41
eyilishi tezlashadi. Ikkinchidan, klapanlar yuqori harorat ta’sirida ishlaganda kuchli taqillashlar
paydo bo’ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi,
odatda, po’lat shchup yordami bilan 20.
.
.25°S haroratda aniqlanadi.
Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi issiqlik tirqishini rostlash va shchup bilan tekshirish shakli.
1-shchup, 2-rostlash vinti, 3-
gayka, 4-otvertka.
Buning uchun siqish taktida tsilindrdagi porshen yuqori chekka nuqtaga keltiriladi, birinchi
tsilindrga tegishli klapanlar bilan shayin orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi va zarur
bo’lsa, sozlanadi, qolgan klapanlar va shayinlar orasidagi tirqish esa tsilindrlarning ishlash ketma-
ketligi bo’yicha bajariladi.
Zamonaviy Neksiya, Espero, Matiz va shunga o’xshash dvigatellar GTM tuzilishlarida
gidrokompensatorlarning paydo bo’lishi klapan mexanizmida tirqish sozlanishini avtomatik
ravishda ta’minnlaydi, ammo gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga
judayam sezgir. Moyning kokslanishi, eyilgan va emirilgan detallarning zarrachalari
gidroitargichning qotib qolishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli
yuklanishlar paydo bo’ladi, natijada klapan va taqsimlash validan foydalanib bo’lmaslik
darajasigacha eyilishga olib keladi.