Kasalliklari




Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2022
Hajmi1.53 Mb.
#29262
Bog'liq
ОГИЗ БУШЛИГИ
2-amaliyMIB, Informatika va AT yakuniy savollar004.01.2024i.doc, ATV Jumabayev


OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
KASALLIKLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Nigora Toshpo‘latova, Sayyora Suyunova
Tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2007


2
3
I BOB.
YUZ-JAG‘ SOHASI ANATOMIYASI VA
FIZIOLOGIYASI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
YUQORI JAG‘ SUYAGI
Kalla skeletining yuz qismiga kiruvchi juft suyak jag‘ suyagi
deyiladi. Bu suyakning tanasi va to‘rtta o‘sig‘i bor. O‘siqlari:
peshona, yonoq, tanglay, alveola. Yuqori jag‘ tanasining ichida
havo saqlovchi bo‘shliq bor, ushbu bo‘shliqni Gaymor
bo‘shlig‘i deb ataladi. Gaymorov bo‘shlig‘i 15–20 yoshlarda
to‘liq shakllanib bo‘ladi va u o‘rtacha 3 sm
2
ega bo‘lib, yuqori
4,5,6 tishlar sohasida joylashadi. Yuqori jag‘da 4 ta yuza
farqlanadi: yuqori tomondan ko‘z kosasiga qaragan yuza,
oldingi tomondan yuzga qaragan yuza, medial burunga qaragan
yuza va orqa tomondan chakka osti yuzasi chegaralab turadi.
Ko‘z kosasiga qaragan yuzasida ko‘z kosasi ostidagi egat bor, bu
egat ko‘z kosasi ostidagi kanalga aylanadi. Yuqori jag‘ tanasini
teshib o‘tadigan bu kanal shu tananing yuzga qaragan yuzasiga
ko‘z kosasi ostidagi teshik bilan ochiladi. Burunga qaragan yuzasida
ham teshik bor. Gaymor kanaliga olib kiradigan shu teshikdan
oldingi tomonga tikka o‘tuvchi ko‘z yoshi egati bor, ana shu egat
burun ko‘z yoshi kanalining hosil bo‘lishida qatnashadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan
T a q r i z c h i l a r :
X.P.Komilov – Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent Davlat
tibbiyot akademiyasi professori
N.M.Haydarova – Oliy toifali o‘qituvchi, Birinchi Respublika
tibbiyot kolleji
M.A.Fozilova, O.Sh. Shukurov – Respublika Elektrotexnika
Tibbiyot kolleji oliy toifali o‘qituvchilari
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollåjlarida “Ortopådik stomatologiya” va
“Davolash ishi” yo‘nalishida ta‘lim olayotgan o‘quvchilar uchun og‘iz bo‘shlig‘i
kasalliklari tashxisini aniqlash, davo råjasini tuzish va birinchi yordam ko‘rsatish
bo‘yicha bilim darajalarini oshirishda yordam båradi.
1-rasm. Yuqori jag‘ suyagi:
1–påshona o‘sig‘i, 2–yonoq o‘sig‘i, 3–alvåola
o‘sig‘i, 4–tanglay o‘sig‘i, 5–yuqori jag‘ bo‘shlig‘i.
Toshpo‘latova, Nigora.
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari: Tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘ll./
Nigora Toshpo‘latova, Sayyora Suyunova; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – T.:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. – 96 b.
I.Suyunova, Sayyora.
ÁÁÊ 56.6ÿ722
© N.Toshpo‘latova, S.Suyunova,
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2007-y.
ISBN 978-9943-03-016-9
T.S. 4101000000–14
M 352 (04) – 2007
qat’iy buyurtma 2007
56.6
T 71


4
5
Suyak tanasidan to‘rt tomonga to‘rtta o‘siq ketadi. Peshona
o‘sig‘i peshona suyagiga birlashadi, yonoq o‘sig‘i yonoq suyagi
bilan birlashadi. Alveola o‘sig‘i past tomonga qaragan bo‘lib
unda tishlarning ildiz kataklari joylashadi. Tish ildizlari ushbu
kataklarga kirib turadi. Tanglay o‘sig‘i o‘zaro tutashib qattiq
tanglayning oldingi 2/3 qismini tashkil etadi. O‘ng va chap
tanglay o‘siqlari tutashganida chok hosil qiladi. Chokning oldingi
tomonida kurak tish teshigi ko‘rinib turadi va kanalga davom
etadi. Yuqori jag‘da burun bo‘shlig‘i va Gaymorov bo‘shlig‘i
bo‘lganligi uchun nozikroq ko‘rinadi, lekin shunga qaramay,
chaynash vaqtida hosil bo‘lgan chaynov bosimiga qarshilik
ko‘rsata oladi. Yuqori jag‘ning bunday chidamliligi undagi
zich suyak moddasidan iborat kuchli ustunlarning borligidir.
Ustunlarni kontrforslar deb ataladi. Kontrforslar ovqatni uzib
olish va chaynashda kelib chiqadigan kuchli zo‘riqishlarni jag‘
bo‘ylab taqsimlab, so‘ngra kalla skeletining boshqa suyaklariga
uzatadi. Yuqori jag‘ kontrforslari to‘rtta: burun-peshona,
yonoq, tanglay, qanot-tanglay.
PASTKI JAG‘
Pastki jag‘ suyagi kalla skeletining yagona harakatlanadigan
suyagi. Pastki jag‘ ikki qismdan tashkil topgan: tana va o‘siqlar.
Pastki jag‘ embrional davrda ikkita yarim bo‘laklardan iborat
bo‘lib, bola 1 yoshga to‘lganida bitishi tugallanadi va u toq
suyakka aylanadi. Suyak tana-
sining yuqori qismida alveola
o‘sig‘i bo‘lib, unda alveola katak-
lari joylashgan.
Pastki jag‘da ikkita o‘siq
farqlanadi. Orqada joylashgan
o‘siq bo‘g‘im o‘sig‘i, oldingi o‘siq
toj o‘sig‘i deyiladi. Pastki jag‘
shoxlarining ichki yuzasida pastki
jag‘ teshigi bor, pastki jag‘
kanali shu teshikdan boshlanadi.
Pastki jag‘ tanasi shoxlari
bilan burchak hosil qiladi.
Ushbu burchak inson hayoti
davomida doimiy ravishda o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan
chaqaloqda burchak 140° ga, tishlar chiqqanidan so‘ng 130°–
138° ga teng bo‘ladi, yoshi ulg‘ayib tishlari tushib ketganda
esa burchak yana kattalashadi.
Pastki jag‘ning yuzasi g‘adir-budir bo‘ladi, sababi, ushbu
g‘adir-budirliklarga chaynov muskullari birikadi.
Pastki jag‘ o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra tashqi
ta’sirlarga chidamlidir, shuning uchun ham yuqori jag‘ga
nisbatan pastki jag‘ning deformatsiyasi kam uchraydi.
QATTIQ TANGLAY
Qattiq tanglay hosil bo‘lishida ikkita suyak ishtirok etadi.
Bular yuqori jag‘ning tanglay o‘sig‘i va tanglay suyagining
gorizontal plastinkasi.
Tanglay suyagi ikkita plastinkadan, ya’ni vertikal va
gorizontal plastinkalardan tashkil topgan. Vertikal plastinka
burun devorini tashkil etishda ishtirok etadi. Gorizontal plastinka
qattiq tanglayning orqa 1/3 qismini tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan bolada tanglay o‘simtalari qo‘shiluvchi
to‘qima bilan ajratilgan. Yoshga qarab qo‘shiluvchi to‘qima
qavati kamayib, 40–45 yoshlarda tanglay choki suyaklanib
bitadi va qo‘shiluvchi to‘qima o‘rnini suyak to‘ldira borishi
bilan chok ma’lum relyefga ega bo‘la boradi. Ayrim insonlarda
ikkita chokning to‘qnashgan joyida oval shakldagi suyak
bo‘rtmasi kuzatiladi. Ushbu suyak bo‘rtmasini tanglay torusi
deb ataladi.
Qattiq tanglayning ikkita yuzasi og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan,
og‘iz yuzasi va burun bo‘shlig‘i tubi hisoblangan burun yuzasi
bor. Ikkala yuza ham shilliq parda bilan qoplangan.
O‘rta chiziq bo‘yicha o‘rtadagi kesuvchi tishlardan ozgina
orqaroqda, qattiq tanglay shilliq pardasi ustida uzunchoq silliq
do‘mboqcha-kesuvchi sorg‘ichcha joylashgan. Bu kesuvchi
kanal teshigiga to‘g‘ri keladi. So‘rg‘ichdan ikki tomonga shilliq
pardaning 3 tadan 6 tagacha ko‘ndalang burmalari ketgan.
Qattiq tanglayning yumshoq tanglayga o‘tish chegarasini “A”
chiziq deb ataladi va olib qo‘yiladigan plastinkali protezlarning
chegarasi hisoblanadi. Yumshoq tanglay muskullardan tashkil
topgan.
2 -rasm. Pastki jag‘ suyagi: 
1–mo-
lyar orqa chuqurchasi, 2–iyak bo‘rt-
masi, 3–tanasi, 4–pastki jag‘ burcha-
gi, 5–bo‘g‘im o‘sig‘i, 6–toj o‘sig‘i.


6
7
CHAYNOV VA MIMIKA MUSKULLARI
Yuz-jag‘ sohasi chaynov va mimika muskullaridan tashkil
topgan. Chaynov muskullar funksiyasiga qarab uch guruhga
bo‘linadi: pastki jag‘ni pastga tushiruvchi, pastki jag‘ni
yuqoriga ko‘taruvchi, pastki jag‘ni yonga siljituvchi mus-
kullar. Pastki jag‘ni yuqoriga ko‘taruvchi muskullar quyi-
dagilar:
a) asl chaynov muskuli;
b) chakka muskuli;
d) medial qanotsimon muskuli.
Pastki jag‘ni pastga tushiruvchi muskullar quyidagilar:
a) jag‘ til osti muskuli;
b) iyak til osti muskuli;
d) qo‘sh qorinchali muskul.
Pastki jag‘ni yonga siljituvchi muskul:
a) lateral qanotsimon muskul.
Chaynash jarayonida ko‘p sonli muskullar ishtirok etadi.
Mimika muskullari organizmdagi psixik jarayonlarni aks
ettiradi. Mimika muskullari teri ostida juda yuza joylashgan.
Mimika muskullari suyakdan boshlanib teriga yoki teridan
boshlanib teriga birikadi. Shuning uchun ham qisqargan vaqtda
terini harakatga keltiradi. Yuzning mimika muskullari og‘iz,
burun, ko‘z va quloq atrofini halqa shaklida o‘rab, aylanma
muskullarini hosil qiladi. Mimika muskullariga quyidagi
muskullar kiradi: takabburlik muskuli, ko‘zning aylana
muskuli, qoshni chimiruvchi muskul, yuqori labni ko‘taruvchi
muskul, yonoq katta va kichik muskuli, kulgi muskuli, og‘iz
burchagini pastga tortuvchi muskul, pastki labni pastga
tortuvchi muskul, og‘iz burchagini ko‘taruvchi muskul, engak
muskuli, lunj muskuli, og‘izning aylana muskuli, burun
muskuli.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavum oris) hazm kanalining bosh-
lang‘ich bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘shliq oldingi va yon
tomondan – lablar va lunjlar bilan, yuqoridan – tanglay,
pastdan – og‘iz bo‘shlig‘ining tubi bilan chegaralangan. Orqa
tomonda og‘iz bo‘shlig‘ining devori yo‘q; bu tomonda og‘iz
bo‘shlig‘i tomoq orqali halqum bo‘shlig‘iga tutashadi. Tomoq
yuqori tomondan – yumshoq tanglay bilan, yon tomondan –
tanglay ravoqlari bilan, past tomondan – til ildizi bilan
chegaralangan.
Tishlar va milklar og‘iz bo‘shlig‘ini og‘iz dahlizi va asil
og‘iz bo‘shlig‘iga ajratib turadi. Og‘iz dahlizi lablarning va
lunjlarning ichki yuzasi bilan tishlar va milklarning orasidagi
yoriqsimon kamgakdir. Og‘iz dahlizi og‘iz teshigi orqali tashqi
muhitga tutashadi. Asil og‘iz bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘ining
tishlar va milklardan ichkari tomondagi qismidir.
Lablarda asosan og‘izning doira muskullari bor. Lablar
sirtdan teri bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan.
Teri lablarning serbar chekkasi orqali shilliq pardaga aylanadi.
Lablarning shu chekkasi odatda pushti rang bo‘ladi.
Lunjlarda asosan lunj muskuli bor, bu muskul sirtdan teri
bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan.
Tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqori devorini tashkil etadi.
Orqa tomonda qattiq tanglay yumshoq tanglayga o‘tadi.
Yumshoq tanglay shilliq parda bilan qoplangan muskullardan
vujudga keladi. Yumshoq tanglayning orqadagi qismi tanglay
pardasini hosil qiladi. Unda o‘rta chiziq bo‘ylab tilcha chiqadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining tubi til bilan band.
TIL
Til (lingua) ovqatni mexanik jihatdan ishlashda va so‘zlash
jarayonida qatnashadigan muskulli organdir. Til negizi
muskullardan iborat. Til shilliq parda bilan qoplangan. Tilning
o‘rta qismi (tanasi) oldingi tomonda uchli bo‘lib, orqa
tomondagi qismi esa ildizini tashkil etadi. Chegara egat til
ildizi bilan tanasi o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Tilning yuqori
yuzasi orqasi deb ataladi. Chegara egat bo‘ylab, shu egatdan
oldingi tomonda gardish bilan o‘ralgan 7–12 ta so‘rg‘ich


8
9
ko‘rinadi, bu so‘rg‘ichlarda bir talay ta’m bilish piyozlari
bor. Ta’m bilish piyozlari til orqasidagi zamburug‘simon
so‘rg‘ichlarda ham bo‘ladi. Gardish bilan o‘ralgan so‘rg‘ichlar
va zamburug‘simon so‘rg‘ichlar orasida ko‘pgina iðsimon
konik so‘rg‘ichlar bor, shu tufayli til duxobaga o‘xshash g‘adir-
budir bo‘ladi. Tilning chekkalarida bargsimon so‘rg‘ichlar bor.
Chegara chiziqdan orqa tomonda, til ildizi sohasida shilliq
parda tugun-tugun bo‘lib turadi; shu joyda limfoid to‘qima
to‘plami (limfoid follikullar) bor. Limfoid follikullar yig‘ilib,
til murtagini hosil qiladi.
Tilning pastki yuzasi shilliq parda bilan qisman qoplangan,
xolos. Til uchi yuqoriga ko‘tarilsa, til yuganchasi ko‘rinadi. U
shilliq pardaning o‘rta chiziq bo‘ylab ketgan burmasidir. Ba’zan
til yuganchasi juda kalta bo‘ladi, shunga ko‘ra til tanasining
harakatiga to‘sqinlik qiladi.
Til yuganchasining pastki qismida, ikki yonida yumaloq
shakldagi ikkita do‘mboqcha bor. Har bir do‘mboqcha (til osti
etchasi) teshikli bo‘ladi. Til osti va jag‘ osti so‘lak bezlarining
umumiy yo‘li og‘iz bo‘shlig‘iga shu teshik bilan ochiladi. Til
ostidagi bezlarning konturlari chap va o‘ng tomondagi til
osti etchasidan orqaga va ikki yon tomonga ketuvchi til osti
burmalari shaklida ko‘rinib turadi.
Til muskullari shu organning asosiy qismini tashkil etadi.
Tilning skelet muskullari va xususiy muskullari tafovut qilinadi.
Skelet muskullariga juft engak-til, engak-til osti va bigizsimon
o‘siq-til muskullari kiradi.
Tilning xususiy muskullari uzunasiga ketgan yuqori va pastki
muskullar, ko‘ndalang va vertikal muskullardan iborat.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘INING SO‘LAK BEZLARI
Og‘iz bo‘shlig‘ining so‘lak bezlari og‘iz va til shilliq pardasida
bo‘lib, sekret chiqaradi, bu sekret og‘iz pardasini ho‘llab turadi.
Bezlar tanglay bezlari, til bezlari, lunj bezlari va hokazo deb
ataladi.
Og‘iz bo‘shlig‘iga uchta yirik so‘lak bezi: quloq oldi, jag‘
osti va til osti bezlarining yo‘llari quyiladi.
Quloq oldi bezi (glandula parotis) so‘lak bezlari ichida
eng kattasi bo‘lib, pastki jag‘ shoxchasining va chaynov
muskuli orqa chekkasining tashqi yuzasida joylashadi. Bezning
bir qismi jag‘ ortidagi chuqurchaga kirib turadi. Bezning
chiqarish yo‘li chaynov muskulining tashqi yuzasidan
gorizontal yo‘l oladi, so‘ngra muskulning oldingi chekkasi
yaqinida ichkariga burilib, lunj muskulini teshib o‘tadi va og‘iz
bo‘shlig‘ining dahlizida yuqoridagi ikkinchi katta jag‘ tish
ro‘parasidan lunj shilliq pardasiga ochiladi.
Jag‘ osti bezi (glandula submandibularis) jag‘ ostidagi
uchburchakda (jag‘ osti chuqurchasida) jag‘-til osti musku-
lining ostida joylashadi va shu muskulning orqa chekkasini oshib
o‘tib, muskulning yuqori yuzasida yotadi. Shu yerda bezdan
chiqarish yo‘li boshlanadi. Bu yo‘l til osti bezining chiqarish
yo‘liga qo‘shilib, til osti etchasiga ochiladi.
Til osti bezi (glandula sublingualis) til osti burmasi
sohasida, til ostida yotadi. Bezning bir necha chiqarish yo‘li
bor. Ulardan maydarog‘i til osti burmasi bo‘ylab ochiladi,
eng yirigi esa, jag‘ osti bezining chiqaruv yo‘liga tutashadi va
og‘iz bo‘shlig‘ida til osti etchasiga ochiladi.
TISHLAR
Tishlar inson hayoti mobaynida muhim rol o‘ynaydi. Ular
ovqatni uzib olish, mexanik maydalash, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz
etishda ham ishtirok etadi. Inson hayotida tishlar ikki marotaba
chiqadi. Avval sut tishlar chiqib, so‘ng doimiy tishlar bilan
almashadi.
Sut tishlar 20 ta bo‘lib, har bir jag‘da 10 tadan joylashgan.
Sut tishlarning hosil bo‘lish va ildizlarning so‘rilish muddatlari
1-jadvalda berilgan.
1-jadval
Sut tishlar murtagining minårallanishi, chiqish, ildizlarining shakllanish
va so‘rilish muddatlari
Tishlar Minårallanishning Chiqish Ildizning shakllanish Ildizlarning
boshlanishi muddati muddati
so‘rilishi
I
4 1/2 6-8oy 2 yoshning oxiri 5 yoshdan
II
4 1/2 8-12 oy 2 yosh
6 yoshdan
III
7 1/2 12-16 oy 4 yosh
7 yoshdan
IV
7 1/2 16-20 oy 5 yosh
8 yoshdan
V
7 1/2 20-30 oy 4 yosh
7 yoshdan


10
11
Tishlar adabiyotlarda, tibbiyot hujjatlarida rimcha raqamlar
bilan bålgilanadi.
Sut tishlarning anatomik formulasi
2012 2102
2012 2102
Sut tishlarning klinik formulasi
V IV III II I I II III IV V
VIVIII II I I II III IV V
Agar og‘iz bo‘shlig‘ida faqatgina sut tishlar bo‘lsa, ushbu
prikusni sut prikusi deb ataladi.
Bolaning 6–7 yoshiga kelib doimiy tishlar chiqa boshlaydi
va ushbu prikusni almashinuv prikusi deb ataladi. Almashinuv
prikusi oxirgi sut tish tushguncha davom etadi.
Doimiy tishlar 28 tadan 32 tagacha bo‘ladi.
2-jadval
Doimiy tishlar murtagining minårallanish, chiqish va ildizlarining
shakllanish muddatlari
Tishlar Murtak hosil bo‘lishning Chiqish muddati Ildizlarning shakllanish
boshlanishi
muddati
1
Homiladorlikning 8-oyidan
6–8 yosh
10 yosh
2
————-
8–9yosh
10 yosh
3 ————
10–11yosh
13 yosh
4
2 yoshdan
9–10yosh
12 yosh
5
3 yoshdan
11–12yosh
12 yosh
6
Homiladorlikning 5-oyidan 6 yosh 10 yosh
7
3 yosh
12–13 yosh
15 yosh
8
5 yosh
har xil har xil
Doimiy tishlar adabiyotlarda va tibbiyot hujjatlarida arabcha
raqamlar bilan bålgilanadi.
Doimiy tishlarning anatomik formulasi
3212 2123
3212 2123
Doimiy tishlarning klinik formulasi
87654321 12345628
87654321 12345628
BSU (VOZ) bo‘yicha tish formulasi
18,17,16,14,13,12,11 21,22,23,24,25,26,27,28
48,47,41,45,44,43,42,41 31,32,33,34,35,36,37,38
TISHLARNING ANATOMIK TUZILISHI
Har bir tish uch qismdan iborat: toj, bo‘yin, ildiz. Tishlar
bajaradigan vazifasiga mos ravishda har xil anatomik shaklga ega.
Toj qismi: Tishning milkdan tashqariga chiqib turgan qismiga
toj dåb ataladi. Stomatologiyada ikki xil toj farqlanadi:
anatomik va klinik. Anatomik toj tishning emal bilan qoplangan
qismi bo‘lib, u o‘zgarmas. Klinik toj tishning milkdan tashqari
qismi bo‘lib, u o‘zgaruvchan.
Bo‘yin: Tish tojning ildizga o‘tish joyi.
Ildiz: Tishning milk ostida jag‘ suyaklarining alvåola
kataklarida joylashgan qismi. Bir, ikki, uch ildizli tishlar
farqlanadi. Ayrim hollarda 4,5 ildizli tishlar ham uchraydi.
Har bir tishning ichida bo‘shliq bo‘lib, u har xil ko‘rinishga
ega. Bu bo‘shliqni tish bo‘shlig‘i dåb ataladi. Tish bo‘shlig‘i
ildiz qismida ildiz kanallariga ulanadi. Ildiz kanali ildiz uchida
tåshik bilan tugaydi. Tish bo‘shlig‘ini pulpa to‘ldirib turadi.


12
13
TISHNING GISTOLOGIK TUZILISHI
Tish qattiq to‘qimalardan va yagona yumshoq to‘qimadan
tashkil topgan. Tishning qattiq to‘qimalari: emal, dentin,
sement. Tishning yumshoq to‘qimasi: pulpa ( 3-rasm).
Emal
Tishning toj qismi emal bilan qoplangan. Emal to‘qimasi
odam organizmidagi eng qattiq to‘qima, qattiqligi olmos
qattiqligiga teng. Emal
96,4% anorganik va
2% organik modda-
lardan va 3,8 % suv-
dan tashkil topgan.
Anorganik mod-
dalarga minåral tuzlar
va gidrooksiapatitdan
tashkil topgan bo‘lib,
o‘rtacha kalsiy 37%,
fosfor 17%.
Emalning asosiy
tuzilishi dåntinda tish
sathiga yo‘nalgan
emal prizmalar va
prizmalararo moddalardan tashkil topgan.
Emal to‘qimasi tish toj qismini har xil qalinlikda qoplaydi.
Masalan, chaynov tishlarda emalning qalinligi bo‘yin qismda
0,01 mm, tish do‘mboqligida 1,7 mm, tish fissurasida 0,6 mm
ni tashkil etadi. Emal himoya vazifasini bajaradi, ya‘ni dentinni
tashqi muhit ta’sirlaridan saqlaydi.
Dentin
Dentin to‘qimasi suyak to‘qimasiga o‘xshab ketadi. Suyak
to‘qimasidan qattiqroq. Dåntin 70–72 % anorganik modda-
lardan tashkil topgan. Anorganik moddalarning asosiy qismini:
fosfat va karbonat kalsiy tuzlari, ftorid kalsiy, magniy, natriy
va boshqa mikroelåmåntlar tashkil etadi. 15–20 % ni organik
moddalar: oqsil, yog‘, 10–12% ni suv tashkil etadi.
Dentin tishning asosiy tayanch to‘qimasi bo‘lib, ikki
qismdan tashkil topgan: toj qismidagi dentin va ildiz qismidagi
dentin. Toj qismidagi dentin emal to‘qimasi va ildiz qismidagi
dentinni sement to‘qimasi qoplab turadi. Dentinda makro va
mikro kanallar bor. Dentin emal va sementni oziqlantirishda
ishtirok etadi. Birlamchi va ikkilamchi dentin farqlanadi.
Birlamchi dentin, tish murtak davrida shakllanayotganida hosil
bo‘ladi. Ikkilamchi dentin, tish milkni yorib chiqqanidan so‘ng
hosil bo‘ladi. Tish qattiq to‘qimalari kasalliklarida pulpa
to‘qimasining himoya reaksiyasi ta’sirida uchlamchi dentin hosil
bo‘ladi.
Sement
Tish ildizi sement to‘qimasi bilan qoplangan. Sement
to‘qimasi ham suyak to‘qimasiga o‘xshaydi va u 60% neorganik
va 40% organik moddadan tashkil topgan. Sement inson hayoti
davomida doimiy ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib turadi. Sement
dentin va pereodont hisobiga oziqlanadi. Sement tishni alveola
katagida ushlanib turishida muhim o‘rin tutadi.
Gistologik tuzilishiga ko‘ra ikki xil såmånt farqlanadi:
birlamchi, hujayrasiz va ikkilamchi, hujayrali såmånt. Ikki-
lamchi hujayrali såmånt tuzilishi hamda tarkibiga ko‘ra dag‘al
tolali suyak to‘qimasiga o‘xshaydi. Ikkilamchi dåntin
ildizning uchki qismi va bifurkatsiya qismida joylashadi.
Birlamchi hujayrasiz såmånt ildizning qolgan hamma
yuzasini qoplaydi.
Pulpa
Pulpa tishning yumshoq, biriktiruvchi to‘qimasi bo‘lib,
qon tomirlar, limfa tomirlari va asab tolalariga boy va u tish
bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Pulpa ikki qismdan iborat. Koronka
qismidagi pulpa va ildiz qismidagi pulpa. Toj qismidagi pulpa
ildiz qismidagi pulpadan farq qiladi. Ildiz qismidagi pulpada
kolagån tolalar ko‘proq bo‘lganligi uchun qattiqroq. Pulpa
ildiz uchi tåshigi orqali påriapikal soha bilan tutashadi. Pulpa
dåntinni hosil qilish, oziqlantirish, qisman emalning modda
almashinuvida ishtirok etish funksiyalarini bajaradi.
3-rasm. Tishning
gistologik tuzilishi:
1–emal, 2–dåntin,
3–såmånt, 4–pulpa.
a)
b)
d)
Tishning anatomik
tuzilishi: 
a–toj,
b–bo‘yin, d–ildiz.


14
15
TISHLARNING FARQLASH BÅLGILARI
Tishning qaysi jag‘ va tomonga taalluqliligini uchta asosiy
bålgiga asoslangan holda aniqlanadi:
1.Tish toji burchagi bålgisi.
2.Toj bålgisi.
3.Tish ildizining nishablanish bålgisi.
Toj bålgisi
Tishlarning lab, lunj va mådial yuzalari do‘mboqroq
bo‘lib, distal tomonga qarab biroz pasayib boradi. Tishlarning
toj bålgisi okklyuzion yuzadan qaraganda aniq ko‘rinadi.
Ildiz bålgisi
Ildizlar tishning vårtikal o‘qiga nisbatan biroz yon-distal
tomonga nishablangan bo‘ladi. Ildizlar bålgisiga qarab tishning
o‘ng yoki chapligi aniqlanadi.
Tish toji burchagi bålgisi
Aproksimal mådial va kåsuv yuza hosil qilgan burchak distal
va kåsuv yuza hosil qilgan burchakka nisbatan kichik. Burchaklar
bålgisi yuqori markazi, yon kurak va pråmolyarlarda aniq
namoyon bo‘ladi.
Tish guruhlari
Tishlar shakli va bajaradigan vazifasiga qarab 4 guruhga
bo‘linadi:
1. Kesuv tishlar.
2. Qoziq tishlar.
3. Kichik oziq tishlar –premolyarlar.
4. Katta oziq tishlar – molyarlar.
Har bir tishda beshta yuza farqlanadi:
1. Dahliz (vestibulyar) yuza – tishning lab va lunjga qaragan
yuzasi.
2. Oral yuza – tishning asil og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan
yuzasi.
3. Aproksimal medial yuza – tishning yuz markaziga yaqin
bo‘lgan yon yuzasi.
4. Aproksimal distal yuza – yuz markazidan uzoq
joylashgan yon yuzasi.
5. Kesuv yoki chaynov yuza – kurak tishlarda kesuv yuza,
premolyar va molyarlarda chaynov yuza.
TISHLARNING XUSUSIY ANATOMIYASI
Markaziy kurak tish
Tishning toj qismi kurakka o‘xshaganligi uchun kurak tish
nomini olgan. Våstibulyar yuzasi yassi qabariq. Oral yuzasi
botiq bo‘lib, 1/3 qismida oral do‘mboqligi bor. Våstibulyar
yuza oral yuzaga nisbatan kång. Tishda mådial va distal
burchaklar farqlanadi. Mådial burchak o‘tkir, distal burchak
yassi. Tishning kåsuv qirrasi mådial burchakka biroz
nishablangan. Ildizi bitta, yaxshi rivojlangan, konussimon
shaklda bo‘lib, ildiz kanali ham bitta va u yaxshi o‘tuvchi.
Markaziy kurak tishning uzunligi 19–29,5 mm, toj qismining
uzunligi 8,5–14 mm. Tishning eni 7–10 mm ni tashkil etadi.
Yon kurak tish
Yon kurak tish markaziy kurak tishga juda o‘xshash. Markaziy
kurak tishdan hajmining kichikligi va mådial burchakning
yassiligi bilan farq qiladi. Tishning uzunligi 17,5–27,5 mm,
4-rasm. Tishlarni farqlovchi bålgilar: 
a, g–burchaklar bålgisi, b, d–toj
bålgisi, v, yå–ildizlar bålgisi.
a)
v)
b)
g)
ye)
d)


16
17
toj qismining uzunligi 8–11,8 mm, tishning eni 5–8 mm ni
tashkil etadi. Ildizi va ildiz kanali bitta.
Qoziq tish
Qoziq tishning vestibulyar yuzasida bo‘ylama bolish bo‘lib,
u kesuv qirrada o‘tkir uch hosil qiladi. Bo‘ylama bolish tishning
vestibulyar yuzasini ikkita teng bo‘lmagan qismlarga ajratadi.
Ensizi medial, enligi distal. Oral yuzasi ham qavariq bo‘lib,
bo‘ylama bolishi bor hamda tishning 1/3 qismida oral
do‘mboqligi bor. Tish ildizi bitta, uzun, baquvvat. Ildiz
kanali keng. Tishning uzunligi 19–37 mm, toj qismining
uzunligi 9,5–10,5 mm, eni 6,5–8 mm.
Birinchi premolyar
Tishning vestibulyar yuzasi qoziq tishning vestibulyar
yuzasiga o‘xshash bo‘lib, birmuncha enliroq va kaltaroqligi
bilan farq qiladi. Chaynov yuzasida ikkita do‘mboqlik bor,
ular vestibulyar va oral. Vestibulyar do‘mboq, oralga
nisbatan kattaroq. Oral yuzasi vestibulyar yuzaga nisbatan
kichikroq va qavariqroq. Tish ildizi ikki tomondan ezilgan,
ikkiga ajraladi: tanglay va lunj. Ildizlarning ajralish chågarasi
har xil bo‘lib, ko‘pincha ildiz uchi qismiga yaqin, låkin
ayrim hollarda ildiz o‘rta qismi yoki bo‘yin qismiga yaqin
sohadan ajraladi. Ikkita ildiz kanali bor. Tishning uzunligi
16,2–28,2 mm, toj qismining uzunligi 7–10,8 mm ni tashkil
etadi.
Ikkinchi premolyar
Ikkinchi premolyar birinchi premolyarga juda o‘xshash. Biroz
kichikroqligi, do‘mboqlarining balandligi bir xilligi, ildizlari
ajralmaganligi bilan farqlanadi. Ildiz kanali ko‘pincha
bitta.Tishning uzunligi 15,7–27,2 mm, toj qismining uzunligi
6,2–10,2 mm ni tashkil etadi. Bitta konus shaklidagi ildizi bor.
Ildiz kanali bitta, kamdan-kam hollarda ildiz kanali ildiz uch
qismida ikkiga ajraladi.
Birinchi molyar
Vestibulyar yuzasi xuddi ikkita premolyarni birlashtirilganiga
o‘xshaydi. Chaynov yuzasida 4 ta do‘mboqlik bor: medial
vestibulyar, medial oral, distal vestibulyar, distal oral. Medial
vestibulyar do‘mboq eng balandi, medial oral do‘mboq keng
do‘mbog‘i hisoblanadi. Tishning chaynov yuzasi romb shaklini
eslatadi. Oral yuza qavariq. Tishning uzunligi 17,5–29 mm, toj
qismining uzunligi 6,8–9 mm, toj qismining eni 7,8–11,2
mm ni tashkil etadi. Tishning uchta ildizi bor: ikkita lunj va
bitta tanglay ildizlar. Ildiz kanallari ichida tanglay ildiz kanali
yaxshi o‘tuvchi.
Ikkinchi molyar
Ikkinchi molyarning toj qismi turli ko‘rinishga ega.
Ko‘pincha 4 xil ko‘rinishdagi toj qismi uchraydi:
1. Toj qismi birinchi molyarga o‘xshaydi, faqat qo‘shimcha
5-do‘mbog‘i bo‘lmaydi.
2. Tishning toj qismi mådial-distal yo‘nalishda uzaygan va
våstibulyar-oral yo‘nalishda qisqargan, natijada tish uzaytirilgan
prizma shakliga o‘xshaydi.
3. Tishning toj qismi yanada uzaygan va chaynov yuzasida
3 ta do‘mboqlik bor.
4. Tishning toj qismi chaynov yuzasiga o‘xshab uchburchak
shaklini eslatadi, 3 ta do‘mboqligi bo‘lib, ulardan 2 tasi
våstibulyar va 1 tasi oral joylashgan.
1–4 ko‘rinishdagi toj shakli ko‘p uchraydi. Tishda 3 ta
ildiz bor.
Uchinchi molyar
Molyar tishlar orasida eng kichigi bo‘lib, uning shakli,
do‘mboqlar, ildizlar soni o‘zgaruvchan. Ko‘pincha chay-
nov yuzasi uchburchak shaklida bo‘lib uchta do‘mboqligi
bor. Ildizlar soni 1 tadan 4 tagacha bo‘lishi mumkin. Ildiz
kanallari ko‘pincha uchta, bitta tanglay va ikkita lunj.


18
19
PASTKI JAG‘ TISHLARI
Markaziy kurak tish
Tishning toj qismi yuqoridagilarga nisbatan ensiz, uzun.
Tishning uzunligi 18–20 mm, toj qismi uzunligi 7,5–10 mm,
toj qismi eni 4–6,6 mm ni tashkil etadi. Vestibulyar yuzasi
biroz qavariq bo‘lib, uzunroq to‘rtburchak shakliga ega,
burchaklar belgisi rivojlanmagan, oral yuzasi botiq. Ildizi va
ildiz kanali bitta. Ildizi yon kurak tishnikiga nisbatan ensizroq.
Ildiz kanali ham ensiz.
Yon kurak tish
Markaziy kurak tishga o‘xshash bo‘lib, unga nisbatan
kattaroq. Burchaklar belgisi rivojlangan, distal burchakka
nisbatan medial burchak o‘tkir. Ildizi va ildiz kanali bitta.
Tishning uzunligi 17,5–27,5 mm, toj qismi uzunligi 8–11,8 mm,
tishning kång qismi 5–8 mm ga tång.
Qoziq tish
Yuqori qoziq tishga juda o‘xshash bo‘lib, nisbatan ensizligi,
yon yuzalarining parallelligi bilan farq qiladi. Ildizi va ildiz
kanali bitta.Tishning uzunligi 20–34 mm, tishning eni 6–7 mm,
ildiz uzunligi 11–20 mm.
Birinchi premolyar
Yuqori premolyarlarga nisbatan pastki premolyarlar
kichikroq, yumaloqroq. Chaynov yuzasida ikkita do‘mboqlik
bor: oral va vestibulyar. Vestibulyar do‘mboq kattaroq. Ildizi
yumaloqroq, ildiz kanali bitta. Tishning uzunligi 18,5–27 mm,
toj qismi uzunligi 7,5–11 mm, ildiz uzunligi 11–16 mm.
Ikkinchi premolyar
Ikkinchi premolyar birinchisiga nisbatan kattaroq. Chaynov
yuzasi kvadrat shaklida va ikkita yaxshi rivojlangan, balandligi
bir xil bo‘lgan do‘mboqligi bor. Ildizi konussimon shaklda
bo‘lib, ildiz kanali ham bitta. Tish uzunligi 17,8–28 mm, toj
qismi uzunligi 6,9–10 mm, ildiz uzunligi 10,9–18 mm.
Birinchi molyar
Tishning chaynov yuzi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, beshta
do‘mboqligi bor. Do‘mboqligidan uchtasi vestibulyar, ikkitasi
oral joylashgan. Medial vestibulyar do‘mboq do‘mboqlar ichida
eng kattasi, ildizi ikkita, oldingi ildizda ikkita ildiz kanali bor,
orqa ildizda bitta yaxshi o‘tuvchi ildiz kanali bor.Tish uzunligi
18,3–26 mm. Toj qismi uzunligi 7–9 mm, tish eni 10–12 mm.
Ikkinchi molyar
Ikkinchi molyar birinchi molyarga o‘xshaydi. Hajmining
kichikligi, do‘mboqlar soni to‘rttaligi bilan farq qiladi, ildizi
ikkita. Tish uzunligi 22 mm, toj qismi uzunligi 10 mm, tish
eni 11 mm.
Uchinchi molyar
Har xil shaklda bo‘lishi mumkin. Pastki uchinchi molyar
hajmi jihatidan molyarlar ichida eng kichigi. Chaynov yuzasida
to‘rtta do‘mboqlik bor. Ko‘pincha ildizi ikkita bo‘lib, bir-biriga
yopishgan.
PERIODONT
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘idagi
bo‘shliqda joylashgan. Bu bo‘shliq periodont yorig‘i deb ataladi.
Periodont yorig‘ining kengligi ildizning turli sathlarida,
yuzalarida bir xil emas va u 0,35–0,8 mm gacha bo‘ladi.
55–60 yoshdan so‘ng, påriodontal yoriq torayadi.
Påriodont to‘qimasi tolalari ildizning turli qismlarida turli
yo‘nalishga ega. Quyidagi guruh tolalari farqlanadi: tish milk
tolalari, tish alvåola tolalari va tishlararo tolalar.
Tish milk tolalari. Milk cho‘ntagidagi såmånt chåtidan
boshlanib, yålpig‘ichsimon yo‘nalishda milk to‘qimasi bilan
birikadi. Tola tutamlari våstibulyar va oral yuzada yaxshi,
aproksimal yuzalarda zaif rivojlangan. Ularning qalinligi 0,1 mm.


20
21
Tish alvåola tolalari ildizning butun yuzasidagi såmåntidan
boshlanib ildiz katagi dåvoriga birikadi. Ildiz uchi qismida
tolalar vårtikal yo‘nalishga ega. Ildiz uchiga yaqin qismida
tolalar gorizontal, ildiz o‘rtasi va yuqori 1/3 qismida tolalar
qiyshiq yo‘nalgan.
Tishlararo tolalarning tutamlari 1–1,5 mm bo‘lib, bir
tishning såmåntidan boshlanib yonida joylashgan tishning
såmåntiga birikadi. Bu tolalar tish qatorining butunligini
ta’minlashda ishtirok etadi.
Påriodont quyidagi funksiyalarni bajaradi: tishni alvåola
katagida ushlab turadi, tishga tushadigan chaynov bosimini
tarqatib amortizatsiya, baryer-mudofaa qilish vazifasini
bajaradi, trofik, ya’ni såmåntni oziqlantirishda hamda tish
almashinuvida ishtirok etadi.
Katakning o‘rta qismida periodontal yoriq toraygan bo‘lib,
shu sababli uni qum soatiga o‘xshatiladi. Periodont yorig‘ining
uchidan o‘rta qismi torayganligi tishning fiziologik qimirlashi
xususiyatidan deb tushuntiriladi. Yon tomonga bo‘ladigan
harakatlarda ildizning eng ko‘p og‘ishi uning uchida va bo‘yin
qismida kuzatiladi. Bu vaqtda tish tayanch nuqtasi ildizning
taxminan uchdan bir o‘rta qismiga o‘rnashgan ikki yelkali
richagga o‘xshash harakatlanadi. Periodont yorig‘ining uchdan
birining o‘rta qismi torayganligi shu bilan izohlanadi.
Periodont zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib,
kollagån va elastik tolalari bor (5-rasm).
Ildizning turli qismi har xil yo‘nalishga ega.
Periodontning qiyshiq tolalari tishni osib qo‘yilgandek
ushlab turadi va tishning vertikal o‘qi bo‘yicha yoki unga burchak
shaklida yo‘nalgan chaynov bosimini qabul qiladi. Radial yoki
tangensial tolalar tish o‘z bo‘ylama o‘qi atrofida aylanganida
ushlab turadi.
Periodont funksiyalari quyidagilardan iborat: Periodont tishni
tish katagida ushlab turish va chaynash vaqtida bosimni tekis
tarqatish (amortizator) funksiyalarini bajaradi. Bundan tashqari,
u tish, lunj to‘qimalarini oziqlantirish(trofika)da muhim o‘rin
tutadi va chaynov bosimini reflektor boshqarishda ishtirok etadi.
PARODONT
Parodont to‘qimasi to‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi
to‘qimalardan tashkil topgan: milk, alveola o‘sig‘i, suyak usti
pardasi periodont to‘qimasi va ildiz såmånti. Parodont
to‘qimalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
anatomik, funksional va gånåtik jihatdan bir butundir. Parodont
to‘qimalarining nårv, limfa va qon tomirlari ham bir butundir.
Parodont quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Trofik.
2. Ushlab turuvchi.
3. Amortizatsiyalash.
4. Baryerlik.
5. Plastik.
6. Reflektor regulyatsiya.
II BOB.
STOMATOLOGIK APPARAT VA ASBOB-USKUNALAR
STOMATOLOGIK XONANING JIHOZLANISHI
Stomatologik xona yaxshi tabiiy yorug‘lik bilan yoritilgan,
agar bitta stomatologik ish joyi bo‘lsa, 14 m
2
ga teng bo‘lishi
kerak. Har bir qo‘shimcha ish joyi uchun 7 m
2
, stomatologik
uskunalar uchun 10 m
2
joy qo‘shilishi kerak. Xonaning
5-rasm. Påriodont to‘qimasi:
1–påriodontal yoriq, 2–påriodont
to‘qimasining tolalari, 3–tishning aylana bog‘lami.


22
23
balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi, stomatologik kreslolar
bir qatorga o‘rnatilgan bo‘lishi, devorlari och rangli moyli
bo‘yoq bilan bo‘yalgan, pollari linoleum bilan qoplangan
bo‘lib, gigiyenik talablarga javob berishi kerak. Stomatologning
xonasi quyidagicha jihozlanishi lozim:
Stomatolog xonasida ikkita qo‘l yuvgich bo‘lib, u issiq va
sovuq suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kårak. Birinchi qo‘l
yuvgichda qo‘l yuvilsa, ikkinchisida stomatologik asbob-
anjomlar yuviladi va ular kanalizatsiya tarmog‘iga ulangan
bo‘lishi kårak. Stomatologik xona markaziy isitgich tarmog‘iga
ulangan bo‘lib, xona harorati 20° C, namligi 50–60 % bo‘lishi
kårak.
Stomatologik kråslolar tabiiy yorug‘likka qaratib o‘r-
natilishi, dårazalar kångligining polning kångligiga nisbati 1:4–
1:5 atrofida bo‘lishi kårak.Tabiiy yorug‘likdan tashqari, xonada
sun’iy yorug‘lik ham bo‘lishi zarur. Sun’iy yorug‘lik 150 lk
dan kam bo‘lmasligi, hamda xona luminitsånt, galogån
yorug‘lik manbalaridan foydalanib yoritilishi maqsadga
muvofiq.
Stomatologik xonada hamshira va kichik tibbiy xodim uchun
ish joyi bo‘lishi shart.
Stomatologik xonada kvars lampasi o‘rnatilgan bo‘lishi va
u bilan har kuni xonani kvarslash zarur.
Shifokorning ish joyi stomatologik moslama, båmor uchun
kråslo, dori-darmon va xomashyolar uchun stol, shifokor
uchun vintli kråslo bilan jihozlanadi.
STOMATOLOGIK MOSLAMALAR
Båmorga malakali stomatologik yordam ko‘rsatish uchun
maxsus stomatologik moslamalar zarur bo‘ladi. Asosiy
stomatologik moslamalarga quyidagilar kiradi: båmor uchun
stomatologik kråslo, elåktrli yoki trubinali bor mashina,
stomatologik moslama, shifokor uchun o‘rindiq.
Båmor uchun stomatologik kråsloda, båmor boshini qulay
holatda tutib turishi uchun bosh qo‘ygich moslamasi bor.
Stomatologik kråslo asosan ikki qismdan tashkil topgan.
Stomatologik kråslolarning quyidagi rusmdagilaridan foyda-
laniladi: KZ-2, K3-8, 9,10, KSUI-0,1,0,3,04, KSRD-1.
Bor mashinalar
Tishlarni davolash tish qattiq to‘qimalarini chaxlash
tadbirini amalga oshirish bilan olib boriladi. Tish qattiq
to‘qimalarini chaxlashni bor mashinalar yordamida amalga
oshiriladi. Bor mashinalarning turi har xil: BES 10, BK-1,
BEPB-3, BPK-300, BEO-30-2 va hokazo.
Stomatologiyaning rivojlanishi stomatologik moslamalar-
ning ham murakkablashib, stomatologik yordamning ham
mukammallashuviga yordam bermoqda. Stomatologik moslama
o‘z ichiga avtomatik boshqariladigan kråslo, yoritgich, kom-
pråssor va og‘iz bo‘shlig‘ida turli muolajalarni amalga oshirish
uchun mo‘ljallangan moslamalardan tashkil topgan: tish
to‘qimasini chaxlash, tishni karashlardan tozalash, so‘lakni
so‘rish, havo va suvni purkash, diomårmokogulyator,
råntgånodiagnostika va boshqalar. Stomatologik moslamalar
USU-30, US-30, US30/3000, US 10, YUNIS, Yugodånt,
Xirodånt, Kavo, Probodivardan foydalaniladi.
STOMATOLOGIK ASBOBLAR
Stomatologik asboblar foydalanish sohasiga ko‘ra quyida-
gilarga bo‘linadi:
1.Tårapåvtik asboblar.
2.Xirurgik asboblar.
3.Ortopådik asboblar.
Tårapåvtik asboblar 5 ta guruhga bo‘linadi.
1-guruh. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tåkshirish
Ushbu jarayon uchun ishlatiladigan asboblar: to‘g‘ri va
burchakli zond, stomatologik oyna, stomatologik pinsåt.
Stomatologik oyna yordamida ko‘rish uchun noqulay bo‘lgan
sohalar ko‘rigi o‘tkaziladi, qo‘shimcha yoritiladi, lab, lunj,
tilni travmalardan himoya qilish maqsadida ushlab turiladi.
Stomatologik zond. Ikki qismdan, ya’ni ishchi qismi va
dastasidan tashkil topgan. Stomatologik zondni ikki xili, to‘g‘ri
va burchakli oddiysi farqlanadi. Zond yordamida kariyes kovagi
borligi, uning chuqurligi, og‘riqli nuqtalari aniqlanadi. Belgili
zond yordamida milk cho‘ntagining chuqurligi aniqlanadi.


24
25
Stomatologik pinset
Stomatologik pinsetning ishchi qismi o‘tmas burchak ostida
bukilgan. Pinsetdan paxtali tamponlarni og‘iz bo‘shlig‘iga
kiritish, tishning qimirlash darajasini aniqlash, endodontik
asboblarni olishda foydalaniladi.
2-guruh. Tishdagi kovakni tozalashda ishlatiladigan
asboblar
Bor aylanma harakat qiluvchi mustahkam asbob bo‘lib,
tish qattiq to‘qimalarini chaxlashda foydalaniladi.
Kariyes kovagiga ishlov berish bosqichiga qarab har xil
shakl va o‘lchamdagi borlardan foydalaniladi. Borlarning ishchi
qismi shakliga qarab sharsimon, silindrsimon, konussimon,
g‘ildiraksimon trubinali (7-rasm) ajratiladi. Borlar to‘g‘ri va
burchakli uchlar uchun ikki xil bo‘ladi.
Borlar ishchi qismining diametriga qarab raqamlar
belgilanadi. Masalan, 1-raqamli borning diametri 0,85 mm,
13-raqamli borniki esa 3,1 mm ga teng. To‘g‘ri uch uchun
borning uzunligi 44 mm, burchakli nakonechnik uchun esa
22 mmga teng. Zanglamaydigan po‘latdan, qattiq qotishmali
va ishchi qismi olmos bilan qoplangan borlardan foydala-
niladi. Hozirgi kunda dåyarli 90 % trubina dastakli borlar
ishlatiladi.
3-guruh. Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan
asboblar
Ushbu guruhga ekskavator, ilgovich va boshqalar kiradi.
Ekskavator
Ekskavator dasta va ishchi qismdan iborat. Ishchi qismlari
bukilgan bo‘lib, har xil o‘lchamdagi qoshiqchalari bor.
Ekskavator yordamida kariyes bo‘shlig‘idan ovqat qoldiqlari,
yumshagan dentin, vaqtinchalik plomba chiqariladi hamda
yumshoq va qattiq tish karashlarini tozalashda foydala-
niladi.
4-guruh. Tish kovaklarini plombalashda foydalaniladigan
asboblar
Ushbu guruhga shpatål, shtopfår, silliqlagich kiradi.
Silliqlagich
Silliqlagichning ishchi qismining bir tomoni kuraksimon,
ikkinchisi esa plomba sathlarini tekislashga moslangan.
Silliqlagich yordamida kerakli miqdorda plomba xomashyosi
tish kovagiga kiritiladi va silliqlanadi. Silliqlagich turli o‘lchamda
chiqariladi. Silliqlagich bir tomonlama va ikki tomonlama
bo‘lishi ham mumkin. Silliqlagichning shtopfår bilan kombi-
natsiya qilingani ham bor.
Shtopfer
Shtopferning ishchi qismi, silindrsimon yoki noksimon
shaklga ega bo‘lib, plomba ashyosini zichlash uchun ishlatiladi.
Shpatel
Shpatel dasta va uzun yassi kuraklardan iborat. Shpatel
yordamida vaqtinchalik va doimiy plombalar qoriladi.
Shpatålning måtalli va plastmassali turi farqlanadi.
6-rasm. Stomatologik to‘plam. 
1–stomatologik oyna, 2–pinsåt,
3–stomatologik zond, 4–ekskavator, 5–shpatål.


26
27
5-guruh. Endodontik asboblar
Yuqorida bayon etilgan asboblar yordamida kariyes
kovagidagina muolajalar o‘tkazish mumkin. Pulpit va periodont
kasalliklarini davolashda tishning ildiz kanallarida muolaja
o‘tkazish kerak bo‘ladi. Buning uchin maxsus endodontik
asboblardan foydalaniladi. Endodontik asboblarga quyidagilar
kiradi: pulpekstraktor, burov, rashpil, drilbor, razvertka,
kanal to‘ldirgich, pulpoekstaktor, kanal uzunligini ulovchi
igna, ildiz ignasi, fayllår, rimmår, flåksofayl va boshqalar.
qanday ta’sirlardan susayadi, og‘riqning davomiyliligi aniqlanadi.
So‘rov dastlabki tashxisni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rik
Ko‘rik obyektiv tekshiruvning birinchi bosqichi bo‘lib, u
yaxshi yoritilgan sharoitda amalga oshirilishi lozim. Ko‘rik tashqi
ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigiga bo‘linadi.
Tashqi ko‘rikda bemor yuz terisining rangi, yuz assimet-
riyasi bor-yo‘qligi aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigida tishlar,
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ko‘zdan kechiriladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi avval tish qatori jiðslashtirilgan
holatda boshlanadi. Bunda lablar konturi, rangi, lab
burchaklarida patologik o‘zgarishlar bor-yo‘qligi ko‘zdan
kåchiriladi. Lablarni ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng og‘iz
dahlizi tåkshiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining rangiga,
milk so‘rg‘ichining shakliga, patologik milk cho‘ntagi bor-
yo‘qligi, milk usti va milk osti qattiq karashlari bor-yo‘qligiga
e’tibor beriladi. Normal holatda lunj, og‘iz bo‘shlig‘i tubi,
milklar, qattiq tanglay nam, och-pushti rangda bo‘ladi.
Patologik protsesslar natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: rangi o‘zgaradi, shishlar hosil
bo‘ladi, patologik milk cho‘ntaklari paydo bo‘ladi va hokazo.
Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigini o‘tkazayotganda hamma tishlarni
ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Bunda kariyes kovagi borligi, uning
o‘lchami, joylashgan yuzasi, avval davolanganligi, rangi,
qimirlash darajasi aniqlanadi.
Tishlar ko‘rigi stomatologik oyna va zond yordamida amalga
oshiriladi. Tishlarni ko‘rikdan o‘tkazish ma’lum tartibda amalga
oshirilishi kårak. Ko‘rikni avval o‘ng yuqori jag‘ning mo-
lyarlaridan boshlanadi va chap molyarlarda tugatiladi. So‘ng
pastki chap molyarlardan boshlanadi, o‘ng pastki molyarlarda
tugatiladi. Har bir tishning barcha yuzasi ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Zondlash
Zond yordamida amalga oshiriladi. Zondlash yordamida kariyes
kovagining bor-yo‘qligi, kariyes kovagining chuqurligi,
yumshagan dentin borligi, ildiz kanalining boshlanish joyi,
og‘riqli nuqtalar borligi aniqlanadi. Maxsus belgili parodontologik
zond yordamida milk cho‘ntagining chuqurligi o‘lchanadi.
7-rasm. Endodontik asboblar:
1–chuqurlik o‘lchagich, 2–pulpekstraktor,
3–burov, 4–rashpil, 5–drilbor, 6–razvyortka, 7–kanal to‘ldirgich,
8–shtopfår.
III BOB.
TISH VA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I KO‘RIGI,
TÅKSHIRUV USULLARI
TEKSHIRUV USULLARI
Tekshiruv usullarining maqsadi bemor kasalligining aniq
tashxisini aniqlash. Tekshiruv usullari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
so‘rov usuli, ko‘rik, yordamchi tekshiruv va laborator tekshiruv
usullari.
So‘rov
So‘rov tekshiruvning birinchi usuli hisoblanadi. So‘rov
bemor shikoyatlarini aniqlashdan boshlanadi, ya’ni og‘riq
qachon paydo bo‘lganligi, qanday ta’sirlardan og‘riq zo‘rayadi,


28
29
Perkussiya
Perkussiya (tukillatib ko‘rish) tekshiruv usuli periodont
to‘qimasining holatini aniqlashga yordam beradi va u
stomatologik oyna dastasi yordamida amalga oshiriladi. Perkussiya
ikki xil bo‘ladi: gorizontal va vertikal. Gorizontal perkussiya
yordamida marginal periodont to‘qimasi holati aniqlansa,
vertikal perkussiyada ildiz uchi periodont holati aniqlanadi.
Perkussiyani yengil, bir tekisda, avval sog‘lom tishdan boshlash
lozim.
Vertikal perkussiyada tishlarning kesuv yoki chaynov
yuzalarida tukillatiladi. Gorizontal perkussiyada tishning yon
yuzasidan tukillatiladi. Pårkussiyani doimo solishtirma tartibda
o‘tkazish zarur. Buning uchun tåkshirilayotgan tish yonidagi
va boshqa kvadratda joylashgan tish guruhi pårkussiya qilinadi.
Normada pårkussiya og‘riqsiz.
Palpatsiya
Palpatsiya (paypaslab ko‘rish) tekshiruv usuli yordamida
infiltrat, o‘smalar, tishlarning qimirlash darajasi, limfa
tugunlarining holatlari aniqlanadi. Palpatsiya yuza yoki chuqur
bo‘lishi hamda tashqi va og‘iz bo‘shlig‘ida o‘tkazilishi mumkin.
Palpatsiyani mayinlik bilan, og‘riq råaksiyasini hosil qilmasdan
olib borish kårak. Palpatsiyani avval yuza, so‘ng chuqur
amalga oshiriladi. Palpatsiya barmoqlar yordamida bajariladi.
YORDAMCHI TEKSHIRUV USULLARI
Yordamchi tekshiruv usullari o‘z ichiga rentgenologik
tåkshiruv usulini, elektroodontometriya usulini, termodiag-
nostika usulini, anåståziya bilan tåstni, lyuminitsånt tåkshiruvni,
transillyuminatsiyani o‘z ichiga oladi.
Rentgenologik usul
Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi. Tashqi, og‘iz
ichi, panoram rentgenografiya usullari o‘tkaziladi. Rentgeno-
logik usul yordamida yashirin kariyes bo‘shliqlari (qoplama
ostidagi, aproksimal yuzalardagi), ildizlar holati (ildiz uchi-
ning so‘rilishi, shakllanishi), ildiz kanallarining holati (o‘tuv-
chanligi, plombalanish darajasi), ildiz uchi to‘qimalarining holati
(alveola o‘siq distruksiyasi), yumshoq to‘qimalardagi yot jinslar,
o‘sma kasalliklari, tish-jag‘ sohasi jarohatlari aniqlanadi.
Elektroodontometriya
Elektroodontometriya usuli tish pulpasi va parodont
to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan.
Bu tekshiruv usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, UVN-
1) yordamida amalga oshiriladi. Turli kasalliklarda pulpaning
sezuvchanligi turlicha bo‘ladi. Masalan, sog‘lom tishda 2–6 mkA,
chuqur kariyesda 20–40 mkA, faqat toj qismidagi pulpaning
yallig‘lanishi bilan kechayotgan pulpitda 60 mkA. Agar pulpaning
sezuvchanligi 100 mkA ortsa toj hamda ildiz qismidagi pulpaning
nobud bo‘lganligini bildiradi. Elektroodontomåtriya solishtirma
tashxis o‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
Termodiagnostika
Tishning termik ta’sirlardan ta’sirlanishi. Ta’sirlovchi sifatida
issiq yoki sovuq suvdan foydalaniladi. Tekshiruvni o‘tkazishdan
avval tishni izolyatsiya qilinadi, quritiladi va shprits yordamida
kariyes bo‘shlig‘iga issiq yoki sovuq suv yuboriladi.
LABORATORIYA TEKSHIRUV USULLARI
Bemorlarga aniq tashxis o‘rnatishda laboratoriya tekshiruv-
larini o‘tkazish kerak bo‘lib qoladi. Laboratoriya tekshiruv
usullariga sitologiya usuli, bakteriologik tekshiruv usuli, biopsiya
usuli, immunobiologik tekshiruv usuli, bioximik usul, qonning
klinik analizlari va boshqalar kiradi.
Sitologiya usuli hujayra elementlarini o‘rganishga asoslangan.
Stomatologiyada sitologik tekshiruv usuli uchun qirindi,
punksiya mahsulotlaridan foydalaniladi. Sitologiya usuli o‘sma
kasalliklari, sil yazvalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi
kasalliklarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Biopsiya – patologik o‘zgargan to‘qimalarni sitologik
tekshiruvdan o‘tkazish. Skalpel va maxsus asboblar yordamida
patologik o‘zgargan qismdan 5–6 mm to‘qima kesib olinadi va
gistologik tuzilishini mikroskop ostida tekshiriladi.


30
31
Immunobiologik tekshiruv usuli. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
pardasining ba‘zi kasalliklari tashxisini aniqlash uchun
immunobiologik tekshiruv usulidan foydalaniladi. Masalan,
zaxm, brutsellyoz kasalliklarini aniqlashda muhim o‘rin
tutadi.
Bakteriologik tekshiruv usuli. Bu usul kasallikni keltirib
chiqargan mikrob va zamburug‘lar turini hamda ularni sezuv-
chanlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Sezuvchanligi
yuqori bo‘lgan dori vositalaridan foydalanish kasallikni tez
davolanishiga zamin bo‘ladi.
Bioximiya usuli. Bu usulda qon va peshobning tarkibida
qand borligi aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq pardasi kasalliklari tez-tez qaytalaydigan bemorlarda
qandli diabet kasalligi bor-yo‘qligini aniqlashda yordam beradi.
IV BOB.
STOMATOLOGIYADA OG‘RIQSIZLANTIRISH
Stomatologik xastaliklarni muvaffaqiyatli davolash muolaja-
ning qay darajada og‘riqsiz bajarishga bog‘liq. Tishlarni davo-
lashda va yuz-jag‘ sohasidagi jarrohlik muolajalarida og‘riqsiz-
lantirishning turli usullari qo‘llaniladi. Og‘riqsizlantirish ikkiga
bo‘linadi: umumiy va mahalliy og‘riqsizlantirish. Poliklinika
sharoitida ko‘proq mahalliy og‘riqsizlantirish usulidan
foydalaniladi.
PREMEDIKATSIYA
Ko‘pincha bemorlarda stomatologik davo oldidan qo‘rquv,
emotsional xavotirlik paydo bo‘ladi. Bu holatni maxsus dori-
darmonlar yordamida bartaraf etishni premedikatsiya deb
ataladi. Premedikatsiya o‘tkazishga ko‘rsatma davo muolaja-
sining turiga va bemorning holatiga bog‘liq.
Premedikatsiyaga ko‘rsatmalar:
1. Qo‘rquv.
a. Qo‘rquv va bezovtalik oqibatida vegetativ o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi, pulsning tezlashuvi (1-daqiqada 90 marta);
b. Yurak-qon tomir tizimi, nafas organlari tizimi kasal-
liklarida.
2. Avval hushidan ketish holatlari bo‘lgan bo‘lsa.
Kattalarda premedikatsiya uchun trankvilizatorlardan
foydalaniladi. Trankvilizatorlar ta’sirida bemorlarning aqliy va
jismoniy mehnat faoliyati saqlanadi. Bundan tashqari, trank-
vilizator anestetiklar, analgetinlar ta’sirini oshiradi.
Trankvilizatorlarning bir marotabali dozalari qo‘llaniladi.
Meprotan – 0,2 gr, elenium – 0,1 gr, diazepam – 0,005 gr,
seruksen – 0,005 gr. Yuqorida qayd etilgan dori vositalarni
stomatolog qabulida bo‘lishdan 30–60 min oldin qabul qilinadi.
Boshqa guruh dori vositalaridan valeriyana, karvalol nastoy-
kalari qo‘llaniladi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Mahalliy og‘riqsizlantirish dåb båmorning es-hushini
saqlagan holda tananing biron-bir qismidagi og‘riq såzgisini
yo‘qotishga qaratilgan davo chorasiga aytiladi. Mahalliy
og‘riqsizlantirishning inyåksion va noinyåksion turlari farqlanadi.
Inyåksion og‘riqsizlantirishning infiltratsion va o‘tkazuvchi
turlari bor. Noinyåksion og‘riqsizlantirishning kimyoviy,
fizikaviy, fizik-kimyoviy turlari farqlanadi.
Applikatsiyali og‘riqsizlantirish
Teriga ta’sir qilmaydigan qilib og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
pardasiga anestetik moddani surtish, sepish, marlya salfetkasiga
shimdirib qo‘yishdan iborat. Og‘riqsizlantirishning bu usulidan
igna kiradigan sohani og‘riqsizlantirishda foydalaniladi.
Buning uchun 10% lidokain eritmasi yoki 2% li pirolikain
eritmasidan foydalaniladi. Hozirda anistetinlarning aårozolli
shakldagisidan foydalanilmoqda. Aerozolli usuldan foydala-
nishning kamchiligi uning boshqa sohalarga ham sachrashi,
me’yorini aniqlashning qiyinligi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida og‘riqsizlantiruvchi mod-
dani surtish uchun, ushbu soha so‘lakdan ajratiladi, quritiladi
va anestetik shimdirilgan paxta sharcha qo‘yiladi. Applikatsiya
muddati 1 daqiqa, og‘riqsizlanish muddati 10 daqiqa.


32
33
Inyeksion og‘riqsizlantirish turida anestetik eritma bevosita
to‘qima ichiga kiritiladi. Inyeksion og‘riqsizlantirish o‘z navbatida
ikki guruhga bo‘linadi: infiltratsion va o‘tkazuvchi.
Infiltratsion og‘riqsizlantirish
Infiltratsion og‘riqsizlantirish turida anestetik eritma bevosita
jarrohlik harakati maydonida to‘qima ichiga kiritiladi va pereferik
asab retseptorlarining sezgirligini o‘chiradi. Infiltratsion usuldagi
og‘riqsizlantirish yordamida yuz, og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq
to‘qimalarida, yuqori jag‘ alvåola sohasida, pastki jag‘
alvåolalar o‘sig‘ining frontal tishlar sohasida va qattiq tanglay
sohasida o‘tkaziladigan opåratsiya maydonini og‘riqsizlantirish
mumkin. Anåståtiklarni påriodont yorig‘i ichiga
(intraligamåntar), suyak pardasi ostiga (sub påriostal), suyak
ichiga (intraostal) yuborish mumkin.
Infiltratsion og‘riqsizlantirish o‘tkazish texnikasi sodda. Igna-
ni vesibulyar yuzaga, o‘tuv burma sohasiga kiritiladi va 2,3 ml
anestetik modda yuboriladi. Alveola o‘siqlar sohasida og‘riq-
sizlantirish o‘tkazilganda, shprits gorizontal yo‘naltirilgan holda,
igna uchi o‘tuvchi burma sohasidagi shilliq qavatga 40° – 45°
burchak ostida sanchiladi. Bunda igna uchining chaxlangan
tomoni suyakka qaragan bo‘lishi kerak. Anestetikni kiritish
tezligi 15 sekund ichida 1 ml ( 8-rasm).
Infiltratsion og‘riqsizlantirish yuqori jag‘da yaxshi samara
beradi.
Pulpitni davolashda pulpa ichiga og‘riqsizlantirish o‘tkazish
mumkin. Buning uchun tish bo‘shlig‘i ochiladi va juda kichik
igna yordamida anestetik tish bo‘shlig‘iga 0,2 – 0,3 ml yuboriladi.
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish
Mahalliy og‘riqsizlantirishning o‘tkazuvchi turida operatsiya
maydonini innervatsiya qiluvchi, sezuvchi asab tanasini yoki biron-
bir shoxini blokada qilinadi. O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirishning
quyidagi turlari mavjud: tuberal, infrorbital, palatinal, man-
dibulyar, torusal, måntal va engak asabini og‘riqsizlantirish.
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirishda anestetik eritmasi og‘riq-
sizlantirilayotgan asab tolasini yoki uning shoxi tolalari
atrofidagi to‘qima ichiga yuboriladi va anestetik shu asab ichiga
diffuziya yo‘li bilan kirib borib, shu paytda sezgi impulslarini
pereferiyadan markaziy asab tizimi tomon o‘tishini to‘xtatadi.
Dorilarni båvosita va bilvosita yuborish usullari mavjud.
Vazokon strukturalar anestetik yuborilgan sohaga qon
kelishini kamaytiradi, og‘riqsizlanish darajasini oshiradi. Shu
maqsadda ko‘pincha adrenalin (1:50000 – 1:200000) yoki
noradrenalindan (1:25000 – 1:100000) foydalaniladi.
Kattalar uchun adrenalinning umumiy miqdori 0,2 mg
dan, noradrenalinning miqdori 0,34 mg dan oshmasligi kerak.
Ayrim bemorlarga ular qo‘llanilmaydi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISHDA UCHRAYDIGAN
XATO VA ASORATLAR
Asoratlar umumiy va mahalliy bo‘ladi. Umumiy asoratlarga
anafilaktik shok, hushdan ketish, anestetikdan zaharlanish
kiradi.
Anafilaktik shok. Bu o‘ta xavfli asorat bo‘lib, ko‘pincha
allergik kasalliklarga moyil bemorlarda uchraydi. Uning turli
xillari mavjud. Anafilaktik shokning tiðik, kordial, astmasimon,
såråbral, abdominal turlari farqlanadi. Kechishi bo‘yicha o‘ta
tez kechuvchi, og‘ir, o‘rtacha og‘irlikdagi va yengil ko‘rinishlari
farqlanadi. Kasallikning tiðik ko‘rinishida anesteziya o‘tka-
8-rasm. Infiltratsion og‘riqsizlantirish: 
A–suyak pardasi ostiga
og‘riqsizlantirish, B–suyak ichiga og‘riqsizlantirish.


34
35
zilganda, biroz vaqt o‘tgach, bemor bezovtalanadi. Unda
qo‘rquv hissi, bosh, yuz va qo‘l terisida qichishish va igna
sanchilganga o‘xshash sezgi paydo bo‘ladi. Bemor terlaydi,
boshida qattiq og‘riq, qulog‘ida shang‘illash paydo bo‘ladi.
Yuz terisi oldin qizaradi, keyin esa oqarib ketadi. Qo‘l-oyoqlari
tortishib qolishi va bemor hushidan ketishi mumkin. Ko‘z
qorachiqlari kengayib ketadi va yorug‘likni sezmaydi. To‘sh
suyagi ortida kuchli og‘riq paydo bo‘lib, u yurakka o‘tadi.
Taxekardiya kuzatiladi. Qon bosimi keskin tushib ketadi.
Bemorning ko‘ngli aynab, qusishi mumkin. Ayrim bemorlarda
qorin shishishi, o‘z-o‘zidan siydik ajralishi va defekatsiya
holatlari ro‘y berishi mumkin. Anafilaktik shokning boshqa
ko‘rinishlarida o‘sha tana a’zosining kasallanishiga xos bo‘lgan
belgilar bilan kechishi kuzatiladi. Kasallikning chaqmoqsimon
va og‘ir shakllaridan sanalgan belgilar yuzaga chiqmasdanoq
o‘lim bilan tugashi mumkin. Birinchi yordam ko‘rsatish uchun
yuqoridan nafas yo‘llarining yetarlicha o‘tkazuvchanligini
ta’minlash lozim. Buning uchun bemorning boshi yon tomonga
burib qo‘yiladi, tili tortib chiqariladi, pastki jag‘ oldinga
siljitiladi. Og‘iz ichi qusiq massalaridan artib tozalanadi. Agar
nafas olish to‘xtab ulgurgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirishga
kirishiladi. Yuborilgan anestetikning qonga so‘rilishini to‘xtatish
maqsadida shu anestetik kiritilgan soha atrofida 5 ml fiziologik
eritmaga aralashtirilgan 0,5 ml 0,1 % adrenalin gidroxlorid
eritmasi yuboriladi. Agar buni qilishning iloji bo‘lmasa, 1 ml
adrenalin eritmasi anestetik kiritilgan yo‘l bo‘ylab yuboriladi.
Albatta antigistamin preparatlari yuboriladi (2–4 ml dimedrol
eritmasi, 2–3 ml 2,5 % suprastin yoki piðolfen eritmalari).
Vena yoki mushak ichiga 3–5 ml 3% prednizolon, 0,5 ml
0,1 % adrenalin gidroxlorid eritmalari yuboriladi. Agar
bronxaspazm belgilari bo‘lsa, 10 ml 2,4 % eufillin yoki 2 ml
0,5 % izadrin eritmalarini yuborish zarur. Yurak faoliyatini
qo‘llab turish uchun yurak glikozidlari va diuretiklar yuboriladi.
Anestetikdan zaharlanish
Buning sababi, anestetik dozasini oshirib yuborish va tomirga
ignaning tushib qolishi, qonda preparat konsentratsiyasining
oshib ketishi hisoblanadi. 2 davri farqlanadi:
1-davrda qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynish, bosh aylanishi, quloq
shang‘illashi, qusish kuzatiladi. Yordam ko‘rsatish uchun
bemorni yotqizib, 10 % ammiak eritmasi hidlatiladi. Tomir
ichiga 200–600 mg geksinal yoki tiopental natriy sekin yuboriladi.
2-davrda bemorning holati sustlashadi, A/B pasayadi,
taxikardiya, terlash, hushdan ketish, nafas va yurak-tomir
faoliyatining to‘xtab qolishi kuzatiladi. Yordam berish uchun
yurak-tomir vositalari va yurakni bilvosita massaj qilish tavsiya
qilinadi. Profilaktika uchun anåstetik yuborishdan 40–50 daqiqa
oldin barbituradlar (fenobarbital 0,1 gr) yuborish kerak.
Hushdan ketish
Bu ko‘p uchraydigan asorat, bosh miyaning o‘tkir ginok-
siyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh aylanishi, quloq shang‘illashi,
esnash bilan boshlanadi. Teri qoplamalari oqaradi, namlanadi,
qorachiqlari kengayadi, puls kuchsiz bo‘lib, A/B pasayadi, nafas
yuzaki, mushak tonusi yo‘qolib, hushdan ketish yuz beradi.
Yordam berish uchun bemorni yotqizib, toza havo kelishi
ta’minlanadi. Novshadil spirti hidlatiladi. Yuz, bo‘yin terisi
sovuq suvga namlangan sochiq bilan ishqalanadi. Ba’zi hollarda
nafas analeptiklari va tomir vositalari (kordiamin, efedrin,
izadrin) mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Mahalliy asoratlarga inyeksion ignaning sinishi, gematoma,
nevrit, mushak kontrakturasi kiradi. Inyeksion ignaning sinishi
shifokorning qo‘pol harakati, suyakka qattiq bosish oqibatida
yuz beradi. Agar igna kornsang yoki pinset bilan chiqmasa,
jarrohlik aralashuvi kerak bo‘ladi.
Gematoma tomir devorining shikastlanishi natijasida kelib
chiqadi. Bunda paresteziya, falajlanish, og‘ir hollarda sezuv-
chanlikning turg‘un pasayishi kuzatiladi. Yordam berish uchun
nevrit davolanadi.
Mushak kontrakturasi ichki qanotsimon mushak shikast-
lanishi natijasida ro‘y beradi. Belgilar: shikastlangan mushakda
og‘riq, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi harakatining chegara-
lanishi, og‘izning yetarlicha ochilmasligi. Davolash uchun
kechasiga sopqonsimon bog‘lam, trimekain – furatsillin
blokadlari buyuriladi. Ichishga analgetiklar tavsiya qilinadi,
dorivor o‘simliklar qaynatmasidan iliq og‘iz vannochkalari,
issiq bilan davolash, miogimnastika buyuriladi.


36
37
V BOB.
TISH QATTIQ TO‘QIMALARINING NOKARIOZ VA
KARIYÅSLI NUQSONLARI
TISHNING QATTIQ TO‘QIMALARI NUQSONLARI
Tish qattiq to‘qimasi nuqsonlari kasalliklari kariyessiz va
kariyesli nuqsonlarga bo‘linadi. Nokarioz kasalliklar paydo
bo‘lish muddatiga asoslanib, ikki guruhga bo‘linadi:
1. Tish chiqquncha hosil bo‘lgan nuqsonlar.
2. Tish chiqqanidan so‘ng hosil bo‘lgan nuqsonlar.
Tishning rivojlanish davrida hosil bo‘lgan nuqsonlar
Ushbu guruhga giðoplaziya va endemik flyuroz kiradi.
Giðoplaziya – bu nuqson tish to‘qimalarining rivojlan-
masligi nuqsoni bilan xarakterlanadi.Tish murtak rivojlanish
davrida måtabolitik buzilishlar natijasida, emalda miqdor va
sifat jihatdan buzilishlar bo‘ladi.
Giðoplaziya ham sut, ham doimiy tishlarda uchraydi.
Giðoplaziya turli klinik ko‘rinishga ega. Giðoplaziyaning
mahalliy chegaralangan va sistemalisi farqlanadi.
Sistemali giðoplaziyaning kelib chiqishi tishning rivojla-
nishi davrida, bola organizmida sodir bo‘lgan modda almashi-
nuvining buzilishi bilan bog‘liq, aynan minerallar almashinuvi
muhim o‘rin tutadi. Sut tishlarning giðoplaziyasi homilador
onaning xastaligi, ovqatlanish me’yorining buzilishi, kerak
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik oqibatida
kelib chiqadi. Xastalik bir guruhga kirgan tishlarda borsimon,
ba’zan sarg‘ish dog‘lar, nuqson paydo bo‘lishi bilan kechadi.
Nuqsonlar simmetrik bo‘ladi. Nuqsonlar aksariyat hollarda
vestibulyar yuzada joylashadi.
Mahalliy giðoplaziya
Mahalliy giðoplaziya faqat bir dona tishda aniqlanadi.
Periodont to‘qimasi yallig‘langan sut tish ostidagi doimiy
tish murtagi zararlanishi oqibatida hamda jarohat ta’sirida kelib
chiqadi.
Xastalik yengil kechganda tish emal qavatining rangi
o‘zgarib borsimon, sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir tus oladi. Og‘ir
shaklida tishning o‘lchamlari, shakli va strukturasida o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi.
Chegaralangan giðoplaziya
Bir guruh yonma-yon joylashgan tishlarda emal qavatining
noma’lum sabablarga ko‘ra jarohatlanishi oqibatida yupqalashib,
ular relyefining o‘zgarishi bu xastalik uchun xarakterli hisoblanadi.
Chegaralangan giðoplaziya yuz-jag‘ sohasidagi jarohat natijasida,
surunkali kechadigan jag‘ suyagining yiringli yallig‘lanishi va
radioaktiv nurlanish oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Giðoplaziyaning yengil shakllarida tishlarning vestibulyar
yuzasida borsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘ning kattaligi,
shakli, hajmi har xil. Dog‘ yuzasi yaltiroq va silliq. Giðopla-
ziyaning og‘ir shakllarida nuqtali, piyolasimon o‘yiqlar,
ko‘ndalang egatlar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bemorlar
faqat kosmetik nuqsonga shikoyat qiladilar.
Solishtirma tashxis
Giðoplaziyani aniqlashda kariyes bilan solishtirma tashxis
o‘tkaziladi. Giðoplaziyada dog‘lar simmetrik, vestibulyar
yuzada joylashgan, mitelen ko‘k sinamasini o‘tkazganda
bo‘yalmaydi, kariyesda bo‘yaladi. Giðoplaziyani zondlaganda
kariyesdan farqli yuzasi silliq.
Davolash
Davolash klinik formasiga bog‘liq. Yengil shakllarida
davolamasa ham bo‘ladi. Profilaktika maqsadida remineralizatsiya
terapiyasi o‘tkaziladi. Og‘ir formalarida nuqsonni bartaraf qilish
maqsadida plombalanadi yoki protezlanadi.
Endemik flyuoroz
Tish qattiq to‘qimalarida qayd etiladigan bunday xastalik
organizmga tashqi muhitdan ichimlik suvi orqali me’yordan
ko‘proq ftor elementining (suvda erigan holda) kirishi oqibatida


38
39
yuzaga keladi. Flyuoroz – bu ftor elementi chaqirishi mumkin
bo‘lgan giðoplaziya, desak ham xato qilmaymiz. Kishi
organizmining ftorga bo‘lgan bir sutkalik talabi 3,5 mg
atrofidadir. Bu talab asosan ichimlik suvi tarkibida bo‘ladigan
ftor orqali qondiriladi. Organizmning ana shunday talabini
qondirish uchun ichimlik suvining 1 litrida 0,8–1,2 mg ftor
bo‘lishi kifoyadir. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor miqdori
ko‘rsatilgandan oshib ketgan hollarda flyuoroz xastaligi
kuzatiladi.
Flyuoroz xastaligi 5 xil shaklda namoyon bo‘ladi.
Chiziqchali (shtrixli) shakli
Bunda tish emali sathida ko‘pincha vertikal yo‘nalishdagi
borsimon chiziqlar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda bu chiziqlar
faqat lupa oynasi orqali qaralganda aniqlanishi mumkin bo‘lgan
darajada nozik bo‘lishi mumkin. Emal qavatining bu xil
jarohatlanishi ko‘pincha yuqori jag‘ markaziy va yon kurak
tishlari sathidagina, ba’zan esa pastki kurak tishlarda namoyon
bo‘ladi. Bu xastalikda tish emal qavatining faqat dahliz
(vestibulyar) sathigina o‘zgarishga uchraydi.
Dog‘simon shakli
Tish emal qavati sathida katta-kichik yaqqol namoyon
bo‘luvchi bo‘rsimon rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar
yalpi bo‘lib, unda chiziqlar bo‘lmaydi va ular butun emal
qavati sathi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Ayniqsa bunday dog‘lar
kurak tishlarining kesuvchi qirralari atrofida ko‘plab hosil bo‘ladi.
Emaldagi bu xil dog‘lar keskin chegarasiz sog‘lom to‘qimaga
o‘tib ketadi. Dog‘li emal sathi silliq va yaltiroqdir. Dog‘lar
aksariyat hollarda oldingi kurak tishlarda uchrasa-da, boshqa
tishlar ham ulardan õoli bo‘lmaydi.
Xol-xol bo‘rsimon nuqtali shakli
Flyuoroz xastaligining bu xil shakli har xil klinik belgilar
bilan kechadi. Odatda tish emal qavati bo‘r rangida bo‘ladi.
Ba’zan esa u yaltiroqligini saqlashi yoki tiniqligini yo‘qotishi
mumkin. Emal sathida jarohatli nuqta(chuqurcha)lar paydo
bo‘lishi xususiy hol hisoblanadi. Bunday chuqurchalar atrofi
(devorlari) notekis, qoramtir tusda bo‘lib, o‘lchamlari
1–1,5 mm diametrli, chuqurligi esa 0,1–0,3 mm bo‘ladi. Bu
xil nuqtasimon chuqurchalar, aksariyat hollarda tish emalining
dahliz sathida joylashgan bo‘ladi. Bunday sathlarda emalning
jarohati natijasida ochilib qolgan dentin to‘qimasining yuzasi
och sarg‘ish rangdan tortib qo‘ng‘ir-to‘q jigarranggacha
bo‘yalgandir.
Flyuoroz xastaligi ba’zan emalning eroziyasi shaklida ham
namoyon bo‘ladi.
Bo‘rsimon rangli emal sathida birmuncha keng va chuqur
jarohatlar paydo bo‘lib, tish yuzasining katta qismini egallashi
mumkin. Hosil bo‘lgan jarohatlar har xil notekis shakllarga
ega bo‘ladi. Emalning bu xil jarohatlanishi natijasida tishlar
kuchli yemiriladi.
Destruksiya shaklida kechuvchi flyuoroz xastaligi
Emalning bu xil jarohatlanishi, aksariyat hollarda suv
tarkibida ftorning me’yordan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishi
natijasida paydo bo‘lib, odatda mazkur suv ichiladigan hudud
va tumanlardagina qayd qilinadi. Bunday hollarda tishning emal
qavatigina jarohatlanib qolmay, balki dentin to‘qimasining
jarohatlanishi ham kuzatiladi. Natijada tish koronkasining shakli
o‘zgarishi, uning kuchli yemirilish xollari namoyon bo‘ladi.
Tish emal qavatining tusi keskin o‘zgaradi.
Flyuoroz xastaligida bemorlar tishlarining rangi o‘zgari-
shidan, ba’zan ularning yemirilayotganidan shikoyat qilishadi.
Flyuoroz xastaligidagi emal rangining o‘zgarishini kariyes
va giðoplaziya natijasida sodir bo‘ladigan aynan shu xildagi
o‘zgarishlardan farqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Solishtirma tashxis
Flyurozni aniqlashda kariyes kasalligi bilan solishtirma
tashxis o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson bitta va bo‘yin qismida
joylashgan, flyurozda esa bir nechta va tishning vestibulyar
yuzasida joylashgan.


