|
Ma’ruzani qisqacha yakunlari
|
bet | 25/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Ma’ruzani qisqacha yakunlari:
1. Nasadka isitilganda uning har bir elementi isiydi (masalan, g‘isht), bunda u issiqlikni akkumullyatsiyalaydi (+Q). Nasadkaning sovushida akkumullyatsiyalangan issiqlik havoga uzatiladi (—Q). Bu jarayonlarni tezlashtirish uchun elementlar (g‘ishtlar) har ikkala yuzadan simmetrik tarzda isitiladi va sovutiladi. Nasadka orqali harakatlanadigan gaz muhitlari temperaturasining o‘zgarishlari g‘isht yuzasi temperaturasining o‘zgarishi bilan muvofiqlashtiriladi. Bu temperaturalar o‘rtasidagi farq elementga nisbatan tashqi issiqlik almashinish sharoitlari bilan shartlanadi.
2. issiqlikni akkumullyatsiyalash koeffitsienti η bilan baholanadi, ba’zan uni nasadkada elementdan (g‘ishtdan) foydalanish koeffitsienti deb ham ataydilar. η koeffitsient real jarayonda g‘isht tomonidan yutilgan issiqlik miqdorining g‘ishtning ichki issiqlik qarshiligi bo‘lmagan taqdirda akkumullyatsiyalanishi mumkin bo‘lgan issiqlik miqdoriga nisbatini o‘zida taqdim qiladi. Uning qiymati to‘g‘risida ikkita figura maydonlarining nisbati bo‘yicha fikr yuritish mumkin:
η = Fabed /Fagzd
3. Isitish davrida nasadkaning o‘rtacha temperaturasi sovutish davridagi xuddi shunday temperaturadan nasadkaning massa bo‘yicha o‘rtacha temperatura gisterezisi deb ataladigan ∆ qiymatga oshiq bo‘ladi (3.9 rasm): Srednyaya temperatura nasadki v period nagrevaniya bolshe analogichnoy temperaturы v period oxlajdeniya na velichinu Δ, nazыvaemuyu temperaturnыm gisterezisom sredney po masse temperaturы nasadki:
Regeneratorlar va rekuperatorlarning issiqlik hisob-kitobi uslubiyotidagi farq issiqlik uzatish koeffitsientlarini aniqlash usulidan iborat bo‘ladi. Issiqlik uzatish koeffitsientining qiymati nasadkaning balandligi bo‘ylab o‘zgaradi, shu sababli hisob-kitoblarda uning qatlamning yuqorisi va pasti uchun o‘rtacha arifmetik qiymatlaridan foydalaniladi. Regenerator isitiladigan muhitga uzatishi lozim bo‘lgan issiqlik miqdori odatda hisob-kitoblar uchun boshlang‘ich kattalik bo‘lib hisoblanadi, u isitiladigan havoning to‘liq issiqlik sig‘imining uning temperaturasi o‘zgarishiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni Wx∆tx.
Isitish yuzasining maydoni va nasadkaning hajmini aniqlash regeneratorni hisoblashning oxirgi maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
|
| |