|
-MA’RUZA. BUG‘LATISh APPARATLARINING KONSTRUKSIYaLARI
|
bet | 35/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)16-MA’RUZA. BUG‘LATISh APPARATLARINING KONSTRUKSIYaLARI
1. Bug‘ bilan isitiladigan apparatlar
2. Issiqlik berishning termoradiatsion usuliga ega bo‘lgan bug‘latish apparatlari.
3. Cho‘ktirilgan yoqgichli apparatlar
1. Bug‘ bilan isitiladigan apparatlar. Trubasimon isitish yuzasiga ega bo‘lgan vertikal bug‘latish apparatlari ko‘proq keng tarqalishga ega bo‘lgan, ular yaxshi komponovkalanadi va kam maydonni egallaydi.
Bug‘latish apparatlarining barcha konstruksiyalarida isitish yuzasini quyqadan tozalash oson bo‘lishi uchun bug‘ trubkalar orasidagi bo‘shliqqa kirib keladi, eritma esa trubkalar ichida isitiladi va qaynaydi.
Bug‘ bilan isitiladigan apparatlarni uchta guruhga ajratish mumkin: eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan apparatlar, eritmaning majburiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan apparatlar va plenkali apparatlar.
Eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan apparatlar. Tushirish trubalaridagi suyuqlik ustuni va ko‘tarilish trubalaridagi bug‘-suyuqlik emulsiyasining og‘irliklari o‘rtasidagi farq - j va e zichliklar farqi hisobiga eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib hisoblanadi. r=N(j - e) harakatlantiruvchi oqim kuchi (napor) tr ishqalanishni, m mahalliy qarshiliklarni yengishga va oqimning 2s dinamik oqim kuchini (naporini) hosil qilishga sarflanadi, u 2s sirkulyatsiya tezligini belgilaydi, ya’ni:
. (4-3)
Bu apparatlarning qisqa trubkali avvalgi konstruksiyalarida eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasi truba doskasida trubkalarning diametriga nisbatan katta diametrga ega bo‘lgan bitta markaziy yoki bir nechta tushirish trubalarini o‘rnatish bilan hosil qilingan (4-4,a rasm) yoki trubalar tutami apparat korpusining diametridan kichik qilib yasalgan va periferiyali tushirish halqasi hosil qilingan (1-8 rasm). Bunday apparatlarda sirkulyatsiyaning yetarli tezligini olishga erishib bo‘lmagan.
K sirkulyatsiya martaligi deganda bug‘latish apparati konturida sirkulyatsiyalanadigan G, kg/s eritma miqdorining apparatning W kg/s bug‘ ishlab chiqarish unumdorligiga nisbati tushuniladi
Bug‘latish apparatlarining uzunroq trubkalariga ega bo‘lgan zamonaviy konstruksiyalarida (4-4,b va v rasmlar) bitta yoki bir nechta isitilmaydigan sirkulyatsion trubalar bilan isituvchi bug‘ va eritma o‘rtasidagi 7-10°S temperaturalar farqida yetarlicha katta sirkulyatsiya tezligiga va sirkulyatsiya martaligiga (kratnost) erishiladi. A.F.Sorokinning o‘tkazgan tajribalarga ko‘ra, qaynatish trubkalarining balandligi 5 m va t = 20°S bo‘lganda 2-3 m/s tabiiy sirkulyatsiya tezligini olish mumkin.
; (4-4)
,
bunda d - qaynatish trubkasining ichki diametri; n – trubkalar soni, ws – sirkulyatsiya tezligi, m/s; r— eritmaning zichligi, kg/m3.
Tabiiy sirkulyatsiyaga ega bo‘lgan bug‘latish apparatlarida sirkulyatsiya martaligi K=2030.
a) Rastvor
Ris. 4-4 rasm. Eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan vertikal bug‘latish apparatlari:
a – markaziy ichki tushirish trubasi bilan; b –tashqariga chiqarilgan tushirish trubasi bilan; v – separator va tushirish trubasining tashqariga chiqarilgan joylashuvi bilan; 1 - isituvchi kamera; 2 - separator: 3 - tushirish (sirkulyatsiya) trubasi; 4 – sachrab ketishdan saqlagich.
Bug‘latish apparatining ishlashida trubkalarda hosil bo‘ladigan bug‘-suyuqlik emulsiyasi separatorga kelib tushadi, bu yerda bug‘ ikkilamchi bug‘ning bug‘ trubalariga ketadi, suyuqlik esa sirkulyatsion trubaga tushadi va uzluksiz bug‘latishda bug‘latishga kelayotgan eritma bilan aralashib ketadi va yana isituvchi trubkalarga tushadi.
