• ListBoxdagi elementlarni dasturda nazorat qilish Elementlarni qoshish
  • Elementlarni kiritish
  • Elementlarni o’chirish
  • Royxat elementlariga kirish
  • Kafedrasi yo’nalishi




    Download 190,91 Kb.
    bet5/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi190,91 Kb.
    #252555
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Windows Forms yordamida C# da grafik foydalanuvchi interfeysini (GUI) ishlabchiqish.2

    1.2 ListBox elementi


    ListBox elementi oddiy ro'yxat bo’lib, uning asosiy xossasi Items xossasidir, u barcha ro'yxat elementlari to'plamini saqlaydi.
    Elementlar ro'yxatga dastur dizaynini yaratish vaqtida yoki dastur kodini yozish orqali qo'shilishi mumkin. 2



    ListBoxdagi elementlarni dasturda nazorat qilish
    Elementlarni qo'shish
    Ro'yxatdagi barcha elementlari to'plami Items xossasiga kiritilgan. Ushbu to'plamga yangi element qo'shish uchun Add metodidan foydalanish kerak, masalan: listBox1.Items.Add("Yangi element");. Ushbu metoddan foydalanganda har bir qo'shilgan element ro'yxat oxiriga qo'shiladi.
    Bir vaqtning o'zida bir nechta elementlarni qo'shish mumkin. Buning uchun AddRange metodidan foydalaniladi:
    string[] Fanlar = { "Sonli usullar", "Algoritmlar ", "Fizika" };
    listBox1.Items.AddRange(Fanlar);
    Elementlarni kiritish
    Oddiy qo'shishdan farqli o'laroq, kiritish Insert metodi yordamida ro'yxatning ma'lum bir indeksida amalga oshiriladi:
    listBox1.Items.Insert(1, "Matematik analiz");
    Bu yerda, elementni ro'yxatning ikkinchi pozitsiyasiga kiritamiz, chunki pozitsiyalar soni noldan boshlanadi.
    Elementlarni o’chirish
    Elementni o’chirish uchun Remove metodidan foydalaniladi:
    listBox1.Items.Remove("Fizika");
    Ro'yxatdan indeks bo'yicha elementni o’chirish uchun RemoveAt metodidan foydalaniladi:
    listBox1.Items.RemoveAt(1);
    Bundan tashqari, Clear metodi yordamida bir vaqtning o'zida butun ro'yxatni tozalash mumkin:
    listBox1.Items.Clear();
    Ro'yxat elementlariga kirish
    Element indeksidan foydalanib, elementning o'zini ro'yxatdan olish mumkin. Masalan, ro'yxatning birinchi elementini olaylik:
    string firstElement = listBox1.Items[0].ToString();
    Count xossasi ro'yxatdagi elementlar sonini qaytaradi:
    int number = listBox1.Items.Count;

    Download 190,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 190,91 Kb.