|
Qurilish kompazitsion polimer turlari pptx
|
bet | 1/2 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #274771 |
Bog'liq QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI PPTX
TAYYORLADI: ESHONQULOV BEGZOD
Fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi natijasida metall va metallmas mahsulotlarning sifatini va assortimentini yaxshilash, yangi konstruksion materiallar, metall va metallmas materiallar kukunlari asosida tayyorlanadigan qoplama va buyumlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, talab etilgan xossalarga ega bo‘lgan yangi polimer va kompozitsion
materiallar chiqadigan, texnologik
ishlab chiqarishni rivojlantirish, kam chiqindi chiqindi chiqmaydigan va kam operatsiyali jarayonlarni keng qo‘llash, ishlov berishning
yuqori samarali usullaridan foydalanishga xizmat qilmoqda.
Kompozit materiallarni ishlab chiqarishdan maqsad nima? Ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan metall va metallmas materiallardan chiqindi sifatida ajralib qolayotgan turli qismlardan (kukun, tola, qirindi, payraha va boshqa) kam chiqindi chiqadigan hamda chiqindi chiqmaydigan zamonaviy mahsulotlar yaratishdir.
Odamlar oddiy narsalardan elektron moslamalarga qadar har bir narsani qurish uchun ming yillar davomida turli kompozitsiyalar yaratganlar.
Birinchi kompozitsiyalar loy va somon kabi tabiiy materiallardan tayyorlangan bo‘lsa-da, bugungi kompozitlar sintetik moddalardan laboratoriya sharoitida yaratilmoqda.
Kompozitsiya (lotincha “compositio” – tuzilish, birlashish,
Siz kompozit materiallar va ularning turlari haqida eshitgandirsiz. Bu turli materiallarning har xil usullarda birikishi (kompozitsiyasi)dan iborat bo‘ladi.
bogʻlanish) – turli xil materiallarning o‘zaro bogʻlanishidir.
Kompozitlar – bir necha qismlardan iborat materiallar guruhi, ulardan biri mustahkamlovchi (armatura) vazifasini bajarsa, ikkinchisi bog‘lovchi (matritsa) vazifasini bajaradi. Masalan, temir-beton – bu kompozit materialning bir turi. Ushbu birikmada temir mustahkamlovchi vazifaga, beton esa birlashtiruvchi moddaga ega.
Ikki yoki undan ortiq turli xil materiallarning birikishidan hosil
bo‘lgan mahsulotga kompozit material deyiladi.
Ular bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadi. Kompozit materialning bir butunligini ta’minlovchi komponent (aralashma)ni tashkil etuvchiga bog‘lovchi material matritsa deb ataladi. Matritsa bilan qo‘shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bo‘lib, u ajralish yuzasini belgilaydi (89-rasm).
Matritsa armatura, to‘ldiruvchi va boshqa qo‘shimchalarni tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. To‘ldiruvchilar mayda kukun yoki tola holatida bo‘lishi mumkin.
Kompozit materiallar – oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, komponent (aralashma)larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir- biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallardir.
Kompozit materiallar har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mus - tahkamligi, yeyilishga chidamliligi, yengilligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi.
Odatda, kompozit materiallar plastik (metall yoki metallmas) asos yoki matritsa (bog‘lovchi material) hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, yupqa payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi (90-rasm).
Kompozit materiallardan turli buyumlar tayyorlashda tanlangan xomashyo materiallari tarkibiga katta e’tibor qaratish lozim. Chunki ularning biri metall, biri plastmassa, biri yog‘och va boshqa materiallarning birikishidan hosil bo‘lgan kompozit materiallardir.
Shu sababli kompozit materialning issiq va korroziyabardoshliligi, elektr va issiqlikni saqlash qobiliyati, qayta
ishlash texnologiyasi kabi muhim xossalari bog‘lovchining xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Armatura (mustahkamlovchi) va qo‘shimcha elementlarning turiga hamda ularning matritsada (bog‘lovchi material) joylashishi va geometrik o‘lchamlariga qarab kompozit materiallarning xossalari o‘zgaradi.
|
| |