4-4,v rasmda keltirilgan apparat isitish yuzasida cho‘kindilar hosil qilmaydigan eritmalarni bug‘latish uchun, 4-4,b rasmda keltirilgan apparat esa – isitish yuzasida cho‘kindi hosil qiladigan eritmalarni bug‘latish uchun qo‘llaniladi.
Apparatning uzluksiz ishlashini ta’minlash va qaynatgichlardan birini boshqalari ishlab turgan paytda tozalash mumkin bo‘lishi uchun bir nechta qaynatgichlar yoki isituvchi kameralar bitta separatorga ulangan konstruksiyali bug‘latish apparatlari ham amalda mavjud (4-5 rasm). Bunday apparatlar kristallanuvchi eritmalar uchun ham, ko‘piklanuvchi eritmalar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Kristallanuvchi eritmalar bilan ishlash uchun tuz ajratgich o‘rnatiladi.
Kristallanuvchi eritmalarni bug‘latishda kristallar issiqlik uzatuvchi trubkalarga o‘tirib qolganda bug‘latish apparatining unumdorligi keskin pasayadi. Apparatlarning kristallanuvchi eritmalarni bug‘latish jarayonini intensifikatsiyalash muammosi turlicha uslublar bilan hal qilingan konstruksiyalari mavjud. 4-6 rasmda pasaytirilgan (past o‘rnatilgan) qaynatgichli apparat ko‘rsatilgan,
4-5 rasm. Tashqariga chiqarilgan isituvchi kamerali bug‘latish apparati.
I-apparat korpusi; II-tashqariga chiqarilgan qaynatgichlar; 1-ulanish trubasi; 2-separator; 3-eritma va kristallarni ajratgich; 4-tushirish trubasi; 5-isituvchi bug‘ ventili; 6-kondensatning chiqish joyi.
4-6 rasm. Pastda joylashtirilgan isituvchi kamerali bug‘latish apparati
1-isituvchi kamera; 2-separator; 3-tushirish trubasi: 4-qaytarish to‘sig‘i; 5- stabilizator.
unda bug‘latiladigan suyuqlik sirkulyatsion trubada yuqori sathda ushlab turiladi (ko‘pincha emulsiyaning separatorga chiqish sathida). Suyuqlik ustunining ta’siri ostida qaynatgichda bosim ortadi va suyuqlik qaynamaydi, balki qiziydi; shu sababli qaynatgichda eritmadan kristallar deyarli ajralmaydi. Separatorda suyuqlikning isitish issiqligi hisobiga qaynashi va kristallar hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi, kristallar tushirish trubasi bo‘ylab pastki patrubka orqali tuz ajratgich yoki filtrga olib chiqiladi va shu yerda o‘tirib qoladi.
Apparatning barqaror ishlashi uchun bug‘-suyuqlik emulsiyasini separatorga uzatuvchi chiqish trubasiga stabilizator o‘rnatiladi.
4-7,a rasmda isituvchi kamera gorizontal holatda joylashgan, konsentratsiyalangan elektrolit ishqorlarini bug‘latish uchun qo‘llaniladigan «Rapid» tizimidagi apparat ko‘rsatilgan. U tashqariga chiqarilgan gorizontal qaynatgichga ega bo‘lib, qaynatgich g‘ildiraklarda relslar bo‘ylab tozalash yoki ta’mirlash uchun osonlik bilan olib ketiladi, bunday holat yuqorida ko‘rsatilgan eritmalarni bug‘latishda tez-tez sodir bo‘ladi.
Tabiiy sirkulyatsiyali apparatda suyuqlikning sirkulyatsiyasi suyuqlikning gidrostatik bosim (napor) larning qaynatish trubkalariga kirish va ulardan chiqishidagi farqi bilan shartlanadi.
Bunday apparatda issiqlik uzatish koeffitsienti yuqori emas, bu ko‘pincha isituvchi trubkalarning korroziyasiga (zanglashiga) qarshi kurashish uchun ularning cho‘yandan tayyorlanishi va nikel bilan qoplanishi va natijada trubka devorining qalin bo‘lib qolishi hisobiga shunday bo‘ladi. Bunday apparatlar og‘ir bo‘lib, qimmat turadi. Zanglamaydigan po‘lat ishlab chiqarishning ortishi bilan «Rapid» apparatlari ko‘proq takomillashgan konstruksiyaga ega bo‘lishi mumkin.
|
| |