30
Kitobchaning keyingi varaqlari yirtib olinadigan talonlar bo’lib, unda xizmat yurgan yo’l va
va vaqt bo’yicha ko’rsatish tartibi keltirilgan. Har bir talonning oldingi qismida
bajariladigan
ishlarning majmuini bajarish uchun yuriladigan yo’l - kilometrda, orqa
qismida esa xizmat
ko’rsatishda ishlab chiqargan zavod tamonidan belgilangan majburiy ishlarning tarkibi ko’rsatiladi.
Ko’pgina firmalarning kitobchalaridagi xamma talonlarda bajariladigan ishlarning tarkibi o’garmay
qolishi yoki belgilangan tartibda qaytarilib turuvchi bir nechta bo’lishi mumkin.
UzDEU avtomobillari kitobchasida xizmat ko’rsatish ishlari har 10000 km da bajariladi.
Faqatgina foydalanish boshlangandan so’nggi 1000-2000 km bundan mustasno bo’lib, bunda
belgilangan o’ziga xos ishlar bajariladi.
«OREL» (FRG) firmasining servis kitobida avtomobillarga SXK 100 ming
km ga qadar har
5000 km da bajariladi hamda foydalanish boshlangandan keyingi 500, 1000 va 5000 km
bundan
mustasno bo’lib, bu oraliqlarda o’ziga xos ishlar bajariladi.
«RENAULT» (Fransiya) firmasining servis kitobchasi
kafolat katochkalari, 500 va 2000 km
uchun kafolat xizmat ko’rsatish talanlari va kafolat davridan keyingi talonlardan tashkil topgan.
VAZ avtomobillariga xizmat ko’rsatish servis kitobchasidagi 12 ta talon bo’yicha bajariladi
va 100 ming km masofaga mo’ljallangan. Xizmat ko’rsatish ishlari №1 talon bo’yicha 1500-2000,
№2 talon bo’yicha 4000-5000 km dan so’ng, keyin esa har 10000 km dan so’ng bajariladi.
Qaytarish
uchun savollar
1.Avtomobillarga TXK va JT rejali-ogohlantiruvchi tizimi vazifalari 2.Avtomobillarga TXK
va ta’mirlash xaqida nizom. 3.Avtomobillarga TXK turlari 4.Avtomobillarni ta’mirlash turlari 5.JT
da bajariladigan ish turlari 6.ATK larning vazifasi 7.TXKS larning vazifasi 8.Servis kitobchasi
bo’yicha xizmat ko’rsatish