40
41
Davolash
Davo tadbirlari tish qattiq to‘qimalaridagi o‘zgarishlarning
chuqurligiga bog‘liqdir. Jarohatlarning chuqurligi natijasida
tishlarda yemirilishlar, toj qismi shaklining o‘zgarishi sodir
bo‘lgan taqdirda davo tadbirlari ortopedik usulda olib boriladi.
Yengil klinik belgilar bilan kechuvchi flyuoroz xastaligida
terapevtik davo chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Tishlar sathida hosil
bo‘lgan dog‘larga kuchsiz kislotalar eritmasi bilan ishlov berilib,
undan keyin minerallashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan
eritmalar yordamida dog‘lar yo‘qotiladi. Pigmentli dog‘larni
yo‘qotishda 10% li xlorid, fosfat kislotasini ishlatish maqsadga
muvofiqdir. Fosfat kislotasi kompozit plomba to‘ldirgichlar
tarkibida alohida shisha idishda bo‘ladi. Flyuorozni davolash va
profilaktika uchun suvdagi ftor miqdorini normaga olib kålish
kårak. Hozirgi kunda flyuorozni fotopolimårlar bilan davolanadi.
TISH MILKNI YORIB CHIQQANIDAN SO‘NG HOSIL
BO‘LGAN NUQSONLAR
Ushbu guruhga eroziya, ponasimon nuqson, patologik
yedirilish, tish jarohati kiradi.
Tish qattiq to‘qimalari eroziyasi
Xastalik tish emalida ba’zan emal va dentinda hosil bo‘ladi.
Tishning vestibulyar yuzasida bo‘yin qismiga yaqinroq oval,
yumaloq, noaniq shaklga ega bo‘lgan nuqson paydo bo‘ladi.
Eroziya faqat kurak, qoziq va premolyarlarda kuzatiladi.
Eroziya pastki kurak, yuqori va pastki molyar tishlarda
kuzatilmagan. Eroziya ikkitadan ortiq tishlarda uchraydi.
Bemorlar mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladigan keskin
og‘riqdan shikoyat qiladilar. Shu og‘riqlarni giðersteziya deyiladi.
Xastalikning boshlanish shaklida, emal eroziyasida emalning
rangi o‘zgarmaydi, u silliq, yaltiroqligicha turadi. Rivojlangan
shakllarida nuqson dentinni ham zararlaydi, och-sariq rang
ayrim hollarda to‘q rangga aylanadi. Klinik kechishiga ko‘ra ikkita
shakli farqlanadi: aktiv va stabil. Kasallikning aktiv shaklida
giðersteziya bilan kechuvchi nuqson paydo bo‘ladi. Stabil
shaklida nuqson sekin paydo bo‘ladi, bemor og‘riqlardan
shikoyat qilmaydi.
Solishtirma tashxis
Eroziyani aniqlashda solishtirma tashxis ponasimon nuqson
va yuza kariyes bilan o‘tkaziladi. Kariyesda nuqson tubi va cheti
g‘adir-budir, eroziyada esa aksi. Ponasimon nuqson «v»
shaklidagi nuqson shakli bilan ajralib turadi.
Davolash
Davolash kasallikning kechish shakliga bog‘liq. Kasallikning
boshlang‘ich bosqichida giðersteziya bartaraf qilinadi va
remineralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi. Nordon sharbatlar,
mevalar iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Kasallikning og‘ir
formalarida nuqson kompozit plomba xomashyolari bilan
plombalanadi.
Ponasimon nuqson
Tishlarning vestibulyar yuzasining bo‘yin qismida “V”
shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha
premolyarlarda kuzatiladi. Nuqson yuzasi silliq, yaltiroq, qattiq.
Kasallik sekin, ikkilamchi dentin hosil bo‘lishi bilan kechadi.
Shuning uchun bemor og‘riqlar haqida shikoyat qilmaydi.
Solishtirma tashxis
Ponasimon nuqsonni aniqlashda tish qattiq to‘qimalari
eroziyasi bilan solishtiriladi. Ponasimon nuqson nuqson
shakli, joylashish joyi, og‘riqli sezgilarning yo‘qligi bilan
ajraladi.
Davolash
Davolash kasallikning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida remineralizatsiya tera-
piyasi o‘tkaziladi. Agar nuqson 2 mm dan katta bo‘lsa, kompozit
plombalovchi xomashyolar yordamida plombalanadi.


42
43
Patologik yedirilish
Har qanday tish yoshga qarab sekin-asta yediriladi. Ushbu
yedirilishni fiziologik deyiladi. Lekin ayrim hollarda yedirilish
tez kechadi va bu yedirilishni patologik yedirilish deyiladi.
Patologik yedirilish anomaliyali prikuslarda, yomon odatlar
oqibatida, zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida, masalan,
havoda kislota parlari ko‘p bo‘lganida sodir bo‘ladi. Ayrim
hollarda patologik yedirilishda bemor giðersteziyadan shiko-
yat qiladi.
Davolash
Avvalambor, patologik yedirilishni keltirib chiqargan
sababchi faktor bartaraf etiladi. Giðersteziya davolanadi.
Ortoped stomatolog bilan maslahatlashgan holda prikus
balandligi tiklanadi.
Tish jarohati
Tish jarohatlari o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir jarohat
ta’sirida lat yeyishi, tishning chiqishi va sinishi kuzatiladi.
Lat yeyishda tishlarni jiðslashtirilganda va perkussiyada
og‘riydi. Palpatsiya biroz og‘riqli, ayniqsa tish ildizi sohasidagi
o‘tuv burma sohasida hamda tish qimirlashida kuzatiladi. Tish
toj qismining rangi o‘zgarib, pushti tusga kiradi. Ushbu hollarda
og‘riqsizlantiriladi, tish bo‘shlig‘i ochiladi, pulpa eksterpatsiya
qilinib, plombalanadi. Agar tish toj qismining rangi o‘zgar-
masa, pereodont reaksiyasini bartaraf qilish maqsadida tishga
bir necha kun “dam” beriladi. Ya’ni shu tishda ovqat luqmasi
uzib olinmaydi, chaynalmaydi.
Tishning chiqishi
Tishning chiqishi deb, uning alveola katagida bo‘shashishiga
aytiladi. Tishning chiqishi to‘la yoki chala bo‘ladi. Tish chiqishida
bemor tish holatining o‘zgarganligiga, og‘riqqa, qimirlab
qolganligiga shikoyat qiladi. Tashxis aniqlangan zahoti tishni
to‘g‘ri holatga keltirib, shinalash lozim. Agar pulpa zararlangan
bo‘lsa eksterpatsiya qilinadi va plombalanadi.
Tishning sinishi
Tishning sinishi uning toj qismida yoki ildiz qismida sodir
bo‘lishi mumkin. Toj qismining sinishi tish bo‘shlig‘ining
berkligi yoki ochiqligi bilan kuzatilishi mumkin. Tishning toj
qismining sinishi tish bo‘shlig‘ining yopiqligi bilan sodir bo‘lsa
tishni plomba yordamida tiklanadi. Sinish tish bo‘shlig‘ining
ochilishi bilan sodir bo‘lsa og‘riqsizlantirib, pulpa eksterpatsiya
qilinadi va plombalanadi.
KARIYES
Kariyes lotin tilida “chirish” degan ma’noni anglatadi.
Kariyes murakkab patologik jarayon bo‘lib, bunda tish to‘qi-
malari tez yoki sekin yåmiriladi va tishda zararlangan bo‘shliq –
kovak hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda kariyesning kelib chiqishi
haqida bir necha yuz nazariyalar bor. Kariyesning uch xil
tasnifi mavjud: anatomik, topografik va klinik. Anatomik tasnifga
asosan, emal kariyesi, dentin kariyesi, sement kariyesi
farqlanadi. Topografik tasnif xastalik chuqurligiga asoslangan:
dog‘ shaklidagi kariyes, yuza kariyes, o‘rta kariyes, chuqur
kariyes. Klinik kechishi bo‘yicha o‘tkir va surunkali bo‘ladi.
Shuning uchun ushbu tasnifdan foydalaniladi.
Kariyes kovaklari Blek tasnifiga asosan V ta sinfga bo‘linadi.
I sinfga kichik va katta oziq tishlarning fissuralari, tabiiy izlarda
joylashgan kariyes kovaklari kiradi. II sinfga premolyar va
molyarlarning kontakt yuzalarda joylashgan kariyes kovaklari
kiradi. III sinfga qoziq va kesuv tishlarning kontakt yuzalarida
kariyes kovagi joylashgan bo‘lib, kesuv qirraning butunligi
saqlangan bo‘ladi (9-rasm). IV sinfda kariyes kovagi qoziq va
kesuv tishlarning kontakt yuzasida joylashgan bo‘lib, kesuv
qirra burchagining butunligi buzilgan bo‘ladi. V sinfga tishlarning
vestibulyar va oral yuzalarining bo‘yin qismida joylashgan
kariyes kovaklari kiradi.


44
45
9-rasm. Blek bo‘yicha kariyes kovaklari tasnifi: 
a–I sinf, b–II sinf,
v–III sinf, g–IV sinf, d–V sinf.
Dog‘ shaklidagi kariyes
Aksariyat holatlarda bemor kasallikni sezmaydi. Tishda
bo‘rsimon yoki sarg‘ish dog‘ hosil bo‘ladi. Zondlaganda ushbu
yuza tekis, og‘riqsiz. Metilen ko‘k sinamasida dog‘ ko‘k rangga
bo‘yaladi. Dog‘ shaklidagi kariyes flyuroz va giðoplaziya bilan
solishtirma tashxis o‘tkaziladi.
Yuza kariyes
Yuza kariyes hosil bo‘lgan dog‘ kariyes o‘rnida destruktiv
o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bemor ximik ta’sirlar
shirin, sho‘r, nordondan hosil bo‘ladigan qisqa muddatli
og‘riqqa shikoyat qiladilar. Ko‘rik o‘tkazib zondlaganda kichik
nuqson aniqlanadi. Nuqson faqat emal qavatida joylashadi.
Elektr sezuvchanlik 2–6 mkA ga teng. Yuza kariyesni aniqlashda
giðoplaziya, tish eroziyasi, ponasimon nuqson bilan solish-
tirma tashxis o‘tkaziladi.
O‘rta kariyes
O‘rta kariyesda nuqson emal – dentin chegarasidan o‘tadi.
Aksariyat hollarda bemor og‘riq sezmaydi. Kamdan-kam
hollarda bemor termik, mexanik, ximik ta’sirlardan paydo
bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riqqa shikoyat qiladi. Ko‘rik
o‘tkazib, zondlaganda o‘rtacha chuqurlikka ega bo‘lgan kariyes
kovagi aniqlanadi. Kariyes kovagi tubida yumshagan dentin
borligi uchun g‘adir-budir. O‘rta kariyesni aniqlashda ponasimon
nuqson, eroziya, surunkali periodontit bilan solishtirma tashxis
o‘tkaziladi. Giðoplaziya, eroziya, ponasimon nuqson belgilari
yuqorida bayon etilgan. Surunkali periodontit bilan solishtirma
tashxis o‘tkazilganda quyidagilarga e’tibor beriladi. O‘rta
kariyesni chaxlaganda sezuvchanlik emal dåntin chågarasida
mavjud. Surunkali periodontitda esa sezuvchanlik yo‘q. Elektr
sezuvchanlik o‘rta kariyesda 2–6 mkA ga, pereodontitda esa
100 mkA ga teng.
Chuqur kariyes
Chuqur kariyes uchun hamma turdagi ta’sirlardan hosil
bo‘ladigan qisqa muddatli og‘riq xosdir. Og‘riq ta’sir etuvchi
muolaja qilingandan so‘ng to‘xtaydi. Ko‘rik o‘tkazilib,
yumshagan dentin bo‘lgan chuqur kariyes kovagi borligi
aniqlanadi. Zondlanganda kariyes kovak tubi og‘riqli elektr
sezuvchanlik 2–6 mkA ga teng, lekin ayrim hollarda 10–12 mkA
ga teng bo‘ladi. Chuqur kariyesni aniqlashda o‘rta kariyes,
o‘tkir, qisman pulpit va surunkali fibroz pulpit bilan solishtirma
tashxis o‘tkaziladi. O‘rta kariyes ta’sirdan hosil bo‘lgan og‘riq
hamda kovakning chuqurligi bilan farqlanadi. Pulpitlardan
og‘riqning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi, og‘riqning davomiyligi
bilan farqlanadi. Pulpitlarda elektr sezuvchanlik 15–20 mkA
ga teng (10-rasm).
a)
b)
v)
d)
g)
10-rasm. Kariyås bosqichlari:
a–kariyås dog‘ shaklida, b–yuza kariyås,
v–o‘rta kariyås, g–chuqur kariyås.


46
47
Kariyeslarni davolash
Kariyesni davolash mahalliy va umumiy xarakterga ega.
Umumiy xarakterga ega bo‘lgan davolash tadbirlari odam
organizmining himoya kuchlarini, to‘qimalar rezistentligini
oshirishga qaratilgan. Shu maqsadda bemorga B, D, YE
vitaminlar hamda mineral komponentlar tavsiya etiladi.
Masalan, glyukonat kalsiy, fitin.
Mahalliy davo to‘qimalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga
bog‘liq. Dog‘ shaklidagi kariyesda to‘qimalar chaxlanmaydi va
dog‘ hosil bo‘lgan demineralizatsiya bo‘lgan sohaga yo‘qotilgan
mineral komponentlar kiritiladi. Buning uchun reminerali-
zatsiyalovchi eritmalar qo‘llaniladi va aplikatsiya qilinadi. Ushbu
eritmalarning asosiy komponentini kalsiy, fosfor, ftor tashkil
etadi. Remineralizatsiya terapiyasining effektivligini metilen ko‘k
sinamasini o‘tkazib aniqlanadi. Tarkibida ftor saqlovchi tish
pastalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tishda kariyes kovagi bo‘lgan tishlarni davolash uchun
patologik o‘zgarish bo‘lgan to‘qimalarni olib tashlash kerak.
Faqatgina ayrim hollarda yuza kariyesni chaxlanmaydi, ya’ni
u tekis yuzada joylashgan bo‘lsa. Shunday hollarda yuza kariyesni
olmosli silindr shaklidagi bor yordamida silliqlanadi va
remineralizatsiya terapiyasi o‘tkaziladi yoki kompozit
plombalovchi xomashyo bilan plombalanadi.
O‘rta kariyesni davolashda kariyes kovagini chaxlab, shakl-
lantirib, quritib, avval taglik, so‘ng doimiy plomba qo‘yiladi.
Chuqur kariyesni davolashda kariyes kovagining mikro-
florasini zararsizlantirish pulpaning yallig‘lanishini oldini
olish maqsadida davolovchi malham qo‘yiladi. Davolovchi
malham sifatida tarkibida gidrookisid kalsiy bo‘lgan pastalardan
foydalaniladi: kalmisin, “Dentsply” firmasining dukal pastasi,
“Kårr” firmasining “Lifå” pastasi, “Voko” firmasining
“Kalkimol” pastasi va kalsåvitdan foydalaniladi. Davolovchi
malhamdan so‘ng, ajratuvchi suvli dentin, fosfat sementli
taglik, so‘ng doimiy plomba bilan tiklanadi.
Yuza, o‘rta va chuqur kariyeslarda albatta patologik
o‘zgargan to‘qimalarni olib tashlash kerak bo‘ladi. Buning
uchun tish chaxlanadi. Chaxlash tish turkumiga, kariyes
kovagining joylashishiga bog‘liq.
Tishni chaxlash kariyesni davolashning asosiy bosqichlari-
dan hisoblanadi. Kariyes kovagining sinfidan qat’i nazar, chaxlash
va kariyes kovagini shakllantirish quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Zarur bo‘lsa og‘riqsizlantirish.
2. Kariyes kovagini ochish.
3. Kariyes kovagini kengaytirish va nåkrotomiya qilish
(yumshagan va pigmentlangan dentinni olib tashlash).
4. Kovakni shakllantirish.
Kariyes kovagini chaxlashda patologik o‘zgargan to‘qima-
larni olib tashlash, sog‘lom to‘qimalarni asrash prinsiðiga
asoslanish lozim.
Kariyes kovagi shakllantirilgandan so‘ng, tishning anatomik
shakli va funksional holatini tiklash maqsadida plombalanadi.
Plombalash kovakni tayyorlash va plombalash bosqich-
lardan iborat:
1. Plombalash uchun kerak bo‘lgan asboblarni tayyorlash.
2. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash.
3. Plombalanadigan kovakni so‘lakdan himoya qilish.
4. Kovakni quritish.
5. Kovak kontakt yuzada bo‘lsa ajratuvchi matritsa qo‘yish.
6. Plombalovchi xomashyoni tayyorlash.
7. Kovakni qayta quritish.
8. Taglik qo‘yish.
9. Plombalovchi xomashyoni kovakka kiritish.
10. Plombani shakllantirish, silliqlash va sayqal bårish.
11. Plombani so‘lakdan izolatsiya qilish.
Kariyesni davolashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
xato va asoratlar, ularni bartaraf etish
Kariyesni davolashda asoratlar ko‘pincha kariyes davolab
bo‘linib, ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng kelib chiqadi. Ular
quyidagilar:
1. Tashxis aniqlashdagi xatolik. Doimiy plomba qo‘yil-
ganidan so‘ng o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi tungi og‘riqlar
yoki termik ta’sirdan hosil bo‘luvchi davomli og‘riq.
2. Kariyes kovagini chaxlashda tish bo‘shlig‘ini ehtiyotsizlik
oqibatida ochilishi. Bunda keskin kuchli og‘riq paydo bo‘ladi.
Ko‘rik o‘tkazilganda tishning kariyes kovagida qonli nuqta paydo
bo‘ladi.


48
49
3. Tishning kontakt yuzasini plombalashda matritsadan foyda-
lanmaslik natijasida ortiqcha plomba milk so‘rg‘ichini ezib qo‘yishi.
4. Tishlarni plombalashda kontakt nuqta yo‘q bo‘lib,
tishlarning orasi yoriq bilan ochilib qolishi natijasida milk
so‘rg‘ichi yallig‘lanib, bemorni bezovta qiladi.
5. Plombalovchi xomashyoning toksin ta’siri natijasida
pulpaning nekrozi.
6. Plombalashda prikusni ko‘tarib qo‘yish.
7. Kariyås kovagiga ishlov bårishda qilingan xato oqibatida
pulpaning kuyishi.
8. Shakllantirilgan kovakka spirt va efir bilan ishlov bårish-
dagi xatolik oqibatida toksik pulpa.
VI BOB.
PULPITLAR
Pulpit – pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi.
Pulpitning tasnifi juda ko‘p. Moskva Davlat tibbiyot
stomatologiya univårsitåti taklif etgan tasnif:
I. O‘tkir pulpitlar: a) qisman, b) umumiy;
II. Surunkali pulpitlar: a) fibroz, b) gangrenoz; d) giðer-
trofik, å) surunkali pulpit xuruji;
III. Pulpani qisman yoki to‘liq olib tashlangandan so‘nggi holat.
O‘TKIR PULPITLAR
O‘tkir qisman pulpit
O‘tkir qisman pulpitda bemor qisqa muddatli, xurujsimon
termik ta’sirdan zo‘rayadigan og‘riqdan shikoyat qiladi.
Og‘riqlar orasidagi oraliq davomli. Tunda og‘riq zo‘rayadi.
Og‘riq måxanik, ximik va tårmik ta’sirdan zo‘rayadi.Tashqi
ko‘rik o‘zgarishsiz. Og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rik o‘tkazilganda chuqur
kariyes kovagi borligi, zondlaganda kovak tubi og‘riqliligi
aniqlanadi. Sovuq va issiq ta’sirdan hosil bo‘lgan og‘riq, ta’sirni
olingandan so‘ng ham to‘xtamaydi va og‘riq 10–20 daqiqa
davom etadi. Pulpaning elektr sezuvchanligi pasaygan.
O‘tkir umumiy pulpit
O‘tkir umumiy pulpitda bemor o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi
davomli, xurujsimon og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riq orasidagi
oraliq qisqargan. Og‘riq uchlamchi asab shoxlari bo‘yicha
uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniqlay
olmaydi. Termometriya iliqdan og‘riqli, sovuq ta’sirdan og‘riq-
ning susayishi kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi
tishning hamma do‘mboqlarida pasaygan. Perkussiyada ayrim
hollarda og‘riqli. Tunda og‘riq zo‘rayadi.
SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit
Kasallik anamnezini aniqlanganda bezovta qilayotgan tish
avval o‘tkir pulpitga xos bo‘lgan og‘riq bilan bezovta qilganligi
ma’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riq mexanik va
termik ta’sirlarda hosil bo‘ladi. Zondlanganda chuqur kariyes
kovagi borligi, kariyes kovagi tish bo‘shlig‘i bilan tutashganligi
natijasida aniq zondlanganda shu nuqta og‘riqli bo‘lib qonaydi.
Termometriya sovuq taassurotdan og‘riqli. Elektroodontodiag-
nostika tekshiruv usuli o‘tkazilganda pulpaning sezuvchanligi
20–40 mkA ga teng. Rentgenologik tekshiruvda ildiz uchida
suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
Surunkali gangrenoz pulpit
Surunkali gangrenoz pulpit o‘tkir pulpit va uzoq davom
etgan surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Bemor
termik ta’sirdan, issiq ovqat yeganda hosil bo‘lgan og‘riqdan
shikoyat qiladi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘luvchi og‘riqlar bo‘lmaydi.
Og‘izdan noxush hid keladi. Zondlanganda kariyes bo‘shlig‘i
tish bo‘shlig‘i bilan tutashganligi aniqlanadi. Zondlanganda
og‘riq turli chuqurlikda hosil bo‘ladi, bu esa gangrenoz
protsessning qay darajada tarqalganligiga bog‘liq. Pulpaning
elektr sezuvchanligi pasaygan va u 40–90 mkA ga teng. Rentgeno-
grammada ildiz uchi to‘qimalarida so‘rilish kuzatiladi.
Surunkali giðertrofik pulpit
Bu kasallik surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi.
O‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi og‘riqlar bo‘lmaydi. Ba’zida qisqa
muddatli og‘riq mexanik ta’sirdan va ayrim holatlarda issiq
ovqatdan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Bemorlar mexanik
ta’sir natijasida tishidan o‘sgan to‘qimaning qonashiga shikoyat
qiladilar. Tishning toj qismi birmuncha yemirilgan, kariyes
kovagidan o‘sib chiqqan granulyatsiyali o‘sma ko‘rinib turadi


50
51
va zondlanganda qonaydi. Agar zondni chuqurroq kirgazsak,
og‘riqli reaksiya hosil bo‘ladi.
Surunkali pulpit õuruji
Bemor o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi xurujsimon og‘riqqa
shikoyat qiladi. Og‘riq kuchli bo‘lib, uchlamchi asab shoxlari
bo‘yicha irradiatsiya qilinadi. Ayrim holatlarda og‘riq simillovchi
bo‘lib, tishlaganda zo‘rayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda, tish
avval pulpitlarning biror-bir turi bilan og‘rigani aniqlanadi.
Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Pulpaning elektr
sezuvchanligi pasaygan. Rentgenogrammada tishning ildiz
uchida periodontal yoriqning kengaygani va suyak to‘qimasining
so‘rilishi kuzatiladi.
PULPITLARNI DAVOLASH
Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maqsad, tishning
anatomik va funksional holatini tiklash.
Biologik usulda davolash
Davolashning bu usuli tish pulpasining to‘liq saqlanishini
va hayotiy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. Quyidagi
hollarda bu usul bilan davolash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. O‘rta va chuqur kariyes kovagini
chaxlash paytida bilmagan holda
qo‘qqisdan pulpa to‘qimasiga jarohat
yetkazilganda yoki u ochilib qolganda;
2. Shakllangan va shakllanmagan
tishlarda kechadigan qisman o‘tkir
(chegaralangan) pulpitda;
3. Ildizi shakllanmagan bir ildizli
doimiy tishlarda, qisman pulpitda;
4. Sut va doimiy tishlarda kechadi-
gan surunkali pulpitda. Agar periodont
to‘qimasida o‘zgarishlar yuz bermagan
va kariyes kovagi Blek bo‘yicha I sinfga
taalluqli bo‘lgandagina.
Davolash texnikasi klinik belgilarga
qarab o‘ziga xos bo‘lishi mumkin.
Tish kariyes kovagi chaxlanayotgan paytda qo‘qqisdan pulpa
bo‘shlig‘i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes
kovagiga so‘lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan
kovakni biror iliq antiseptik vosita bilan yuvib quritib,
jarohatlangan sohaga kalsin yoki kalmitsin pastasidan surtiladi.
Kariyes kovagi suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi.
Jarohatlangan tish 5–7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa,
ikkinchi qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan
almashtiriladi (chuqur kariyes davosiga qaralsin).
O‘tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi
birmuncha kengaytirib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq
dentin 3–4%li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin
kristallari yordamida 2–3 minut mobaynida og‘riqsizlantiriladi.
Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan
jarohatlangan dentin to‘qimasi qavatma-qavat ko‘chiriladi.
Tish koronka bo‘shlig‘i kichik sharsimon bor yordamida
ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy o‘tkir diffuz
pulpitda yallig‘langan pulpa kovagida yig‘ilgan ekssudatning
oqib chiqishini va bir qadar pulpa to‘qimasida (qo‘yilgan
davolovchi plomba ta’sirida) tiklanish jarayonlarini ta’minlaydi.
Qisman (chegaralangan) o‘tkir pulpitda koronka bo‘shlig‘ini
ataylab ochish shart emas. Yallig‘lanish natijasida hosil bo‘lgan
pulpa bo‘shlig‘idagi ekssudat shakllanmagan bo‘lib, anchagina
keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mumkin.
Yupqa dentin qavati dentin yo‘llari orqali kovakka qo‘yilgan
dori diffuz yo‘li bilan yallig‘langan pulpaga bemalol o‘tib,
ta’sir ko‘rsatadi (11-rasm).
Vital amputatsiya usuli
Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib tashlash va ildiz
qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan.Ushbu usulda
davolash uchun ko‘rsatmalar:
1. Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan,
oldingi guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
2. O‘tkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa
ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida);
3. Sut tishlarining yassi kechadigan o‘rta va chuqur kariyesida
(qachonki, kovaklarni plombalash uchun boshqa sharoit bo‘l-
magan taqdirda).
11-rasm. Pulpitlarni
biologik usulda davolash.
1–pulpa, 2–davolovchi
taglik, 3–dåntin,
4–ajratuvchi taglik,
5–plomba.


