31
1.Avtomobillardan turli
maqsadlarda, turli yo’l va iqlim sharoitlarida foydalanish,
ularning
turli xil ifloslanishiga olib keladi. Yuk avtomobili kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan yuk turiga
bog’liq bo’lib, ular qum, tuproq, ko’mir, qurilish materiallari va isteomol mollari bolishi mumkin.
Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog’ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida
bo’lgan joylardagi bo’yoqning ximik va fizik hususiyatlari o’zgarib, yuza asta sekin eskiradi.
Bularni oldini olish va TXK ishlarini sifatli
bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari
olib boriladi.
Tashqi tozalash ishlariga mo’ljallangan
KSM 750 V XL
turidagi supirish mashinasi(5 o.k.
ga ega bo’lgan
Honda
dvigatelli, ish unumi 4000 m2/soat, o’tish kengligi 100 mm, konteyneri 40
litr, ishchi tezligi 4 km/soat, tashqi o’lchamlari 1240x690x1150 mm, massasi 80kg).
Avtomobil kuzovini tozalash: tozalash
ishlaridan
maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig’ishtirish,
yuk avtomobillarning kabinalari,
avtobus va engil
avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.
Kir va changdan tozalashda junli cho’tkalardan,
qirg’ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr
changso’rgichlardan foydalaniladi. Ular qo’lda ko’tarib
yuruvchi va qo’zg’almas bolishi mumkin.
Elektr
changso’rgich uchida konussimon kallak va cho’tkali
egiluvchan ichak(shlang)lardan iborat. Havo so’rish bosimi 11