Pa oraliqda bo’ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi. 2




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

...
12 Pa oraliqda bo’ladi. Yirik
ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
2.
Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan
(25-30°S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning haroratidan 18-20°S dan oshmasligi,
aks holda bo’yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo’li bilan
avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun shyotka, gubka kabi materiallardan
foydalaniladi.
Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini kamaytirish suv bosimiga, purkagich
teshigi diametriga, purkash burchagiga bog’liq.
Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda:
F
- purkagich teshigi yuzasi, mm2
V-purkagichdan suvning chiqish tezligi, m/s
d
-purkagich teshigi diametri, mm
O’z navbatida
Bu erda: g =9.81 - erkin tushish tezlanishi, m/s2
h - suv bosimi (napor), m


32
M - sachratish koeffitsienti, sachratgichlar purkagichlar bilan bo’lsa 0.5-0.55, bolmasa 0.7-
0.75 teng.
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo’lish va suv sarfini kamaytirish uchun uning
bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur. Bu bilan suvning sarfini kamaytirish
mumkin.
Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish
vositalaridan foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o’z navbatida
yuzadagi kirlarni yumshatadi moy izlarini eritadi va yuvishni engillash- tiradi. Misol uchun engil
avtomobillarni kuzovini yuvishda 40-50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik
poroshokning 7-8 grammi 1 litr, harorati 35-45° suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti
bilan sepiladi. Suv sarfini kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo’llaniladi.
Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo’l bilan, mexanizatsiyalashgan va maxsus
bolishi mumkin.
Qo’l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli (1-
2.5MPA) bolishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan avtomobillarni yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va
tuzilishiga qarab zarrachali, shetkali va zarracha-shetkali bo’ladi.
Joylashishiga qarab, qo’zg’almas (avtomobil harakatlanadi), qo’zg’aluvchan (avtomobil
joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo’l bilan boshqariluvchi va avtomat ravishda boshqariluvchi
bo’ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a’zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi,
hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi.
Shetkali yuvish jihozlarida, tsilindrsimon ustiga shetka o’rnatilgan barabanlar aylanadi va
suv sepadi. Ular engil avtomobil va avtobuslar uchun qo’llaniladi.
Zarra-shyotkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va shyotka aylanadi (avtobus, engil
avtomobil va yuk avtomobillari uchun).
qo’zg’almas-yuvish jihozi fundamentga yuvish postida o’rnatilgan bo’ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shossesiga o’rnatilgan bo’lib, avtomobillarni
ATK dan tashqarida yuvish uchun ishlatiladi.
Qo’l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo’l yordamida harakatga keltiriladi.
Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan so’ng,
fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi.
Ko’p sifatli jihoz yordamida avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi.
Avtomobillarni yuvish ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo’l bilan 10-20 min
vaqt sarflanadi. Mexanizatsiyani qo’llash natijasida harajatlar yuk avtomobillari va avtobuslarda 1-3
%, engil avtomobillarda 25-30 % kamayadi.
Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning tashqi
o’lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo’lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida konveer yordamida
harakatlanadi.
Avtomobillarni qo’l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo’lib


33
(vodoprovod, suv bosimi 0.2-0.4MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos va qurilmalardan
foydalanadi.(Shlangada qo’l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv bosimi 2.2MPa ni tashkil
etadi. SKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40 l/min ni tashkil
etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi).
Engil va yuk avtomobillari yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar
uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pa oraliqda bo’ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi. 2

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish