|
Rektifikatsion qurilmalarning klassifikatsiyasi va sxemalari
|
bet | 60/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)Rektifikatsion qurilmalarning klassifikatsiyasi va sxemalari. Rektifikatsion qurilmalar uzluksiz va davriy ravishda ishlaydigan qurilmalarga bo‘linadi. Davriy ravishda ishlaydigan qurilmalarda qayta haydash kubiga uchuvchan tarkibiy qismning qandaydir bir o‘rtacha konsentratsiyasiga ega bo‘lgan aralashma quyiladi. Uchuvchan tarkibiy qism haydab chiqarilgandan keyin asosan og‘ir tarkibiy qismni o‘z ichiga olgan suyuqlik kubdan quyib olinadi va kub yana yangidan boshlang‘ich aralashma bilan to‘ldiriladi.
5-9,a rasmda davriy ravishda ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning sxemasi keltirilgan; uning harakat prinsipi 5-8 rasmda ko‘rib chiqildi. Apparatlarni davriy ravishda isitish zarurligi va qayta haydash kubidan isitilgan suyuqlik bilan chiqib ketadigan issiqlik yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan katta issiqlik sarfi bunday qurilmalarning kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qayta haydash jarayonida suyuq aralashma kubda uchuvchan tarkibiy qismga kambag‘al bo‘lib qoladi va bug‘larni boyitish uchun flegma miqdorini oshirish zarur bo‘ladi, buning natijasida issiqlik sarfi va deflegmatordagi sovutuvchi suv sarfi ortadi. Bunday qurilmalarni avtomatlashtirishning qiyinligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Shu sababli davriy ravishda ishlaydigan rektifikatsiyalash qurilmalari ishlab chiqarish masshtablari (ko‘lamlari) kichik bo‘lganda, shuningdek tarkibiy qismning deyarli to‘liq ajralishi talab qilingan hollarda (masalan, benzol – toluol aralashmasini ajratishda) qo‘llaniladi. 5-10 rasmda davriy ravishda rektifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan qurilmaning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan.
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiyalash qurilmasiga haydalishi lozim bo‘lgan aralashma uzluksiz beriladi. Binar aralashmalarni qayta haydash uchun mo‘ljallangan qurilmalar eng oddiy qurilmalar bo‘lib hisoblanadi. Bunday qurilmaning sxemasi 5-9,b rasmda ko‘rsatilgan. Bunday qurilmalarda rektifikatsion kolonna ikki qismga: yuqorigi – mustahkamlaydigan va pastki – uzil-kesil tugatadigan qismlarga bo‘linadi, pastki qismda ko‘pgina hollarda uchuvchan tarkibiy qism deyarli to‘lig‘icha kolonnaning yuqori qismiga haydaladi, kubdagi uchuvchan bo‘lmagan tarkibiy qismga ega bo‘lgan qoldiq esa qayta haydash kubiga quyiladi.
Qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipi xuddi davriy ravishda ishlaydigan qurilmalarniki kabi, bunda faqat shu narsa farq qiladiki, bu qurilmada deflegmatordan rektifikatsion kolonnaga flegmaning doimiy miqdori qaytadi va uchuvchan tarkibiy qismning ma’lum bir foyiz tarkibiga ega bo‘lgan tayyor mahsulotning doimiy miqdori uzluksiz olinadi. Sxemaning o‘ng qismi davriy ravishda ishlaydigan qurilmaning sxemasidan hech narsa bilan farq qilmaydi. Chap qismda shu narsa ko‘rsatilganki, haydalishi lozim bo‘lgan aralashma kolonnaga kolonnaning uzil-kesil tugatadigan qismiga nisbatan yuqoriroqda o‘rnatilgan 14 bakdan o‘z oqimi bilan kirib keladi (eritma nasos bilan ham uzatilishi mumkin, bunday holda bak har qanday balandlikda o‘rnatilishi mumkin). Aralashma haydashdan oldin ikkita 12 va 13 issiqlik almashtirgichlarda zaruriy temperaturagacha ketma-ket isitiladi.
|
| |