• Davriy ravishda ishlaydigan, bir martalik distillyatsiyalaydigan distillyatsiyalash qurilmalarini hisoblash.
  • Ma’ruzani qisqacha yakunlari




    Download 6,57 Mb.
    bet53/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Ma’ruzani qisqacha yakunlari



    1. Ikkita o‘zaro erimaydigan suyuqlikdan tarkib topgan aralashma aralashmaning tarkibiga kiruvchi yengil qaynaydigan suyuqlikning qaynash temperaturasiga qaraganda pastroq temperaturada qaynaydi.

    2. Azeotropik aralashmalar shu bilan xarakterlanadiki, ularning tarkibiy qismlaridan birortasi ham haydashda bilan sof holda ajralib chiqishi mumkin emas, chunki bug‘lar va suyuq aralashmaning tarkibi mutlaqo bir xildir.

    3. Raul qonunida aytilishicha qandaydir bir temperaturada qaynayotgan suyuq aralashma ustidagi bug‘ aralashmasida har bir tarkibiy qismning parsial bosimi xuddi o‘sha temperaturada sof holda qaynayotgan shu tarkibiy qismning to‘yingan bug‘ining shu tarkibiy qismning suyuq aralashmadagi molekular ulushiga ko‘paytirilgan bosimiga teng bo‘ladi.

    4. Binar aralashma uchun muvozanat egri chizig‘i (5-2,v rasm) bug‘ tarkibining suyuq aralashma tarkibiga bog‘lanishini ko‘rsatadi. Aralashma tarkibi odatda unda uchuvchan tarkibiy qismning bo‘lishi bilan xarakterlanadi, shu sababli abssissalar o‘qi bo‘yicha uchuvchan tarkibiy qismning suyuqlikdagi x miqdori, ordinatalar o‘qi bo‘ylab esa — bug‘lardagi u miqdori qo‘yiladi. x va u kattaliklar odatda yoki mol-foyizlarda, yoki og‘irlik foyizlarida ifodalanadi.



    22-MA’RUZA. DISTILLYATSION QURILMALAR


    Ko‘riladigan masalalar.



    1. Distillyatsion qurilmalardagi asosiy jarayonlar.

    2. Davriy ravishda ishlaydigan, bir martalik distillyatsiyalaydigan distillyatsiyalash qurilmalarini hisoblash.

    3. Azeotropik aralashmalarni distillyatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari.



    D istillyatsion qurilmalardagi asosiy jarayonlar. Distillyatsion va rektifikatsion qurilmalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, ularni t-x-diagrammalarda ko‘rib chiqishda yaqqolroq tasavvur qilish va tushunish mumkin.
    5-4 rasm. Ikkinchi bosqichda bug‘larni deflegmatsiyalaydigan va separatsiyalaydigan ikki bosqichli distillyatsion qurilmaning sxemasi va uning t-x-diagrammadagi jarayoni.
    Distillyatsiyalash uzluksiz va davriy ravishda ishlaydigan qurilmalarda o‘tkazilishi mumkin.
    5-4 rasmda uzluksiz ravishda ishlaydigan ikki bosqichli distillyatsion qurilmaning sxemasi keltirilgan. O‘zaro eriydigan binar aralashma A nuqtaga mos keluvchi parametrlar bilan 1 isitgichga kelib tushadi va u yerda V nuqtaga mos keladigan qaynash holatigacha isitiladi.
    2 distillyatsiyalash apparatida aralashmaning S nuqtaga mos keladigan bug‘lari olinadi (.t-x-diagrammaga qaralsin). So‘ngra bug‘lar x2 konsentratsiya bilan 3 kondensatorga kelib tushadi. Binar aralashma bug‘larining kondensatsiyalanishi x2 = const bo‘lganda uning temperaturasining t1 dan t2 gacha pasayishi bilan sodir bo‘ladi. So‘ngra qayta haydalgan distillyat ikkinchi bosqichga — 4 distillyatsiyalash apparatiga kelib tushadi, bu yerda yanada ko‘proq konsentratsiyalangan bug‘lar olinadi (x3 > x2), 4 ikkinchi bosqich apparatidan bug‘lar 5 deflegmatorga kelib tushadi. Deflegmatorda bug‘larning qisman kondensatsiyalanishi sodir bo‘ladi (EF chiziq) va G‘ nuqtaga mos keladigan nam bug‘ olinadi. U L nuqtaga mos keladigan konsentratsiyaga ega bo‘lgan quruq bug‘ning K.nuqtaga mos keluvchi konsentratsiyaga ega bo‘lgan suyuqlik bilan aralashmasi bo‘lib hisoblanadi. Aralashmadagi bug‘ning ulushi FK kesmaga, suyuqlikning ulushi esa — FL kesmaga mos keladi. So‘ngra nam bug‘ 6 separatorga kelib tushadi, bu yerda undan suyuqlik ajraladi. x4< x3 konsentratsiyali suyuqlik 8 distillyatsion bakka kelib tushadi, x5 > x3 konsentratsiyali bug‘lar esa 7 kondensatrga yo‘naltiriladi, bu yerda ular 9 tayyor mahsulot bakiga kelib tushadigan distillyatga aylanadi. Shuni qayd qilish lozimki, aralashma bug‘larini deflegmatsiyalash va keyinchalik separatsiyalashda yuqoriroq konsentratsiyaga erishiladi, biroq mahsulot miqdori oddiy kondensatsiyalanishga qaraganda kamroq olinadi.

    Download 6,57 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




    Download 6,57 Mb.