• GAI-1 turidagi gazoanalizatorlarning tuzilishi va ishlash prinstipi. GAI-1 gazoanalizatori, karbyuratorli avtomobil dvigatellari ishlaganda ajralib chiquvchi ChG lar
  • S gacha bo’lishi mumkin. Ularning ishlashi optika adsorbstiyali usulga asoslangan bo’lib, infroqizil energiya nurlari tekshirilayotgan komponent-lardan o’tishi darajasiga
  • Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini me’yorlash. 1988 yildan beri GOST




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet177/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini me’yorlash. 1988 yildan beri GOST
    17.2.2.03-87 "Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Benzin dvigatelli avtomobillarning chiqindi
    gazlarida SO miqdori. Me’yor va uni aniqlash usullari" kuchga kirgan bo’lib, unga binoan
    uglerod oksidi va SN miqdori aniqlanadi. Bu komponentlar dvigatelning tirsakli vali 2 xil
    aylanishlar bilan ishlaganda, yahni minimal (N
    min
    ) va yuqori aylanishlar (0,6
    ·
    N
    nom
    ) rejimida
    chiqarish trubasi orqali aniqlanadi.
    Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori me’yoridan ortib ketishiga asosiy sabab:
    yonilg’i ta’minnoti va o’t oldirish tizimining nosozligi, havo filtrining, stilindr-porshen guruxi va
    gaz taqsimlash mexanizmining nosozligi.
    GAI-1 turidagi gazoanalizatorlarning tuzilishi va ishlash prinstipi. GAI-1
    gazoanalizatori, karbyuratorli avtomobil dvigatellari ishlaganda ajralib chiquvchi ChG lar
    tarkibidagi uglerod oksidi miqdorini avtomatik ravishda
    o’lchash uchun ishlatiladi. Tekshirilayotgan gazlar harorati
    200
    °
    S gacha bo’lishi mumkin. Ularning ishlashi optika
    adsorbstiyali usulga asoslangan bo’lib, infroqizil energiya
    nurlari tekshirilayotgan komponent-lardan o’tishi darajasiga
    bog’liq. Nurlarni ogahiy yutilish darajasi gaz aralashmasidagi
    komponentlar konstetrastiyasiga bog’liq bo’ladi.
    Asbobning tuzilishi: GAI-1 gazoanalizatori optik blok,
    proba tayorlash va elektrik sxemadan, yahni modulyator
    generatori, chastotalarni ajratuvchi, sinxronlash qurilmasidan tashkil topgan.
    Asbobni ishga tayorlash: "Kalibr-1", "Nasos-2", "VKL-3" (1-rasm) tugmachalar o’chirilgan
    (vo’klyucheno) holatida bo’lishi kerak. Gazoanalizatorga elektr ta’minnoti simi ulanadi. Gaz olish
    zondini 200-450 mm uzunlikdagi naycha va tozalash filtri bilan biriktiriladi, keyin ular 5000-6000
    mm.li rezina shlangasi bilan API-6 gaz olish qurilmasiga ulanadi. Nihoyat, gazoanalizatorni ishlash
    qobiliyati tekshiriladi:
    a) Asbob 12 voltli kuchlanishga ulanadi.
    b) 30 min davomida gazoanalizator qizdirib olinadi.
    v) "Nasos" tugmachasi bosiladi.
    g) "Kalibr" tugmasini bosib asbob kalibrovka qilinadi, yahni strelkasi "O" belgisiga dastak


