Qurilish kompazitsion polimer turlari pptx




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#239599
1   2   3
Bog'liq
QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI PPTX

Kompozitsiya
(lotincha 
“compositio” 
tuzilish, birlashish, 
bogʻlanish) – turli xil materiallarning o‘zaro bogʻlanishidir.
Kompozitlar
– 
bir necha qismlardan iborat materiallar guruhi, 
ulardan biri mustahkamlovchi (armatura) vazifasini bajarsa
ikkinchisi bog‘lovchi (matritsa) vazifasini bajaradi. Masalan, 
temir-beton – bu kompozit materialning bir turi. Ushbu birikmada 
temir mustahkamlovchi vazifaga, beton esa birlashtiruvchi 
moddaga ega.


Ikki yoki undan ortiq turli xil materiallarning birikishidan hosil 
bo‘lgan mahsulotga kompozit material deyiladi.
Ular bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadi. Kompozit 
materialning bir butunligini ta’minlovchi komponent (aralashma)ni 
tashkil etuvchiga bog‘lovchi material matritsa deb ataladi. Matritsa bilan 
qo‘shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bo‘lib, u ajralish yuzasini 
belgilaydi (89-rasm).


Matritsa armatura, to‘ldiruvchi va boshqa qo‘shimchalarni tashqi muhit 
ta’siridan saqlaydi. To‘ldiruvchilar mayda kukun yoki tola holatida bo‘lishi 
mumkin.
Kompozit materiallar – oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, komponent 
(aralashma)larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-
biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallardir. 
Kompozit materiallar har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mus - 
tahkamligi, yeyilishga chidamliligi, yengilligi va boshqalar)ni oʻzida 
mujassamlashtirganligi uchun ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar 
bilan ifodalanadi.
Odatda, kompozit materiallar plastik (metall yoki metallmas) asos yoki 
matritsa (bog‘lovchi material) hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, 
yupqa payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi (90-rasm).



Kompozit materiallardan turli buyumlar tayyorlashda tanlangan 
xomashyo materiallari tarkibiga katta e’tibor qaratish lozim. 
Chunki ularning biri metall, biri plastmassa, biri yog‘och va boshqa 
materiallarning birikishidan hosil bo‘lgan kompozit materiallardir.
Shu 
sababli 
kompozit 
materialning 
issiq 
va 
korroziyabardoshliligi, elektr va issiqlikni saqlash qobiliyati, qayta 
ishlash texnologiyasi kabi muhim xossalari bog‘lovchining 
xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Armatura (mustahkamlovchi) va 
qo‘shimcha elementlarning turiga hamda ularning matritsada 
(bog‘lovchi material) joylashishi va geometrik o‘lchamlariga qarab 
kompozit materiallarning xossalari o‘zgaradi. 


Kompozit 
materiallar 
xossalariga 
qo‘shimcha elementlar 
(to‘ldiruvchi)ning ta’siri juda katta bo‘lganligi uchun ko‘pincha shu 
kompozit materialning nomi uning to‘ldiruvchisi nomi bilan ham 
aytiladi.
Masalan, yog‘och, aluminiy, po‘lat, polimer, shisha tolali 
kompozitlar va hokazo (91-rasm). 




Download 0,79 Mb.
1   2   3




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish kompazitsion polimer turlari pptx

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish