilarini tozalash va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Talabaga issiqlik texnologik jarayonlarni tashkil etishning progressiv tamoyillari va sxemalarini tanlash, energiya manbalaridan ratsional foydalanish, tanlangan qurilmalarni issiqlik va gidravlik hisoblashni bajarish bo‘yicha bilimlar beriladi va ko‘nikmalar hosil kilinadi.
Qo‘llanma fan o‘quv dasturiga mos keladi va “Issiqlik texnikasining nazariy asos-lari”, “Suyuqlik va gaz dinamikasi”, “Bosim bilan haydash mashinalari” kabi fan-lardan olingan bilimlarga asoslanadi.
|
| |