-MA’RUZA Issiqlik trubalarining kapillyar strukturalari




Download 6,57 Mb.
bet30/64
Sana03.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#110142
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari (5)

15-MA’RUZA Issiqlik trubalarining kapillyar strukturalari.
I. Issiqlik trubalarining kapillyar strukturalari.
2. Termosifonlar..


Issiqlik trubalarining kapillyar strukturalari
Issiqlik trubasining korpusi va piligi uchun materiallarni tanlashda ularni issiqlik eltuvchi bilan birgalikda qo‘llash imkoniyati asosiy omil (faktor) bo‘lib hisoblanadi (2.10 jadval). Bu shu bilan bog‘lanadiki, kimyoviy reaksiyalar yoki issiqlik eltuvchining parchalanishi, korpus va pilikning korroziyasi va eroziyasi natijasida issiqlik trubasining issiqlik uzatish xususiyati yomonlashishi mumkin. Bunga misol qilib qilib suv-aluminiy issiqlik trubasida gazsimon vodorodning ajralishi bilan suvning gidrolizlanishini ko‘rsatish mumkin. To‘plangan tajribalar, issiqlik eltuvchilar, issiqlik trubasining korpusi va piligi uchun materiallarni tanlash uchun bir qator tavsiyalar berish imkonini beradi.
2.10 jadval. Issiqlik trubalarida materiallar va issiqlik eltuvchilarni birgalikda qo‘llash imkoniyati.



Issiqlik eltuvchilar

Metallar

Al

Cu

Fe

Ni

Ti

Azot
Metan
Ammiak
Metanol
Suv
Kaliy
Natriy

Ha
Ha
Ha
Yo‘q
Yo‘q
-
-

Ha
Ha
-
Ha
Ha
-
-

Ha
-
Ha
Ha
Yo‘q
-
-

Ha
-
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha

-
-
-
-
Ha
Yo‘q
Yo‘q

Issiqlik trubalarining issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga piliklarning xususiyatlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Piliklar yuqori K singdiruvchanlik koeffitsientiga, g‘ovaklarning kichik R´ radiusiga va skeletning yetarlicha issiqlik o‘tkazuvchanligiga va suyuq issiqlik eltuvchi bilan yetarlicha namlanishga ega bo‘lishi lozim. Piliklarni tanlashga ko‘p sonli omillar ta’sir ko‘rsatishi sababli pilikni, uning konstruksiyasini tanlash uchun umumiy tavsiyalar berishning iloji yo‘q, buning ustiga singdiruvchanlik koeffitsienti K ning yuqori qiymatlarga, g‘ovaklik radiusi R´ ning kichik qiymatlarga ega bo‘lishi lozimligi talablari bir-biriga ziddir.
Piliklarning ko‘proq keng tarqalgan konstruksiyalari 2.33 rasmda keltirilgan.
Rasm keltiriladi
2.33-rasm. Issiqlik trubalarida piliklar strukturalarining tiplari.
1 – to‘shamalar; 2 – g‘ovak organik moddalar; 3 – ko‘p qatlamli metall to‘rlar; 4 – metall voyloklar; 5 – yopiq kapillyarlar; 6 – kapillyarli qo‘yilmalar; 7 – rezbali ariqchalar (kanavkalar); 8 – to‘rli-kanavkali strukturalar; 9 – bo‘ylama kanavkalar.
Trubani issiqlik eltuvchi bilan to‘ldirishdan oldin trubaning materiali, shuningdek issiqlik eltuvchining o‘zi ham degazatsiyalanishi (gazlardan tozalanishi) lozim. Degazatsiyalash yuqori temperaturali (4000S dan ortiq) issiqlik trubalari uchun ayniqsa muhimdir, chunki temperatura ortishi bilan gazlarning ajralib chiqish intensivligi ham ortadi. Shu sababli issiqlik trubalarining uzoq muddat ishlashi uchun oldindan vakuumlash va payvand choklarning sifatli bo‘lishiga nisbatan ayniqsa qattiq talablar qo‘yiladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Download 6,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA Issiqlik trubalarining kapillyar strukturalari

Download 6,57 Mb.