52
53
PULPITLARNI VITAL AMPUTATSIYA USULIDA DAVOLASH
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Borlarni tåz-tåz almashtirib, kariyås kovagidagi nåkrozga
uchragan to‘qimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;
3. Kariyås kovagini antisåptik eritmalar bilan yuvib quritish;
4. Stårillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va
toj qismidagi pulpani amputatsiya qilish;
5. Qonni to‘xtatish;
6. Pulpa bo‘shlig‘ini tub qatlamiga kalsåvit yoki kalmitsin
qo‘yib, ståril paxta ustidan 5–7 kunga suvli dåntin bilan bårkitish;
7. 5–7 kun ichida båzovta qilmasa, doimiy plombaga
almashtirish.
Divital eksternatsiya usuli
Divital eksternatsiya usulida davolash uchun bemor ikki
marta keladi. Ko‘rsatma: o‘tkir umumiy pulpit, surunkali
pulpitlar, surunkali pulpit xuruji.
Qarshi ko‘rsatmalar: a) Ildizi shakllanmagan tishlar; b) Ildizi
so‘rilgan sut tishlar; e) Ildiz kanali yomon o‘tuvchi premolyar
va molyar tishlar.
Pulpani to‘liq olib tashlash nekroz qiluvchi pastalar
(mishyakli pasta) qo‘yilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Divital
eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kichik o‘lchamli sharsimon yoki teskari konus shaklli
bor yordamida tish bo‘shlig‘ini bir nuqtada ochish;
3. Tish bo‘shlig‘ining ochilgan, qonayotgan nuqtasiga
mishyak pastasi, og‘riqsizlantiruvchi suyuqlikka ho‘llangan
paxta tamponi qo‘yish. So‘ng suvli dentin bilan berkitish.
Nekroz qiluvchi pasta bir ildizli tishlarda 24 soatga, ko‘pildizli
tishlarda 48 soatga qoldiriladi. Surunkali giðertrofik pulpitda
nekroz qiluvchi pastani 1,5–2 marta oshirish lozim;
4. Kariyes kovagini chaxlash orqali tish bo‘shlig‘ini ochish;
5. Nekroz bo‘lgan pulpani olib tashlash. Toj qismidagi
pulpani bor mashina yordamida, ildiz qismidagi pulpani
pulpekstraktor yordamida olib tashlash;
6. Ildiz kanaliga mexanik va dori-darmon bilan ishlov berish.
Ildiz kanaliga mexanik ishlov berishdan maqsad, uni yaxshi
o‘tuvchi qilib to‘liq plombalanishi uchun sharoit yaratish.
Buning uchun drelbordan foydalaniladi. 3% li vodorod perikis
eritmasi, 1% li xloramin eritmasi bilan dorili ishlov berish;
7. Ildiz kanalini plombalash. Ildiz kanali uchun plomba-
lovchi xomashyolar uch guruhga bo‘linadi: qotmaydigan,
qotadigan va qattiq (shtiftlar). Ildiz kanalini plombalash uchun
ildiz ignasi va kanalto‘ldirgichdan foydalaniladi. Ildiz kanali
to‘liq plombalanishi shart va uni rentgenogramma yordamida
tekshirish kerak;
8. Doimiy plomba qo‘yilib, tishning anatomik shakli
tiklanadi. Hozirgi vaqtda ushbu usul kam qo‘llaniladi.
Vital eksternatsiya usuli
Vital eksternatsiya usuli bilan davolanganda bemor bir
marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vositalardan foydala-
nilmaydi. Vital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan
iborat:
1. Og‘riqsizlantirish. Buning uchun uzatuvchi va infiltratsiya
usullaridan foydalaniladi;
2. Kariyes kovagini chaxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Toj qismidagi va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash;
4. Ildiz kanaliga mexanik va dorili ishlov berish;
5. Ildiz kanalini plombalash;
6. Doimiy plomba qo‘yish.
Hozirda pulpitlarni davolashda vital ekstråpatsiya usulidan
kång foydalaniladi.
Divital amputatsiya usuli
Bu usulni qo‘llash uchun ko‘rsatma: o‘tkir umumiy pulpit,
surunkali pulpitlar. Bu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Og‘riqsizlantirish;
2. Kariyes kovagini chaxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
3. Toj qismidagi pulpani olib tashlash;
4. Ildiz qismidagi pulpani mumlash. Buning uchun
rezorsinformalin eritmasini ildiz kanallariga yuborish va
plombalash.


54
55
Pulpitlarni davolash jarayonida vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan asoratlar va ularni bartaraf etish
1. Davolashning biologik usulini qo‘llaganda obyektiv va
subyektiv sabablarni to‘la va aniq hisobga olmaslik natijasida
yallig‘lanishga qarshi dori-darmonlar noto‘g‘ri tanlanganda,
ovqat chaynayotgan mahalda yoki kechqurun tishda og‘riq
paydo bo‘lishi mumkin. Bunda shakllanmagan ildizli tishlarni
qayta og‘riqsizlantirib, amputatsiya usulini, katta oziq sut
tishlarida jonsizlantirish yo‘li bilan amputatsiya usulini,
shakllangan ildizli tishlarda to‘liq eksterpatsiya usulini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.
2. Davolashning og‘riqsizlantirish (amputatsiya yoki
ekstirpatsiya) usullari qo‘llanilganda tishda kuchli og‘riq paydo
bo‘lishi mumkin. Bunga og‘riqsizlantirish texnikasining buzilishi
yoki tanlangan og‘riqsizlantiruvchi vositaning kuchsizligi sabab
bo‘ladi. Bunday hollarda qo‘shimcha ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
pulpa to‘qimasiga BI-8 uskunasi yordamida bosim ostida anestetik
purkash yaxshi natija beradi.
3. Davolashning jonsizlantirish (divitalizatsiya) usuli
qo‘llanilganda tishda og‘riq paydo bo‘ladi. Bunga arsenat kislotasi
ustidan og‘riqsizlantiruvchi vositaga ho‘llangan tampon
qo‘yilmasligi yoki arsenat kislotasi ustiga qo‘yilgan vaqtinchalik
plombaning pulpa to‘qimasiga kuchli bosim ko‘rsatishi sabab
bo‘ladi. Bunda og‘riq kuchayadi va bolaning ota-onasi uni
yana shifokor huzuriga qayta olib kelishga majbur bo‘ladi. Bu
holda vaqtinchalik plomba olib tashlanadi, yangidan arsenat
kislota qo‘yilib, ustidan og‘riqsizlantiruvchi vosita shimdirilgan
g‘ovak paxta tampon qo‘yiladi, ohistalik bilan suvli dentin
pastadan tayyorlangan vaqtincha plomba bilan kovak berkitiladi.
Agar jonsizlantiruvchi vosita qo‘yilgandan keyin 1–3 kun
o‘tib tishda ovqat chaynash paytida og‘riq sezilsa, bunga arsenat
kislotasining ortiqcha miqdorda qo‘yilganligi yoki bo‘lmasa
ko‘rsatilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida
ushlanib turilganligi sabab bo‘ladi. Bu noxush vaziyatni
bartaraf etish uchun shakllangan ildizli tishlarda ekstirpatsiya,
shakllanmagan tishlarda chuqur amputatsiya usullaridan
foydalanib, tish pulpasi to‘liq yoki qisman olib tashlanadi.
Ildiz kanalining kirish qismiga unitol yoki qalampirmunchoq
moyiga shimdirilgan paxta tampon qo‘yilib, tish kovagi
vaqtinchalik plomba yordamida 4–6 kuncha berkitiladi. Shu
vaqt mobaynida tishdagi og‘riq pasayib, to‘xtaydi va davo
tadbiri oxiriga yetkaziladi.
Ba’zan arsenat kislotasi ta’sirida to‘liq jonsizlantirilmagan
pulpa amputatsiyasidan keyin mumiyolashtirish uchun
qo‘yilgan rezorsin, formalin suyuqligi ta’sirida ham kuchli
og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Uni bartaraf etish uchun
vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish qismiga qo‘yilgan
fenol yoki boshqa bir kimyoviy eritmaga ho‘llangan tampon
vositasida ildiz pulpasi kuydiriladi (koagulyatsiya). So‘ngra
kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o‘rniga yana rezorsin formalinli
tampon qo‘yilib, kovak 2–3 kunga berkitiladi. Yallig‘langan
tish pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli
qo‘llanilayotgan paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi
natijasida kuchli qon oqishi mumkin. Bunday hollarda kanalga
2–3 pulpa ekstraktor birga kiritilib, ildiz pulpasi to‘liq olib
tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi shimdirilgan paxta
turunda 1–2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik plomba bilan
berkitiladi. Ana shu muddat o‘tgandan keyin qon oqishi
to‘xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi.
Pulpitlarni davolagandan so‘ng sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan asoratlar
Yallig‘lanish tish pulpasiga og‘riqsizlantirish yo‘li bilan
davo qilinganda uning tish kanalida qolgan qismining mikroblar
ta’sirida parchalanishi yoki davolash usuli noto‘g‘ri tanlanishi
natijasida, doimiy plomba qo‘yilgandan keyin surunkali,
kuchsiz, ovqat chaynash paytida kuchayuvchi og‘riqlar paydo
bo‘lishi mumkin. Kasallangan og‘riq tish sohasi ko‘zdan
kechirilganda, tish atrofi yumshoq to‘qimalarida qizarish,
yengil shishni ko‘rish mumkin. Jag‘ osti sohasi paypaslanganda
limfa tugunlarida o‘zgarish seziladi.
Bunday hollarda doimiy plomba olib tashlanib, tish ildizi
qoldiq pulpa to‘qimasidan holi qilinadi, tozalanadi va ma’lum
bir muddatga ochiq qoldiriladi. Kasalga ichish uchun mik-
roblarga va yallig‘lanish jarayoniga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi
dori-darmonlar tavsiya etiladi.


56
57
Yallig‘lanishga qarshi pulpani jonsizlantirish usuli, ayniqsa
amputatsiya usuli qo‘llangan ba’zi bir holatlarda plombalangan
tishda issiq, sovuqdan, ba’zan ovqat chaynash paytida og‘riq
seziladi. Tish atrofi yumshoq to‘qimasida shish paydo bo‘lishi
mumkin. Yuqorida qayd qilingan belgilar tish ildizidagi qoldiq
pulpaning surunkali yallig‘lanishidan va parchalanishidan
dalolat beradi. Bunday hollarda tish davolangandan ma’lum
muddat o‘tgandan keyin, sut tishlari ildiz sathida rentgen
tasvirida yallig‘lanuvchi kista, ildizlarning patologik yemirilishi,
atrof suyak to‘qimasida so‘rilish manzaralari aniqlanadi.
Yuqoridagi vaziyatlar vujudga kelgudek bo‘lsa: 1) og‘riq-
larda boshqatdan ekstirpatsiya usulini qo‘llash; 2) ildiz va suyak
to‘qimalari destruksiyasida – sut tishini oldirib tashlash; 3) kista
hosil bo‘lganda – sut tishni olib tashlab, sistotomiya qilish
maqsadga muvofiqdir.
VII BOB.
PERIODONTIT KASALLIKLARI
PERIODONTITLAR TASNIFI
Periodontitlarning kelib chiqishiga ko‘ra infeksiyali, jarohatli
va kimyoviy turlari farqlanadi.
Infeksiyali periodontitning kelib chiqishida, streptokokk
mikroblari asosiy o‘rin tutadi. Mikroblar va chirigan pulpa
toksinlari ildiz kanali yoki milk cho‘ntagi orqali periodontal
yoriqqa kelib tushadi. Kamdan-kam hollarda infeksiya qon va
limfa orqali kelib tushadi (griðp, tif va boshqalar).
Shikastlanish jarayonida hosil bo‘lgan periodontit tishga
bir zumli shikast (zarb) va bir necha bor ta’sir etuvchi mikro-
shikastlar (prikusni ko‘taruvchi plomba, qoplama), zararli
odatlar (qalamni tish qatorida ushlash, tishlarda mix ushlash)
ta’sirida kelib chiqadi.
Kimyoviy ta’sirdan kelib chiquvchi periodontit mishyak pasta,
formalin, fenollar ta’sirida kelib chiqadi. Kasallikning klinik
kechishiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali periodontitlar farqlanadi.
Yallig‘lanishning joylashishiga ko‘ra, ildiz uchi – apikal
va ildiz chåtkilarga bo‘linadi.
O‘tkir periodontitlar ekssudatiga qarab o‘tkir seroz va
o‘tkir yiringligiga bo‘linadi. Surunkali ildiz uchi periodontitlari
periodont to‘qimasini zararlanish xarakteri va darajasiga ko‘ra,
quyidagilarga bo‘linadi:
1. Surunkali fibroz;
2. Surunkali granulyatsiyalovchi periodontit;
3. Surunkali granulematoz periodontit.
Surunkali periodontitlar noxush tashqi muhit ta’sirida
o‘tkirlashishi kuzatiladi. Shunga asoslangan holda, surunkali
periodontit xuruji ham farqlanadi.
O‘tkir ildiz uchi periodontiti. Bemor keskin, doimiy chega-
ralangan og‘riqqa shikoyat qiladi. Og‘riqlarning kuchi qizarish
darajasiga, shishning hajmiga va eksudatga bog‘liq. Kasallikning
boshlanishida og‘riqlar sust, simillovchi bo‘lib, sababchi tish
atrofida bo‘ladi. So‘ng og‘riqlar kuchli irradiatsiyalovchiga
aylanadi. Ko‘pchilik mualliflarning fikriga ko‘ra, eksudatning
yiringli formasiga o‘tganligidan dalolat beradi. Ildiz uchidagi
o‘tkir zaharlanish 2–3 kundan 2 haftagacha davom etadi.
O‘tkir periodontitni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish
mumkin.
Birinchi bosqich: pulpitni o‘z vaqtida davolanmaganligi
yoki xato davolash oqibatida kelib chiqadi. Bu bosqich uchun
davomli, simillovchi og‘riqlar xarakterli. Ayrim hollarda
sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar paydo bo‘ladi.
Sababchi tish atrofidagi milkning holati o‘zgarmagan. Vertikal
perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda eksudatlanish jarayoni ortadi. Og‘riqlar
doimiy bo‘lib, sekin-asta kuchayib boradi. Sababchi tishga
tishlanganda og‘riq zo‘rayadi, hatto tilning tegib ketishi ham
og‘riqni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli. Tish xuddi
o‘sib qolganga o‘xshaydi, qimirlab qoladi. Tish atrofidagi milk
qizargan, shishgan, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi
og‘riqli. Pulpa nekrozga uchragani uchun tish termik
ta’sirlardan, elektr ta’sirlardan ta’sirlanmaydi.
Ayrim hollarda jag‘ atrofi to‘qimalarida shish kuzatiladi.
Infiltrat yoki yiringlash hisobiga o‘tuv burma silliqlashgan. Bu
holda perkussiya kuchsiz og‘riqli bo‘lib, palpatsiya keskin
og‘riqli bo‘ladi. Palpatsiyada flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin.
Yiringli ekssudatning yorib chiqishi natijasida milk va yuz
shishlari kichrayadi, og‘riqlar susayadi.


58
59
SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali fibroz periodontit
Surunkali fibroz periodontit klinik belgilarsiz kechadi. Bemor
og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina kariyes kovagi borligiga, unga
ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘izdan noxush hid kelishiga
shikoyat qilishi mumkin. Surunkali fibroz periodontit avval
davolangan pulpit, travmatik artikulyatsiya oqibatida kelib chiqishi
mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, tish
atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq,
og‘riqsiz. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgenogramma
asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada ildiz uchidagi periodontal
yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniqlanadi (12-rasm). Suyak
to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.
Surunkali granulematoz periodontit
Surunkali granulematoz periodontitda ko‘pincha og‘riq
bo‘lmaydi, lekin o‘qtin-o‘qtin yallig‘lanish jarayonining
o‘tkirlashuvi sodir bo‘ladi. Tish ildiz uchi atrofidagi shilliq
parda o‘zgarishsiz, ayrim hollarda ozgina qizargan. Tish
qimirlamaydi. Perkussiya, palpatsiya, zondlash og‘riqsiz.
Tashxis rentgenogramma asosida aniqlanadi. Rentgenogrammada
ildiz uchida suyak to‘qimasining 0,5 mm dan kichik, tekis,
aniq chegaralangan so‘rilishi kuzatiladi. Agar ildiz uchidagi
granulemaning hajmi 0,5 mm dan 0,8 mm gacha bo‘lsa, kistadan
dalolat beradi (14,15-rasmlar).
Surunkali granulyatsiyalovchi periodontit
Periodontitning bu turida bemor sababchi tish atrofida
yoqimsiz sezgi, qichishish, tishga bosganda kuchsiz og‘riq sezishi
mumkin. Og‘riqli sezgilar doimiy emas. Sababchi tish atrofidagi
milk qizarib, shishadi va yiringli eksudatli oqma natijasida
granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Tishning toj qismining rangi
o‘zgargan, perkussiya og‘riqsiz yoki kuchsiz og‘riqli. Zondlanganda
tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Tish atrofi palpatsiyasi og‘riqli.
Rentgenogrammada ildiz uchida suyak to‘qimasining notekis
so‘rilishi kuzatiladi. Ayrim hollarda surunkali granulyatsiyalovchi
periodontit surunkali fibrozga aylanadi (13-rasm).
12-rasm. Surunkali
fibroz påriodontit.
13-rasm. Surunkali
granulyatsiyalovchi
påriodontit.
Surunkali periodontitning yallig‘lanishi
Kasallikning klinik ko‘rinishi o‘tkir periodontitga o‘xshaydi.
Rentgenogrammada surunkali periodontitning biror turi aniqlanadi.
Davolash
O‘tkir periodontitni davolash usuli nafaqat kasallikning
klinik kechishiga, balki kasallikni keltirib chiqargan sababga
ham bog‘liq.
O‘tkir periodontit kimyoviy ta’sir oqibatida kelib chiqqan
bo‘lsa, koronka va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash lozim.
O‘tkir periodontit ildiz kanaliga kislota, ishqor, kuchli
antiseptiklarni kiritish oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, ildiz
15-rasm. Ildiz uchi kistasi.
14-rasm. Surunkali
granulamatoz påriodontit.


60
61
kanaliga teskari ta’sir etuvchi moddalar bilan ishlov berish
kerak bo‘ladi. Ildiz kanaliga 3% li perikis vodorod, 1:5000 li
furatsillin eritmasi, fermentlar (trepsin, ximotrepsinlar) bilan
ishlov beriladi. Ildiz kanalida 1–2 kunga evgenol, qalampir
moyi bilan turunda vaqtinchalik plomba ostiga qoldiriladi. Agar
2 kun ichida tish bezovta qilmasa, perkussiya og‘riqsiz bo‘lsa,
ildiz kanali ildiz uchigacha plombalanadi va doimiy plomba
qo‘yiladi. Agar tish 2 kun ichida og‘risa, vaqtinchalik plomba
olib tashlanadi va ildiz kanallariga qaytadan ishlov berilib,
muolaja takrorlanadi. Bunday hollarda periodont yallig‘lanishini
samarali davolash uchun fizioterapiya usullaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
O‘tkir periodontitda yallig‘lanish reaksiyasi va eksudatning
ortishi natijasida tish atrofidagi shilliq parda qizaradi, shishadi.
Bunday hollarda turbinali bor mashina yordamida tish bo‘shlig‘i
ochiladi va eksudatning oqishini ta’minlash maqsadida tishni
ochiq holda qoldirish kerak bo‘ladi. Bemor og‘zini giðertonik
eritmalarda chayishi va ovqatlanishdan avval tish bo‘shlig‘ini
paxtali tampon bilan berkitishi kerak bo‘ladi. Bemorning
ikkinchi marta kelishida ildiz kanallariga mexanik va ximik ishlov
berilib, antiseptik vosita bilan vaqtinchalik plomba qo‘yiladi.
Bemorning uchinchi marta kelishida vaqtinchalik plomba
olinib, ildiz kanallari plombalanadi va doimiy plomba
qo‘yiladi.
Shikastlanish ta’sirida kelib chiqqan o‘tkir periodontitni
davolash ta’sir etuvchi shikastni aniqlash va uni bartaraf
etishdan boshlanadi. Qolgan davo simptomatik.
SURUNKALI PERIODONTITLARNI DAVOLASH
Surunkali periodontitni davolash og‘riqsiz kechadi. Surunkali
periodontitlarni muvaffaqiyatli davolash uchun ildiz kanallari
o‘tuvchan bo‘lishi kerak. Surunkali fibroz periodontitda ildiz kanali
apikal teshikkacha, surunkali granulyatsiyalovchi va granulematoz
periodontitda ildiz apikal teshigidan oshirib plombalanadi.
Bemorning birinchi kelishida kariyes kovagiga ishlov, shakl
berilib, pulpa bo‘shlig‘i kengaytirilib, pulpekstraktor yorda-
mida chirigan, parchalangan pulpa to‘qimasini ohistalik bilan
bosqichma-bosqich chiqariladi. Tozalangan ildiz kanali
antiseptik modda eritmasi 2% li xloramin, 0,1 % li xlorgeksin
bilan yuviladi, quritiladi. Ildiz kanalida antiseptik modda yoki
fermentli turunda vaqtinchalik germetik plomba ostiga
qo‘yiladi.
Bemorning ikkinchi kelishida vaqtinchalik plomba, turunda
olib tashlanadi. Ildiz kanaliga ximik ishlov berilib, quritilgandan
so‘ng, plombalanadi.
Periodontitni davolash jarayonidagi asoratlar
Asoratlar davolash jarayonida va davolangandan so‘ng ham
kelib chiqishi mumkin. Ildiz kanaliga ximik ishlov berganda
(formalin, fenol) periodontni ta’sirlash oqibatida og‘riq paydo
bo‘ladi. Buni bartaraf etish uchun evginol yoki qalampir
moyi qoldiriladi, yoki kaliy yod bilan elektroforez qilinadi.
VIII BOB.
PARODONT KASALLIKLARI
Parodont kasalliklari birmuncha ko‘p tarqalgan kasallik
bo‘lib, bolalarda ham, kattalarda ham uchraydi. Parodont
kasalliklarini ko‘pgina stomatolog olimlar o‘rganishgan va o‘z
tasniflarini tavsiya qilishgan. Hozirda parodont kasalliklarining
150 ga yaqin tasnifi bor. Hozir barcha MDH davlatlarida dunyo
stomatologlari qo‘llaydigan parodont kasalliklari tasnifiga ko‘p
jihatdan mos kåladigan tasnif XVI Butunittifoq stomatologlar
plånumida (Yeråvan shahri) 1983-yilda qabul qilingan.
PARODONT KASALLIKLARI TASNIFI
I. Gingivit – milkning mahalliy va umumiy noxush ta’sirlar
ostida tish-milk cho‘ntagining butunligi bilan kechuvchi
yallig‘lanish jarayonidir.
Shakllari: kataral, giðertrofik, yarali.
Kechishi: o‘tkir, surunkali, qaytalovchi.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz.
Klinik darajasi: yengil, o‘rta og‘irlikda, og‘ir.
II. Parodontit – periodontal boylam va suyak to‘qimasining
buzilishi bilan birgalikda namoyon bo‘luvchi parodont
to‘qimasining yallig‘lanish jarayoni.


