Fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi
natijasida metall
va metallmas mahsulotlarning sifatini va assortimentini
yaxshilash,
yangi konstruksion materiallar, metall va
metallmas materiallar kukunlari
asosida tayyorlanadigan
qoplama va buyumlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, talab
etilgan xossalarga ega bo‘lgan yangi polimer va kompozitsion
materiallar ishlab
chiqarishni rivojlantirish, kam chiqindi
chiqadigan, chiqindi chiqmaydigan
va kam operatsiyali
texnologik jarayonlarni keng qo‘llash, ishlov berishning
yuqori samarali usullaridan foydalanishga xizmat qilmoqda.
Kompozit materiallarni ishlab chiqarishdan maqsad
nima? Ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan metall va
metallmas
materiallardan
chiqindi
sifatida
ajralib
qolayotgan turli qismlardan (kukun, tola, qirindi, payraha
va boshqa) kam chiqindi chiqadigan hamda chiqindi
chiqmaydigan zamonaviy mahsulotlar yaratishdir.
Odamlar oddiy narsalardan elektron moslamalarga qadar har bir
narsani qurish uchun ming yillar davomida
turli kompozitsiyalar
yaratganlar.
Birinchi kompozitsiyalar loy va somon kabi tabiiy materiallardan
tayyorlangan bo‘lsa-da, bugungi kompozitlar
sintetik moddalardan
laboratoriya sharoitida yaratilmoqda.