    215
    yordamida keltiriladi.
    e) So’ngra "Kalibr" tugmasi qayta bosiladi, yahni o’chiriladi.
    Dvigateldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95
    °
    S ga etgach, avtomobilning ovoz
    so’ndirgichi quvuriga gaz oluvchi zond qo’yiladi "Nasos" tugmachasi bosiladi va asbob strelkasi
    ko’rsatgan qiymati yozib olinadi. Zond ovoz so’ndirgichdan olinib gazoanalizator orqali
    atmosferadagi havo 5 minut davomida haydaladi. "Nasos" tugmasi bosib o’chiriladi va asbobni
    elektr manbaaidan ajratiladi.
    Asbob avtomobildan chiqayotgan gaz tarkibidagi SO miqdorini foizda (%) ko’rsatadi.
    Boshqarish tugmasi yordamida GAI-1 asbobining o’lchash oralig’ini 0 dan 5% gacha yoki 0 dan
    10% gacha sozlash mumkin. Gazoanalizatorni kalibrovkalash har o’lchashdan oldin tavsiya
    qilinadi. Bu ishni har 30 minutda eng kamida 1 marta bajarish zarur bo’ladi.
    Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash.
    Karbyuratorni sozlash ishlari dvigeteldagi sovutish suyuqligining harorati 85-95
    °
    S ga etganda
    bajariladi. Chiqindi gazlar tarkibi gazoanalizator yordamida, tirsakli valning eng past (0,8
    ·
    Nnom)
    aylanishlar srnida ishlatib qo’yib aniqlanadi. Bir kamerali yoki 2 kamerali (drosellar navbati bilan
    ishlaydigan) karbyuratorlarda (K-22, K-126G, K-126N, K-129) sozlash ishlari quyidagi tartibda
    bajariladi:
    - karbyuratordagi miqdor vinti yordamida dvigatelning aylanishlar chastotasini (taxometr
    buyicha) muayyan rejimga o’rnatiladi (avtozavod tavsiyasiga muvoffiq ravishda),
    - asta-sekin sifat vintini burab, shu rejimga mos maksimal aylanishlar chastotasi o’rnatiladi,
    - SO ni qiymatini me’yoridagidan kamaytirish, bir necha marta, sifat vinti orqali bajariladi. Har
    gal SO miqdori gazoanalizator yordamida aniqlanadi, tirsakli valni aylanish chastotasi esa taxometr
    yordamida nazorat qilinadi,
    - drasellni ochish orqali tirsakli valning aylanish chastotasi (N
    nom
    ) 2000 ayl
    /
    min -0,8 nom
    diapazonda ushlab turiladi,
    - aralashmani har gal rostlashdan keyin, miqdor vinti yordamida tirsakli valning aylanish
    chastotasi me’yoriga keltiriladi.
    Erkin ishlash rejimida, 2 ta droselli baravar ochiladigan karbyuratorlar (K-88, K-89, K-126B)
    quyidagicha sozlanadi:
    - tayanch vinti yordamida dvigatelning bir maromda ishlash chastotasi (zavod tavsiyasida
    ko’rsatilgandek) o’rnatiladi,
    - yonuvchi aralashmani siyraklashtirish avval bitta sekstiyada, sifat vinti yordamida, dvigatel
    notekis ishlay boshlanguncha bajariladi,
    - chiqindi gazlardagi SO miqdori karbyuratorning 1 va 2-sekstiyasidagi sifat vintini sekin-asta
    burash orqali, me’yoridan oz darajaga keltiriladi,
    - drosell to’sma qopqog’ini ochib, tirsakli valning aylanish chastotasi 0,8
    ·
    N
    nom
    ga keltiriladi va
    SO miqdori aniqlanadi.
    - karbyuratorning ishlashi shunday sozlanadiki, chiqindi gazlardagi SO miqdori me’yoridan
    bir oz kam bo’lsin. Buning uchun yonuvchi aralashma 1-kameradagi sifat vinti yordamida tirsakli
    valning aylanishi me’yorigacha keltiriladi,
    - zarur bo’lsa, yonuvchi aralashma 2-sifat vinti orqali ham sozlanadi,
    - chiqindi gazlar miqdorini rostlash tugallangandan keyin, dvigatel aylanishlar sonini o’zgartira
    olish qobiliyati drosellni tez yoki asta sekin ochish orqali tekshirib ko’riladi.
    «Benzinda ishlovchi dvigatellardan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli birikmalar
    miqdorini aniqlash» mavzusidagi laboratoriya ishi bo’yicha
    Hisobot
    1.Ishdan maqsad:
    II.Ish mazmuni:
    III.Jihozlar va asboblar:
    -Karbyuratorli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi zaharli birikmalar miqdorini aniqlash
    usullari va ishlatiladigan jihozlar:
    -Chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini kamaytirish yo’llari:


    216
    3.Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi qiymatlari
    SO ning miqdori,
    %
    Izoh
    Avtom
    obil turi
    Avtomob
    il
    chiqarilga
    n sana
    SO
    miqdorini
    tekshirish
    sanasi
    Tirsakli
    valning
    aylanishlar
    soni,
    ayl
    /
    min
    Tashqi harorat
    (
    °
    S) va
    bosm(R
    atm
    )
    Sozlashd
    an avval
    Sozlashd
    an so’ng
    4.Xulosa:

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidini me’yorlash. 1988 yildan beri GOST

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish