217
sintetik kir yuvish vositalaridan foydalaniladi. Avtomobillarni yuvish 2 usul: qo’l bilan va maxsus
jihozlar yordamida bajariladi.
Avtomobillarni qo’l bilan yuvish ishlari kichik ATK larda bajarilib, unda shlanka, cho’tka
yoki yumshoq materiallar ishlatiladi.
Mexanizastiyalashgan yuvish ishlari
yirik ATK larda bajarilib, unda avtomobillarni turiga
qarab kerakli mexanizmlar va jihozlar ishlatiladi.
Avtomobillarni quritish: yuvilgan avtomobillar sirtini artish va namlikni ketkazishdan iborat
bo’lib, bunda artish materiallari va maxsus quritish jihozlari ishlatiladi.
Avtomobil kuzovini yaltiratish:uzoq vaqt ekspluatastiya qilish va tashqi muhit tahsirida
avtomobilning bo’yoq
paytlari eskiradi, yoriladi va yaltirash hususiyatini yo’qotadi. Natijada
yorilgan bo’yoq qatlamlari orasiga namlik o’tib, metall zanglaydi va chiriydi. Bo’yoq qatlamlar
ko’proq ishlashi va sirtida zanglashga qarshi qoplam hosil qilish uchun maxsus yaltiratish
vositalaridan foydalaniladi. Yaltiratish quyidagi tartibda bajariladi: tozalab yuvilgan yuza artiladi va
quritiladi, keyin yaltiratish pastasi yuzaga surtilib yumshoq mato bilan yaltiraguncha artiladi.