Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan




Download 6,57 Mb.
bet42/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

Ko‘p korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari. Konsentratsiya biroz ortishi bilan kristallar ajrala boshlaydigan eritmalarni bug‘latishda, masalan osh tuzi eritmasi va boshqalarni bug‘latishda yuzadagi tipdagi ko‘p korpusli bug‘latish apparatlarini qo‘llash samara bermaydi, chunki eritmani isitishga ketadigan issiqlik miqdori (ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasining birinchi korpusida yoki undan oldin) ba’zan namlikni bug‘latishga sarflanadigan issiqlik miqdoridan oshiq bo‘ladi.
Bunday hollarda ko‘p korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari qo‘llaniladi, agar bug‘latishdan keyin olinadigan eritma texnologik jarayonning shartlariga ko‘ra past temperaturaga, masalan, 25- 30 °S temperaturaga ega bo‘lishi lozim bo‘lsa, ularning samaradorligi yuqori bo‘ladi.
4-15 rasmda osh tuzi eritmasini bug‘latish uchun mo‘ljallangan to‘qqiz bosqichli vakuum-bug‘latish qurilmasi ko‘rsatilgan. 1 bug‘latish apparatiga to‘yinish temperaturasidan ejektor bilan hosil qilingan vakuumga mos keluvchi yuqori temperaturada isitilgan eritma kiritiladi va unda qaynash sodir bo‘ladi, qaynash tufayli eritmaning konsentratsiyasi ortadi, so‘ngra eritma 1-korpusga nisbatan kattaroq vakuum ushlab turiladigan 2-korpusga keladi, jarayon shu tarzda davom etadi va quyuqlashgan eritma 9-korpusdan tindirgichga kelib tushadi va shundan keyin sentrifugalashga yuboriladi.



4-16 rasm. Atom elektrostansiyasining adiabatik bug‘latgichlarga ega bo‘lgan chuchuklashtirish qurilmasining prinsipial sxemasi.
(adiabatik jarayon – tizim tashqaridan issiqlikni olmaydigan va issiqlikni tashqariga bermaydigan termodinamik jarayon – izoh tarjimonniki)
1-reaktor; 2-issiqlik almashtirgichlar (teploobmenniki); 3-turbogenerator; 4- regenerativ tizimning issiqlik almashtirgichlari; 5-deaerator; 6-chuchuklashtirish qurilmasining bosh isitgichi; 7-ejektor; 8-kondensator; 9-distillyat baki; 10-adiabatik bug‘latgichlar; 11-dengiz suvi; a, b. v, g - nasoslar.
Boshlang‘ich eritma qarama-qarshi oqim bilan harakatlanadi va yuzadagi ejektorli kondensatorlarda ketma-ket isitiladi va 4 issiqlik almashtirgichda (teploobmennik) berilgan temperaturaga qadar isitiladi. 1 isitish yuzasida (ular vakuum-bug‘latgichlarda bo‘lmaydi) tuz cho‘kindilarining bo‘lmasligi, eritmaning fizikaviy issiqligidan uni bug‘latish uchun foydalanilishi, shuningdek oxirgi bosqichdagi bug‘latgichdan chiqishda eritma temperaturasining yuqori bo‘lmasligi vakuum bug‘latish qurilmasining afzalliklari bo‘lib hisoblanadi, bular qurilmaning tejamkorligini oshiradi, masalan, 4-15 rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlaydigan qurilmada bug‘ sarfi 1 kg bug‘latilgan suvga 0,3 kg ni tashkil qiladi.
Ularning ulkanligi bu qurilmalarning kamchiligi bo‘lib hisoblanadi.
Dengiz suvini katta hajmlarda chuchuklashtirish uchun hozirgi kunda ko‘p bosqichli bug‘latish qurilmalari bilan bir qatorda yuqori unumdorlikka va lahzalik bug‘latishga ega bo‘lgan adiabatik statsionar chuchuklashtirish qurilmalari keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, ularning ishlash prinsipi 4-15 rasmda ko‘rib chiqilgan apparatlardan farq qilmaydi. Bu qurilmalar 40 tadan 50 tagacha adiabatik bosqichlarga ega bo‘ladi. Har bir bosqichda temperaturalar farqi 2-3 °S ni tashkil qiladi. Bunday qurilmalarning unumdorligi soatiga bir necha o‘n tonnadan bir necha yuz ming tonnagacha yetishi mumkin.
Atom elektrostansiyasining adiabatik bug‘latgichlarga va tuzli suvning resirkulyatsiyasiga ega bo‘lgan chuchuklashtirish qurilmasining prinsipial sxemasi 4-16 rasmda keltirilgan.
Dengiz suvi a nasos bilan bug‘latish bosqichlarining dum tomondagi guruhi kondensatorlari orqali haydaladi, bunda u kondensatsiyalanuvchi bug‘ bilan isitiladi, shundan keyin uning bir qismi 5 deaeratorga kelib tushadi, bu yerda oziqlantirish suvidan unda erigan havo ajratib olinadi va unga reagentlar qo‘shish bilan uning quyqa hosil qilish xususiyati kamaytiriladi. Dengiz suvining qolgan qismi qurilmadan chiqarib tashlanadi. Ishlov berishdan keyin oziqlantirish suvi qurilmada resirkulyatsiyalanadigan tuzli suv bilan aralashtiriladi va b nasos bilan qurilmaning asosiy qismining kondensatorlari va tashqi isitishga ega bo‘lgan isitgich orqali haydaladi. Isitilgan tuzli suv bug‘latishning 1-bosqichiga kelib tushadi, bu yerda uning bir qismi bug‘lanadi, chunki suvning temperaturasi bosqichdagi bosimga mos keladigan to‘yinish temperaturasidan yuqori bo‘ladi. Bug‘lanmay qolgan suv bug‘latishning keyingi bosqichiga oqib o‘tadi, bu yerda uning yana bir qismi bug‘lanadi va jarayon shu tariqa davom etadi. Olingan bug‘ kondensatorlarning trubkalarida kondensatsiyalanadi, trubkalar ostidagi lotoklarga to‘planadi va kaskad bo‘lib bir bosqichdan ikkinchi bosqichga oqib o‘tadi. Oxirgi bosqichning lotogidan distillyat 9 to‘plash bakiga haydaladi. Bug‘latishning oxirgi bosqichidan tuzli suv G nasos bilan haydaladi. Uning bir qismi to‘kib yuboriladi, bir qismi esa resirkulyatsiyaga kelib tushadi.
Bunday qurilmalarning bug‘latish kameralari po‘lat yoki temir-beton bloklar ko‘rinishida ishlanadi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan

Download 6,57 Mb.