|
Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan
|
bet | 27/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)w´o tezlikka erishilgandan keyin zarrachali qatlamning gidrodinamik qarshiligi uning og‘irligiga teng bo‘lib qoladi, qatlam muvozanatlanadi, zarrachalarning tutashuvi buziladi, ular ko‘chish va aralashib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi: qatlam kengayadi, unda gaz pufakchalarining sakrab chiqishi kuzatiladi. Oqim tezligi qandaydir bir w´´o qiymatgacha ortganda qatlamning kengayishi davom etadi va zarrachalar harakatining intensivligi ortadi. w w´´o da qattiq zarrachalar qatlamdan ajralib chiqa boshlaydi. w´o tezlik aldamchi suyuqlanishning boshlanish tezligi, w´´o tezlik esa – olib ketilishning boshlanish tezligi deb ataladi.
Qatlam aldamchi suyuqlanish holatiga o‘tgandan keyin biroz kengayadi, u bir jinsli bo‘ladi, uning yuqori sathi - erkin yuza bo‘ladi, u amalda qo‘zg‘almaydi, zarrachalarning ko‘chishi zaif ifodalanadi (3.10b rasm). Gazning tezligi ortishi bilan qatlam kengayadi, uning hajmida gaz pufakchalari paydo bo‘ladi (bir jinslilik buziladi), zarrachalarning aralashish intensivligi ortadi, qatlamning erkin yuzasining tebranishlari vujudga keladi (3.10v rasm). Pufakchalar qatlamdan chiqishda uning erkin yuzasini yorib o‘tish bilan uning tebranishini va qattiq zarrachalarning ajralib chiqishining paydo bo‘lishini chaqiradi. Chiqib kelayotgan pufakchalar tor va yuqori qatlamlarda birlashib ketishi va yuqoriga qarab harakatlanayotgan gaz “po‘kaklarini” hosil qilish bilan butun ko‘ndalang kesimni egallashi mumkin, ular qattiq zarrachalarning harakatlanayotgan “porshenlari” bilan navbat almashinadi (3.10g rasm). Bunday porshensimon aldamchi suyuqlangan qatlamda qattiq zarrachalarning vertikal yo‘nalishda aralashishi qiyinlashadi.
3.10-rasm. Zarrachali material qatlamining undan gaz (suyuqlik) oqimi o‘tgandagi turlicha holatlari.
a – qo‘zg‘aomas qatlam; b - 1´ da qaynaydigan qatlam; v – gaz pufakchalarining barbotajlanishiga ega bo‘lgan qatlam; g – porshensimon qatlam; d – bo‘ylama kanallarga ega bo‘lgan qatlam; ye - 1´ bo‘lganda qattiq zarrachalarning olib ketilishi; j – fontanlanuvchi qatlam; 1 – apparat korpusi; 2 – tayanch-taqsimlash panjarasi; 3 – qattiq zarrachalar; 4 – gaz pufakchalari; 5 – gaz “po‘kaklari”; 6 – bo‘ylama kanallar; 7 –fontan; 8 – qatlamning o‘q yadrosi; 9 –qattiq zarrachalarning o‘rmalovchi qatlami.
Gazning w´o dan biroz oshiq bo‘lgan tezliklarida agregatlanishga moyil bo‘lgan qattiq zarrachalar qatlamida bo‘ylama kanallar hosil bo‘ladi (3.10d rasm), gaz ular orqali qattiq zarrachali material bilan yetarlicha bo‘lmagan kontaktda o‘tadi. Bu kanallar ko‘pincha gazning tezligi oshganda yoki to‘liq yo‘qoladi, yoki faqatgina qatlamning asosida saqlanib qoladi. Gaz va qattiq zarrachalarning zichligi bir-biriga yaqin bo‘lgan yuqori bosimlarda qatlam bir jinslilikka yaqinlashadi.
w w´´o bo‘lganda qattiq zarrachalar qatlamdan ajralib chiqa boshlaydi (3.10e rasm) va ularning apparatdagi miqdori kamayadi. Bunday qatlamning ajratilganligi birga qarab intiladi, qatlamning qarshiligi esa keskin pasayadi.
Zarrachali materiallarning cho‘qqida 15—200 burchakka ega bo‘lgan konus-silindrsimon yoki konussimon apparatlarda aldamchi suyuqlanishida fontanlanuvchi qatlam hosil bo‘lishi mumkin (3.10j rasm). Bu yerda gaz, qatlamning ko‘proq markaziy zonasidan o‘tish bilan qattiq zarrachalarni ergashtirib ketadi va ularni fontan qilib periferiyaga chiqarib tashlaydi, bu yerda ular yon yuza bo‘ylab pastga qarab harakatlanadi.
Zarrachali materialning aldamchi suyuqlangan qatlamiga ega bo‘lgan apparatlarda tayanch-taqsimlash panjarasining konstruksiyasi muhim rol o‘ynaydi. Tayanch-taqsimlash panjarasiga nisbatan bir qator talablar qo‘yiladi: gaz (suyuqlik) oqimining apparatning kesimi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi va qatlamda turg‘un zonalar hosil bo‘lishining istisno qilinishi, oqimning tezligi to‘satdan pasayganda qattiq zarrachalarning barbod bo‘lishining oldini olish, minimal gidravlik qarshilik, konstruksiyaning soddaligi va ekspluatatsiya qilishning qulayligi.
3.11-rasm. Tayanch-taqsimlash qurilmalarining prinsipial sxemalari.
a – yarim sotkali panjara; b – sotkali panjara; v – o‘tkazmaydigan ugolokli panjara; g – o‘tkazmaydigan yassi panjara; d – konusli taqsimlagich; 1 – diffuzor; 2 – gaz kollektori; 3 – qattiq materialning chiqish joyi; 4 – gazning kelish joyi; 5 – himoya konusi.
Dumaloq yoki cho‘zinchoq teshiklarga ega bo‘lgan, perfirlangan yassi yoki yarim sotkali (sotka – o‘qqa nisbatan simmetrik joylashgan yacheykalar qatorlari) panjaralar konstruktiv jihatdan ko‘proq sodda bo‘lib hisoblanadi, ular gazning (suyuqlikning) o‘tishi uchun mo‘ljallangan teshiklar o‘rtasidagi uchastkalarda turg‘un zonalar hosil bo‘lishini istisno qilmaydi. Sotkali panjaralar yuqorida ko‘rsatilgan kamchilikka ega emas (3.11b rasm), biroq ularni tayyorlash anchagina murakkab. 3.11v, g rasmlarda ikkita o‘tkazmaydigan panjaraning sxemasi ko‘rsatilgan: birinchisi perfirlangan yassi metall listlardan tayyorlangan, ikkinchisi esa – ugoloklardan payvandlangan.
Kichik o‘lchamli apparatlarda konusli taqsimlash ko‘rinishidagi gaz taqsimlash qurilmasi – issiqlik eltuvchining oqimini yon tomondan tangensial kiritishga ega bo‘lgan diffuzor o‘zini oqlagan (3.11d rasm).
Aldamchi suyuqlanishning bir tekis bo‘lishi faqatgina tayanch-taqsimlash panjarasining konstruksiyasiga emas, balki qattiq zarrachalarning o‘lchamlari va formalariga, suyuqlantiruvchi agentning tezligiga, uni berish usuliga va boshqa omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Amaliyotda panjaraning jonli kesimining ulushi odatda uning maydonining 1 — 10% ini tashkil qiladi [21].
|
| |