O‘zaro eriydigan tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan binar aralashmalar (eritmalar). Bir-birida to‘liq eriydigan suyuqliklardan iborat bo‘lgan eritmalar Raul qonuniga bo‘ysunadigan (ideal) va Raul qonunidan musbat yoki manfiy chetlashishlarga ega bo‘lgan, bu quyida ko‘rsatiladi, eritmalarga (minimal va maksimal qaynash temperaturalariga ega bo‘lgan eritmalar) bo‘linadi.
Raul qonunida aytilishicha qandaydir bir temperaturada qaynayotgan suyuq aralashma ustidagi bug‘ aralashmasida har bir tarkibiy qismning parsial bosimi xuddi o‘sha temperaturada sof holda qaynayotgan shu tarkibiy qismning to‘yingan bug‘ining shu tarkibiy qismning suyuq aralashmadagi molekular ulushiga ko‘paytirilgan bosimiga teng bo‘ladi.
Tarkibiy qismning molekular ulushi deganda uning aralashmadagi mollar sonining qar ikkala tarkibiy qismning yig‘indi (summar) mollar soniga nisbati tushuniladi. Agar binar aralashmada molekular og‘irlikka ega bo‘lgan modda massadan % hisobida a miqdorda, molekular og‘irlikka ega bo‘lgan modda esa massadan % hisobida b miqdorda bo‘lsa, u holda aralashmaning tarkibiy qismlarining molekular ulushlari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
; (5-4a)
; (5-4b)
bunda
Molekular ulushlarni shuningdek foyizlarda ham ifodalash mumkin. Tarkibiy qismning mol-foyizlar soni (5-4a) yoki (5-46) formulani 100 ga ko‘paytirish bilan olinadi.
Raul qonunini matematik tarzda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin
, (5-5)
Bunda ra—qaynayotgan suyuqlik ustidagi a tarkibiy qism bug‘ining parsial bosimi;
xa — shu tarkibiy qismning suyuq aralashmadagi molekular ulushi;
Ra — aralashmaning qaynash temperaturasida a tarkibiy qismning to‘yingan bug‘ining bosimi.
b tarkibiy qism uchun xuddi shunday tenglama
). (5-5a)
Agar R yig‘indi bosimni bildirsa, u holda
P = (5-6)
ua orqali a tarkibiy qismning bug‘lar yoki bug‘ fazasidagi molekular ulushini belgilaymiz; chunki (5-3) va (5-4) tenglamalarga muvofiq ua kattalik a tarkibiy qismning parsial bosimining yig‘indi (summar) bosimga nisbatiga teng, shunda quyidagini yozish mumkin bo‘ladi:
(5-7)
(5-7) tenglama quyidagi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin
. (5-7a)
Agar Ra > Rb bo‘lsa, ya’ni a aralashmaning uchuvchan tarkibiy qismi bo‘lib hisoblansa, u holda:
Ra — Rb>xa(Ra — Rb)
yoki
Ra > Rb+ xa(Ra — Rb).
Bu holda y/x> 1 yoki u>x, ya’ni uchuvchan tarkibiy qismning bug‘lardagi miqdori uning suyuq aralashmadagi miqdoriga qaraganda har doim katta bo‘ladi.
Agar Rab bo‘lsa, ya’ni a aralashshmaning uchmaydigan tarkibiy qismi bo‘lib hisoblansa, u holda
Ra—Rba(Ra—Rb) i u
Ya’ni uchmaydigan tarkibiy qismning bug‘lardagi miqdori uning suyuq aralashmadagi miqdoriga qaraganda har doim kichik bo‘ladi.
|