• Molekular mexanik eyilish
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Mexanik eyilish
    uch turga, ya’ni abraziv, plastik diformatsiyali, mo’rt eyilishlarga
    bo’linadi.
    Abraziv eyilish
    - ikki sirt orasidagi o’tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning
    ishqalanishidan hosil bo’ladi.
    Plastik diformatsiyali eyilish
    -detallarga zo’riqish bilan kuch ta’sir etib, og’irligini
    o’zgartirmay, o’lchamlarini o’zgartirishi natijasida sodir bo’ladi.
    Mo’rt eyilish
    - o’zaro bog’langan detallar sirtidagi metall qobig’i ishqalanishi va plastik
    diformatsiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan mo’rt o’zak qismining ezilishi natijasida
    hosil bo’ladi.


    22
    Molekular mexanik eyilish
    - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekular bir biriga
    ilashishi natijasida hosil bo’ladi.
    O’zaro bog’langan detallar ishqalanuvchi sirtiga noteks ishlov berilishi natijasida metallning
    o’tkir qirrali qismi bir-biri bilan o’zaro to’qnashadi. Bu to’qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar
    bir-biridan bo’linib ajraladi, bu esa eyilish hisoblanadi.
    Yuqorida aytib o’tilgan ishqalanib eyilishlar natijasida avtomobilning texnik holati
    o’zgaradi, ya’ni yomonlashadi. Ekspluatatsiya jarayonida texnik holatni o’zgarishiga avtomobilning
    tuzilishi, uni ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanilgan ashyo sifati, ishlatiladigan yonilg’i va
    moylash mahsulotlarining sifati, foydalanish sharoitlari hamda ularga TXK va T ishlarining sifati
    katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqrida ko’rsatilgan omillar ta’sirida agregat va birikmalar detallarining bir
    biriga nisbatan ishqalanib ishlash kuchi ortadi va ularning eyilishi tezlashadi. Natijada avtomobil
    texnik holati yomonlashadi.
    Avtomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarni eyilishini kamaytiradi, ishonchliligini va
    uzoq ishlashini oshiradi. Masalan: dvigatelga inersion moy tozalagichining o’rnatilishi 98-99%
    changni ushlab qolishni ta’minnlaydi va xizmat muddatini 2 barobariga oshiradi.
    Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta’sirida ishlov berilishi eyilishning kamayishiga,
    avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab bo’ladi. Masalan: dvigatel
    tsilindri devorlarini eyilishga chidamliligini oshirish uchun ligerlangan cho’yandan tayyorlangan va
    yuqori darajadagi zanglashga chidamlilik xassasiga ega bo’lgan qisqa gilzalardan foydalanilganda,
    tsilindrlar devorini 2-2.5 barobarga kamayadi. Detallarni tayyorlashda ligerlangan po’latlardan
    foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish eyilishga chidamlilikni hamda, dinamik zo’riqib ishlashga
    qarshilikni kuchaytiradi va charchash chegarasini o’zgartiradi.
    Yonilg’i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga javob berishi
    zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti, mexanizmlarning
    tuzilishlariga bog’liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg’i va moy mahsulotlarining sifati
    ishlatish xossalarini ifodalovchi ko’rsatgichlar bilan baholanadi. Benzinning asosiy ko’rsatgichlari:
    mexanik qo’shimchalar borligi, quyqa hosil bo’lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik,
    detonatsiyaga turg’unlik va fraksion tarkibilari hisoblanadi. Dizel yonilg’ilarining qovushqoqligi,
    metan soni, mexanik qo’shimchalarning yo’qligi asosiy ko’rsatgichlar hisoblanadi. Dvigatel va
    transmissiya uchun qo’llaniladigan moylarning asosiy ko’rsatgichlari: qovushqoqlik va uning
    o’zgarish harorati bo’lib, bunga bog’liq holda ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o’z vaqtida kelishi
    katta ahamiyatga egadir.
    Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo’l sharoiti, haydash va TXK sifati bilan
    ifodalanuvchi tashqi omillar yig’indisini ifodalaydi.
    Avtomobil ish tartibi-uning ishlashini turli harakat tezliklarida va yuklanishlarda vaqt orqali
    ifodalaydi. Avtomobil ishida ko’p marotaba qisman tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu
    hol o’zgaruvchan rejim deyiladi. Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida etaklovchi
    g’ildiraklarga qo’yilayotgan tortish kuchi va tezligi o’zgarmas bo’lsa, bunday ish rejimi o’zgarmas
    deyiladi. Avtomobilning o’zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarni tez eyilishiga va yonilg’i sarfi
    ortib ketishiga olib keladi.
    Yo’l sharoiti-harakat tezligiga, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini, balandlik va


    23
    qiyaliklarning kattaligini, yo’lning qurilish sifatini ifodalaydi. Avtomobil asfalt yo’lda yurmay,
    tuproqli, notekis yo’lda yurganda, tirsak vauining aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda
    ilashish muftasini ulashlar soni, harakat tezligini qo’shib ajratishlar, harakatni to’xtatish
    (tormozlash) lar sonining ortishi natijasida yonilg’i sarfi ham (asfaltli yo’lda yurganga qaraganda)
    o’n barobar va undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal)
    larning eyilish jarayoni tezlashadi.
    Iqlim sharoiti- havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi. Mustaqil
    davlatlar xamdo’stligi hududini yarmidan ko’prog’i sovuq mintaqali hisoblanib (yarim yildan
    ko’proq vaqt mobaynida harorat - 200S bo’lib), bu havoni past harorati, avtomobilni texnikaviy
    holatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Avtomobillarni bunday sharoitda ishlashi hamma agregat
    mexanizmlarni o’ta sovib ketishga olib keladi. Buning natijasida, sovuq dvigatelni yurgizish
    qiyinlashadi, sovutish tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulatorlar batareyasi elektroliti o’ta
    soviydi.
    Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqayotgan issiqlikni kamaytiradi,
    dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel siltanish (detonatsiya) bilan ishlab,
    uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi kamayadi.
    Dvigatelning qizib ishlash yonilg’i hamda uning chala yonib chiqishi atrof muhitga zaharli
    gazlar chiqishini oshiradi.
    Avtomobilni haydash sifati - ma’lum yo’l sharoitida haydash usulini ifodalaydi.
    Avtomobilni haydashning quyidagi usullari mavjud: beixtiyor yoki harakat inersiyasi bilan olg’a
    siljib haydash, (to’siqlaridan o’tib), to’siqlarsiz belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab
    (kombinirovanno’y). Avtomobil beixtiyor (impulsiv) usul bilan haydalganda, harakat to’g’ri uzatma
    (pryamaya peredacha) lar bilan (vaqti-vaqti bilan to’siqlardan o’tib) tezlatib, inersiya asosida
    haydash tushuniladi.
    Avtomobillarni haydash usullarini kuzatish natijalari shuni ko’rsatadiki, to’siqlardan o’tib,
    tezlatish (razgon va nakat) usulida haydashda yonilg’i sarfi 5-6% ga tejaladi, ammo dvigatel
    detallarining eyilishi (boshqa usullardagi haydashlarga qaraganda) jadallashadi. Bunday usulda
    ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa agregatlarga qaraganda) ko’proq ishlaydi. Ikkinchi
    usulning kamchiligi shundan iboratki, nishab yo’ldan tushishda, bevosita to’xtash ko’p marta
    tormozlanishlar natijasida, dvigatelning eyilishi ortadi. Tajribalardan ko’rinishicha, haydashda
    (ularni usuliy afzalliklarini nazarda tutib, haydash) usullarni almashtirib turish maqsadga
    muvofiqdir, bu ta’mirlararo bosib o’tiladigan yo’lni -masofani 60% gacha oshiradi va yonilg’i
    sarfini 30 % gacha kamaytiradi.
