BUG‘LATISh APPARATLARI VA QURILMALARINING KLASSIFIKATSIYaSI




Download 6,57 Mb.
bet34/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

BUG‘LATISh APPARATLARI VA QURILMALARINING KLASSIFIKATSIYaSI
Ishlash prinsipiga ko‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz ishlaydigan apparatlarga bo‘linadi.
Davriy ravishda ishlaydigan apparatlarda suyuqlik apparatga uzatiladi, zarur bo‘lgan yuqori konsentratsiyagacha bug‘latiladi, so‘ngra esa bug‘latilgan eritma apparatdan chiqarib yuboriladi. Bo‘shatilgan apparat yana konsentratsiyalanmagan eritma bilan to‘ldiriladi. Davriy ravishda bug‘latish qurilmaning unumdorligi yuqori bo‘lmaganda yoki quyuqlashgan suyuqlikni nasos bilan haydashning iloji bo‘lmaganda yoki erituvchining hammasini bug‘latib yuborish talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan apparatlarda konsentratsiyalanmagan (kuchsiz) eritma apparatga uzluksiz uzatiladi, bug‘latilgan (kuchli) eritma esa undan uzluksiz ravishda chiqarib olinadi. Davriy ravishda ishlaydigan apparatlarga qaraganda uzluksiz ishlaydigan apparatlar issiqlik jihatidan ko‘proq tejamkor bo‘lib hisoblanadi, chunki ularda apparatni davriy ravishda qizdirish bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik sarfi bo‘lmaydi.
Aksariyat hollarda uzluksiz ishlaydigan apparatlar ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalariga kompanovkalanadi (jamlanadi), ularda bug‘latilayotgan eritma uzluksiz ravishda bir qator alohida apparatlar orqali o‘tadi. Har bir keyingi apparatda eritmanin konsentratsiyasi oldingi apparatdagiga nisbatan ortadi.
Apparat ichidagi bosimga ko‘ra bug‘latish apparatlari oshiqcha bosimda, atmosfera bosimida va vakuumda ishlaydigan apparatlarga bo‘linadi.
Bug‘latish apparatlarida vakuum quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
a) eritma yuqori temperatura ta’siri ostida parchalanadigan, rangini, hidini o‘zgartiradigan hollarda (masalan, shakar, sut);
b) eritma atmosfera bosimida yuqori qaynash haroratiga, ya’ni katta fizikaviy-kimyoviy temperatura depressiyasiga ega bo‘lgan va isituvchi bug‘ning yuqori parametrlarini talab qilgan hollarda (masalan, ammiakli selitra, zaharli kaliy eritmasi va boshqalar);
v) isitadigan issiqlik eltuvchi past haroratga ega bo‘lgan va shundan kelib chiqqan holda eritmaning qaynash temperaturasini pasaytirish lozim bo‘lgan hollarda;
g) ko‘p korpusli qurilmadagi mavjud bo‘lgan temperaturalar farqini oshirish maqsadida.
Eritmani bug‘latish natijasida olinadigan ikkilamchi bug‘dan boshqa issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltuvchi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan va bug‘latish qurilmasini vakuum-nasos va bug‘latish qurilmasini ulash bilan qimmatlashtirishga zarurat bo‘lmagan hollarda bosim ostida bug‘latish ko‘proq ratsional bo‘lishi mumkin.
Bug‘latish qurilmalarida isitadigan issiqlik eltuvchi sifatida suv bug‘lari ko‘proq qo‘llanilishga ega bo‘lgan.
Distillangan suv, yuqori temperaturali issiqlik eltuvchilar: yonuvchi moylar, difenil aralashmasi va boshqalarni qo‘llash faqatgina davriy ravishda ishlaydigan, kichik unumdorlikka ega bo‘lgan va isitishning yuqori temperaturasini talab qiladigan apparatlarda qo‘llaniladi. Bunday apapratlarning isitish tizimi odatda trubalar orqali birlashtirilgan, ko‘rsatilgan issiqlik eltuvchilardan biri bilan to‘ldirilgan ikkita zmeevikdan, (ilon shaklida buralgan quvur) tarkib topadi; zmmeviklardan biri pechda isitiladi, ikkinchisi esa bug‘latish apparatining isituvchi yuzasi bo‘lib hisoblanadi. Isitadigan issiqlik eltuvchi zmeeviklarda issiqlik eltuvchi tabiiy yoki nasos yordamidagi majburiy sirkulyatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Sirkulyatsiya majburiy bo‘lgan hollarda isitadigan issiqlik eltuvchi tizimni to‘liq to‘ldiradi va unda bosim ostida bo‘ladi, bu uning qaynab ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki bu sirkulyatsion nasoslarning normal ishlashi uchun zarurdir. Sirkulyatsiya bug‘ hosil bo‘lishi bilan tabiiy bo‘lganda tizim issiqlik eltuvchi bilan qisman to‘ldirilishi mumkin.
Yonuvchi gazlar bilan isitishni davriy ravishda ishlaydigan sodda bug‘latish qurilmalarida yoki eritmalarni changlatilgan holatda konsentratsiyalash, ya’ni eritmani amalda quritishda uchratish mumkin [L. 22].
Elektr qarshiligi yoki induksion toklar bilan elektr yordamida isitish asosan laboratoriyalardagi bug‘latish apparatlarida qo‘llaniladi.
Ma’ruzani qisqacha yakunlari
1. Bug‘latish - eritmaning qaynashida erituvchilarning bug‘larining amalda sof holda ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan termik jarayon, uchuvchan bo‘lmagan modda konsentratsiyalangan holda apparatda qoladi.
2. Fizik-kimyoviy harorat depressiyasi - eritmaning qaynash harorat bilan eritmadan hosil bo‘ladigan suv bug‘lari haroratlar orasidagi farqi. Fizik-kimyoviy temperatura depressiyasi turli xil eritmalar uchun turlichadir. Hisobiy fizik-kimyoviy harorat depressiyasini I.A.Tiщenko ifodasi bilan quyidagicha aniqlanadi:

3. Eritmaning konsentratsiyasi eritmadagi quruq modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbatan foyizlarda ifodalanadigan nisbatidir
,
4. ishlash prinsipiga ko‘ra bug‘latish apparatlari davriy va uzluksiz ishlaydigan apparatlarga bo‘linadi.
5. Apparat ichidagi bosimga ko‘ra bug‘latish apparatlari oshiqcha bosimda, atmosfera bosimida va vakuumda ishlaydigan apparatlarga bo‘linadi.



Download 6,57 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BUG‘LATISh APPARATLARI VA QURILMALARINING KLASSIFIKATSIYaSI

Download 6,57 Mb.