|
“Ta’lim hamma uchun” umumjahon deklaratsiyasi (1990 yil)
|
bet | 3/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #114381 |
“Ta’lim hamma uchun” umumjahon deklaratsiyasi (1990 yil) Salamanka Bayonoti (1994 yil) Dakar deklaratsiyasi (2000 yil) - O’zbekiston miqyosida:
- “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (1991 yil)
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992yil)
- “Talim to‘g‘risidagi” Qonun (2020yil)
- “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasi (2003yil)
- “Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun inklyuziv talim muvaqqat Nizomi” (2005 yil)
- “Ijtimoiy himoya” yili Davlat dasturi (2007yil)
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (PQ-4860-son, 2020 yil 13 oktyabr) qarori tasdiqlandi!
- 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
- Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
- - alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
- - davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
- - inklyuziv ta’lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
-
- - inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
- - o‘quvchilar ta’limiy ehtiyojlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;
- - inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida umumta’lim muassasalarida bilim olishi ta’minlanadi;
- - pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
- - inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
- - inklyuziv ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi ta’minlanadi;
- - inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi.
- Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, kasb-xunarga yo‘naltirish, jamiyatga uyg‘unlashtirish masalalalari davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Chunki O‘zbekistonda taraqqiyotning besh tamoyilidan biri-kuchli ijtimoiy siyosat maqsadli yo‘lga qo‘yilganligi bois, aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash huquqiy jihatdan kafolatlangan.
- Jumladan, xalqaro xujjatlar:
|
| |