KShM va GTM larini joriy ta’mirlash




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

KShM va GTM larini joriy ta’mirlash.
Dvigatelni joriy ta’mirlashdagi eng asosiy va
muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlar, porshen barmoqlari, o’zak va
shatun bo’ynidagi ichquyma(vkladish)lar (ta’mirlash o’lchamlariga moslab), blok qistirmasini
almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so’ngra mahsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar
bilan moy yo’llarini yuvish va tozalash, reduksion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalar.
Tsilindr bloki gilzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo’nim o’lchamlarining
eyilishi, darz ketishi, chuqurchalar paydo bo’lishi natijasida bajariladi. Shu bilan birga, hozirgi
vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko’pgina engil avtomobillarning gilzalari tsilindr bloki bilan
birgalikda quyma tayyorlanadi. Gilzalarning eyilishi natijasida o’lchamlar me’yoriy
ko’rsatkichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga eyilish gilza diametri bo’yicha notekis bo’ladi,
bu holda ular mexanik ta’sir ko’rsatish yo’li bilan(shilish) keyingi o’lchamlarga keltiriladi, so’ngra
porshen va halqalar gilzaning yangi o’lcham guruhiga moslab tanlab olinadi va o’rnatiladi.
Porshenlarni almashtirish uning yubkasida chuqurchalar paydo bo’lganda, tag qismi va
kompressiya halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda hamda halqalarni o’rnatish ariqchalari kengayib
ketganda bajariladi. Gilzalarda eyilish kam bo’lib, porshenlarda esa yuqorida keltirilgan
kamchiliklar yuzaga kelsa, dvigatelni avtomobildan echmasdan turib porshenlarni almashtirish
mumkin. Bunda karterdagi moy to’kib olinadi, karter va tsilindr bloki kallagi echiladi, shatun
boltlarining gaykasi burab olinadi, shatunning pastki qopqog’i echiladi va porshen shatun bilan
birgalikda yuqori tomondan sug’urib olinadi. Keyin porshen bortmasidan press yordamida porshen
barmoqlari echib olinadi va porshen shatundan ajratiladi. Kerak bo’lsa, shatunning yuqori qismidagi
bronza vtulkasi ham press yordamida echib olinib almashtirilishi mumkin.
Porshenni almashtirishdan avval uni tsilindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun
gilzaning o’lchamlar guruhiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shchup
yordamida tsilindr hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi.


42
Porshen bilan shatun orasidagi tirqishni aniqlash uchun porshen yassi shchup bilan
birgalikda yuqori qismi bilan tsilindrga kiritiladi. Shchup porshen barmog’i o’rnatiladigan teshik
o’qiga perpendikular joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shchup tortiladi va uning
chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab,
ekspluatatsiya yoki ta’mirlash qo’llanmasida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Ko’pincha, shchupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo’lishi hamda uni
tsilindr bilan porshen orasidan tortib chiqaruvchi kuchning kattaligi 35¼45 N ni tashkil etishi kerak.
Agar tortib chiqaruvchi kuch me’yoridagi ko’rsatkichdan farq qilsa, u holda porshen boshqasiga
almashtiriladi.
Tsilindrga porshenni tanlashda porshen bortmasidagi teshik, porshen barmog’i va
shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulka diametrlari bir xil o’lchamlar guruhida bo’lishi kerak.
Shuning uchun «porshen-barmoq-shatun» to’plamini yig’ishda, ularga bo’yoq yordamida qo’yilgan
belgilar bir xil rangda bo’lishiga eotibor berish kerak. To’g’ri tanlangan porshen tepa qismi bilan
tsilindrga qo’yilganda o’zining og’irligi bilan asta-sekin pastga tushishi kerak.
Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklarining parallelligini
tekshirish zarur, buni indikatorli tekshirish moslamasida tekshiriladi.
Tekshiruvdan so’ng porshen 60°S haroratdagi moyli vannaga solinib qizdiriladi, keyin esa
porshen barmog’i porshen bortmasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan
so’ng bobishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o’rnatiladi. Porshen bilan shatun yig’masini
tsilindr blokiga o’rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen ariqchasiga joylashtiriladi. Ariqcha
bilan halqa orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi. Bundan tashqari, halqa yoruglik nurini
o’tkazishi bo’yicha tekshiriladi; buning uchun halqa tsilindrning edirilmagan yuqori qismiga
joylashtiriladi va tsilindr bilan uning orasidan yoruglik nuri o’tishi aniqlanadi.
Porshen halqasining uchlari tutashgan joydagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi. Agar u
me’yoridan kichik bolsa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng
halqa porshenga o’rnatiladi. O’rnatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo’yicha
qo’yib chiqiladi. Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish maxsus moslama yordamida amalga
oshiriladi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish