-mavzu. Avtomobilni umumiy tekshirish




Download 0.91 Mb.
bet14/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#36832
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yurish qismi (Автосохраненный)
3-mavzu fiz o\'qish презинтация, Tex 1.ru.uz, FIZIK VA KALLOID KIMYO 2, Personalni rejalashtirish yo, Doc1, 9-sinf-Rus-tili-imtihon-javoblari-2023-yuklab-olish, 1-AMALIY RMVA RK, 6-amaliy RMvaRK, Javobi Statistika lotincha “status”-hozir.org, lkhb, Titul varaqini tayyorlash, 4366-карор, 16-mavzu test Marksova Dilnoza, BOBURNOMA (4)
2-mavzu. Avtomobilni umumiy tekshirish.
Reja:

1. Avtomobillarga tashhis qo’yish mazmuni.


2. Tezkor tashhis qo’yiladigan agregat va uzellar.
3. Avtomobilning tormoz tizimi, gildiraklari va kuzovlari nosoozliklariga tashhiz qo’yish.

Avtomobillarga tashhis qo’yishdan maqsad, avtomobil agregat va uzellarining texnik holatini qismlarga ajratmay aniqlash bo’lsa, tezkor tashhis qo’yishda asosan xavfsizlikni ta’minlovchi agregat va uzellarning texnik holati va avtomobilning bundan keyin foydalanishga yaroqliligi tez aniqlanadi. Tezkor tashhis qo’yishda quyidagilar tekshirib ko’riladi:



  • rul mexanizmining ishonchli mahkamlanganligi;

  • rul chambaragi va rul tortqilaridagi lyuft miqdori;

  • osma jamlamasi va detallari holati;

  • shinalar texnik holati va ulardagi havo bosimi;

  • tormoz tizimlari sozligi va ishlashi;

  • avtomobildagi yorug’lik va tovush daraklagichlarining sozligi va ishlashi;

Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar bajarilgandan keyin avtomobilga «soz» yoki «nosoz» degan xulosa chiqariladi.
Avtomobilga tezkor tashhis qo’yish ishlari maxsus moslama, jihoz va asboblar bilan jihozlangan bo’lim yoki texnik xizmat ko’rsatish shahobchalarida olib boriladi. Tezkor tashhisdan o’tgan nosoz avtomobillar ta’mirlash yoki rostlash ishlari zarurati bo’lsa kerakli TXK bo’limlarga yuboriladi.
Avtomobil agregatlari, uzellari va tizimlarining ishchanlik qobiliyatini tekshirish turli xil konstruktsiyali stendlar foydalaniladi. Bu stendlarni birgina kollej sharoitida foydalanish iqtisodiy jihatdan juda qimmatga tushadi va o’zini oqlamaydi. SHuning uchun modulni maxsus tezkor tashhis qo’yish shahobchalarida o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra yo’l-transport hodisalarning 40-45% tormoz tizimining nosozligiga to’g’ri keladi.
Nosozlikni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish-tashhis yo’li bilan aniqlanadi. Tormozlarni tashhis qilish umumiy va elementlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Birinchi guruhga avtomobil tormozlanganda bosib o’tilgan yo’l va avtomobilning sekinlanishi, tormoz kuchlarining o’qlar bo’yicha farqi kabi ko’rsatkichlar kiradi. Ikkinchi guruhga tepki bosiladigan kuch, tormoz kuchlarining ortib va pasayib borishi, tormoz mexanizmlarining ishga tushish vaqti, tormoz pedalining erkin yo’li va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilgan parametrlar-yurish qismini yo’l sharoitida tekshirish; ekspluatatsiya jarayonida esa, avtomobilga o’rnatilgan tashhis vositalari; statsionar sharoitlarda tormoz stendlari yordamida aniqlanadi.
Tormoz tizimini yo’l sharoitida tekshirish – avtomobilning tormoz sifatini homaki aniqlashdan iborat. Bunda tormoz yo’lini kuzatish bilan va g’ildiraklarning barobar tormozlanishi, bir marta keskin bosish yo’li bilan aniqlanadi.
Engil avtomobillar uchun (v q 30 km/coat) tormozlanish yo’li 7,2 m, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra 9,5 – 11,0 m tashkil etadi.
Statsionar tashhis qilishga tormoz mexanizmlarining holati, uning ko’rsatkichlari bo’yicha keng va aniq ma’lumotlar olinadi. Bundan tashqari bu usul bilan tekshirishni tashkil qilishda, faqat nosozliklar aniqlanib qolmay, bartaraf etish sifatini ham aniqlash imkonini beradi.
Inertsion tormoz stendlari ishlash tamoyili bo’yicha barabanli va platformali turlarga bo’linadi.
Barabanli tormoz stendlarida tormozlanishning effektivligi ularning ishini stendning aylanuvchi massalarining kinetik energiyasi bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Platformali stendlarda avtomobilning ilgarilama-qaytma va aylanuvchi massalarning kinetik energiyasi bilan solishtiriladi.
Barabanli inertsion tormoz stendlarida tashhis quyidagi texnologiya asosida bajariladi. Avtomobil ineritsion stendga chiqarilgach, g’ildiraklar tezligi 50-70 kmsoatgacha yetkazilib keskin tormozlanadi. SHu bilan birga elektromagnit muftalarni ishga tushirib stendning barcha karetkalari ajratiladi, 1-rasm.
Tormoz pedaliga bosiladigan kuch avtomat yordamida amalga oshiriladi. Bunda g’ildirak bilan stend barabanlari orasida tormozlanish kuchlariga qarshi bo’lgan inertsiya kuchlari hosil bo’ladi. Biroz vaqt o’tgach stend barabanlari va g’ildiraklarining aylanishi to’xtaydi. SHu vaqt mobaynida avtomobil g’ildiraklarining bosib o’tgan yo’li yoki barabanning burchak tezligining sekinlashishi tormozlashish yo’liga va kuchlariga ekvivalent bo’ladi. Ular stendda o’rnatilgan o’lchov asboblari yordamida qaydlanadi.
Avtomobil shinalariga tashhis qo’yishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:



  • Югирувчи барабанли инерцион тормоз стенди.

    Download 0.91 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Avtomobilni umumiy tekshirish

Download 0.91 Mb.