53
nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 1/minut (YaMZ-236 dvigateli uchun), maksimal
hosil qiladigan bosim 380 kPa bo’lishi kerak. Tsilindrlarga yonilg’i purkash burchaklari,uning
ishlash rejimiga bog’liq bo’lib, (l-0\ 5-45\ 4-90\ 2-135\ 6-180\ 3-225\ 7-270\ 8-315
l
KamAZ-740
dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5
L
dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab
chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050 ob/min aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-
75mm
A
3/sikl (Kamaz -740 dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak.
Seksiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: V
max
- eng ko’p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan seksiyaning ko’rsatgichi,
mm
3
V
min
- eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan seksiyaning ko’rsatkichi, mm
3
Forsunkalar NIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash bosimi va
purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi, uning 30 MPa dan -
23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bo’lmasligi kerak. Yangi forsunkalar uchun u 20 sekunddan
kam bo’lmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YaMZ-236 va
YaMZ-238 uchun 14.7 mPa bo’lishi kerak. Yonilg’ining purkash sifati, uning forsunkaning purkash
teshigidan bir maromda tumansimon chiqishi bilan harakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 -
600 ayl/min.da bir maromda ishlashi kerak.
Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari bartaraf
etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilg’i va havo tozalagichlar ko’zdan kechirilgan bo’lishi
shart.
Dizel dvigatellari ta’minnot tizimining jihoz va detallarni joriy ta’mirlash murakkab jihozlar
talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish texnologiyasidan
iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini ishqalab edirish (to’sish
ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini yo’qotgan prujinani almashtirish,
truboprovod rezbalarini tiklash, yonilg’i o’tkazish naychalari uchini (konussimon qilib) kerish,
nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va boshqa ishlar kiradi. Ta’minnlash tizimining ta’mirlangan
detallari jamlab yig’iladi va zarur hollarda maxsus o’rnatmada va bevosita dvigatelning o’zida
chiniqtiriladi, sinaladi hamda sozlanadi.