• 5-MAVZU. AVTOMOBIL DVIGATELIGA TXK VA Ta’mirLASh IShLARI TEXNOLOGIYaSI
  • 1. KShM va GTM larda uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
  • 2.KShM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari.
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Tayanch iboralar
    1.KXK ishlari (tozalash ishlari;
    yuvish 6.Suvdan qayta foydalanish;
    ishlari; quritish ishlari);
    7.Zanglashga qarshi ishlar;
    2.Avtomobillarni yuvish turlari;
    8.Kuzovlarni ta’mirlash;
    3.Avtomobillarni yuvish jihozlari;
    9.Kuzov detallarini turlanishi;
    4.Loytindirgich;
    10.Bo’yoqchilik ishlari;
    5.Moybenzintutgich;


    37
    5-MAVZU. AVTOMOBIL DVIGATELIGA TXK VA Ta’mirLASh
    IShLARI TEXNOLOGIYaSI
    REJA
    1. Krivaship-shatun (KShM) va gaz taqsimlash (GTM) mexanizmlarida uchraydigan
    asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
    2. Dvigatelni nazorat-qarov va diagnostikalash ishlari texnologiyasi.
    3. KShM va GTM bo’yicha bajariladigan TXK ishlari.
    4. KShM va GTM bo’yicha ta’mirlash ishlari.
    1. KShM va GTM larda uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib
    chiqish sabablari.
    Ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy eyilishi, to’satdan ishdan chiqishi
    va ish qobiliyatini yo’qotishi natijasida tsilindr porshen guruhi (SPG), krivoship shatun mexanizmi
    (KShM) va gaz taqsimlash mexanizmi(GTM), boshqa birikma va agregatlarda turli nosozliklar
    paydo bo’ladi.
    KShM ning asosiy nosozliklariga tsilindrlar, porshen halqalari va ariqchalari, porshen
    bortmasi devori va teshiklari, shatun kallagi vtulkalari, tirsakli val bo’yinlari vkladishlarining
    eyilishi va porshen halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan
    chiqishlarga esa porshen halqalarining sinishi, tsilindr yuzasining eyilishi, porshenning tiqilib
    qolishi, podshipniklarning erishi, tsilindr bloki va uning kallagida darzlar hosil bo’lishi misol bo’la
    oladi.
    2.KShM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari.
    KShM nosozligining alomatlariga tsilindrdagi kompressiyaning yo’qolishi va shovqin bilan
    ishlashi, gazlarning ko’p miqdorda karterga o’tib ketishi va moy quyish bo’g’izidan quyuq tutun
    chiqishi misol bo’la oladi.
    GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan tarelkalari va
    o’rindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash vauining tayanch bo’yinlari va mushtchalarining
    eyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan
    prujinalari elastikligini yo’qotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining sinishi, klapanlarning
    kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik
    alomatlaridan biri hisoblanadi.
    Amaliyot shuni ko’rsatadiki, dvigatel bo’yicha nosozliklar va buzilishlarning asosiy qismi GTM va
    KShM zimmasiga tushadi hamda bajariladigan ish hajmining yarmidan ortig’i shu nosozlik va
    buzilishlarni bartaraf etishga sarflanadi. Ko’rsatilgan mexanizmlarni diagnostikalash dvigatelni
    bo’laklarga ajratmay bajariladi.
    Porshenning vuqori qismini jipslik bo’yicha diagnostikalash uning kompressiyasi, karterga
    o’tuvchi gazlar miqdori, moyning kamayishi, kiritish taktida havoning siyraklashuvi, tsilindrga
    siqilgan havo yuborilganda uning bosimi pasayishini aniqlashdan iboratdir.
    Dvigatel kompressivasini tekshirish akkumulator batareyasi tirsakli valni aylantira oladigan
    chastotada tsilindrda hosil bo’ladigan bosimni aniqlashdan iborat. Tekshiruv har bir tsilindr uchun alohida-


    38
    alohida kompressometrlar yordamida bajariladi.
    Dvigatellarning turiga qarab bu ko’rsatkich, karbyuratorli
    dvigatellar uchun 0.44... 12 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan 2
    MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya kompressometr yoki kompressograf
    yordamida, chaqmoq yoki forsunka o’rnidan aniqlanadi (bu ko’rsatkich
    me’yordan 30...40 % dan kam bo’lmasligi kerak).

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish