• 23-MA’RUZA. REKTIFIKATSION QURILMALAR Rektifikatsion qurilmalardagi jarayonlar va ularning diagrammalarda tasvirlanishi.
  • Rektifikatsion qurilmalardagi jarayonlar va ularning diagrammalarda tasvirlanishi.
  • Ma’ruzani qisqacha yakunlari




    Download 6,57 Mb.
    bet59/64
    Sana03.12.2023
    Hajmi6,57 Mb.
    #110142
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
    Bog'liq
    Ma\'ruza matnlari (5)

    Ma’ruzani qisqacha yakunlari
    1. Distillyatsiyalash uzluksiz va davriy ravishda ishlaydigan qurilmalarda o‘tkazilishi mumkin.
    Agar distillyatsiyalash davriy ravishda ishlaydigan qurilmada bo‘lib o‘tsa, u holda distillyatsion kubdagi uchuvchan tarkibiy qismning miqdori asta-sekin kamayadi, bunda qaynayotgan suyuq aralashmada ham, undan olinadigan bug‘larda ham keyingi qayta haydash o‘zgaruvchi – doimo ortib boruvchi temperaturada boradi.
    2. Ko‘p martalik distillyatsiyalash yo‘li bilan haydash ko‘proq laboratoriya haydash apparatlarida qo‘llaniladi.
    3. To‘liq eriydigan binar suyuq aralashmalarning ko‘pchiligi Raul qonuniga amal qilmaydi; bunday aralashmalar uchun bug‘ning umumiy tarangligi xuddi o‘sha temperaturada ushbu tarkibiy qismlar bug‘larining tarangligining yig‘indisidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.


    23-MA’RUZA. REKTIFIKATSION QURILMALAR



    1. Rektifikatsion qurilmalardagi jarayonlar va ularning diagrammalarda tasvirlanishi.

    2. Rektifikatsion qurilmalarning klassifikatsiyasi va sxemalari.

    3. Rektifikatsion kolonnalarning tiplari va konstruksiyalari.



    Rektifikatsion qurilmalardagi jarayonlar va ularning diagrammalarda tasvirlanishi. Ko‘p martalik distillyatsiyalash va deflegmatsiyalashni (yuzadan sovutish yo‘li bilan qisman kondensatsiyalash) (5-4 rasmga qaralsin) amalda qo‘llash ko‘p sonli ulkan, tejamkor bo‘lmagan apparatlardan foydalanishni talab qiladi. Shu sababli amaliyotda rektifikatsiyalash yo‘li bilan ko‘p martalik qisman kondensatsiyalash va separatsiyalash tamoyili (prinsipi), ya’ni cheklash devoriga ega bo‘lmagan bitta apparatda, rektifikatsion kolonnada ko‘p martalik issiqlik va massa almashinishi tamoyili qo‘llaniladi.

    5-8 rasm. Rektifikatsion kolonnaning prinsipial sxemasi va rektifikatsiyalash jarayonini t-x-diagrammada tasvirlash.


    5-8 rasmda va t-x-diagrammada har biri bittadan qalpoqchaga ega bo‘lgan (amaldagi kolonnalarda bitta tarelkaga ba’zan 300 dan oshiq qalpoqchalar o‘rnatiladi) uchta tarelkali soddalashtirilgan rektifikatsion qurilmada issiqlik va massa almashinishining sxemalari va jarayonlari ko‘rsatilgan. Ba’zan kolonnaga tarelka o‘rniga sit o‘rnatiladi yoki Rashig halqalaridan tarkib topgan nasadka (nasadka -pribor yoki jihozning biror-bir narsaga kiygizilgan qismi –izoh tarjimonniki) bilan to‘ldiriladi.


    5-8 rasmda birgalikda rektifikatsion qurilmaning ishlash prinsipini va unda sodir bo‘ladigan issiqlik va massa almashinish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz. 1 qayta haydash kubida issiqlik bilan isitish hisobiga binor aralashmaning bug‘lanishi sodir bo‘ladi. Aralashma bug‘lari rektifikatsion kolonnada yuqoriga ko‘tariladi. Ularga qarama qarshi yo‘nalishda esa III deflegmatordan distillyatning flegma deb ataluvchi qandaydir bir qismi kirib keladi. Bug‘lar II rektifikatsion kolonnadan chiqishda 8 nuqtadagi parametrlar bilan (t-x-diagrammada) III deflegmatorga kelib tushadi, bu yerda ular unga beriladigan suvga issiqlik berish hisobiga qisman kondensatsiyalanadi (jarayon 8- chizig‘i bo‘ylab boradi). nuqtaga mos keladigan parametrlarga ega bo‘lgan bug‘-suyuqlik emulsiyasi IV separatorga kelib tushadi, unda 10 nuqtadagi parametrlarga ega bo‘lgan bug‘ning uning parametrlari 9 nuqta bilan aniqlanadigan suyuqlikdan (flegmadan) ajralishi sodir bo‘ladi. Separatsiyalangan bug‘ V kondensatorga kelib tushadi, bu yerda u 11 nuqtadagi holatgacha to‘liq kondensatsiyalanadi va tayyor mahsulot (rektifikat) ko‘rinishida VI to‘plash bakiga kelib tushadi.
    Yuqoridagi tarelkada issiqlik va massa almashinish jarayoni quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi: IV separatorda olinadigan, 9 nuqtaning parametrlariga ega bo‘lgan suyuqlik (flegma) jarayon davomida oldingi pastki tarelkadan kirib keladigan, 6 nuqtaning holatidagi bug‘lar bilan kontaktga (tutashuvga) kirishadi; bunda bug‘larning C2 holatigacha qisman kondensatsiyalanishi va keyinchalik separatsiyalanishi sodir bo‘ladi, buning natijasida 8 holatdagi bug‘ va 7 holatdagi flegma hosil bo‘ladi. Bu flegma tushirish trubasi (quvuri) bo‘ylab pastki tarelkaga quyiladi va 4 holatidagi bug‘lar bilan kontaktga kirishadi. Separatsiyalashdan keyin 5 holatidagi flegma va 6 holatidagi bug‘ hosil bo‘ladi va jarayon shu tarzda davom etadi. Flegmaning bug‘lar bilan ishonchli kontktga kirishishi tarelkalarda pastki chekkasida tishlar ko‘rinishidagi qirqimlarga ega bo‘lgan qalpoqchalarning borligi tufayli sodir bo‘ladi, ular orqali bug‘larning pastki tarelkadan yuqoridagi tarelkaga qarab harakatlanishida bug‘ pufakchalari o‘tadi.
    Shunday qilib, rektifikatsiya o‘zida suyuq aralashmaning (flegmaning) bug‘lar bilan, ularning ko‘p martalik qisman kondensatsiyalanishi va separatsiyalanishida bevosita aralashib ketishidagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarini taqdim qiladi. Rektifikatsiya jarayonida flegma, pastga tushish va kolonna bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladigan bug‘lar bilan issiqlik va massa almashinishga kirishish bilan bug‘larning kondensatsiyalanish issiqligi hisobiga bug‘lanadi va bunda yengil qaynaydigan tarkibiy qism bilan birlashadi, biroq yuqori haroratda qaynaydigan tarkibiy qism bilan bug‘larning qisman kondensatsiyalanishi hisobiga boyitiladi; bug‘lar esa, aksincha, ko‘tarilishda yengil qaynaydigan tarkibiy qism bilan uning flegmadan bug‘lanishi hisobiga boyiydi va yuqori haroratda qaynaydigan tarkibiy qism bilan birlashadi. Bunday massa almashinish natijasida binar va ko‘p tarkibiy qismli aralashmalarning chuqur ajralishi sodir bo‘lishi mumkin.
    Kolonnaning har qanday ko‘rib chiqiladigan kesimida 1 kg bug‘ga to‘g‘ri keladigan flegmaning kilogrammlardagi miqdori flegma soni deb ataladi. Hisoblashlar butun kolonna bo‘yicha o‘tkazilganda doimiy flegma soni qabul qilinadi. Haqiqatda esa u alohida tarelkalardagi issiqlik va massa almashinishining intensivligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.
    t-x-diagrammada taqdim qilingan rektifikatsiyalash jarayonlari turli xil tarelkalar uchun o‘zgaruvchi flegma miqdorlarida mumkin bo‘ladi. Bu 5-8 rasmda taqdim qilingan diagrammani ko‘rib chiqishdan kelib chiqadi, undan ko‘rinib turibdiki, flegma va bug‘ miqdorlariga mos keluvchi kesmalarning nisbati (flegma soni) alohida bosqichlar uchun turlichadir:


    va xokazo

    Alohida tarelkalardagi jarayonlarning xarakteristikasi kolonnaning ishlash rejimiga bog‘liq ravishda ham o‘zgarishi mumkin.



    Download 6,57 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




    Download 6,57 Mb.