62
63
Kechishi: o‘tkir, surunkali, o‘tkirlashuvchi, qaytalanuvchi.
Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Ko‘lami: chegaralangan, diffuz (keng tarqalgan).
III. Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz
distrofik jarohatlanishi.
Klinik darajasi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir.
Kechishi: surunkali, qaytalovchi.
Ko‘lami: tarqalgan (diffuz).
IV. Parodont to‘qimasining so‘rilishi bilan kåchadigan
idiopatik kasalliklar.
V. Parodontomalar – o‘smalar va o‘smasimon kasalliklar.
Yuqorida bayon qilingan parodont xastaliklarining turla-
nishi, ularning klinik kechishi va morfologik o‘zgarishlarini
baholab, yallig‘lanish, distrofik va o‘sma jarayonlarini o‘zida
to‘g‘ri aks ettiradi. Xastaliklarga bunday nuqtai nazardan qarash
uni to‘g‘ri tushunib, shunga yarasha aniq, to‘g‘ri ta’sir qiluvchi
davo chora-tadbirlarini tanlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Xastalikni to‘g‘ri aniqlashda uning ko‘lamidan tashqari,
keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni, xastalikning klinik
kechishini, darajasini hamda yallig‘lanish jarayonining klinik
va morfologik belgilarini nazarda tutmoq lozim.
Ushbu tasnif kasallikning klinik-morfologik jihatini asoslab
beradi.
GINGIVIT
Gingivit – milkka noxush mahalliy va umumiy faktorlarning
ta’sirida vujudga keladi. Tishning aylana boylamlari buzilmagan
holda kechadi.
Kataral gingivit milk cheti shilliq qavatining qizarishi bilan
xarakterlanadi. Ayrim hollarda milk so‘rg‘ichlarining shishishi
kuzatiladi. Kataral gingivit chegaralangan va diffuz bo‘lishi
mumkin. Bemor tishini tozalaganda, milki qonaydi. Ko‘rik
vaqtida milk cheti qizargani, shishgani kuzatiladi, qonaydi,
milk usti karashlari aniqlanadi, patologik cho‘ntak kuzatilmaydi.
Giðertrofik gingivit milk so‘rg‘ichlarini o‘sishi bilan
xarakterlanadi. Xastalik ko‘proq o‘smirlarda va homilador
ayollarda kuzatiladi. Giðertrofik gingivitning ikki xil formasi:
granulyatsiyalanuvchi va fibroz shakli farqlanadi. Bemor tishini
tozalayotganda qonashiga, og‘zidan noxush hid kelishiga va
milkida yoqimsiz sezgilar sezishiga shikoyat qiladi. Ko‘rik
o‘tkazilganda milkning shishgani, qizargani, tekkanda
qonashini, soxta klinik cho‘ntak, tish yuzasida qattiq tish
karashlari borligini ko‘rish mumkin. Kasallik tana haroratining
38°C–39°C ga ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi bilan
boshlanadi. Bemor milki shishadi, og‘riydi, qonaydi, noxush
hid keladi. Limfa bezlari kattalashadi, palpatsiyada og‘riydi.
Milk cheti shilliq pardasi nekrozi kuzatiladi. Nekrotik protsess
lunj va bodomcha bezlariga ham tarqalishi mumkin.
PARODONTIT
Parodont to‘qimalarining bunday yalpi yallig‘lanishi
anchagina og‘ir kechuvchi xastalik hisoblanadi va u tishlarning
tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Parodontit xastaligi uchun quyidagi 5 ta klinik belgi xosdir:
1. Milklar yallig‘lanishi.
2. Tish-milk epitelial pardasi jarohatlanib, uning butunligi
buzilishi oqibatida klinik yoki parodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lishi.
3. Milk usti va milk ostida tish toshlari hosil bo‘lishi.
4. Tishlar orasida joylashgan suyak o‘sig‘ining balandligi,
tuzilishi, chegaralarining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan
suyak to‘qimasining destruksiyasi (osteoporoz, suyak to‘qima-
sining so‘rilishi).
5. Xastalik rivojlanishi oqibatida tishlarning liqillab qolishi
yoki tushib ketish hollari.
Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablarning
mahalliy yoki umumiyligiga qarab u chegaralangan hamda diffuz
bo‘lishi mumkin. Xastalikning klinik kechishi surunkali,
o‘tkirlashib qaytalangan bo‘lib, uning yengil, o‘rtacha og‘irlikda
yoki og‘ir xillari bo‘ladi.
Parodontit kasalligi bilan og‘rigan bemorlar milk qona-
shidan, og‘izda noxush hid paydo bo‘lganligidan, tez-tez tish
toshlarining hosil bo‘lib turishidan, milklarning shishinqirab
qizarganligidan shikoyat qilishadi. Shifokor og‘iz bo‘shlig‘ini,
tish atrofi to‘qimalarini nazardan kechirganda parodontal
cho‘ntaklar hosil bo‘lganligi, ularda yiringli suyuqlik yig‘ilgan-
ligining guvohi bo‘ladi. Yiringli cho‘ntak ekssudati tekshiril-
ganda uning tarkibida kokklar, iðsimon tayoqchalar, spiroxe-


64
65
talar, zamburug‘simonlar oilasiga kiruvchi mikroorganizmlar
borligi aniqlanadi.
Tishlar yuzasida hosil bo‘lgan milk usti va milk osti toshlari
parodont to‘qimasiga faqatgina bosim ta’sirini ko‘rsatmasdan,
ular tarkibidagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan fermentlar
to‘qimadagi yallig‘lanish jarayonini chuqurlashtiradi.
Suyak to‘qimasidagi strukturalarning yemirilishi ularning
yangidan hosil bo‘lish jarayonidan ustun bo‘ladi. Alveolyar
suyak to‘qimasidagi o‘zgarishlarning chuqurligi xastalikning
qay darajadaligiga bog‘liqdir. Jarayonning boshlang‘ich davrida
alveolyar suyak to‘sig‘ining cho‘qqi sohasida asteoporoz
o‘zgarishlar, keyinchalik suyak strukturasining tiniqligi buzilib,
kortikal plastinka yemirilishi, g‘ovak suyak to‘qimasida esa
osteoporoz – siyraklashish kuzatiladi.
Xastalikning keyingi davrida tish yon tomonlaridagi kortikal
suyak plastinkalar yemiriladi, kurak tishlar atrofidagi g‘ovak
suyak cho‘qqilari pasayadi, molyar va premolyar tishlar atrof
suyagida notekis yemirilish vujudga kelishi oqibatida o‘yiq
chuqurchalar yuzaga keladi. Bu vaqtga kelib cho‘qqi suyagining
chegarasi emal såmånt chegarasidan ancha pastda joylashganligi
rentgen tasvirida aniqlanadi. Sog‘lom tishlar atrofida suyak
cho‘qqisi emal – såmånt chegarasida yotadi. Suyak to‘qima-
sining yemirilishi vertikal va gorizontal yo‘nalishda kuzatiladi.
Alveolyar suyak to‘qimasining 3 xil darajadagi yemirilishi
farq qilinadi (16-rasm).
I darajali yemirilish – alveolalar orasidagi suyak to‘sig‘i
balandligining tish ildizining 1/3 qismiga yåmirilishi.
II darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘i ildizining
1/2 qismiga yemirilishi.
III darajali yemirilish – alveolyar suyak to‘sig‘ining tish
ildizining 2/3 qismigacha yemirilishi.
Parodontit xastaligi tufayli parodont to‘qimalarida bir
qadar patomorfiologik o‘zgarishlar yuz beradi. Parodontit
xastaligini surunkali milk yallig‘lanishi yuza neoplastik parodont
xastaligi (parodontoliz)dan farqlay bilish zarur.
Xastalikni to‘liq bartaraf etish uchun davo chora-tadbirlari
barvaqt, kasallikning ilk boshlang‘ich davrlaridayoq boshlan-
mog‘i lozim. Keyingi davrlarda o‘tkazilgan shifo tadbirlari
xastalikning kechishini to‘xtatib, uning turg‘unligini ta’min-
laydi. Parodontit xastaligi diffuz tarzda yuz berganda albatta
asosiy, umumiy xastalik aniqlanib, davolash ishlari to‘liq olib
borilgandagina ko‘ngildagidek natijaga erishiladi.
Parodontit – periodontal boylam, suyak to‘qimasi
buzilishi va milkning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik
bo‘lib, unda klinik va parodontal cho‘ntaklar ham paydo
bo‘lishi mumkin.
Parodontit xastaligini keltirib chiqaruvchi sabablarning
mahalliy yoki umumiyligiga qarab, u chegaralangan hamda
diffuz bo‘lishi mumkin. Xastalikning klinik kechishi o‘tkir,
surunkali, o‘tkirlashib qaytalangan bo‘lib, uning yengil,
o‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir xillari bo‘ladi.
O‘tkir parodontit
O‘tkir parodontit kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Xastalik
chegaralangan bo‘lib, ko‘pincha bitta tish atrofida kuzatiladi.
Mexanik ta’sirlanish, masalan, sun’iy qoplama, plomba, olina-
digan protez o‘tkir parodontitni keltirib chiqaruvchi sabablardir.
Bemor milkning ushbu sohasida doimiy pulslanuvchi og‘riq,
qichishish va qonashiga shikoyat qiladi.
Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giðeremiyasi, milk so‘r-
g‘ichining shishganligi, klinik cho‘ntak borligi, zondlanganda
qonashi va boshqa sababchi faktorlar aniqlanadi. Klinik
cho‘ntakning chuqurligi har xil bo‘lishi mumkin.
16-rasm. Parodont to‘qimalarining kasallik bosqichlaridagi ko‘rinishi.
1–tish karashi, 2–tishning qattiq karashlari, 3–milk epitåliysi, 4–alvåola o‘sig‘i.


66
67
Surunkali parodontit
Surunkali parodontitning yengil formasida bemor shikoyat
qilmaydi yoki milk sohasida noxush sezgilarga, qonashiga
shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milkning giðeremiyasi,
shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining kattalashganligi, 3–4 mm
li cho‘ntagi, milk usti va milk osti toshlari borligi aniqlanadi.
Rentgenogrammada tishlararo kortikal suyak plastinkasida
o‘zgarish borligi kuzatiladi.
Parodontitning o‘rtacha og‘irlikda kechishida milk tishlarni
tozalashda qonaydi, vaqti-vaqti bilan chaynash vaqtida og‘riq
paydo bo‘ladi, ayrim tishlar qimirlaydi va siljiydi va og‘izdan
noxush hid keladi. Ko‘rik o‘tkazilganda milk cheti shilliq pardasi
yallig‘langanligi, shishganligi, milk so‘rg‘ichlarining
kattalashganligi, ayrim tishlarning bo‘yin qismlari ochilib
qolganligini ko‘rish mumkin. Parodontal cho‘ntakning
chuqurligi 5 mm gacha bo‘lib, zondlanganda qonaydi.
Rentgenogrammada tishlararo kortikal milk plastinkasining
tish ildizining 1/3 dan 1/2 gacha yemirilganligini kuzatish mumkin.
Parodontitning og‘ir kechishida bemor ovqat luqmasini
chaynash vaqtida og‘riq va qonash paydo bo‘lganligi uchun
chaynashga qiynalayotganligiga, tishlarining qimirlashiga,
og‘zidan noxush hid kelishiga shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazil-
ganda milk shilliq pardasining giðeremiyasi, shishganligi,
chuqur parodontal cho‘ntak borligi, tishlarni II–III darajali
qimirlashi, tishlarning bo‘yin va ildiz qismlarining ochilib
qolganligi kuzatiladi. Milk cheti bosilganda yiringli ekssudat
ajralib chiqadi. Rentgenogrammada – tishlararo kortikal suyak
plastinkasining ildiz uzunligining 1/2 dan 2/3 gacha yemirilgan-
ligi kuzatiladi. Parodontitning ushbu formasida milk usti va
milk osti toshlari ko‘p bo‘ladi.
PARODONTITLARNI DAVOLASH
Parodontitni davolash kasallikning kechishiga, klinik va
patologik cho‘ntakning chuqurligiga bog‘liq. Parodontitning
yengil formasini davolash uchun bemorga 3–4 marta muolaja
o‘tkaziladi. Bemorning birinchi marotaba kelishida tishlar tish
karashlaridan tozalanadi va tishlarni to‘g‘ri tozalash usullariga
o‘rgatiladi.
Bemorning keyingi kelishida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holati
tekshiriladi, antiseptik ishlov berilgandan so‘ng, tish karashlari,
milk usti va milk osti toshlari tozalanadi. Muolajaning so‘ngida
milk shilliq pardasiga dori vositalari bilan ishlov beriladi.
Bemorning uchinchi bor kelishida ham og‘iz bo‘shlig‘i
gigiyenik holati tekshiriladi. Shiller-Pisarev sinamasi o‘tkaziladi.
Og‘izga 1% li vodorod perikisi eritmasi bilan ishlov berilgandan
so‘ng, granulyatsiyalangan to‘qimada qolgan tish toshlari
tozalanadi. Antibiotiklar bilan ishlov beriladi, agar tishlar
qimirlab qolgan bo‘lsa, tishlarni taxtakachlash uchun ortoped
stomatolog tavsiyasi olinadi va lozim bo‘lsa taxtakachlanadi.
Bemorga 4–6 oydan so‘ng stomatolog ko‘rigiga tashrif
buyurish tavsiya etiladi.
Parodontitning og‘ir kechishida davolash rejasi tuziladi:
jarroh stomatolog tavsiyasiga ko‘ra olinishi lozim bo‘lgan tishlar
olinadi, milk usti, milk osti toshlaridan, granulyatsiyalardan
tozalanadi. Antiseptik ishlov berib, davolovchi malhamlar
qo‘yiladi. Yallig‘lanish kamaygandan so‘ng, ortopedik davo
qo‘llaniladi. Har bir bemor og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga
mukammal rioya qilishi kerak.
PARODONTOZ
Parodontoz – parodont to‘qimasining yallig‘lanishsiz
distrofik xastaligi. Parodontozda parodontal cho‘ntaklar hosil
bo‘lmaydi. Parodontoz sekin kechadi.
Yengil kechuvchi parodontozda bemor vaqti-vaqti bilan
hosil bo‘luvchi qichishish va noxush sezgilarga shikoyat qiladi.
Shilliq parda och-pushti rangda bo‘lib, tishning sementi
ko‘rinib qoladi.
O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi parodontozda bemor termik,
mexanik, ximik ta’sirlardan bir zumlik og‘riq paydo bo‘lishiga
shikoyat qiladi. Milkning shilliq pardasi och-pushti rangda,
tishlarning bo‘yin qismlari ochilib qolgan. Tishlarning klinik
koronkasi uzaygan, klinik cho‘ntaklar yo‘q.
Og‘ir kechuvchi parodontozda bemor termik ta’sirlardan
tez o‘tib ketuvchi og‘riqqa va ayrim hollarda giðeresteziyaga
shikoyat qiladi. Ko‘rik vaqtida tish bo‘ynining birmuncha qismi
ochilib qolganligi aniqlanadi. Tishlar qimirlaydi.


68
69
Rentgenogrammada tishlararo plastinkaning bir tekis
yemirilganligini ko‘rish mumkin, bu ko‘rinish parodontoz
uchun xarakterlidir.
Davolash
Parodontozni kompleks davolash lozim. Buning uchun
umumiy va mahalliy davolash kerak.
Umumiy davo bemor organizmida regeneratsiya va qon
aylanishini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kårak.
Mahalliy davo ta’sirlovchi faktorlarni bartaraf etish, tish
toshlarini tozalash, shinalash, reminiralizatsiya terapiyasini
o‘tkazishga qaratilgan bo‘ladi.
Parodont to‘qimasining neoplastik yallig‘lanishi –
parodontoliz.
Parodontoliz – parodont to‘qimasida distrofik va yallig‘-
lanish jarayonlarini namoyon qiladigan va doimo diffuz tarzda
kechadigan parodont xastaligidir. Parodont to‘qimasining og‘ir
va juda tez sur’atlar bilan kechadigan bu xastalik ko‘p hollarda
organizmdagi tug‘ma sindromlarning yo‘ldoshi tarzida yuzaga
keladi. Parodontoliz xastaligida milklarning u yoki bu xil
yallig‘lanishi bilan bir qatorda, chuqur parodontal cho‘n-
taklar, alveolyar suyak o‘sig‘ining distrofik yemirilishi oldin
sut tishlari sohasida, keyinchalik esa xastalikning uzluksiz davom
etishi natijasida doimiy tishlar sohasida kuzatiladi. Xastalik
shiddatli ravishda rivojlanib, tishlarning erta tushib ketishiga
olib keladi. Klinik kechishining sur’ati barcha tishlarda bir xil
bo‘lmasligi mumkin. Bu hol har xil guruh tishlar ildizini
o‘rab turuvchi alveolyar suyak to‘qimasining anatomik tuzilishi
va yoshga qarab uning strukturasining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, tishlarga o‘z faoliyati paytida tushadigan
bosimning turliligi va mahalliy noxush ta’sir qiladigan
sabablarning mavjudligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Parodontoliz xastaligi bolalarda qandli diabet, tug‘ma
neytropeniya, immunologik tanqislik, Daun xastaligi,
keratodermiya va sklerodermiya kabi kasalliklar mavjudligida
kuzatiladi.
IX BOB.
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI
TASNIFI
Hozirgi kunda og‘iz bo‘shlig‘i qavati va lab kasalliklarini
aniqlashda etiologik va patogånåtik omillarga asoslanib, quyidagi
tartibdagi tasnifdan foydalinlmoqda:
I. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va lablarning yuqori va
past harorat, nurlanish, noqulay måtåreologik omillar, kimyo-
viy moddalar va boshqa jarohatli ta’sirlardan shikstlanish
infåksiyasi kasalliklari:
A) O‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda shilliq
qavatning jarohatlanishi;
B) Faqat og‘iz shilliq qavati va lablarning xos infåksiyali
hamda parazitar kasalliklari.
II. Allårgik va toksik allårgik kasalliklar.
III. Tåri shilliq qavati råaksiyasi.
IV. Autoimmun komponån o‘zgarishi natijasida yuzaga
kåladigan kasalliklar.
V. Ekzogån intoksikatsiyalarda og‘iz bo‘shlig‘i qavatidagi
o‘zgarishlar.
VI. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va lab qizil hoshiyasi
qavatlarining turli a’zo va a’zolar kasalliklarida hamda mod-
dalar almashinuvi buzilishlaridagi o‘zgarishlari.
VII. Gånåtik va tug‘ma tavsifga tågishli kasalliklar.
VIII. Rak oldi kasalliklari, yaxshi va sifatli hosilalar.
Quyida og‘iz bo‘shlig‘i qavati qobig‘i kasalliklarining
ayrimlari kåltirilgan.
Shilliq qobiq qavat va tårida yuzaga kåladigan toshmalar
alohida elåmåntlardan iborat bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi
turlarga ajratiladi. Birlamchi elåmåntlar: jarroh elåmåntlari,
dog‘, eritma, rozåola, tuguncha, tugun, do‘mboqcha,
pufakcha, pufak, mikroabssåss, kista, qabariq.
Ikkilamchi jarohatlanish elåmåntlari: eroziya, afta, yara,
yorilish, chandiq, giðårtrofik chandiq, atrofik chandiq,
atrofiya, karash, o‘sma, o‘smali hosilalar, tangacha.
MEXANIK SHIKASTLANISH
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qobiq qavatining måxanik shikast-
lanishida o‘tkir va surunkali jarohat kuzatiladi. Og‘iz shilliq


70
71
qobig‘ining o‘tkir måxanik shikastlanishi o‘tkir ashyodan yoki
kamdan-kam holda tishlab olishdan uchraydi. Shilliq qobiq qavatida
qon uyumi – gåmatoma, eroziya bo‘ladi. To‘qima ichidagi qon
uyumida kuchsiz og‘riq paydo bo‘lib, 1–3 kun vaqt o‘tgach,
og‘riq yo‘qolib, o‘rniga ko‘kish-qoramtir rangdagi gåmatoma
hosil bo‘ladi. Epitåliy jarohatlanganda og‘riqli so‘rg‘ich hosil
bo‘lib, uning atrofida kuzatiladi. Agar jarohat o‘rniga takroriy
shikastlanish kuzatilmasa, eroziya tåzda epitålizatsiyalanadi.
Tashxislash qiyinchilik tug‘dirmaydi: båmor anamnåzi-
yasidayoq sababchi omil to‘g‘risida xulosa oydinlashadi.
Davolash: eroziya va kichkina yaralarda shikastlovchi omilni
bartaraf qilish zarur: 0,25–0,5 % li vodorod pårikisi, 2 % li
bor kislota bilan chayqaladi. “A” vitamin malhamlari surtiladi.
O‘TKIR VA SURUNKALI YUQUMLI KASALLIKLARDA
SHILLIQ QAVAT JAROHATLANISHI
Skarlatina
Skarlatinada o‘ziga xos kasallik bålgisi – malinasimon til
kuzatiladi: kasallikda uch kun yuqori tana harorati bo‘ladi. Tilni
o‘tkir karash qoplab oladi, to‘rtinchi kundan boshlab bu karash
til iðsimon so‘rg‘ichlari bilan yuvilib tushadi. Qachonki til yuzasi
tamoman toza bo‘lganida, uning yuzasi malina måvalarini eslatadi.
Bir qancha vaqtdan so‘ng epitålial qoplama qayta tiklanadi.
Davolash: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qobiq qavatiga shaftoli yog‘ini
anåståzin emulsiyasidagi 1–2% li aralashmasini surkash va har
ovqatlanishdan kåyin achchiq choy bilan chayqash kårak.
Qizamiq
Qizamiq toshmalari tårida paydo bo‘lishidan 1–2 kun
oldin yumshoq va qattiq tanglayda 1 mm dan bir nåcha mm
gacha bir-biriga quyiluvchi, noaniq ko‘rinishdagi qoramtir-
qirmizi rangdagi enåntåmalar ko‘rinishida yuzaga kåladi. Ayni
vaqtda, lunjda mayda oziq tishlar qarshisida, ba’zi hollarda
qizamiq uchun xos bo‘lgan bålgi – “Bålskiy-Filatov-Koplin”
dog‘i yuzaga kåladi. Bu dog‘ guruh-guruh bo‘lib joylashadi,
bir-biriga sira qo‘shilmaydi. 1–3 kundan so‘ng, yo‘qolib kåtadi.
Og‘iz shilliq qobiq qavatining hamma sohasi qizarib kåtadi.
Davolash: og‘iz bo‘shlig‘ini kuchsiz antisåptik eritmalar
bilan chayiladi va kårotoplastik dori ashyolar surkaladi.
Zaxm
Zaxm surunkali davom etuvchi yuqumli vånårik kasallik.
Zaxmning klinik bålgilari turlicha bo‘lib, uzoq yillar davom
etadi: birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi.
Birlamchi sifilis 6–7 hafta davom etadi. Bunda qattiq
shankår oqish tråponåma epitåliyga kirgach, tåri va shilliq
pardada hosil bo‘ladi.
Qattiq yara bitta yoki 2–3 ta bo‘lishi mumkin. Qattiq yara
oval, yumaloq shaklda bo‘lib, diamåtri 1,0–1,5 sm gacha,
yopgan nonga o‘xshab chåtlari bo‘rtib, shishgan va tog‘ayga
o‘xshash qattiq bo‘ladi, og‘rimaydi, biroz qizaradi. Qattiq yara
tagida tog‘aysimon qattiq infiltrat bo‘ladi, yaraning o‘rtasi toza,
go‘shtdåk tiniq, qið-qizil rangda bo‘ladi, badan karash bilan
qoplanadi.
Zaxmning ikkinchi davri qattiq shankår hosil bo‘lganidan
6–7 hafta vaqt o‘tgach boshlanadi. Bu davrda rozåola-papula
toshmalari bir tåkisda paydo bo‘ladi. Bu davr 3–5 yil davom
etadi.
Zaxmning uchlamchi davrida og‘iz shilliq qobiq qavatida,
gummalar tarqalgan, gummali infiltrat va bug‘orli toshmalar
paydo bo‘ladi.
Davolash tåri-tanosil kasalliklari shifokori bilan birgalikda
olib boriladi.
Kandidoz
Achitqisimon zamburug‘lar bo‘lib, kandida turkumiga
kiradi. Kandidozning klinik yuzaga chiqishi va kåchishi
båmorning yoshiga, jismoniy holatiga, kåchirayotgan umumiy
kasalliklariga va boshqalarga bog‘liq.
Shilliq qavat kandidozi: kandidozli stomatit, milk kandi-
dozi, til kandidozi va boshqalarga ajratiladi.
Kandidozli stomatit ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda
uchraydi.
Og‘iz shilliq qavat qobig‘ida, tanglayda, milkda, lunjda
oson tilinadigan karashlar paydo bo‘ladi. Bu karashlarni tilgani-
mizdan kåyin tåkis, qisman shishli qizargan yuzani ko‘ramiz.
Karashlar fibrini so‘riladi, natijada oq-ko‘kish rangdagi qo‘pol
qatlam hosil bo‘lib, u tubdan shilliq qavat bilan qattiq birikadi.


