|
Kafedrasi «Issiqlik va massa almashinuv jarayonlari» fanidan
|
bet | 41/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Ko‘p korpusli qurilmalarning sxemalari. To‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasining sxemasida (4-14,a rasm) isituvchi bug‘, ikkilamchi bug‘ va eritma bitta yo‘nalishda o‘tadi. Eritma bir korpusdan ikkinchisiga korpuslardagi bosim farqi hisobiga o‘tadi. To‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmalari qarama-qarshi oqimli bug‘latish qurilmalariga nisbatan bug‘ va elektroenergiyaning kam sarfi, shuningdek qurilmadan past temperaturada chiqib ketadigan quyultirilgan eritma bilan birgalikda chiqib ketadigan issiqlik yo‘qolishining kamligi sababli sanoatda keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan. Biroq yopishqoq eritmalarni quyuqlashtirish uchun to‘g‘ri oqimli qurilmalarni qo‘llab bo‘lmaydi, yoki ularni qo‘llash uchun ular quyida ko‘rib chiqiladigan qarama-qarshi oqimli qurilmalarga nisbatan katta isitish yuzasiga ega bo‘lishi lozim.
Qarama-qarshi oqimli bug‘latish qurilmasining sxemasida kuchsiz eritma oxirgi korpusga beriladi, keyingilariga esa apparatlar orasiga o‘rnatilgan nasoslar yordamida uzatiladi va barcha korpuslardan birinchi korpusga qarab ketma-ket o‘tadi. Qarama-qarshi oqimli qurilmalar yopishqoq eritmalarni bug‘latish uchun qo‘llaniladi, chunki ular to‘g‘ri oqimli bug‘latishda oxirgi korpuslarda (ya’ni eritmaning past temperaturasi va yuqori konsentratsiyasida) shunchalik yopishqoq bo‘lib qoladiki, buning natijasida quvurlar tarmoqlari bo‘ylab juda yomon harakatlanadi. Bunda oxirgi korpuslarda issiqlik uzatish koeffitsienti muqarrar ravishda pasayadi. Eritma konsentratsiyasining ortishi bilan uning temperaturasi ortadigan qarama-qarshi oqimli sxemani qo‘llash bilan issiqlik almashinishining kuchayishiga erishiladi.
Quyidagilar to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmalari bilan solishtarganda qarama-qarshi oqimli bug‘latish qurilmalarining kamchiliklari bo‘lib hisoblanadi (bir xil ish rejimida): isituvchi bug‘ sarfining bir qadar ortishi; eritmani bir korpusdan ikkinchisiga, bosimlarning ortib borish yo‘nalishida haydash uchun elektr energiyasining ortiqcha sarflanishi.
rasm. To‘rt korpusli bug‘latish qurilmasi.
1-birinchi korpus; 2-ikkinchi korpus; 3-uchinchi korpus; 4-to‘rtinchi korpus; 5-eritmani isitgich; 6-barometrik kondensator; 7-vakuum-nasos; 8-eritmani isitgich; 9-isitgichning sirkulyatsion nasosi; 10 va 11-eritmani uzatish uchun mo‘ljallangan plunjerli nasoslar; 12-kondensatorga suv uzatish uchun mo‘ljallangan nasos; 13-iflos kondensat uchun mo‘ljallangan bak; 14-kondensatni chiqarib olish qurilmalari.
4-14 rasm. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarining prinsipial sxemalari.
a- to‘g‘ri oqimli: b- qarama-qarshi oqimli; s- parallel oziqlantirish bilan; g- eritmani aralash uzatish va ekstrabug‘ni ajratib olish bilan; d- nol-korpus va qo‘shaloq birinchi korpus bilan; ye- ikkita isituvchi agent bilan (bug‘ va moy).
Eritma bilan parallel oziqlantirishga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmalari (4-14,v rasm) kristallanuvchi (to‘yingan) eritmalarni bug‘latishda qo‘llaniladi, ularda eritmadan unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suvni chiqarib yuborish kristallanishni hosil qiladi. Agar bunday eritmalar to‘g‘ri oqimli yoki qarama-qarshi oqimli qurilmada bug‘latilsa, bug‘latish paytida intensiv ravishda hosil bo‘ladigan kristallar hatto kristallarning o‘tirishi uchun mo‘ljallangan tuz ajratgich kameralar bo‘lgan taqdirda ham, quvurlar tarmoqlariga tushadi va u yerda tiqinlar hosil qiladi. Umuman olganda, ozgina kristallanish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday sxemada bug‘latish apparatlarining tuz ajratish kameralariga ega bo‘lgan konstruksiyalari qo‘llaniladi, bu tuz ajratgichlarning pastki qismiga filtrlash to‘ri o‘rnatiladi.
