214
ishlashidan chiqayotgan gazlar tarkibini o’lchash usulini o’rganish, gazoanalizatorning tuzilishini va
uni
ishlashi bilan tanishish, karbyuratorli va injektorli dvigatellarni eng kam zaharli gazlar
miqdoriga sozlash, GAI-1, AST-75 va I-SO gazoanalizatorlarining tuzilishi
va ishlash prinstipini
o’rganish, kabyuratorli yoki injektorli dvigatelni minimal SO(is gazi) miqdoriga sozlash bo’yicha
ko’nikma hosil qiladilar.
III.Jihozlar va asboblar:
1.Karbyuratorli yoki injektorli dvigatelga ega avtomobil.
2.GAI-1, AST-75 yoki I-SO turidagi gazoanalizatorlar.
3.Karbyuratorchi ustaning asboblari to’plami.
4.Ishni bajarish tartibi:
1.Dvigatellarning ishlashidan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar
miqdorini
aniqlash usullari bilan tanishish.
2.Gazoanalizatorlarning tuzilishi va ishlash prinstipi bilan tanishish.
3.Dvigatellarning ishlashidan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini
amaliyotda aniqlash.
4.Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash.
5.Umumiy ma’lumotlar.
Mahlumki, avtomobil ekologik xavfli manbaa bo’lib atrof-muhitga zarar keltiradi. Benzin
bilan ishlaydigan dvigatellarda chiqindi gazlar tarkibidagi eng
zararli va konsterogenli
komponentlar SO, SN, NOx va qo’rg’oshin birikmalari, dizellarda esa-NOx va qurum hisoblanadi.
Uglerod oksidi(SO)-rangsiz va hidsiz bo’lib juda zararli gazdir. Bu gaz, dvigatel
stilindirlarida yonilg’ini to’liq yonmasligi natijasida hosil bo’ladi.
Avtomobilning
markasi va ish rejimiga qarab, ChG larda 10...1000 mkg
/
min miqdorida
qattiq tahsir qiluvchi benzinopiren komponenti bo’ladi.