|
-MA’RUZA Mavhum qaynash qatlamli apparatlar
|
bet | 26/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)13-MA’RUZA Mavhum qaynash qatlamli apparatlar.
Ko‘riladigan masalalar.
«Mavhum qaynash» yoki qaynash qatlamlari haqija tushuncha.
Mavhum qaynash qatlamini hosil bo‘lish prinsiplari.
Mavhum qaynash qatlamining tayanch-taqsimlash qurilmalarining konstruksiyalari.
Mavhum qaynash qatlamining g‘ovakliligi. Mavhum qaynash qatlamining grafiklari.
Mavhum qaynash qatlamini ishlash tezliklari.
Gazlar va suyuqliklarning qattiq zarrali materiallar bilan o‘zaro ta’sirlarga kirishish jarayonlari juda keng tarqalgan va istiqbollidir, Bu jarayonlarda qattiq zarralar ularni muvozanatlaydigan oqim bilan energiya almashinishi hisobiga bir-biriga nisbatan harakatchan bo‘lib qoladi. Zarrachali materialning bunday holati odatdagi tomchili suyuqlikning o‘zini tutishiga tashqi tomondan o‘xshash bo‘lganligi uchun “aldamchi suyuqlangan” yoki qaynaydigan qatlam nomini olgan. Qaynaydigan qatlamga suyuqlikning xossalari: oquvchanlik, yopishqoqlik, yuzadagi tortish xos bo‘ladi. Qattiq materiallarning aldamchi suyuqlanishi amalga oshadigan jarayonlar sanoatning turli sohalarida qo‘llaniladi. Ularga masalan, kimyoviy jarayonlar: neft mahsulotlarini katalitik krekinglash, yoqilg‘ilarni gazlashtirish, turli xil ma’danlarni kuydirish; fizikaviy va fizikaviy-kimyoviy jarayonlar: mayda zarrachali, pastasimon va suyuq materiallarni quritish, metallarga termik ishlov berish, gazlarni isitish va sovutish; mexanik jarayonlar: boyitish, granulalash, zarrachali materiallarni aralashtirish va transportirovka qilish va hokazolar kiradi.
Aldamchi suyuqlanishning ishlab chiqarish amaliyotiga keng joriy qilinishi uning bir qator afzalliklari bilan shartlanadi. Qattiq zarrachali materialni suyuqlangan holatda oquvchanlik natijasida trubalar bo‘ylab ko‘chirish mumkin, bu ko‘pgina jarayonlarni uzluksiz amalga oshirish imkonini beradi. Aldamchi suyuqlangan qatlamni ularning tezligi gaz fazasidagi termik yoki diffuzion qarshilik bilan belgilanadigan jarayonlarda qo‘llash ayniqsa foydalidir. Suyuqlanish sharoitlarida bu qarshiliklar o‘n martalab kamayadi, jarayonlarning tezligi esa mos ravishda ortadi. Qattiq zarrachalarning suyuqlangan qatlamda intensiv ravishda aralashishi tufayli temperaturalar maydonlari amalda tenglashadi, oshiqcha qizib ketish va bir qator texnologik jarayonlarning kechishida shu bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar xavfi barham topadi.
Aldamchi suyuqlangan qatlam yutuqlar bilan birgalikda bir qator kamchiliklarga ham ega. Masalan, qattiq zarrachalarning qatlamda intensiv ravishda aralashishi bilan chaqiriladigan temperaturalar va konsentratsiyalarning tenglashishi jarayonni harakatlantiruvchi kuchning kamayishiga olib keladi. Ba’zan qattiq zarrachali material bilan yetarlicha tutashuvga ega bo‘lmagan katta miqdordagi gazning o‘tib ketishi maqsadli mahsulot chiqishini kamaytiradi. Qattiq zarrachalarning yeyilishi va maydalanishini, apparaturaning eroziyasini, katta miqdordagi statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishini, qudratli gaz tozalash qurilmalarini o‘rnatish zarurligini ham salbiy omillar deb hisoblash lozim. Qaynaydigan qatlamdagi jarayonlar katta energiya sarfi bilan hosil qilinadi. Ba’zi bir kamchiliklar apparatlarning konstruksiyalarini takomillashtirish hisobiga bartaraf qilinishi mumkin.
Qaynaydigan qatlamni hosil qilish prinsipi quyidagidan iborat. Agar tutib turuvchi panjaraga joylashtirilgan qattiq zarrachali material ostiga issiqlik eltuvchi (gaz yoki suyuqlik) oqimi berilsa, u holda qatlamning holati oqimning tezligiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lib qoladi. Uning noldan qandaydir bir ´o birinchi kritik qiymatgacha ortishida odatdagi filtrlanish jarayoni sodir bo‘ladi, bunda qattiq zarrachalar qo‘zg‘almas bo‘ladi (3.10a rasm), ajratilganlik koeffitsienti o‘zgarmaydi, uning ∆r gidrodinamik qarshiligi esa w tezlik ortishi bilan ortadi.
|
| |