Biror-btr korpusdan eritmani isitish yoki boshqa biror texnologik maqsadlar uchun (biroq bug‘latish uchun emas) ajratib olinadigan bug‘ – ekstrabug‘ deb ataladi. Aralashmani aralash tarzda uzatish va ekstrabug‘ni ajratib olishga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmasining sxemasi 4-14,g rasmda ko‘rsatilgan. Ekstrabug‘ har qanday korpusdan olinishi mumkin. Ekstrabug‘ni oxirgi korpuslardan olish tejamliroq bo‘ladi, biroq buning har doim ham iloji bo‘lavermaydi, chunki har gal korpusdan korpusga o‘tishda ekstrabug‘ning temperaturasi pasayadi.
4-14,d rasmda nolinchi va qo‘shaloq korpusli bug‘latish qurilmasining sxemasi keltirilgan. Nolinchi korpus (nol-korpus) go‘yo mashinada ish bajaradigan bug‘ yetishmay qolgan taqdirda qo‘shimcha bug‘ beradigan bug‘ reduktori bo‘lib hisoblanadi. Nolinchi korpusga ega bo‘lgan tizimlar shakar ishlab chiqarish sanoatida keng tarqalgan.
Qo‘shaloq korpusning bo‘lishi zarurligini, masalan, barcha korpuslarda isitish yuzasi bir xil bo‘lishi, birinchi korpus esa ikkinchi korpusni, xuddi yuqoridagi sxemada ko‘rsatilganday, isitishni ta’minlash va kattagina miqdordagi ekstrabug‘ni ajratib olish uchun mashinada o‘z ishini bajarib bo‘lgan bug‘dan ham, nolinchi korpusning ikkilamchi bug‘idan ham foydalanishi lozim bo‘lgan hollarda uchratish mumkin. Ikkita isituvchi agentga, masalan, bug‘ va moyga ega bo‘lgan ikki korpusli bug‘latish qurilmasining sxemasi (4-14,ye rasm) birinchi korpusdagi eritma konsentratsiyasining ortishi ikkinchi korpusdagi qaynash temperaturasini
4-15 rasm. Osh tuzi eritmasini bug‘latish uchun mo‘ljallangan vakuum-bug‘latish qurilmasi.
a-qurilmaning sxemasi; 1- aralashtirish baki; 2-sirkulyatsion nasos; 3-yuzadagi kondensatorlar; eritmani isitgich; 5-vakuum-bug‘latgichlar; 6-gidrozatvor; 7-nasos; 8- tindirgich; 9-sentrifuga; 10- bug‘ oqimining ejektorlari: A- ishlab chiqarish suvi; B- boshlang‘ich eritma; V- qattiq tuz; G-eritmaning ifloslangan qismini chiqarib tashlash; D-kondensat; Ye-kanalizatsiyaga ketadigan suv; b-vakuum-bug‘latish apparati; 1-eritmani uzatish; 2-eritmaning chiqishi; 3-bug‘larning chiqishi; 4-suani uzatish.
keskin oshiradigan va ikkilamchi bug‘ning temperaturasi isitish uchun yetarli bo‘lmay qoladigan hollarda qo‘llaniladi.
Bug‘latish qurilmalarining ko‘rib chiqilgan sxemalarida oxirgi korpuslar atmosfera bosimida ham, vakuum ostida ham, shuning ekstrabug‘ni ajratib olish yoki ajratib olmaslik bilan ham ishlashi mumkin.
Apparatlarni isituvchi bug‘ bo‘yicha parallel yoqish isituvchi bug‘ning bosimi past bo‘lganda, biroq qurilmaning yuqori unumdorligi talab qilinadigan hollarda qo‘llaniladi. Bunda apparatlar eritma bilan oziqlantirish bo‘yicha ko‘rib chiqilgan sxemalarning har qandayi bo‘yicha ulanishi mumkin va bosim ostida yoki vakuum ostida ishlashi mumkin.
|
| |