72
73
Kandidozni profilaktika qilish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘i
gigiyånasi qoidalariga rioya qilish va antibiotiklar bilan
davolaganda nistatinni yoki låvorinni 1500000 ÅD dan kuniga
qabul qilish lozim.
Davolash: qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish, umumiy yo‘ldosh
kasallikni davolash, organizmni kasalliklarga qarshiligini
oshirish, og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish. Zamburug‘
qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish uchun 20 % li natriy boratning
glitsårinli, lyugolning glitsårinli eritmalari ishlatiladi. 5% li
låvorin, 0,5 % li dåpolin surtmalaridan foydalaniladi.
O‘TKIR GERPETIK STOMATIT
O‘tkir gårpåtik stomatit tez yuquvchan bo‘lganligi uchun
immun holati shakllanib bo‘lmaganlar orasida ko‘p uchraydi.
Infåksiya aloqa va havo tomchi yo‘li orqali yuqadi.
Organizmning umumiy zaharlanishi va kasallikning mahalliy
bålgilarining yuzaga kålish darajasiga qarab, kasallik yångil,
o‘rta va og‘ir shakllarda uchraydi.
Bolada tana harorati 40°C gacha ko‘tariladi, kuchsizlanadi,
boshi og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil aynash va qusish
kabi holatlar kuzatiladi. Jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi.
Tana harorati ko‘tarilayotgan vaqtda, shilliq qavat qobi-
g‘ida qizarish va shish kuzatiladi: pufakchalar tåzda yoriladi,
ularning o‘rnida 0,5–1 sm kattalikdagi aftaga o‘xshash nåkrozli
eroziya paydo bo‘ladi. Labdagi toshmalar tåzda qoplam bilan
qoplanadi, kasallikning og‘ir formalarida toshmalar yuz tårisida
ham paydo bo‘ladi.
O‘tkir gårpåtik stomatitning aniq bålgilaridan biri, bu
so‘lak ajralishining kuchayishi, so‘lakning quyqalashishi, og‘izda
hid paydo bo‘lish holatlari kuzatiladi.
Tashxis kasallikning klinik ko‘rinishi va epidåmiologiyasi
asosida qo‘yiladi.
Davolash: mahalliy davolash, ya’ni virusga qarshi davo
o‘tkazish kårak. Buning uchun oksalinning 0,25–1 % li,
tåbrofånning 1–2 % li, gåliomitsinning 1 % li mazlari,
intårfåron, prodigiozon va boshqa aralashmalar surkaladi. Bu
dori vositalari kuniga 3–4 marta surkaladi.
Kasallik bålgilari so‘nayotgan vaqtda kuchsiz antisåptik va
kåratoplastik vositalarni qo‘llash mumkin.
Surunkali qaytalanuvchi aftali stomatit
Surunkali qaytalanuvchi aftali stomatit og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qobiq qavatida uchraydigan kasalliklardan bo‘lib,
asosan, 20–40 yoshdagi aholi orasida ko‘proq uchraydi.
Surunkali qaytalanuvchi aftali stomatitni adånoviruslar,
L shaklidagi stafilakokklar, turli xil viruslar dåb taxmin qilinadi.
Låkin aniq bir sababchi omil haligacha o‘rganib chiqilmagan.
Klinik ko‘rinishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qobiq qavatida vaqti-
vaqti bilan aftalar paydo bo‘ladi. Aftalar labda, o‘tuv burmada,
lunjda, tilda, tanglayda joylashadi. Aftalar 3–7 mm li bo‘lib,
oval shakliga ega va chåtlari to‘q-qizil sillig‘langan gardish
bilan o‘ralgan. Aftalar fibrinoz karash bilan qoplangan. Aftalar
7–10 kunda bitadi. Kasallikning qaytalanishi qish va bahorga
to‘g‘ri kåladi. Aftalar og‘riqli bo‘lib, agar u jarohatlansa såkin
bitadigan yaralarga aylanadi.
Ko‘proq oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lgan båmorlarda
kuzatiladi.
Davolash. Oshqozon-ichak trakti va jigar faoliyatini bilish.
Mahalliy davolash: og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiyalashdan boshlanadi.
5000 ÅD trosisol, 300–500 ÅD gåparin, 2,5 mg gidrokortizon,
1 ml 1% li novokain eritmasi aralashmalaridan applikatsiya qilinadi.
LAB KASALLIKLARI
Xåylit – lab qizil hoshiyasining yallig‘lanishi. Xåylitlar
mustaqil yoki organizmda kåchuvchi kasallikning simptomi
bo‘lishi mumkin.
Xåylitlarning angulyar, glandulyar, eksfoliativ turlari bor.
Angulyar xåylit
Bu surunkali qaytalanuvchi kasallik bo‘lib, uni zamburug‘-
lar yoki ståptostafilakokk infåksiyalar kåltirib chiqaradi.
Båmor og‘zini ochayotganda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘iz bur-
chaklarida tåz yallig‘lanuvchi eroziya yoki bichilish paydo bo‘ladi.
Granulyar xåylit
Granulyar xåylit – mayda so‘lak båzlarining yallig‘lanishi.
Oddiy glandulyar xåylitda lab qizil hoshiyasiga o‘tish
sohasida qizil nuqtalar singari so‘lak båzlari kångayishini va


74
75
tomchi so‘lak ajralishini kuzatish mumkin. Labni quritilgandan
5–10 soniya vaqt o‘tgach, so‘lak båzlardan tomchi so‘laklar
ajralib, butun labni qoplab oladi. Ayrim hollarda so‘lak kanali
ustida aylana shaklda låykoplakiya hosil bo‘ladi.
Eksfoliativ xeylit
Faqat lab qizil hoshiyasining jarohatlanishi bilan kåchadi-
gan surunkali kasallik. Ikki xil turi farqlanadi: quruq va eksudativ.
Quruq formasida båmorlar lablari qurib qolishiga, ayrim
hollarda achishishi, qichishishiga shikoyat qiladilar. Lab shilliq
pardasini og‘iz shilliq pardasiga o‘tish joyida giðåråmiyalangan
chiziq bo‘lib, uning usti qatqaloq bilan qoplangan, qatqa-
loqlar olinganda to‘q-qizil rangli yuza, ayrim hollarda yuza
eroziyalar hosil bo‘ladi. Quruq shakl eksudativga aylanishi mumkin.
Eksudativ formasida lablar kattalashgan, qizargan, shish-
gan bo‘ladi. Lablar tutashtirilganda og‘riq paydo bo‘lganligi uchun
og‘iz yarim ochiq labda qatqaloq, po‘stloq bilan qoplangan.
TIL KASALLIKLARI
Glasit – til shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ko‘pgina og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq qavat kasalliklarida tilda ham o‘zgarish kuzatiladi.
Faqat tilning o‘zida o‘zgarish yuzaga kåltiradigan kasalliklar
dåskvomativ glasit, rombsimon glasit, qora til, burmali til.
Dåskvomativ glasit
Tilning o‘z shilliq qobiq qavatidagi distrofik yallig‘lanish
kasalligidir. Kasallik epitålial shoxlanish buzilishi va til
so‘rg‘ichlarining distrofik o‘zgarishi bilan kåchadi. Kasallik
subyektiv o‘zgarishlarsiz kåchadi. Ayrim hollarda båmorlar
tilidagi siqilish achishishidan shikoyat qiladi.
Båmorlarning og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinib, antisåptik
eritmalar bilan chayiladi va kåratoplastik vositalar qo‘llanadi.
Rombsimon glasit
Surunkali kasallik bo‘lib, til orqasidan uchinchi qismning
o‘rta chizig‘i bo‘ylab, oldingi bo‘g‘inga so‘rg‘ichli yo‘nalishda
shilliq parda qavatining qotishidir. Kattaligi 0,5 dan 2,5 sm
gacha kuzatiladi. Rombsimon glasit yillab davom etib, o‘z-
o‘zidan sog‘ayib kåtmaydi. Klinik kåchishiga qarab, uch xil
shaklga ajratiladi: yassi, do‘mboqli, papilamatoz.
Qora “sochli” til
Kasallik til iðsimon so‘rg‘ichlarining turli darajadagi
giðårplaziyasi va shoxlanishi bilan xaraktårlanadi.
Kasallik båmor uchun såzilarsiz, tåz rivojlanadi. Tilning
darsal yuzasida iðsimon so‘rg‘ichlar qalinlashadi, uzunlashadi
va shoxlanadi. So‘rg‘ichlar 0,5 dan 3 sm gacha bo‘lishi mumkin.
Davolash uchun avval og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiya qilinadi
va kiriotårapiya o‘tkaziladi.
Burmasimon til
Burmasimon tilda til kattalashadi, til to‘qimasi ikki
marotabagacha qalinlashadi. Yoriq-yoriq burmalar bir-biri
bilan bo‘ylama yo‘nalishda simmåtrik yoki ko‘ndalang
yo‘nalishda joylashadi. Yoriqli chuqur burmalar mikroflora
rivojlanishi uchun qulay hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyåna
qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yallig‘lanish rivojlanib,
og‘riq va achishish paydo bo‘ladi.
Mahalliy davo o‘tkazilmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyåna
qoidalariga to‘liq amal qilish zarur.
X BOB.
YUZ-JAG‘ SOHASI YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI
PERIOSTITLAR
Periostitlar – tish va periodont xastaliklari asoratlari
oqibatida kelib chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘-
lanishidir. Ko‘pincha u alveola o‘sig‘ida, ba’zi hollarda jag‘
tanasi sohasida kuzatiladi.
O‘tkir yiringli periostit keskin kechadi va kun sayin
yallig‘lanish kuchayib boradi. Bemorning umumiy ahvoli
qoniqarli bo‘lib, tana harorati 37,5° – 38°C atrofida bo‘ladi.
Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi, ishtahasi yomonlashadi,
uyqusi buziladi. Sababi, tish atrofidagi og‘riqlar zo‘rayadi,
og‘riqlar chakka, quloq, bo‘yinga uzatiladi, keyinchalik
og‘riqlar susayib, simmilovchi tus oladi.


76
77
Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘oldi yumshoq
to‘qimalarida shish paydo bo‘ladi. Bir necha tish atrofidagi
shilliq parda qizarib, o‘tuv burma tekislashgan holga keladi.
Shu sohani paypaslab ko‘rilganda, og‘riqli infiltrat va
flyukturizatsiya belgisi aniqlanadi. Faqat kasal tish qimirlab
qolgan bo‘lib, perkussiyada og‘riq seziladi.
Bemorning yuz qismida kollateral shish hisobiga paydo
bo‘lgan assimetriya holati aniqlanadi. Limfa tugunlarining
kattalashishi kuzatilib, paypaslanganda og‘riydi.
Rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda, faqat kasal tishgagina
xos bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanib, jag‘ suyagida o‘zgarishlar
kuzatilmaydi.
O‘tkir yiringli periostitni davolash kompleks tarzda olib
boriladi. Ya’ni, jarrohlik va konservativ usul yordamida. Jarroh-
lik usulining asosiy maqsadi, yiringli o‘choqni kesib ochish va
sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning uchun
mahalliy og‘riqsizlantirishning infintratsiya va o‘tkazuvchi
usulidan foydalaniladi. Kesma o‘tuvchi burma shilliq qavati
bo‘ylab suyakkacha chuqurlikda o‘tkaziladi. Kesmaning uzunligi
3–5 tish sohasida 1,5–2,5 sm uzunligida bo‘lishi lozim. Yiringning
erkin chiqishini ta’minlash uchun bo‘shliq ichiga rezinali
lentacha (dranaj) kirgazib qo‘yiladi. Sababchi kasal tish olib
tashlanadi. Agar sababchi kasal tish funksional va kosmetik
jihatdan o‘z qiymatini yo‘qotmagan, ildiz kanali yaxshi o‘tuvchi
bo‘lsa, saqlab qolinib, uni konservativ davolanadi.
Bemorga og‘iz bo‘shlig‘ini furatsillinning 1:5000 yoki kaliy
permonganatning 1:5000 nisbatdagi iliq eritmasi bilan chayib
turish buyuriladi. Kompleks davolash maqsadida bemorga
antibiotiklar, sulfanilamidlar tavsiya etiladi.
JAG‘LARNING ODONTOGEN OSTEOMIYELITLARI
Jag‘larning odontogen osteomiyelitlari – bu jag‘larning
suyak to‘qimasidan, tish kasalliklarining asorati sifatida yuzaga
keluvchi, infeksiyali, yiringli – nekrozlanuvchi yallig‘lanish
jarayonidir. Bu kasallikdagi yallig‘lanish jarayoni faqat suyak
to‘qimalarini emas, balki uning ichidagi ko‘migini, suyak
pardasini va atrofdagi yumshoq to‘qimalarni ham o‘z ichiga
oladi. Kasallik ko‘pincha pastki jag‘da uchraydi.
Jag‘lardagi odontogen osteomiyelit, asosan, uch bos-
qichda kechadi: o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. Bundan tashqari,
chegaralangan va diffuz bo‘lishi mumkin.
Yuqori jag‘da g‘ovaksimon suyak juda kam bo‘lib,
uning kortikal plastinkasida ko‘plab teshiklar mavjud. Shu
bois jag‘dagi tishlar atrofidagi yiringli yallig‘lanish jarayon-
larida ekssudat suyakdan tashqariga chiqib ketadi. Shuning
uchun ham yuqori jag‘da odontogen osteomiyelit kasalligi
kam uchraydi.
O‘tkir bosqich
Bemor aniq bir tishdan boshlangan o‘ta kuchli og‘riqdan
shikoyat qiladi. Keyinchalik bu og‘riq bir necha tishlar sohasiga
va jag‘ning toj qismiga tarqaladi. Bemorda umumiy holsizlik
kuzatiladi. Kasallikning diffuz turida og‘riq butun jag‘ bo‘ylab
hosil bo‘ladi. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi, uyqusi buziladi.
Tana harorati 38° dan 40°C gacha bo‘lishi mumkin.
Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib, kuchli terlaydi.
Bemorning yuzida kataral shish paydo bo‘ladi. Limfa
tugunlari kattalashadi, og‘riydi. Jag‘dagi og‘riq sohasi kengayib
boradi va yallig‘lanish jarayoni jag‘ tanasi bo‘ylab tarqalib
boradi. Pastki jag‘ tanasi qalinlashadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i tekshirilganda, og‘izdan qo‘lansa hid
keladi, so‘lak quyuqlashadi, til esa sarg‘ish-kulrang karash
bilan qoplanishi mumkin.
Milklarning shilliq qavati bir necha tishlar atrofida qizar-
gan, shishgan, palpatsiya og‘riqli, o‘tuv burma tekislashgan.
Tishlar qimirlab qolgan. Tishlarning qimirlash darajasi ortib
boradi. Sababchi kasal tishning qimirlashi ko‘proq bo‘ladi.
Milk kasal tishdan ajralib turadi. Alveolyar – engak nervlari
innervatsiyasi sohasida sezgi buziladi.
O‘tkir odontogen osteomiyelit kasalligi qon va siydikdagi
o‘zgarishlar bilan kechadi.
Odontogen osteomiyelitning o‘tkir davrida jag‘larning
rentgen tasvirida hech qanday suyak o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
O‘tkir osti bosqichi
Osteomiyelitning bu davrida bemorning umumiy ahvoli
yaxshilana boshlaydi, ishtahasi paydo bo‘ladi, uyqusi


78
79
yaxshilanadi. Tana harorati pasaya boradi. Regional limfa
tugunlaridagi og‘riqlar kamayadi, limfa tugunlari esa
qattiqlashadi va ularning siljuvchanlik darajasi oshadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish sohalariga mos bo‘lgan
shilliq qavatlar ko‘kimtir tusda bo‘lib, shishgan va shu
sohalarda oqimlar hosil bo‘la boshlaydi. Ulardan kam miqdorda
quyuq yiring ajralib turadi.
Rentgen tasvirida yallig‘lanish sohasi chåkkalarida aniq
chegaraga ega bo‘lmagan suyak destruksiyasi kuzatiladi.
O‘tkir osti bosqichi, kasallik boshlanganidan 11–15 kun
o‘tgach boshlanib, 4–5 haftagacha davom etadi.
Surunkali bosqich
Kasallikning 4–5-haftalaridan boshlanib, uzoq davom etadi.
Bemorning umumiy ahvoli yanada yaxshilanadi. Tana
harorati må’yor darajasida.
Bemor tashqi ko‘rinishida assimetriya saqlanib qoladi.
Jag‘ suyagi suyak usti pardasi tomonidan qalin ikkilamchi
suyak hosil bo‘lishi hisobiga qalinlashadi. Yuz terisi shu
sohada yupqalashadi.
Oqmalarning ayrimlari bitib kindiksimon chandiq
qoldiradi. Qolgan oqmalardan olcha rangli, tez qonovchi
granulyatsiya to‘qimasi bo‘rtib chiqib turadi.
Surunkali ostemiyelit kechishida xuruj davrlari kuzatiladi.
Davolash
Kasallik statsionarda komplåks davolanadi. Birlamchi
jarrohlik davosi jag‘ ichidagi va atrof to‘qimalardagi yiringli
o‘choqlarni ochish, kasal tishni olib tashlash.
Medikomentoz davo: dezintoksikatsiya, desensibilizatsiya,
stimullovchi va simptomatik davo.
Klinik va rentgenologik tekshirishlarga asoslangan holda
bemorda sekvestektomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.
Abssess – yiringli bo‘shliq ma’nosini anglatib, bu termin ostida
yog‘ to‘qimasining yiringli parchalanishi oqibatida hosil bo‘lgan,
aniq chegaralangan yiringli yallig‘lanish o‘chog‘i tushuniladi. Bu
jarayon asosan yog‘ to‘qimasi bor joylarda paydo bo‘ladi.
Flågmona– yog‘ to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘-
lanishi. Bu jarayon teri va shilliq parda ostida, mushaklar va
fastiyal oralig‘ida aniqlanib, bir vaqtning o‘zida bir yoki bir
necha anatomik sohani egallashi mumkin.
Klinik belgilari. Bemorlar asosan yallig‘langan sohadagi,
turli xil intensivlikdagi og‘riqdan, yuz va bo‘yindagi shishdan
hamda yuz assimetriyasidan shikoyat qiladilar. Bundan
tashqari, og‘iz ochilishining chegaralanishi, chaynash va
yutishning og‘riq bilan kechishi, artikulyatsiyaning buzilishi
bilan kechadi. Bemorlar umumiy holsizlanadi, boshi og‘riydi.
Bemorning tana harorati me’yor darajasida yoki subfebril bo‘ladi.
Davolash
Yuz va bo‘yin sohalaridagi abssess va flågmonalar jarrohlik
va konservativ usul yordamida komplåks davolanadi.
LIMFADENITLAR
Limfadenitlar o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir seroz
va o‘tkir yiringli limfodenitlar farqlanadi.
O‘tkir yiringli limfadenit limfa tugun sohasida infiltratsiya
paydo bo‘lishi, unung siljuvchanligining kamayishi bilan
kåchadi. Bemorning harorati 37,2° – 37°C.
Yallig‘lanish limfa tuguni sohasidagi terining qizarib
shishishi va asta-sekin to‘qima bilan birikishi kuzatiladi.
Limfa tugunining yiringli parchalanishi jarayoni ayrim
bemorlarda tez (2–3 kun ichida ), ayrimlarda sekinlik bilan
(1–2 hafta davomida) rivojlanishi mumkin.
Davolash
Limfa tuguniga infeksiya oqib kelishini to‘xtatishi uchun
birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘i bartaraf qilinadi. O‘tkir såroz
limfadenitni konservativ usulda davolanadi.
O‘tkir yiringli yoki xuruj qilgan surunkali limfadenitlarda
jarrohlik davolash o‘tkaziladi.
XI BOB.
TISH OLISH OPÅRATSIYASI
Tish olish dåganda – tish ildizini alvåola katagi dåvori va
milk chåti bilan bog‘lab turuvchi bog‘lamlarni kuch ishlatish
yo‘li bilan o‘z o‘rnidan sug‘urib olishni tushuniladi. Tish olish


80
81
opåratsiyasi båmorning psixo-emotsional travmasi bilan
kåchadi. Tish olish opåratsiyasi amalga oshirilayotganda shu
holatlarga ham ahamiyat bårish kårak.
TISH OLISH OPÅRATSIYASIGA KO‘RSATMA
VA QARSHI KO‘RSATMALAR
1. Odontogån oståomiyelitning o‘tkir fazasiga sababchi tishni;
2. Odontogån yiringli påriostitga sababchi tishni;
3. Tishni konsårvativ usullarda davolashning natijasi
bo‘lmasa;
4. Tishni toj qismi yåmirilib va tish ildizini protåzlash
uchun qo‘llab bo‘lmasa;
5. Jag‘lar singanida, siniq chizig‘ida joylashgan tishlarni;
6. Råtånsiyalangan tishlar;
7. Shilliq pardani surunkali jarohatlovchi tishlar;
8. Tish qimirlashining 4-darajasi;
9. Makrognatiyada 3-molyar folikullari;
10. Ortodontik davo maqsadida;
11. Ortiqcha tishlar.
Tish olish opåratsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar nisbiy bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
1. Yurak qon-tomir kasalliklari (yurak infarktidan oldingi
holat va infarkt o‘tkazilganidan kåyin 3–6 oygacha), xafaqonlik
kasalligining xuruji davri, tåz-tåz stånokardiyasi tutib turuvchi
yurak ishåmiyasi va boshqalar;
2. Buyrak kasalliklari (o‘tkir diffuz glomårulonåfrit, o‘tkir
nåfroz);
3. Yuqumli gåpatitning o‘tkir davri;
4. O‘tkir låykoz, agronulositoz;
5. Gåmorragik diatåz (gåmofiliya, Vårilgof kasalligi);
6. Xuruj davridagi ruhiy kasalliklar;
7. Miyani qon bilan ta’minlanishining buzilishi;
8. O‘tkir yuqumli kasalliklar (griðp, yuqori nafas yo‘lla-
rining yallig‘lanish kasalliklari);
9. O‘tkir nurlanish kasalligi;
10. Homiladorlikning 1,2,9 oylik davri;
11. Stomatitlar;
12. O‘sma kasalliklarini nur bilan davolash jarayonida.
Omburlar yordamida tish olish operatsiyasi
Tish olish uchun maxsus asboblar – omburlar va elåvatorlar
qo‘llaniladi. Omburda quyidagi qismlar farqlanadi: tish tojini
yoki ildizini tishlab ushlab oluvchi qismi tishlari: shifokor qo‘llari
bilan ushlash uchun tutqichlar. Tishlarning anatomik tuzilish-
lariga, guruhlariga va qaysi jag‘da joylashganliklariga qarab
omburlar turlicha bo‘ladi (17,18-rasmlar).
Agar tishning toj qismi yåmirilib, ildiz qismi qolgan bo‘lsa
elåvatorlar yordamida olinadi. Elåvatorlar uch qismdan iborat:
ishchi qismi, biriktiruvchi qismi va tutqichi.
Tish olish vaqtida milklarni yirtilib kåtishini oldini olish
va ombur tishlarni milk tagiga surib kiritishni osonlashtirish
uchun yumshoq to‘qimalarni tish ildizidan ajratishdan
boshlanadi. Buning uchun tish aylana bog‘lamini ildizdan,
milkni esa alvåola suyagidan silliqlovchi asbob (gladilka)
yordamida ajratiladi.
Tish olish opåratsiyasi, ma’lum tartibda, kåtma-kåt bajari-
ladigan bosqichlardan iborat. Bular quyidagilar:
1. Omburni milk ostiga surib kiritish;
2. Ombur yordamida siqib ushlash (fiksatsiya);
3. Tish ildizini o‘z joyida siljitish (lyuksatsiya yoki rotatsiya);
4. Tishni yoki tish ildizini sug‘urib olish (traksiya).
b
a
17-rasm. Ombur:
1–tishlari, 2–qulfi,
3–tutqichlari.
18 –rasm. 
a) yuqori jag‘ uchun
omburlar, b) pastki jag‘ uchun
omburlar.


82
83
Lyuksatsiya tish ildizini orol yoki dahliz tomonga qaratib
kåtma-kåt tåbratma harakat qildirish yo‘li bilan; rotatsiya –
tish ildizini o‘z o‘qi atrofida aylantirish yo‘li bilan siljitish.
Omburni tishga qo‘yish
Ombur tutqichlari ochilib, tishning tag qismi ombur
tishlari o‘qi bilan bir chiziqda mos kåladigan holda joylanadi.
Ombur tishga to‘g‘ri o‘rnatilgach, uning tishlari olinadigan
tish o‘qi bo‘ylab yo‘naltirib, milk ostiga kiritiladi. Omburga
bosim yanada oshirilib, chuqurroqqa ildiz bilan alvåola suyagi
chåtigacha boriladi ( 19-rasm).
yångish. Rotatsiya harakatini bir ildizli tishlarda qo‘llash mumkin.
Bunda tishni o‘z o‘qi atrofida 15°–20°C ga burish kårak bo‘ladi.
Ko‘p ildizli tishlarni mayatniksimon harakat bilan qo‘zg‘atiladi.
Harakatning boshlanishi kuchsizroq bo‘lib, asta-såkin ampli-
tuda oshirib boriladi. Pastki jag‘ tishlarni o‘rnidan siljitilganda
birinchi harakat til tomonga qaratib bajariladi.
Tishni sug‘urib olish
Tish o‘z o‘rnidan barcha bog‘lamlardan uzib ozod qilin-
gandan kåyin sug‘urib chiqariladi. Tish rotatsiya va traksiya
harakatlari bilan amalga oshiriladi. Qaysi tishni olinishiga qarab
shifokorning va båmorning holati har xil bo‘ladi.
Tishlarning ildizlarini olish
Ildizlarni maxsus omburlar va elåvatorlar yordamida olinadi.
Elåvatorlarning bir nåcha xillari mavjud. Elåvator yordamida
ildiz olish richag prinsiðiga asoslangan. Elåvator yordamida tish
olish uchun chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i yordamida
alvåola o‘sig‘i ushlanadi, o‘ng qo‘ldagi elåvatorning ishchi
qismini olinadigan ildiz påriodontal yorig‘iga kiritiladi. Elåvatorni
0,4–0,6 sm kiritgandan so‘ng, richagsimon harakat yordamida
ildiz surib chiqariladi. Molyar tishlar ildizlarini olishdan avval,
ildizlarni bir-biridan fissur bor yordamida ajratiladi. So‘ng to‘g‘ri
elåvator yordamida ildizlar birin-kåtin sug‘uriladi.
Tish olingan joydagi yaraga ishlov berish
Olingan tish yoki ildiz to‘liq olinganligiga ishonch hosil
qilish maqsadida yaxshilab ko‘zdan kåchiriladi. Olib tashlangan
tish katagida taftish o‘tkazish zarur. Taftishning avval alvåola
katagi dåvorida, so‘ng tubida kichik yoki o‘rta jarrohlik
qoshiqchasi yordamida amalga oshiriladi. Bu yårda mavjud bo‘lishi
mumkin bo‘lgan granulyatsion to‘qimalarda katak ichiga tushib
qolgan suyak sinishlari, maydalanib kåtgan ildiz qoldiqlari
izlanadi va olib tashlanadi. Yuqori molyarlari olingandan so‘ng,
alvåola katagini taftish qilish ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi
kårak. Aks holda, yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining tubi pårforatsiyasi
sodir bo‘lishi mumkin.
19-rasm. Tishlarni olish vaqtida yuqori va pastki jag‘larda omburlarni
joylashtirish.
Olingan tishni ombur yordamida siqib
ushlash (fiksatsiya)
Ombur yordamida tish shunday mahkam siqiladiki, tish
va ombur bir butun yagona siståmani hosil qilishi kårak. Ammo
siquvchi kuch o‘ta katta bo‘lmasligi lozim. Aks holda, kariyås
bilan yåmirilgan tish parchalanib kåtishi mumkin. Kuchsiz
siqilganda esa ombur siljib kåtishi mumkin.
Tishni o‘z o‘rnida siljitish
Tishni o‘z o‘rnida siljitish lyuksatsiya yoki rotatsiya harakat-
lari yordamida bajariladi. Bu bilan tish ildizi atrofidagi
bog‘lamlardan uzish yo‘li bilan påridonitning qarshiligini


84
85
Tish katagi atrofidagi yumshoq to‘qimalar holati tahlil
qilinadi. Osilib qolib, qayta tiklanishga shubha bo‘lgan laxtaklar
kåsib olib tashlanadi. Katta yirtilgan yaralar bo‘lsa, ular chåtiga
ingichka kåtgut chok qo‘yiladi. Natijada tish katagidagi ortiqcha
qon kåtishi to‘xtaydi.
Ståril marlyali tamponlar yordamida alvåola katagi
dåvorlarini bir-biriga yaqinlashtirish maqsadida bosiladi va
tamponni 15–20 daqiqaga tishlab turish tavsiya etiladi.
Båmorga 15–20 daqiqa o‘tirib turish tavsiya etiladi. Shifokor
tamponlarni olib tashlab, qon kåtmayotganligiga iqror bo‘lganidan
so‘ng, båmorga ruxsat båradi. Båmorga 2 soat ovqatlanmaslik,
issiq yoki sovuq ovqatlarni istå’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
Olingan tishlarning o‘rni, asoratsiz bitganda, bu jarayon
dåyarli og‘riqsiz kåchadi va 12–14 kun ichida tåkis granulyatsiya
bilan qoplanib, 1–4 oy ichida to‘liq bitadi.
Tish olish operatsiyasi asoratlari
Tish olish opåratsiyasini amalga oshirish jarayonida umumiy
va mahalliy asoratlar kuzatilishi mumkin. Umumiy asoratlarga
qisqa hushdan kåtish, kollaps va ayrim holatlarda shok holati
paydo bo‘lishi mumkin.
Mahalliy asoratlar yuzaga kålish davriga qarab tish olish opå-
ratsiyasi jarayoni vaqtida va opåratsiyadan kåyingi davrlarga bo‘linadi.
Qisqa muddatli hushdan kåtish
Båmordagi kuchli his-hayajon, qo‘rquv va noturg‘un asab
tizimi sabab bo‘lishi mumkin. Bunda båmor tårisi oqaradi,
tårlaydi, hushini yo‘qotadi, pulsi såkinlashadi. Bu holda muolajani
to‘xtatish, båmor boshini engashtirish yoki uni gorizontal holatga
kåltirib, erkin nafas olishni ta’minlash zarur. Båmorga novshadil
spirtini hidlatish va yurak faoliyatini aktivlashtiruvchi tadbirlarni
o‘tkazish kerak. Buning uchun tåri ostiga 10% li kofåin bånzoat
natriy yuboriladi. Agar tish olish opåratsiyasi tugallanmagan
bo‘lsa, opåratsiya boshqa kunga qoldiriladi.
Kollaps
Kollaps – kishi hayotini xavf ostida qoldiradigan og‘ir
holat. Kollapsda artårial va vånoz qon bosimi kåskin kamayadi.
Markaziy asab tizimi faoliyati susayadi, moddalar almashinuvi
buziladi, qon tomirlari dåvorining tonusi to‘satdan susayadi.
Kollaps — ko‘p qon kåtganda, jismoniy va emotsional holsizlanish,
o‘tkir yuqumli kasalliklarda, zaharlanishlarda kuzatiladi. Kollapsda
båmorning to‘satdan rangi o‘chib, badani ko‘karadi, sovuq
tår bosadi, nafasi yuzakilashadi, pulsi susayadi, sistolik artårial
bosim pasayib, 60–50 mm simob ustuniga tång bo‘ladi.
Båmorni kollaps holatidan chiqarish uchun uni gorizontal
holatiga kåltiriladi, mushak orasiga 1 % li kordiamindan 1 ml,
1 % li måtazin 1 ml, tåri ostiga 20 % li kamfora eritmasidan 2
ml yuboriladi.
TISHNI OLISH OPERATSIYASI PAYTIDA YUZAGA
KELADIGAN ASORATLAR
1. Olingan tishning va tamponning qon laxtalari nafas yo‘liga
tushib qolishi hatto asfåksiya holatini kåltirib chiqarishi mumkin.
Båmorda yo‘tal xuruji boshlanadi. Båmorni tåzda råntgån
tåkshiruvidan o‘tkazib, pulmanolog shifokor bilan birgalikda
davo råjasi tuzilishi va yordam ko‘rsatishi kårak bo‘ladi.
2. Alvåolalar o‘siq yoki jag‘larning bir qismini olinayotgan
tish bilan birga qo‘porib chiqish.
3. Pastki jag‘ sinishi kam uchraydi. Bunday asorat jag‘da
patologik jarayon kåchayotgan bo‘lsa sodir bo‘ladi (o‘smalar,
oståomiyelit, tubårkulyoz, sifilis). Agar tish olish opåratsiyasi
uslubi buzilib, qo‘pol harakat qilinsa ham jag‘ sinishi mumkin.
4. Pastki jag‘ning chiqishi. Og‘iz o‘ta katta ochilsa va unga
vårtikal bosim bilan ta’sir ko‘rsatilsa sodir bo‘lishi mumkin.
Shunday asorat sodir bo‘lmasligi uchun chap qo‘l barmoqlari
yordamida pastki jag‘ mahkam ushlab turiladi.
5. Tish ildizlarini atrof yumshoq to‘qimalariga surib
chiqarish. Tish ildizlarini olish tåxnikasini qo‘pol ravishda
buzilishi, elåvatordan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri kuch
ishlatishi oqibatida kålib chiqadi.
Qon ketish sabablari mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin.
Mahalliy sabablar tish olish vaqtida alveola o‘sig‘ini, yumshoq
to‘qimalarni kuchli jarohatlash, granulyatsiya to‘qimasining
qolib ketishi; umumiy sabablarga qon ivishi jarayonining
buzilishi bilan kechuvchi qon kasalliklari yoki qon-tomir
tuzilishini buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar kiradi.


