|
A zeotropik aralashmalarni distillyatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 57/64 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,57 Mb. | | #110142 |
Bog'liq Ma\'ruza matnlari (5)A zeotropik aralashmalarni distillyatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari. To‘liq eriydigan binar suyuq aralashmalarning ko‘pchiligi Raul qonuniga amal qilmaydi; Bunday aralashmalar uchun bug‘ning umumiy qayishqoqligi xuddi o‘sha temperaturada ushbu tarkibiy qismlar bug‘larining qayishqoqligining yig‘indisidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.
5-6 rasm. 5-3 misolga grafik.
Bug‘larning minimal qayishqoqligiga ega bo‘lgan (5-7,a rasm) ma’lum bir tarkibli aralashma shu tarkibiy qismlarning boshqa tarkibiga ega bo‘lgan aralashmalarga qaraganda yuqoriroq temperaturada qaynaydi (5-7,b rasm), bug‘larning maksimal qayishqoqligiga ega bo‘lgan aralashmalar esa (5-7,g rasm), aksincha, shu tarkibiy qismlarning boshqa tarkibiga ega bo‘lgan aralashmalarga qaraganda pastroq temperaturada qaynaydi (5-7,d rasm). 5-7,b rasmni ko‘rib chiqishdan shu narsa kelib chiqadiki, agar davriy ravishda ishlaydigan qurilmada va nuqtalardagi konsentratsiyaga ega bo‘lgan aralashmalarni ko‘p martalik distillyatsiyalash amalga oshirilsa, u holda bu nuqtalar qaynash egri chizig‘i bo‘ylab a nuqtaning holatigacha siljiydi. Qayta haydash natijasida kubdagi qoldiqda nuqtadagi boshlang‘ich konsentratsiyaga ega bo‘lgan aralashma uchun azeotropik aralashmani (a nuqtaning holati), uni ko‘p martalik qayta haydashdan keyin olinadigan haydalmada (bug‘larda) amalda sof holda V tarkibiy qismni olish mumkin, u yengil qaynaydigan bo‘lib hisoblanadi (grafikning chap qismi uchun), chunki tarkibiy qismning bug‘lardagi Vv konsentratsiyasi suyuqlikdagiga nisbatan katta bo‘ladi ( ). Aralashmaning nuqtadagi holatida amalda sof holda A tarkibiy qism ajralib chiqadi ( ).
5-7,v rasmdagi muvozanat egri chiziqlari shuni ko‘rsatadiki, A tarkibiy qism faqatgina suyuq aralashmaning x>xa konsentratsiyasi uchun, 5-7,ye rasmda esa, aksincha, xa konsentratsiya uchun yengil qaynaydigan bo‘lib hisoblanadi.
5-7 rasm. Maksimal va minimal qaynash temperaturalariga ega bo‘lgan azeotropik binar aralashmalar uchun temperaturalar va bosimlar grafigi.
Agar xuddi o‘sha sharoitlarda 5-7, d rasmga mos keladigan faza diagrammasiga ega bo‘lgan b1 va b2 aralashmalar uchun ko‘p martalik qayta haydash amalga oshirilsa, u holda bug‘larni ko‘p martalik qayta haydashda haydalmada (bug‘larda) a tarkibli azeotropik aralashma, kubdagi qoldiqda esa b1 nuqta uchun – amalda sof holda V tarkibiy qism va b2 nuqta uchun — A tarkibiy qism olinadi.
5-5 jadval
|
| |