-MA’RUZA. Cho‘ktirilgan yonishga ega bo‘lgan apparatlar




Download 6,57 Mb.
bet37/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

17-MA’RUZA. Cho‘ktirilgan yonishga ega bo‘lgan apparatlar.
1. Cho‘ktirilgan yonish gorelkalari.
2. Gazning cho‘ktirilgan yonishiga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmasi.


Hozirgi kunda oltingugurt, tuz, fosfor va boshqa kimyoviy tajoquzkor bo‘lgan kislotalarning eritmalarini, shuningdek mirabilit, xlorli magniy, xlorli kalsiy, sulfat aluminiy, mis va temir kuporoslari va boshqa tuzlarning eritmalarini qizdirish va yuqori konsentratsiyagacha bug‘latish uchun cho‘ktirilgan yonishga ega bo‘lgan apparatlar qo‘llaniladi (L. 51].
Apparatlarning korpuslari uglerodli po‘latdan tayyorlanadi, korroziyadan qochish uchun ular ichki tomondan kislotaga bardoshli materiallar bilan qoplanadi.



4-10 rasm. Cho‘ktirilgan yonish gorelkalari.


a-suyuq yoqilg‘ini yoqish uchun mo‘ljallangan gorelka; b- Nordak firmasining siklonli tipdagi, gazni yoqish uchun mo‘ljallangan gorelkasi; v-gazni yoqish uchun mo‘ljallangan gorelka; 1-yoqilg‘i forsunkasi; 2-yoqish trubkasi; 3- zapalnik shtuseri; 4-elektr svechasi; 5-zavixritel; 6-qarash trubkasi; 7-qarash darchasi; 8-futerovkalangan cho‘ktirish trubasi (yonish kamerasi), 9-gaz oqimini taqsimlash uchun mo‘ljallangan qo‘ng‘iroq; 10-gaz oqimini panjarali taqsimlagich.
Bug‘latiladigan eritmaga barbotaj qurilmalariga ega bo‘lgan gorelkalar cho‘ktiriladi, ular ham muhitning termik va kimyoviy ta’sirlariga bardoshli bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi (legirlangan po‘lat, grafit, plastik massalar).
Cho‘ktirilgan yonish uchun yonish mahsulotlarini bug‘latiladigan suyuqlikning hajmi bo‘ylab taqsimlaydigan trubasimon, panjarasimon, likopchasimon va erliftli barboterlarga ega bo‘lgan tunnelli, diafragmali yoki siklonli gorelkalarni qo‘llash mumkin. Yonish mahsulotlarini suyuqlik hajmi bo‘ylab bir tekis taqsimlash bo‘yicha panjarasimon taqsimlagichlar eng yaxshi natijalarni beradi.
4-10 rasmda cho‘ktirilgan yonish uchun mo‘ljallangan gorelkalarning ba’zi bir tiplari keltirilgan. Gorelka oldidagi gaz bosimi uni cho‘ktirish chuqurligidan bir necha mm suv ustuniga baland bo‘lishi lozim, chunki barbotaj qurilmasiga ega bo‘lgan gorelkaning o‘zining gidravlik qarshiligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Gorelkada yonish apparatda bo‘lgan suyuqlik sathidan qandaydir bir chuqurlikda sodir bo‘lishi mumkin. Yonish mahsulotlari gorelkadan taqsimlash qurilmasi orqali chiqadi va eritma orqali barbotatsiyalanadi.
Yonish mahsulotlarining barbotatsiyalanishi eritmalarni qizdirish va bug‘latishning samarali usuli bo‘lib hisoblanadi, chunki bunda gazlar eritmalarda mayda pufakchalarga sochilib ketadi va issiqlik hamda massa almashinishi uchun katta fazalararo yuza hosil qiladi. Erituvchining shiddat bilan (intensiv ravishda) bug‘lanishi gaz pufakchalarining suv bug‘larigi to‘yinishi yo‘li bilan sodir bo‘ladi, ular eritma yuzasiga suzib chiqadi, yoriladi va shu tariqa bug‘-gaz aralashmasini apparatning eritma ustidagi kengligiga olib chiqadi. Eritma ustidagi kenglikdagi bug‘-gaz aralashmasining temperaturasi suyuqlik temperaturasiga qaraganda 2-5°S ortiq bo‘ladi.




4-11 rasm. Gazning cho‘ktirilgan yonishiga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmasining sxemasi.


1-gaz resiveriga ega bo‘lgan gaz puflagich; 2-resiverli havo kompressori; 3-bug‘latish apparati; 4-cho‘kadigan gorelka; 5-erliftli qurilma; 6-tindirgich; 7-shnekli oziqlantirgich; 8-sentrifuga; 9-tayyor konsentrat uchun lentali transporter; 10-portlash membranasi; 11-yuzadagi tipdagi kondensator; 12-eritma uzatishni rostlovchi ventil; 13-sarf baki; 14-markazdan qochma nasos; 15-konsentratsiyalanmagan eritma uchun mo‘ljallangan bak.
Eritmani cho‘ktirilgan yonish usulida bug‘latishda yoqilg‘ining yonish issiqligidan foydalanish koeffitsienti 90% gacha yetadi.
4-11 rasmda cho‘ktirilgan yonish uchun mo‘ljallangan qurilmaning sxemasi ko‘rsatilgan. Bug‘-gaz aralashmasi apparatdan kondensatorga ketadi, bu yerda erituvchining bug‘lari kondensatlanadi, gaz esa atmosferaga chiqarib yuboriladi yoki absorberga yig‘iladi. Kuchli eritmani apparatdan chiqarib yuborish erlift yordamida amalga oshiriladi.
4-12 rasmda erliftli tipdagi cho‘ktirilgan yonishga ega bo‘lgan apparat ko‘rsatilgan. U 4 korpusdan tarkib topgan bo‘lib, uning ichida 3 cho‘kadigan gorelka konsenttrik tarzda joylashgan silindrik idish mavjud. Ichki idishning korpusi bilan cho‘kadigan gorelkaning devorlari orasida halqasimon tirqish hosil qilingan, u bo‘ylab erlift yo‘li bilan (5 halqasimon tirqish va 4 apparat korpusidagi bug‘-gaz aralashmasi zichligining farqi hisobiga) yonish mahsulotlari va pufakchalar, shuningdek apparatning pastki qismida bo‘lgan suyuqlikning qandaydir bir miqdori ko‘rinishida bo‘lgan ikkilamchi havo chiqarib tashlanadi. Yonish mahsulotlarining temperaturasini pasaytirish uchun patrubka bo‘ylab ikkilamchi havo beriladi, erlift qurilmasida gaz oqimining yaxshiroq taqsimlanishi uchun cho‘kish gorelkasining pastki qismiga konussimon rastekatelli (rastekatel – oqimni bir tekis taqsimlagich – izoh tarjimonniki) aralashtirgich (smesitel)


joylashtiriladi.


Download 6,57 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA. Cho‘ktirilgan yonishga ega bo‘lgan apparatlar

Download 6,57 Mb.