86
87
Qon ketayotgan joyni aniqlash maqsadida og‘riqsizlantirish
usulini o‘tkazgandan so‘ng, tish katagi va atrof to‘qimalarni
taftish o‘tkaziladi va qon laxtalaridan tozalanadi. Qon ketish
sabablari aniqlanib to‘xtatiladi. Ko‘pincha qon ketish tish
katagi yodoforomli tampon qo‘yish yordamida to‘xtatiladi.
Olingan tish operatsiyasidan keyingi og‘rishi. Odatda,
olingan tish o‘rni anesteziya ta’siri o‘tgandan so‘ng ozroq
og‘riydi va og‘riq bir necha soatdan so‘ng yo‘qoladi. Lekin
ayrim hollarda oradan 1–3 kun o‘tgandan so‘ng og‘riq paydo
bo‘ladi. Bu og‘riqning sababi alveola katagiga yot jinsning
(tish siniqlari, plomba bo‘laklari va boshqalar) tushib qolishi
yoki tish olish paytida tish katagi devorlarini o‘ta kuchli
bosimli shikastlantirish sabab bo‘ladi. Bunda alveola katagining
yallig‘lanishi kuzatilmaydi.
Alveolit kasalligi. Bu kasallik olingan tish katagi devorlarini,
infeksiya tushishi va travma oqibatida to‘qimalarni reaktivligini
pasayishi natijasida hosil bo‘ladigan yallig‘lanishdir. Uning
sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
a) tish olish paytida alveola katagi devorlarini va kataklararo
to‘siqni o‘ta maydalanib ketishi;
b) milk va shilliq qavatlarni operatsiya paytida ezilib, yirtilib
ketishi natijasida alveola suyagini ochilib qolishi;
v) tish olingandan keyin ildizlararo yoki tishlararo suyak
to‘siqlarini katakni o‘tkir qirrali devorlarini ortiqcha joylari
olib tashlanmaganligi va tekislanmaganligi;
g) elevator va kachavalar bilan alveola suyagiga kuchli
jarohat yetkazilganligi;
d) tish olish operatsiyasini uzoq va travmali kechganligi;
e) olingan tish katagida infeksiyani bo‘lishi (o‘tkir yoki xuruj
qilgan periodontit, asoratlangan, parodontit va boshqalar);
j) kechirilgan somatic kasalliklar oqibatida organizmning
umumiy reaktivligining pasayganligi.
Bemor olingan tish o‘rnidagi doimiy, kuchli, quloq-chakka
sohalari va boshning yarmigacha tarqaluvchi og‘riqdan, umumiy
holatini yomonlashganligidan, holsizlikdan hamda tana harorati
oshganligidan shikoyat qiladi. Og‘riqni kuchliligidan bemorni
ovqatlanishi o‘ta qiyinlashadi, uyqusi buziladi. Bemor og‘zidan
qo‘lansa hid kelib turadi.
Olingan tish katagida qon laxtaklarining faqat qoldiqlarini
topish mumkin, uning devorlari kulrang karash bilan qoplangan.
Atrof shilliq qavati qizargan, shishgan, palpatsiyalanganda
og‘riydi. Jag‘osti limfa tugunlari kattalashgan. Yuz yumshoq
to‘qimalari shu sohada shishgan bo‘lishi mumkin.
Davosi. Bemorda mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazilgach,
quyidagi ikki taktikadan biri qo‘llaniladi:
1. Tish katagi antiseptiklarning iliq eritmasi bilan bosim
ostida (shprits va uchi o‘tmaslashtirilgan ignadan foydalanib)
yuviladi.
2. Buning uchun 3% li vodorod peroksidi, 1:5000
nisbatdagi furatsillin, 1:1000 nisbatdagi permonganat kaliy,
xlorgeksidin eritmalari ishlatiladi. Katakdagi karash, ovqat
qoldiqlari va so‘lak yuvib chiqariladi. So‘ng o‘tkir jarrohlik
kichkina qoshig‘i hamda qirg‘ichlar yordamida katakdagi qon
laxtagining qoldiqlari, suyak va tish bo‘laklari, granulyatsion
to‘qimalar ehtiyotlik bilan olib tashlanadi.
XII BOB.
YUZ-JAG‘ TIZIMI JAROHATLARI
PASTKI JAG‘ JAROHATLARI VA SINISHLARI
Agar, pastki jag‘ o‘rta chiziq bo‘ylab sinsa, siniq bo‘laklari
siljishi minimal bo‘ladi yoki siljimaydi. Chaynov muskul-
larining tortishish kuchi oqibatida suyak bo‘laklari orasida
kichik yoriq paydo bo‘lishi mumkin. Agar pastki jag‘ qoziq
tish sohasida sinsa, siljish kuzatiladi. Chaynov muskullarining
qisqarishi natijasida kichik suyak bo‘lagi yuqoriga ko‘tariladi.
Katta suyak bo‘lagi pastga suriladi.
Pastki jag‘ning tish qatorlari sohasi sinishlarida suyak
bo‘laklari siljishidan tashqari, prikusning o‘zgarishi, og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq pardasining butunligi buziladi. Jag‘ oldi
to‘qimalarining jarohatli zararlanishi, yallig‘lanish jarayonining
boshlanishiga, bu esa jag‘ harakatini chegaralanishiga olib keladi.
Pastki jag‘ singan bemorlarning og‘zi yarim ochiq bo‘lib, qonli
so‘lak ajralib turadi.
Pastki jag‘ning majburiy holatda bo‘lishi og‘iz yopilganda
hosil bo‘ladigan keskin og‘riq bilan bog‘liq. Ko‘pincha iyak va
pastki labning sezuvchanligi va tishlarning elektr sezuvchanligi
pasayadi (20-rasm).


88
89
20-rasm. Pastki jag‘ sinishlarida suyak bo‘laklarining siljishi:
a–o‘rta chiziq bo‘yicha, b–molyarlar sohasida, d–toj o‘sig‘i sohasida,
e–ikki tomonlama toj o‘sig‘i sohasida.
YUQORI JAG‘NING JAROHATLARI VA SINISHLARI
Yuqori jag‘ suyagi zarbalardan kamroq himoyalanganligi
uchun sinishlarning 60% i yuqori jag‘ga to‘g‘ri keladi. Yuqori
jag‘ suyagining kalla skeleti suyaklari bilan mustahkam choklar
hosil qilib birikkanligi uchun ko‘pincha singan vaqtida boshqa
suyaklar sinishi ham kuzatiladi. Katta asosiy suyak sinishi ham
sodir bo‘ladi.
Yuqori jag‘ning bir necha zaif joylari mavjud bo‘lib,
sinishlar shu sohada yuz beradi.
1900-yilda Le For tomonidan yuqori jag‘ sinishlari tasnifi
kashf etilgan.
Le For bo‘yicha 1-tið
Bu tiðda sinish chiziq noksimon teshik asosi bo‘ylab yuqori
jag‘ do‘ngchalari tomon yo‘nalishda asosiy suyakning qanotsimon
o‘simtalari uchiga gorizontal boradi. U alveolyar o‘siq asosidan
oz-moz yuqoriroqdan, qattiq tanglay gumbazi ustidan o‘tadi,
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini kesib o‘tadi, bunda bo‘shliqning tubi
sinib tushadi. Burun to‘sig‘i sinishi ham qayd qilinadi. Agar
to‘liq sinish yuz bergan bo‘lsa, sinish butunligicha pastga siljiydi,
noto‘liq sinishida uning qimirlab qolishi qayd qilinadi.
Le For bo‘yicha 2-tið
Sinishning bu turida yuqori jag‘ yonoq suyagi va bosh
suyagi asosidan boshlab burun suyaklari bilan birga uzilib
tushadi. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devorini kesib,
orbita tubi bo‘ylab pastki orbital qirg‘oq orqali yonoq suyagi
bilan birikish sohasida o‘tadi. Sinishning orqa ichki chizig‘i
burun to‘sig‘i va qanotsimon o‘simtalar asosi orqali o‘tadi.
Bu tið sinishda g‘alvirsimon suyak va bosh suyagi asosining
sinishi qo‘shilib kelishi mumkin.
Le For bo‘yicha 3-tið
Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devoridan uning tashqi
devoriga o‘tib, ko‘z kosasining tashqi orbital chetini va yonoq
ravog‘ini kesib o‘tadi. Yuqori jag‘ning burun o‘sig‘i va yonoq
suyagi bilan uzilib tushishi ro‘y beradi. Ko‘pincha bosh suyagining
asosidagi suyaklarning sinishi ham kuzatiladi. Yuqori jag‘ sinishida
siniqning siljishi, siniq chizig‘i bo‘ylab og‘riq, ko‘z kosasi sohasiga
qon quyilganligi (ko‘zoynak simptomi) kuzatiladi.
Le For hamma sinish variantlarini aks ettirmaydi
Yuqori jag‘ sinishida bemor bosh og‘rig‘iga, jag‘larini
jiðslashtira olmasligi, qirsillash sezgisi paydo bo‘layotganiga
shikoyat qiladi. Ko‘rik o‘tkazilganda yuzning o‘rta qismi
shishish, ayrim hollarda ko‘z kosasining ichki burchagining
qon talashgan holatda bo‘lishi kuzatiladi. Burun suyagi
sinishi bilan kechganida burun deformatsiya bilan kechadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rikdan o‘tkazilganda prikusning
o‘zgarganligi, suyak bo‘laklarining orqaga siljishi oqibatida
ochiq prikus hosil bo‘lishi mumkin.
a)
b)
d)
e)
21-rasm. Lå For bo‘yicha yuqori jag‘ sinishlari: 
a–1-tið, b–2-tið,
d–3-tið.
a)
b)
d)


90
91
YUZ-JAG‘ SOHASI JAROHATLARI VA SINISHLARIDA
BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Avval umumiy va mahalliy asoratlarni oldini olish zarur
(shokka qarshi kurash, asfiksiyani oldini olish, qonni to‘xtatish
va yo‘qotilgan qonni tiklash).
Davolash suyak butunligini va funksiyasini tiklashga
qaratilgan. Buning uchun suyak bo‘laklarini repozitsiya va
immobilizatsiya qilish lozim.
Birinchi malakali tibbiy yordam ko‘rsatilguncha standart
bog‘lamlar yordamida jag‘lar immobilizatsiya qilinishi kerak.
Agar standart shinalar bo‘lmasa, qalpoq va bir necha giðsli
bintdan hosil qilingan iyak sopqoni yordamida immobilizatsiya
qilinishi kerak.
Pastki jag‘ning siljishini immobilizatsiya qilish
Sinish yuz berganda mahalliy og‘riqsizlantirish yordamida
suyak bo‘laklari repozitsiya qilinadi. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida
saqlanib qolgan tishlar ko‘p bo‘lsa ligaturali bog‘lamlardan
foydalaniladi. Bular, Ayvi, Vilga, Geykin bog‘lamlari (22-rasm).
Bundan tashqari, aluminiy simi yordamida S.S.Tigershted shinasi
qo‘yiladi. Bemor shinani 25–30 kun davomida taqib yuradi.
Yuqori jag‘ immobilizatsiyasi esa, 20–22 kun davom etadi.
Jag‘ sinishlarini davolash usullari
Jag‘ sinishlarini davolashning maqsadi, qisqa muddat ichida
singan bo‘laklarni bitishi, prikusning to‘liq tiklanishi. Buning uchun:
1. Suyak bo‘laklarini bimanual repoziyasi.
2. Suyak bo‘laklarini qattiq va stabil mahkamlash.
3. Suyak singan sohada regeneratsiya uchun sharoit yaratish.
4. Davolashni kechiktiruvchi ikkilamchi yallig‘lanish
jarayonlarini profilaktika qilish.
Suyak bo‘laklari repozitsiyasi
Suyak bo‘laklari repozitsiyasini bir daqiqali yoki bosqich-
ma-bosqich amalga oshirish mumkin. Mahalliy infiltratsiyali
va o‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish usuli yordamida bir daqiqali
qonsiz repozitsiya amalga oshiriladi. Doimo suyak bo‘laklarini
maksimal repozitsiya qilishga intilish zarur. Agar bir daqiqali
qonsiz repozitsiya samara bermasa, bosqichma-bosqich repozitsiya
qilinadi. Bosqichma-bosqich repozitsiya jag‘lararo va maxsus
apparatlar yordamida amalga oshiriladi. Agar bosqichma-bosqich
repozitsiya samarasiz bo‘lsa, jarrohlikka murojaat qilinadi.
Singan jag‘ suyaklarini mustahkam ushlab
turadigan apparatlar
Urush vaqtida jag‘-yuz jarohatlarini davolashda transport
shinalari , ba’zan esa ligatur bog‘lovlari qo‘llanilgan. Transport
shinalaridan eng qulayi qattiq iyak sopqonidir. U yon tomonida
bolishi bor bosh bog‘lovi, plastmassadan tayyorlangan iyak
sopqoni va har tomonga 2–3 tadan qo‘yilgan rezina tortmadan
iborat. Standart transport shinalariga yana singan yuqori jag‘
bo‘laklarini mahkamlash uchun og‘iz tashqarisida turadigan
richagli shisha qoshiq ham kiradi; uni boshdagi bog‘lovga rezina
tasma yoki dokalar bilan tortib qo‘yiladi, bunda shina-qoshiq
qimirlamasdan mahkam turishi uchun uning ichiga yumshatil-
gan stens yoki guttapercha yupqa qilib qo‘yiladi.
Milk ustiga qo‘yiladigan nishab tekislikli plastinka shina pastki
jag‘ burchagi va tepaga ko‘tariluvchi tarmog‘i sohasidagi sinish-
larni davolashda keng qo‘llaniladi. Yuqori jag‘dagi sinishlar
ham og‘izdan tashqarida turadigan richaglari bo‘lgan plastinka shina
22-rasm. Suyak bo‘laklarini ligatura simlari bilan bog‘lab mahkamlash:
a–yuqori va pastki jag‘larni mahkamlash, b–Ayvi bo‘yicha simli bog‘lam
qo‘yish bosqichlari.
a)
b)


92
93
yordamida davolanadi. Bu richaglar rezina tortqichlar yordamida
boshdagi bog‘lovga mahkamlab qo‘yiladi. Bu shinadan singan
yuqori va pastki jag‘larni bir vaqtda davolash uchun ham
foydalanish mumkin. Bunday hollarda mazkur shinaga yuqoriga
qarab to‘g‘ri burchak ostida qayirib qo‘yilgan changaksimon
halqachalar yopishtirib qo‘yiladi va ular rezina halqalar o‘rnatish
hamda pastki jag‘ siniqlarini tortib qo‘yish uchun xizmat qiladi.
Pastki jag‘ siniqli tishlarga aluminiy simdan yasalgan, changak-
simon halqachalari pastga qayirib qo‘yilgan shinalar o‘rnatiladi.
PASTKI JAG‘NING CHIQISHI
Pastki jag‘ning chiqishi og‘iz haddan tashqari katta ochil-
ganda: esnaganda, tish oldirilganda, ayniqsa pastki jag‘dagi katta
oziq tishlar oldirilganda, me’daga zond yuborilganda, og‘izni
og‘iz kengaytirgich bilan ochishda, pastki jag‘ tanasiga zarb
tekkanda va shu kabilarda yuz beradi.
Eng keng tarqalgan chiqishlardan biri, oldinga chiqish,
bunda bo‘g‘im boshchasi bo‘g‘im do‘mbog‘idan sirpanib o‘tib,
uning oldida turib qoladi, bu holat bo‘g‘im yon boylamlarining
tarangligi va chaynov muskullarining reflector qisqarishi
natijasida ushlanib turadi.
Jag‘larni kuch bilan joyiga solishda bo‘g‘im boshchasini
bo‘g‘im do‘mbog‘idan orqaga surishdan iborat. Bemor stul
yoki kresloga o‘tkaziladi. Yordam beruvchi bosh barmoqlarini
sochiq bilan o‘rab, pastki jag‘dagi katta oziq tishlarning
chaynov yuzasiga, bunday tishlar bo‘lmasa – alveolyar
o‘siqqa qo‘yadi. Bemorga yarim suyuq ovqatlar tavsiya qilinadi.
Jag‘ning orqaga chiqishi juda kam uchraydi. Unga ko‘pincha
iyakka qattiq zarb tushishi sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
chiqishda bemorning og‘zi yumilgan, pastki jag‘ esa orqaga
surilgan. Bunday chiqishni joyiga solishda pastki jag‘ni oldinga
va ayni vaqtda pastga tortiladi.
YUZ-JAG‘ SOHASI SHIKASTLANGAN BEMORLARNI
PARVARISH QILISH
Yuz-jag‘ sohasidagi shikastlanishlarda bemorni, ayniqsa
birinchi hafta mobaynida o‘rnida qaddini baland vaziyatda yotqizish
kerak. Bunday noilojlik holati qon oqish xavfini, qon, shilimshiq,
yiring, ovqat qoldiqlaridan aspiratsiya yuz berish imkoniyatini
kamaytiradi. Noilojlik holati va og‘ir bemorlarni vaqti-vaqtida u
yonboshidan bu yonboshiga yotqizish o‘pkadagi dimlanish
hodisalarini va o‘pkada yallig‘lanish asoratlari yuz berish xavfini
bartaraf etadi. So‘lak oqishini kamaytirish uchun kuniga 3 marta
5–6 tomchidan belladonna nastoykasi, 0,5–1 gr atropinning
1% li eritmasi teri ostiga yuboriladi. Agar jarohat atrofidagi terida
doimo namlanib turish ta’sirida bichilish paydo bo‘lsa, bu
uchastkalarga rux mazi yoki 2% li metilen ko‘ki eritmasi surtiladi,
shundan so‘ng ustidan yupqa vazelin qavati qoplanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish
Yuz-jag‘ sohasidagi yaralanishlarda chaynash akti buzilishi
oqibatida og‘iz bo‘shlig‘ining o‘z-o‘zini tozalashi ro‘y
bermaydi. Odatdagi parvarish qilishning esa (tishlarni tish
cho‘tkasi va pasta bilan yuvish) iloji bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra,
og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlari, jarohat ekssudati va
boshqalar yig‘ilib qoladi. Ularni tozalash uchun og‘iz
bo‘shlig‘ini muntazam yuvib turish (Esmarx krujkasidan va
boshqa moslamalardan) kerak (23-rasm).
23-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish.
Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvishdan maqsad ovqat qoldiqlarini
mexanik tozalashgina emas, balki yoqimsiz hidni bartaraf etish
ham ekanligini nazarda tutib, odatda ma’lum darajada hid
yo‘qotuvchi xossalari bo‘lgan pushti rangli kaliy permanganat
eritmasi qo‘llaniladi. Zarurat bo‘lganda oqimni uzib qo‘yish
uchun rezina shlangaga maxsus zajim kiygiziladi.


94
95
MUNDARIJA
I bob. Yuz-jag‘ sohasi anatomiyasi va fiziologiyasi
haqida qisqacha ma’lumot
Yuqori jag‘ suyagi ..........................................................................................3
Pastki jag‘..........................................................................................................4
Qattiq tanglay...................................................................................................5
Chaynov va mimika muskullari..................................................................... 6
Og‘iz bo‘shlig‘i................................................................................................7
Til ...................................................................................................................... 7
Og‘iz bo‘shlig‘ining so‘lak båzlari................................................................8
Tishlar .............................................................................................................9
Tishlarning anatomik tuzilishi ....................................................................11
Tishning gistologik tuzilishi........................................................................12
Tishlarning farqlash bålgilari .........................................................................14
Tishlarning xususiy anatomiyasi................................................................15
Pastki jag‘ tishlari..........................................................................................18
Påriodont.........................................................................................................19
Parodont..........................................................................................................21
II bob. Stomatologik apparat va asbob-uskunalar
Stomatologik xonaning jihozlanishi............................................................21
Stomatologik moslamalar............................................................................22
Stomatologik asboblar..................................................................................23
III bob. Tish va og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi, tåkshiruv usullari
Tåkshiruv usullari.........................................................................................26
Yordamchi tåkshiruv usullari....................................................................28
Laboratoriya tåkshiruv usullari......................................................................29
IV bob. Stomatologiyada og‘riqsizlantirish
Pråmidikatsiya................................................................................................30
Mahalliy og‘riqsizlantirish...........................................................................31
Mahalliy og‘riqsizlantirishda uchraydigan xato va asoratlar.................. 33
V bob. Tish qattiq to‘qimalarining nokarioz va kariyåsli nuqsonlari
Tishning qattiq to‘qimalari nuqsonlari.......................................................36
Tish milkni yorib chiqqanidan so‘ng hosil bo‘lgan nuqsonlar............40
Kariyås............................................................................................................43
VI bob. Pulpitlar
O‘tkir pulpitlar..............................................................................................48
Surunkali pulpitlar.........................................................................................49
Pulpitlarni davolash......................................................................................50
Pulpitlarni vital amputatsiya usulida davolash..........................................52
VII bob. Påriodontit kasalliklari
Påriodontitlar tasnifi...................................................................................56
Surunkali påriodontitlar..............................................................................58
Surunkali påriodontitlarni davolash..........................................................60
VIII bob. Parodont kasalliklari
Parodont kasalliklari tasnifi..........................................................................61
Gingivit .........................................................................................................62
Parodontit.......................................................................................................63
Parodontitlarni davolash..............................................................................66
Parodontoz......................................................................................................67
IX bob. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari tasnifi.......................................69
Måxanik shikastlanish ..................................................................................69
O‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda shilliq qavat jarohatlanishi...70
O‘tkir gårpåtik stomatit.................................................................................72
Lab kasalliklari...............................................................................................73
Til kasalliklari.................................................................................................74
X bob. Yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish kasalliklari
Påriostitlar.....................................................................................................75
Jag‘larning odontogån oståomiyelitlari..........................................................76
Limfadånitlar..................................................................................................79
XI bob. Tish olish opåratsiyasi
Tish olish opåratsiyasiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar...................80
Tishni olish operatsiyasi paytida yuzaga keladigan asoratlar................85
XII bob. Yuz-jag‘ tizimi jarohatlari
Pastki jag‘ jarohatlari va sinishlari..............................................................87
Yuqori jag‘ning jarohatlari va sinishlari....................................................88
Yuz-jag‘ sohasi jarohatlari va sinishlarida birinchi yordam..................90
Pastki jag‘ning chiqishi................................................................................92
Yuz-jag‘ sohasi shikastlangan båmorlarni parvarish qilish..................92


O‘quv qo‘llanma
Nigora Toshpo‘latova, Sayyora Suyunova
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I KASALLIKLARI
Tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Muharrir Hikoyat Mahmudova
Musavvir Nikolay Popov
Badiiy muharrir Anatoliy Bobrov
Texnik muharrir Tatyana Smirnova
Musahhih Fotima Ortiqova
Kompyuterda sahifalovchi Zilola Mannopova
IB ¹ 4479
Bosishga 27.12.06-y.da ruxsat etildi. Bichimi 84x108
1
/
32.
Tayms garniturasi. Ofset bosma. 5,04 shartli bosma toboq.
6,0 nashr tobog‘i. Jami 2842 nusxa. ...raqamli buyurtma.
14–2007 raqamli shartnoma. Bahosi shartnoma asosida.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
100129. Toshkent. Navoiy ko‘chasi, 30.
100128. Toshkent. Usmon Yusupov ko‘chasi, 86.

Download 1.53 Mb.




Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish