|
Ma’ruzaning qisqacha yakunlari
|
bet | 39/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Ma’ruzaning qisqacha yakunlari
1. Bug‘ bilan isitiladigan apparatlar uch guruhga ajratiladi: eritmaning tabiiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan apparatlar, eritmaning majburiy sirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan apparatlar va plenkali apparatlar.
2. Tabiiy sirkulyatsiyali apparatda suyuqlikning sirkulyatsiyasi suyuqlikning gidrostatik bosim (napor) larning qaynash quvirlariga kirish va ulardan chiqishidagi farqi bilan shartlanadi.
3. Eritmaning majburiy sirkulyatsiyasidi apparatlarda suyuqlikning sirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi.
4. Apparatlarning qaynash quvirlaridagi suyuqlikning tezligi 1,5 dan 3,5 m/s gacha bo‘ladi.
18-MA’RUZA. UZLUKSIZ IShLAYDIGAN KO‘P KORPUSLI BUG‘LATISh QURILMALARINING PRINSIPIAL SXEMALARI
1. Bug‘latish qurilmalarida ikkilamchi bug‘ni separatsiyalash.
2. Ko‘pkarrali bug‘latish prinsipi.
3. Ko‘p korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari
Bug‘ hosil qilish va bug‘latish apparatlaridagi ikkilamchi bug‘ning tozaligi bug‘ bilan birgalikda bug‘ quvurlari tarmog‘iga olib chiqib ketiladigan suyuqlikning (suvning) miqdori bilan aniqlanadi. Olib chiqib ketish hodisasi shundan iboratki, qaynayotgan suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug‘ suyuqlik zarrachalarini tuman, alohida tomchilar yoki ko‘pik ko‘rinishida bug‘ quvurlari tarmog‘iga, so‘ngra esa istemolchilarga, kondensatorlarga yoki birinchi konturning ikkilamchi bug‘i uning uchun isituvchi bo‘lib xizmat qiladigan boshqa apparatga o‘zi bilan olib chiqib ketadi. Suyuqlik tomchilarida bo‘lgan tuzlar apparatning isituvchi yuzasiga o‘tiradi, issiqlik berish koeffitsientini pasaytiradi va shundan kelib chiqqan holda apparatni tozalash uchun to‘xtatishni talab qiladi va apparatning yeyilishini tezlashtiradi.
Namlikning o‘tirishi uchun barcha separatsiyalash qurilmalarida odatda uchta omildan (faktor) foydalaniladi: og‘irlik kuchining ta’siri – uning ta’siri ostida suv tomchilari bug‘ oqimidan tushib qoladi; o‘zaro kontaktli ta’sirlar kuchi, ya’ni suv tomchilarining separatorning yuzasiga yopishishi; markazdan qochish hodisasi – buning natijasida nam bug‘ning qiyshiq troektoriya bo‘ylab harakatlanishida suyuqlik tomchilari periferiyaga, ya’ni separator devorlariga sachraydi va pastga oqib tushadi. Aksariyat hollarda nam bug‘ga bunday mexanik ta’sir o‘tkazishning bu uchta usulidan birgalikda foydalaniladi yoki ular turlicha ketma ketlikda va turli darajada birlashtiriladi.
Bug‘ni separatsiyalashning mexanik usullari kuchli darajada ko‘piklanadigan eritmalarni qaynatishda yetarlicha samara bermaydi, shu sababli hozirgi kunda apparatdan ko‘pik chiqishini bartaraf qilish uchun yo‘l qo‘yiladigan hollarda eritmaga mikrodozalarda (1/104-1/106 og‘irlik ulushlari) ko‘piksizlantiruvchilar, masalan, KE-10-12, AM-3 va boshqalar qo‘shiladi, ular hatto oshirilgan issiqlik yuklamalarida ham bug‘latish apparatlarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Odatda qaynayotgan suyuqlik yuzasi ustidagi bug‘ kengligining balandligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan, kuchli darajada ko‘piklanadigan eritmalarni bug‘latishda esa 2,5-3 m qilib ishlanadi.
Qaynayotgan suyuqlik yuzasi ustidagi bug‘ kengligining zaruriy hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
V= W/Rv, (4-8)
bunda W-bug‘latiladigan suv miqdori (ikkilamchi bug‘), kg/ch; Rv – bug‘ kengligining yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik kuchlanishi (bug‘ kengligining 1 m3 hajmiga bir soatda to‘g‘ri keladigan bug‘latiladigan suv miqdori), kg/(m3soat).
Rv qiymatni yaqinlashtirilgan tarzda quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin
(4-9)
Rv ning qiymati p = 0,98I05 Pa bo‘lganda, toza suv uchun 2000 kg/( m3soat), eritmalar uchun esa 1 000 kg/( m3soat) deb qabul qilinadi. Ko‘piklanuvchi eritmalarni bug‘latishda esa yana 2 martaga kamayadi.
qiymat bug‘latish apparatidagi bosimga bog‘liq bo‘ladi
Bosim, 105 Pa 0,393 0,596 0,78 0,98 1,47 1,96 2,45 2,96 3,92
0,85 0,87 0,92 1,0 1,35 1,7 2,05 2,4 3,1
qiymat eritmaning bug‘-suyuqlik aralashmasini bug‘ kengligiga kiritish nuqtasi ustidagi Hw sathiga bog‘liq bo‘ladi (4-4,a rasm)
Hw 0 0,05 0,1 0,15 0,2 0,3 0,4 0,5
1 0,83 0,69 0,59 0,51 0,4 0,32 0,27
Eritmaning sathi qaynatish trubalaridan yuqorida bo‘lgan bug‘latish apparatlarida (4-4 rasm) bug‘-suyuqlik aralashmasini kiritishda eritmaning erkin yuzasi ustida Rv maksimal qiymatga ega bo‘ladi, chunki =1 kirish shtuserining sath darajasidan pastga cho‘kishining ortishi bilan Hw ning qiymatiga proporsional ravishda kamayadi.
Tashqariga chiqarilgan qaynatish kamerasiga ega bo‘lgan apparatlarda separatorda bug‘-suyuqlik aralashmasini eritma (bug‘-suyuqlik emulsiyasi) ustidan kiritishda yoki boshqa teng sharoitlarda bug‘ kengligining yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishi ichki isitish kamerasiga ega bo‘lgan apparatlarga qaraganda katta bo‘ladi.
Bug‘latish apparatlarida ishchi bosimning tebranishlarini kamaytirish uchun separatorda va isitish kamerasida suyuqlikning minimal hajmiga ega bo‘lish va bug‘-suyuqlik aralashmasini separatorga eritmaning erkin yuzasi ustidan kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Issiqlik yuklamasining tebranishlarida sachrashlar va ko‘pikni qo‘shimcha ravishda tutib qolish uchun separatorlarda va ichki isitish kamerasiga ega bo‘lgan apparatlarning bug‘ kengligida tomchitutgichlar o‘rnatiladi.
|
| |