|
-5. UZLUKSIZ IShLAYDIGAN KO‘P KORPUSLI BUG‘LATISh QURILMALARINING PRINSIPIAL SXEMALARI
|
bet | 40/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)4-5. UZLUKSIZ IShLAYDIGAN KO‘P KORPUSLI BUG‘LATISh QURILMALARINING PRINSIPIAL SXEMALARI
Ko‘p marotaba bug‘latish prinsipi1. Agar eritmadan hosil bo‘lgan bug‘ni (bitta bug‘latish apparatining ikkilamchi bug‘ini) boshqa apparatning isitish kamerasiga yo‘naltirilsa va ikkinchi apparatda bu bug‘ning temperaturasi ikkinchi apparatdagi eritmaning qaynash temperasidan katta bo‘ladigan bosim ushlab turilsa, u holda unda ham xuddi birinchi apparatdagiday, bug‘latish sodir bo‘lishi mumkin. Har bir oldingi apparatdan ikkilamchi bug‘ keyingi apparatning isitish kamerasiga yo‘naltiriladigan bir nechta bug‘latish apparatlarining jamlanmasi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasi deb ataladi.
Har bir korpusda eritma qaynashi uchun oldingi korpusdan kelayotgan ikkilamchi bug‘ temperaturasi bilan undan keyingi korpusdagi eritmaning qaynash temperaturasi o‘rtasidagi farqni ta’minlash zarur bo‘ladi. Bug‘latish qurilmalarining korpuslari bo‘yicha optimal temperaturalar farqini tanlash quyida ko‘rib chiqiladi. Bug‘latishni ko‘p korpusli qurilmalarda qo‘llash bilan bir korpusli bug‘latishga qaraganda bir xil unumdorlikda bug‘ning sezilarli darajada tejalishiga va shundan kelib chiqqan holda yoqilg‘ining tejalishiga erishiladi. Agar 1 kg isituvchi bug‘ yordamida bir korpusli apparatda 1 kg suvni qaynatish mumkin deb yaqinlashtirilgan holda qabul qiladigan bo‘lsak, ko‘p korpusli bug‘latish tufayli birinchi korpusga keladigan 1 kg bug‘ bilan korpuslar soniga teng bo‘lgan kilogrammdagi suvni bug‘latish mumkin bo‘ladi, ya’ni ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasida 1 kg suvni bug‘latish uchun sarflanadigan bug‘ sarfi ketma ket yoqilgan korpuslar soniga teskari proporsional bo‘ladi. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini qo‘llashning mohiyati ana shundan iborat
Issiqlik yo‘qolishini hisbga olish bilan ko‘p korpusli bug‘latishda isituvchi bug‘ sarfi yaqinlashtirilgan tarzda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin
D=W/0,85n, (4-10)
bunda W-barcha korpuslarda bug‘latiladigan suv miqdori, kg/soat; p- korpuslar soni; 0,85- bosim pasayishi bilan faza o‘tshining issiqligi ortishini, kondensatdan to‘liq foydalanilmasligini natijasida issiqlik yo‘qolishini, issiqlikning qurshab turuvchi muhitga yo‘qotilishini va hokazolarni hisobga olish koeffitsienti.
Tajriba ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, isitish yuzasiga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmalarida bir korpusli bug‘latishdan ikki korpusli bug‘latishga o‘tishda isituvchi bug‘ning solishtirma sarfining tejalishi taxminan 50% ni, to‘rt korpusli bug‘latishdan besh korpusli bug‘latishga o‘tishda – 10% ni, o‘n korpusli bug‘latishdan o‘n bir korpusli bug‘latishga o‘tishda – 1% dan kamroqni tashkil qiladi. Shu sababli to‘rt va uch korpusli qurilmalar ko‘proq keng tarqalgan, biroq sanoatda ba’zan hattoo o‘n korpusli qurilmalar ham uchraydi.
Bug‘latish qurilmasi korpuslarining sonini tanlash texnik-iqtisodiy masala hisoblanadi. Bug‘latish qurilmasi korpuslarining optimal soni [L. 4]
(4-11)
Bunda k-issiqlik uzatishning o‘rtacha koeffitsienti, Vt/(m2°S); tn- isituvchi bug‘ning to‘yinish temperaturasi, °S; - sovutadigan suvning boshlang‘ich va oxirgi temperaturalari; °S; tn – oxirgi korpusdagi eritmaning qaynash temperaturasi, °S; in – oxirgi korpusdan chiqib ketadigan bug‘ning entalpiyasi, kDj/kg; rk va rp – kondensatordagi bosim va suv bug‘i hamda vakuum-nasos bilan so‘rib olinadigan gaz-havo aralashmasining parsial bosimi, Pa; a- 1 kt isituvchi bug‘ning narxi, so‘m.; b-apparatning 1 m2 isitish yuzasini ekspluatatsiya qilish narxi (amortizatsiya, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatuvchi binolar va hokazo), so‘m/soat; S- 1 kg sovutadigan suvning narxi, so‘m.; d- 1 kvtsoat elektroenergiyaning narxi, so‘m.
Shuni qayd qilish lozimki, korpuslar soni ortishi bilan metall sarfi, boshlang‘ich o‘rnatish xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari va joriy ta’mirlash xarajatlari ortadi, bundan tashqari ekspluatatsiya qilish murakkablashadi, shu sababli aksariyat hollarda amaliyotda isitish yuzasiga ega bo‘lgan uch yoki to‘rt korpusli qurilmalar qo‘llaniladi.
4-13 rasmda shlaklarni bug‘latish uchun mo‘ljallangan to‘rt korpusli qurilma ko‘rsatilgan. Uning unumdorligi sutkasiga 1000 m3 suyuq shlakni tashkil qiladi. Har bir apparatning isitish yuzasi 700 m2 ga teng.
|
| |