    2
    . Avtomobil agregat va mexanizmlarining texnikaviy holati deganda, uning ishonchliligi,
    yonilg’ini tejashi, tezkorlik va harakat xavfsizligi tushiniladi.
    Avtomobillarning uzoq ishlashi natijasida miqdoriy ko’rsatgichlari kamayib, uning xossasini
    o’zgartiradi, shuningdek, avtomobilning texnikaviy holati yomonlashadi, bu esa, avtomobilning
    ishonchliligini qisman yoki butunlay yo’qolishiga sabab bo’ladi.
    Avtomobilning ishonchlilik holati deganda, unga topshirilgan vazifani, ma’lum davr ichida,
    bajarishga imkon beruvchi ekspluatatsion ko’rsatgichlari tushiniladi.
    Avtomobilning texnikaviy holati, ishonchliligini talab darajasida bo’lishi uchun, uning


    24
    o’zgarish sabablarini bilish va o’z vaqtida bartaraf etish lozim.
    Avtomobil texnik holatini o’zgarishi o’ziga xos qonunlar asosida ro’y beradi, bular ishlash
    jarayoni (narabotka) bo’yicha texnik holatini o’zgarishi (1-tur ehtimolligi) va tasodifiy ehtimollik
    jarayonlari qonunyatlari (2-tur ehtimolligi) hisoblanadi.
    Yuqoridagi qonuniyatlar o’z navbatida, avtomobil texnik holatini ekspluatatsion vaqt yoki
    yurgan yo’li davridagi texnik holat o’zgarishi ko’rsatgichlari variatsiasidir. Bu qonuniyatlar
    avtomobil ishonchliligini to’liq harakterlaydi.
    TXK va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun, hafta va oy maboynida
    nechta ma’lum turdagi "ishdan chiqish" bo’lishi mumkinligini bilish, bizga kerakli ishchilar sonini,
    ishlab chiqarish maydonini, ehtiyot qismlar sarfini me’yorlashga imkon yaratadi.
    Avtomobil ishonchliligi ko’rsatgichlarini bir-biriga bog’liqligini uchinchi qonuniyat,
    tiklanish jarayoni-ma’lum vaqt ichidagi " ishdan chiqish " sodir bo’lishi va uni bartaraf etish
    harakterlaydi.
    Avtomobilning ishonchlilik ko’rsatgichlari murakkab hisoblanib, ular buzilmasdan ishlash
    (bezotkaznost), uzoq ishlashlik (dolgovechnost), ta’mirlashga moyillik (remontoprigodnost) va
    saqlanuvchanlik (soxranyaemost) hisoblanadi.
    Buzilmasdan ishlash - bu ma’lum vaqt yoki yurish yo’li davrida o’zining texnik holatini
    saqlab turish demakdir.
    Uzoq ishlashlik - bu avtomobillarni ma’lum vaqt kelguncha va TX, JT ishlari bajarilguncha
    texnik holatini saqlab turish.
    Ta’mirga moyillik - bu avtomobilni tekshiruv-nazorat, TX va JT davrida buzilishlarni
    nazorat va bartaraf etishga qulayligini, imkoniyatini va moyilligini bildiradi.
    Saqlanuvchanlik - avtomobilni ishdan bo’sh yoki ishlash davrida o’zining texnik soz
    holatini saqlab tura olishi demakdir.
    Qaytarish uchun savollar
    1.Avtomobil texnik holatining o’zgarishlarini tasnifi.
    2.Avtomobil agregatlarining texnik holatini o’zgarishiga ishqalanishning ta’siri
    3.Avtomobilning texnik holatini ishlash davriga qarab o’zgarishi.
    4.Avtomobillardan foydalanish sharoitining tasnifi.
    5.Avtomobillarning texnik holatini o’zgarishiga yo’l sharoitining ta’siri.
    6.Avtomobillarning texnik holatini o’zgarishiga iqlim sharoitining ta’siri.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish