• Nazorat savollari
  • Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan




    Download 6,57 Mb.
    bet19/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Ma’ruzaning qisqacha yakunlari:



    1. Davriy ravishda ishlaydigan rekuperativ apparatlarga reaksion apparatlar, qaynatish va bug‘latish qozonlari, suv isitgich-akkumullyatorlar (boyler-akkumullyatorlar) avtoklavlar va boshqalar kiradi. Davriy ravishda ishlaydigan apparatlar suv, turli xil muhitlar va materiallarni isitish va qandaydir bir vaqt davomida zaruriy temperatura va bosim darajasini ushlab turish uchun mo‘ljallangan.

    2. Suv isitgich-akkumullyatorlar isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tizimida pik (cho‘qqi) issiqlik yuklamalarni pasaytirish uchun mo‘ljallangan. Bu holda katta suv massasini uzoq vaqt oralig‘i mobaynida nisbatan past temperaturaga ega bo‘lgan issiqlik eltuvchi bilan isitish mumkin.

    3. Davriy ravishda ishlaydigan barcha apparatlarda statsionar bo‘lmagan issiqlik almashinishi sodir bo‘ladi. Statsionar bo‘lmagan ish rejimida issiqlik uzatish tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi

    Q=kF∆tτ
    bunda τ — apparatning ishlash vaqti; ∆t — temperaturaning t vaqt davomidagi o‘rtacha bosim kuchi.

    1. Laminar va o‘tish sohalarida konvektiv issiqlik almashinishni intensifikatsiyalash uchun uzoqqa cho‘zilgan trubalarda shnekli va boshqa zavixritellar qo‘llaniladi, ular oqimning tangensial o‘ralishini ta’minlaydi.



    Nazorat savollari

    1. Issiqlik almashinishning asosiy turlari va issiqlik almashinish apparatlarida issiqlik eltuvchilar harakatining asosiy rejimlarini ayting.

    2. Qanday hollarda dumaloq trubaning devori orqali issiqlik uzatish koeffitsientini hisoblashda yassi devor uchun olingan formuladan foydalanib bo‘lmaydi?

    3. Issiqlik uzatish koeffitsientini oshirish uchun sovuq havo va qaynoq suvni ajratib turadigan devorning qaysi tomonidan issiqlik almashinishni intensifikatsiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi?

    4. Faza holatini o‘zgartirmaydigan issiqlik eltuvchilarning harakatining qanday sxemasida o‘rtacha temperatura bosimi eng kichik va qanday sxemasida eng katta bo‘ladi?

    5. Agar issiqlik eltuvchilarning har ikkalasining yoki ulardan bittasining faza qayta shakllanishi sodir bo‘lsa, issiqlik eltuvchilarning harakatining sxemasi o‘rtacha temperatura bosimiga ta’sir ko‘rsatadimi?

    6. Qachon issiqlik berish koeffitsienti yuqoriroq bo‘ladi: issiqlik eltuvchi trubadan ko‘ndalangiga tashqaridan oqib o‘tgandami yoki xuddi o‘sha tezlik bilan trubaning ichida harakatlangandami?

    7. Issiqlik almashtirgichlarning qaysi birida: kojux-trubali yoki isitgich- akkumullyatorda – bir xil boshlang‘ich temperaturalarga ega bo‘lgan bir xil issiqlik eltuvchilardan foydalanilganda issiqlik uzatish koeffitsienti yuqori bo‘ladi?

    8. Qovurg‘ali trubalarni qo‘llash qanday hollarda maqsadga muvofiq bo‘ladi??

    * 9. Issiqlik berish koeffitsienti qachon yuqori bo‘ladi: vertikal trubada kondensatsiyalanishdami yoki gorizontal trubada kondensatsiyalanishdami?

      1. Suv va havoning suv bug‘i va yuqori temperaturali issiqlik eltuvchilarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini ayting.

      2. Issiqlik almashtirgichlardan qaysi birini tozalash oson: kojux-trubali, spiralli, zmeevikli yoki profillangan plastinkali?

      3. Issiqlik eltuvchilardan qaysi birini: kimyoviy tozalashdan o‘tgan suvnimi yoki is gazlarini — kojux-trubali issiqlik almashtirgiyaning trubalar orasidagi kengligiga uzatish lozim?

      4. Trubalarni truba panjarasiga qotirishning ko‘proq keng tarqalgan usullarini ayting.

      5. Issiqlik almashtirgichda temperatura kuchlanishlarini kompensatsiyalash usullarini sanab bering.

      6. Plastinkali issiqlik almashtirgich kojux-trubali issiqlik almashtirgichga nisbatan qanday afzalliklar va kamchiliklarga ega?

      7. Apparatlardan qaysi birida – seksiyalimi yoki spiralli – issiqlik almashinish yuzasining birligiga metall sarfi yuqori?

      8. Turli xil konstruksiyali issiqlik almashinish apparatlarini hisoblash uslublari uchun qaysi tenglamalar asosiy va umumiy bo‘lib hisoblanadi?

      9. Kojux-trubali issiqlik almashtirgichning umumiy gidravlik qarshiligi issiqlik eltuvchilarning har biri bo‘yicha qanday tarkib toptiruvchilardan tashkil topadi?

          1. Quvvat sarfi qachon yuqori bo‘ladi: gazsimon issiqlik eltuvchining ko‘chishidami yoki tomchili suyuqlikning ko‘chishidami (massa sarflari bir xil bo‘lganda)?

          2. Issiqlik trubalari qanday yutuqlar va kamchiliklarga ega?

          3. Issiqlik trubalarining ishlash prinsipini tushuntirib bering.

          4. Kapillyar-g‘ovak materialli issiqlik trubasida pilik nima uchun kerak?

          5. Qaysi materillar uchun — g‘ovaklarning radiusi kichik yoki katta bo‘lganlari uchun — kapillyar singdirish kuchi katta bo‘ladi?

          6. Pilik bo‘ylab suyuqlik sarfi K singdirish koeffitsientiga qanday bohliq bo‘ladi?

          7. Piliklarning qanday konstruksiyalarini bilasiz?

          8. Issiqlik trubasida neytral gazning bo‘lishi uning issiqlik uzatish qobiliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

          9. Issiqlik eltuvchilarning qaysi xususiyatlari issiqlik trubalarining issiqlik uzatish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi?

          10. Issiqlik trubasi korpusining piligining materialining issiqlik eltuvchi bilan birlashishi deganda nima tushuniladi?



    Download 6,57 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




    Download 6,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan

    Download 6,57 Mb.