18
standartlari talablariga javob bera oladi. Mazkur qo’shma korxonaning qisqa muddat ichida butun
O’zbekiston mashinasozlik sanoatining rivojlanishidagi etakchi omil hisoblanishi bejiz emas.
“UzDEUAvto” XJ ga 1993 yil mart oyida asos solingan. XJ taosischilari bu Janubiy Koreya
Respublikasi tomonidan DAEWOO korporatsiyasi, O’zbekiston tomonidan esa "Uzavtosanoat"
DXJ bo’lgan edi. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 1994 yil aprel oyida boshlanib, 1995 yil
dekabr oyida tugadi va birinchi avtomobil(DAMAS) 1996 yil 25 mart oyida ishlab chiqarildi.
Zavodning rasmiy ochilishi-1996 yil 19 iyulda bo’lib o’tdi va shu yilning o’zida 25344 ta
avtomobillar ishlab chiqarildi.
“UzDEUAvto” kompaniyasi 1996-2003 yillar davomida 350 mingga yaqin avtomobillar
ishlab chiqargan, shulardan 48,7% Neksiya, 24,4% Tiko, 22,5% DAMAS va 4,4% MATIZ larni
tashkil etgan.
Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O’zbekiston dunyodagi o’z
avtomobil sanoatiga ega bo’lgan 28-davlatga aylandi va bu korxona 2006 yilda 141 080 ta (74089
ta Nexia, 49375 ta Matis, 1573 ta Damas va 885 ta Lasetti) engil avtomobillar ishlab chiqardi va
korxona to’la “O’zavtosanoat” kompaniyasi tasarrufiga o’tdi.
Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
dasturini amalga oshirish maqsadida o’nlab qo’shma korxonalar tashkil etildi. Bunday qo’shma
korxonalar Andijon, Namangan, Farg’ona va boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Bular Janubiy
Koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: