• Kompozit materiallar tasnif Metall kompozit
  • Polimer kompozit
  • Keramika kompozit
  • Kompozit materiallar asosan 3 turga bo‘linadi (12-shakl)




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #239599
    1   2   3
    Bog'liq
    QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI PPTX

    Kompozit materiallar asosan 3 turga bo‘linadi (12-shakl). 
    12-shakl 
    Kompozit material turlari 


    1. Qatlamli kompozit materiallarda birinchi qatlam mustahkamlikni 
    ta’minlasa, ikkinchisi korroziyaga qarshilik ko‘rsatadi.
    2. Tolali kompozit materiallarda metall asos shisha tolalar va boshqa 
    materiallar bilan mustahkamlanadi.
    3. Dispersiyalangan (zichlangan) kompozit materiallar qiyin eriydigan 
    zarralar bilan mustahkamlanadi. Kompozit materiallar qanday 
    tasniflanadi? Kompozit materiallar tasnifi o‘ta murakkab emas. Ular 
    asosan biz bilgan metall va metallmas materiallardan tuzilgan 
    bo‘ladi (13-shakl). 
    13-shakl
    Kompozit materiallar tasnif 


    Metall 
    kompozit 
    materiallarning 
    ishlash 
    xususiyatlari, 
    olovbardoshliligi, bikrligi, solishtirma mustahkamligi metall va metall 
    qotishmalardan ustun turadi.
    Polimer kompozit 
    materiallarning o‘ziga xosligi shundan iboratki
    ularning asosini, ya’ni matritsa vazifasini bajaruvchi har xil polimerlar 
    (polietilen, polipropilen, polistirol va boshqalar) hosil qilib, bu asos 
    tola, to‘qima, plyonka, shisha kabi metall va metallmaslar bilan 
    mustahkamlanadi.
    Keramika kompozit 
    materiallarining tolalar bilan, shuningdek, metall 
    va keramik dispersiyalangan zarralar bilan mustahkamlash, yuqori kuchli 
    kompozitlarni olish imkonini beradi.


    Uglerodli kompozit materiallari uglerod tolalari va uglerod matritsasi 
    asosida yaratilgan yuqori issiqlikka chidamli kompozit materiallardir. 
    Kompozit materiallar, odatda, matritsa tarkibiy qismlariga ko‘ra ham 
    tasniflanadi. Kompozit materiallarni tasniflash matritsa (bog‘lovchi material) 
    yoki armatura (mustahkamlovchi) va qo‘shimchalarning turiga asoslanadi
    (14-shakl). 


    Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; polimer; keramika, 
    shisha va boshqa materiallar ishlatiladi. Ushbu matritsalar ikkita keng tarqalgan 
    turdagi kompozitlarni hosil qiladi. 
    Birinchi kompozit material fransuz bog‘boni J.Mone tomonidan 1867-yilda 
    ishlab chiqilib, patent olingan. U hovli gultuvaklari, sim va sementdan 
    kompozitsion materiallar tayyorlagan. 1942-yilda samolyot konstruksiyasida 
    oyna tolasi bilan sinchlangan “armirovan” kompozit material qo‘llanilgan.
    Kompozit materiallar mashinasozlik konstruksiyalariga qo‘yilgan quyidagi 
    talablarga javob berishi kerak (15-shakl) 



    Bugungi kunda kompozit materiallardan aviatsiya 
    (masalan: dvigatel, korpus, parrak, haroratbardosh 
    detallar va boshqalar), kosmonavtika, energetika, 
    elektrotexnika 
    va 
    radiotexnika, 
    mashinasozlik 
    (masalan: 
    avtomobil 
    kuzovlari, 
    ishqalanishga 
    chidamli 
    tormoz 
    qurilmalari 
    va 
    boshqalar), 
    kemasozlik, kimyo, konchilik, qurilish (bino va 
    inshootlarning 
    fasad 
    qismlarida 
    (92-rasm), 
    to‘qimachilik, yengil va og‘ir sanoatlarda, tibbiyot 
    asboblari yasashda, qishloq xo‘jaligi, uy-ro‘zg‘or 
    texnikasi kabi ko‘plab sohalarda foydalaniladi. 


    92-rasm.
     Fasad qismida kompozit materiallardan foydalanilgan zamonaviy 
    binolar (Toshkent shahri).

    Download 0,79 Mb.
    1   2   3




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompozit materiallar asosan 3 turga bo‘linadi (12-shakl)

    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish