• 2.Karerlarda sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari
  • Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillari reja




    Download 14.1 Kb.
    bet1/5
    Sana05.03.2024
    Hajmi14.1 Kb.
    #167113
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    03.Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘ri-kompy.info
    O, 02.Qazilgan bo\'shliqni to\'ldirib qazib olish tizimi

    Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillari

    Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillari

    REJA :

    1.Karerlarda ruda yo‘qotilishi asosiy ko‘rinishlari

    2.Karerlarda sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari

    3.Ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining aniqlashning umumiy tamoyillari

    4.Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining aniqlash mezonlari

    Murakkab strukturali kon yotqiziqlarini yalpisiga va saralab qazib olishda yo‘qotilish va ruda sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari: 1-foydali qazilma; 2-yo‘qotiladigan foydali qazilma; 3-rudaga aralashib ketadigan jinslar; 4-saralab qazib olishda yo‘qotiladigan foydali qazilma va rudaga aralashib ketadigan jinslar; 5-saralab ajratib olinadigan foydali jinslarning qismi.

    Konlarni ochiq usulda qazib olishda foydali qazilmaning yo‘qotilishi umumkarer (umumrudnik) va ekspluatatsion yo‘qotilishlarga bo‘linadi.


    Foydali qazilmaning muhofaza, to‘siq va seliklarda, karer yon bag‘irlarida transport bermalari ostida, kon – geologik, gidrogeologik va boshqa sharoitlar bo‘yicha yo‘qotilishi umumkarer yo‘qotilishini tashkil qiladi..
    Qabul qilingan texnologiya va kon ishlarini tashkil qilish usuliga bog‘liq bo‘lgan foydali qazilmani bevosita qazib olish jarayonlarida sodir bo‘ladigan yo‘qotilishlar ekspluatatsion yo‘qotilishlarni tashkil qiladi.
    Bu yo‘qotilishlar ma’lum davr ichida qazib olingan balans zahiraga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
    Yo‘qotilishlar loyihaviy, rejali va me’yoriy bo‘lishi mumkin.
    Loyihalash bosqichida aniqlangan foydali qazilma yo‘qotilishi – loyihaviy yo‘qotilish deb ataladi. Loyihada umumkarer va ekspluatatsion yo‘qotilishlar miqdori aniqlangan bo‘ladi.
    Foydali qazilma umumkarer yo‘qotilishi miqdori konni qazib olish jarayonlarida o‘zgarmaydi.
    Ekspluatatsion razvedka ma’lumotlari asosida har bir ekspluatatsion blok uchun texnik – iqtisodiy hisoblashlar bilan belgilangan foydali qazilma yo‘qotilishi – me’yoriy yo‘qotilish deyiladi.
    Ushbu yo‘qotilish bo‘yicha balans zahirani qazib olishning to‘lalik darajasi aniqlanib xo‘jalik yuritish faoliyatini baholashda foydalaniladi.
    Tasdiqlangan me’yoriy ko‘rsatkichlar va hisobot davridagi kon ishlarining rejasiga muvofiq karer yoki uning bir uchastkasi uchun baholangan foydali qazilma yo‘qotilishi – rejali yo‘qotilish deyiladi.
    Kon–kapital lahimlar o‘tishda va transport bermalaridagi normalashtirilmaydigan foydali qazilma yo‘qotilishlari ham rejali yo‘qotilishga kiritiladi.
    Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yo‘qotilish miqdorini kamaytirish uchun nokonditsion ruda va foydasiz kon jinslarining aralashishi hisobiga ruda sifatsizlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

    Download 14.1 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 14.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karerlarda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishining asosiy ko‘rinishlari va ularni umumiy tamoyillari reja

    Download 14.1 Kb.