• 14-MA’RUZA ISSIQLIK QUVIRLARI Va Ularning Kapillyar Strukturalari Ko‘riladigan masalalar I. Harakat prinsipi (tamoyili).
  • Ma’ruzaning qisqacha yakunlari




    Download 6,57 Mb.
    bet28/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Ma’ruzaning qisqacha yakunlari:



    1. Gazlar va suyuqliklarning qattiq zarrali materiallar bilan o‘zaro ta’sirlarida qattiq zarralar ularni muvozanatlaydigan oqim bilan energiya almashinishi hisobiga bir-biriga nisbatan harakatchan bo‘lib qoladi. Zarrachali materialning bunday holati odatdagi tomchili suyuqlikning o‘zini tutishiga tashqi tomondan o‘xshash bo‘lganligi uchun “mavhum qaynash” yoki qaynaydigan qatlam nomini olgan.

    2. Qaynaydigan qatlamni hosil qilish prinsipi quyidagidan iborat. Agar tutib turuvchi panjaraga joylashtirilgan qattiq zarrachali material ostiga issiqlik eltuvchi (gaz yoki suyuqlik) oqimi berilsa, u holda qatlamning holati oqimning tezligiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lib qoladi.

    3. Tayanch-taqsimlash panjarasiga qo‘yiladigan talablar: gaz (suyuqlik) oqimining apparatning kesimi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi va qatlamda turg‘un zonalar hosil bo‘lishining istisno qilinishi, oqimning tezligi to‘satdan pasayganda qattiq zarrachalarning barbod bo‘lishining oldini olish, minimal gidravlik qarshilik, konstruksiyaning soddaligi va ekspluatatsiya qilishning qulayligi.

    14-MA’RUZA ISSIQLIK QUVIRLARI Va Ularning Kapillyar Strukturalari
    Ko‘riladigan masalalar


    I. Harakat prinsipi (tamoyili).
    2. Kapillyar-g‘ovak materialli issiqlik trubalari.


    Harakat prinsipi (tamoyili). Issiqlik trubasining harakat prinsipi 1944 yilda Gougler tomonidan tasvirlab berilgan. Biroq issiqlik trubalarining keng qo‘llanilishi Groverning 1964 yilgi ishlaridan keyin boshlangan. Hozirgi kunda issiqlik trubalari energetika, metallurgiya, kimyo sanoati va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan. Issiqlik trubalarining qo‘llanilishi, masalan, 100°S va undan past temperatura darajasida past potensialli issiqlikni utilizatsiyalash imkonini beradi, buni boshqa issiqlik uzatish qurilmalarida amalga oshirish anchagina qiyin. Issiqlik trubasi odatda o‘zida turlicha geometriyaga ega bo‘lgan germetik bo‘shliqni taqdim qiladi. Nazariy analizlarda (tahlillarda) odatda silindr shaklidagi truba ko‘rib chiqiladi.
    Rasm keltiriladi
    2.29 rasm. Issiqlik trubalarining prinsipial sxemalari.
    Issiqlik trubasida issiqlik sovutiladigan muhitdan, bu yerda bug‘lanayotgan suyuqlikning bug‘lanish zonasida olinadi va hosil bo‘ladigan bug‘ oqimi bilan bargalikda anchagina uzoq masofalarga – sovutish zonasiga yuboriladi, bu yerda issiqlik kondensatsiyalanish jarayonida truba devorlariga uzatiladi. Hosil bo‘lgan kondensat yana bug‘latish zonasiga qaytariladi.
    Konstruksiyasining soddaligi; haydash qurilmalarining yo‘qligi va shundan kelib chiqqan holda issiqlik eltuvchining issiqlik trubasi ichida harakatlanishi uchun energiya sarfining bo‘lmasligi; issiqlik eltuvchi sifatida har qanday, jumladan, agressiv suyuqliklardan ham foydalanish imkonini beradigan germetiklik; boshqarishning osonligi; eng issiqlik o‘tkazuvchan metallardan ham yuzlab marta oshib tushadigan yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlik - issiqlik trubalarining odatdagi issiqlik uzatuvchi qurilmalarga nisbatan asosiy afzalliklari bo‘lib hisoblanadi.
    Suyuqlikni kondensatsiyalanish zonasidan isitish zonasiga transportirovka qilish usuliga bog‘liq ravishda issiqlik trubalarini uchta tipgav ajratish mumkin (2.29 rasm).
    Pilikli yoki kapillyar issiqlik trubalarida (2.29 a rasm) ularning ichki yuzasi bo‘ylab kapillyar-g‘ovak material – issiqlik eltuvchiga bo‘ktirilgan pilik yotqizilgan. Issiqlik tashqi tomondan berilganda bug‘latish zonasida (bug‘latgichda) pilikdagi suyuqlik zonaning butun Li uzunligi bo‘ylab bug‘lanadi. Pilikning kapillyar strukturasi suyuqlikdan xalos bo‘ladi, bu mazkur zonada kapillyar siyraklashishni hosil qiladi.
    Shuning hisobiga siyraklashgan suyuqlik issiqlik trubasining sovutadigan zonasidan – kondensatordan (uning uzunligi Lk) bug‘latgichga takroriy bug‘latish uchun so‘riladi. Shunday qilib, issiqlik trubasida bug‘ hosil bo‘lish issiqligining bug‘latgichdan kondensatorga uzluksiz ko‘chishi sodir bo‘ladi. Bug‘lanish va kondensatsiyalanish zonalari orasida transport zonasi joylashadi (uning uzunligi LT).
    Gravitatsion issiqlik trubalarida (termosifonlarda) (2.29 b rasm) kondensatning kondensatordan bug‘lanish zonasiga qaytishi og‘irlik kuchlari hisobiga sodir bo‘ladi, ya’ni termosifonlar normal ishlashi uchun kondensator albatta bug‘latish zonasidan yuqorida joylashishi lozim. Markazdan qochma issiqlik trubalarida (2.29 v rasm) trubaning korpusi o‘zining bo‘ylama o‘qi atrofida aylanadi. Bunday trubalarda issiqlik trubasi ichidagi suyuqlik qatlamining qalinligi kondensatsiyalanish zonasida bug‘latish zonasidagiga qaraganda katta bo‘ladi va kondensatning sovutish zonasidan isitish zonasiga qaytishi markazdan qochma kuchlar hisobiga amalga oshadi. Bunday issiqlik trubalari, masalan, elektrodvigatellarni sovutish uchun qo‘llaniladi, bunda elektrodvigatelning vali bir paytning o‘zida markazdan qochma issiqlik trubasi bo‘lib hisoblanadi.

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




    Download 6,57 Mb.