|
Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan
|
bet | 33/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)bunda tn=143,6 C – kodensatsiyalanayotgan isituvchi bug‘ning temperaturasi;
100°S –qaynayotgan suvning temperaturasi, ikkilamchi bug‘ning temperaturasiga teng bo‘ladi.
Eritmaning konsentratsiyasi, %
4-2 rasm. Eritma zichligining uning konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi.
4-3 rasm, Eritma nisbiy yopishqoqligining uning konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi.
Qaynayotgan ammiakli selitra eritmasi uchun .
Agar ko‘rib chiqilayotgan misol shartlarida toza suv va eritmaning qaynashida issiqlik uzatilishining bir xil koeffitsientlari qabul qilingan bo‘lsa, u holda issiqlik ishlab chiqarilishi Q (kDj/soat) bir xil bo‘lishi uchun bug‘latish apparati bug‘latgich yoki bug‘ qayta shakllantirgichiga nisbatan qariyb ikki marta katta yuzaga ega bo‘lishi lozim (1-8 rasmga qaralsin). Eritmalarni bug‘latishda toza suvni qaynatishga nisbatan faqatgina temperaturalarning foydali farqi kamayib qolmasdan, balki issiqlik uzatish koeffitsienti ham sezilarli darajada kamayishini ham hisobga oladigan bo‘lsak, bug‘latish apparatining isitish yuzasi amalda yanada ortadi.
Bug‘latish jarayoni faqatgina fizikaviy-kimyoviy temperatura depressiyasining bo‘lishi bilan emas, balki eritmaning fizikaviy konstantalarining eritmaning konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlari bilan ham xarakterlanadi. Eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan uning yopishqoqligi, zichligi va temperatura depressiyasi ortadi, issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi.
4-2 va 4-3 rasmlarda ba’zi bir eritmalarning solishtirma og‘irligi va nisbiy yopishqoqligining ularning konsentratsiyalariga bog‘liqligi grafiklari keltirilgan. Eritmaning solishtirma issiqlik sig‘imi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
(4-2)
4-2 jadval
Suvsiz tuzlarning issiqlik sig‘imlari squruq, kDj/(kg°S)
Modda
|
|
Modda
|
Squruq
|
SaS12
|
0,687
|
NH4 NO3
|
1,37
|
KS1
|
0,676
|
NaN03
|
1,089
|
NH4C1
|
1,52
|
(NH4),S04
|
1 ,42
|
NaCI
|
0,837
|
Shakar
|
1,29
|
KNO3
|
0,965
|
Glitserin
|
2,41
|
bunda Squruq – uning eritmasi bug‘latilayotgan suvsiz uchmaydigan moddaning solishtirma issiqlik sig‘imi (spravochnikdan aniqlanadi), kDj/(kg°S); sv – suvning issiqlik sig‘imi, kDj/(kg°S); b — moddaning eritmadagi foyizli miqdori.
Ba’zi bir moddalarning issiqlik sig‘imlari 4-2 jadvalda berilgan.
Eritmalarning yopishqoqligining ortishi va ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi hamda issiqlik sig‘imining kamayishi oqibatida r issiqlik berish koeffitsienti ham isituvchi devordan qaynayotgan eritma tomonga qarab kamayadi. Tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, masalan, 2% boshlang‘ich konsentratsiyali yelim eritmasini bug‘latish boshlanganda issiqlik uzatish koeffitsienti k=3500 Vt/(m2°S), bug‘latishning oxirida esa 50% li konsentratsiyada k=300 Vt/(m2°S) bo‘ladi.
|
| |