|
Касбий психологияBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasiQaytarish uchun savollar
1.Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlanish istiqbollari.
2.Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining asosiy bo’limlari va ularning
izohi.
Tayanch iboralar
1. O’zbekiston Respublikasida avtomobil sanoati taraqqiyoti
2. UzDEU avtomobillaridan foydalanish
3. Samkochavto avtomobillari foydalanish
4. Boshqa turdagi xorijiy avtomobillardan foydalanish
5. Ixtisoslashtirilgan xorijiy avtomobillardan foydalanish
6. TVTE fani nimani o’rgatadi
7. TVTE fani bo’limlari
2-MAVZU. Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi
Reja
1. Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi tasnifi.
2. Avtomobilning texnik holatni ishlash davriga qarab o’zgarishi va ularning ishonchlilik
ko’rsatkichlari.
1
.
Ekspluatatsiya jarayonida, avtomobilning texnik holatini yomonlashishi va uining ishga
yaroqsiz holatga kelishiga detallarini yuklanishi, eyilishi, qizishi, ximik va fizik xossalarini
o’zgarishi sabab bo’ladi.
Avtomobil va uning agregatlalari texnik holatini o’zgarishining asosiy sababi ishqalanish
natijasida detallarni eyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo’lib, bir-biri bilan o’zaro
birikkan detallar sirtini o’zaro harakatlanishidan, kuch hosil bo’lib, bu bir detalni ikkinchisiga
nisbatan siqish jarayoni deb tushiniladi.
Ishqalanish ikki turga bo’linadi:
1.Tebranib ishqalanish - bir jism sirtida ikkinchisining siljib tebranishi natijasida vujudga
keladi.
2.Sirpanib ishqalanish - bir jismning ikkinchisiga nisbatan sirpanib harakatlanishidan hosil
bo’ladi.
Mexanizmlarning eyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida,
eyilishlarning turli ko’rinishlarga ajratishga to’g’ri keladi. O’zaro bog’langan juftlar uchun, mavjud
turkumlash, eyilishlarning quyidagi turlarini o’rgatadi: mexanik, molekular mexanik, zangli-
mexanik, charchashdan eyilish.
|
| |