Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan




Download 6,57 Mb.
bet44/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

Temperaturalarning foydali farqining bug‘latish qurilmalarining korpuslari bo‘yicha taqsimlanishi. Har bir apparat va butun qurilma uchun to‘liq temperatura depressiyasini, shuningdek qarama-qarshi bosimli qurilmalarda isituvchi va chiqish bug‘lari o‘rtasidagi yoki isituvchi va vakuum-qurilmalarning kondensatorida kondensatsiyalanadigan bug‘ o‘rtasidagi biz ega bo‘ladigan t temperaturalar farqini bilgan holda bug‘latish qurilmasidagi temperaturalarning foydali farqini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin
(4-14)
Bunda bug‘ atmosferaga chiqarib yuboriladigan, qarama-qarshi bosim bilan ishlaydigan bug‘latish qurilmalari uchun biz ega bo‘ladigan temperaturalar farqi quyidagicha bo‘ladi:

Vakuum-bug‘latish qurilmalari uchun biz ega bo‘ladigan temperaturalar farqi:

bunda t1-isituvchi bug‘ning temperaturasi, °S; tn- bug‘ning barometrik yoki yuzadagi kondensatorda kondensatsiyalanish temperaturasi, °S.
Temperaturalarning t foydali farqi, (4-14) formulani ko‘rib chiqishdan kelib chiqishicha, har doim bug‘latish qurilmasida biz ega bo‘ladigan t temperaturalar farqidan past bo‘ladi. U temperatura depressiyalarining qiymati ortishi bilan kamayadi.
Katta fizikaviy-kimyoviy temperatura depressiyasiga ega bo‘lgan, konsentratsiyalangan eritmalarni bug‘latishda ikkilamchi bug‘ suv ustidagi kenglikdagi bosimga mos keladigan teiperaturaga nisbatan anchagina yuqori temperaturaga ega bo‘lishi mumkin. Temperaturalarning foydali farqini bug‘latish qurilmasida taqsimlashda ikkilimchi bug‘ning oshiqcha qizishini hisobga olmaslik mumkin, chunki u faqatgina kondensatsiyalanadigan bug‘ temperaturasi va eritmaning qaynash temperaturasi o‘rtasidagi farq bilan belgilanadigan temperatura oqim kuchini (napor) oshirmaydi. Shuningdek, yana shuni ham hisobga olish lozim bo‘ladiki, ikkilamchi bug‘ bilan har doim apparatdan qandaydir bir miqdorda namlik tomchilari olib chiqib ketiladi, oshiqcha qizish issiqligi ana shuni bug‘latishga sarflanadi.
Berilgan unumdorlik uchun bug‘latish qurilmasini loyihalashtirishda hamma korpuslardagi isitish yuzasi bir xil bo‘lishi lozim degan talab qo‘yilishi mumkin. Bu talabning bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda barcha apparatlar bitta chertejning o‘zi bilan ishlanadi, buning natijasida korpuslarning konstruksiyasi va ularni tayyorlash soddalashadi, bir xil korpuslarda ularning barcha detallari mos ravishda bir tipli bo‘ladi va ularni almashtirib qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Ba’zan loyihalashtirishda butun qurilmaning yig‘indi isitish yuzasi minimal bo‘lishi lozim degan shart qo‘yilishi mumkin. Bu variant bir xil o‘lchamdagi apparatlarni olishga bo‘lgan intilish qimmatbaho materiallarning oshiqcha sarflanishini talab qiladigan hollarda ratsional bo‘lishi mumkin.
Va nhoyat, yuqorida keltirilgan har ikkala talab ham qo‘yilishi mumkin, ya’ni butun qurilmaning yig‘indi isitish yuzasi minimal bo‘lsin va shu bilan bir paytning o‘zida barcha apparatlarning isitish yuzasi bir xil bo‘lsin. Bunday shart faqatgina quyida ko‘rib chiqiladigan maxsus sharoitlarda ta’minlanishi mumkin.
Temperaturalarning foydali farqi ham qo‘yilgan talablarga bog‘liq ravishda taqsimlanadi.
a) Barcha korpuslarning isitish yuzasi bir xil bo‘lgandagi bug‘latish. Biror bir korpusda uzatiladigan issiqlik miqdori quyidagi formula bilan ifodalanadi
Qn=knFntn, kDj/ch,
bunda p – korpus nomeri.
Ushbu formulaga muvofiq ixtiyoriy n-korpusning issiqlik yuklamasining birinchi korpusning issiqlik yuklamasiga nisbati quyidagiga teng bo‘ladi:
; (4-15)
shartga ko‘ra Fn - F1, shundan kelib chiqqan holda,
. (4-16)


Shunday qilib, isitish yuzalari bir xil bo‘lganda tkmperaturalarning foydali farqining nisbati issiqlik yuklamalarining nisbatiga to‘g‘ri proporsional va apparatlardagi issiqlik uzatish koeffitsientlarining nisbatiga teskari proporsional bo‘ladi.
(4-16) tenglikdan quyidagiga ega bo‘lamiz:
,


bo‘lganligi sababli (bunda - temperaturalarning to‘liq foydali farqi), quyidagi tenglikni yozish mumkin
,
bundan
. (4-17)
Agar issiqlik yuklamalari bir xil, ya’ni Q1=Q2 = Qn bo‘lsa, u holda
. (4-18)
qiymatni topish bilan quyidagini aniqlash mumkin:
(4-19)
yoki issiqlik yuklamalari teng bo‘lganda
. (4-19a)

Download 6,57 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan

Download 6,57 Mb.